Shimoliy Muz okeani va uning qismlari haqida ma’lumot bering?
Shimoliy Muz okeani - Shimoliy qutb atrofida joylashgan, ikkita materik o'rab turadi. Maydoni - 14,1 mln.km2. O'rtacha chuqurligi 1225 m, eng chuqur joyi Grenlandiya dengizidagi uzilma 5527 m, suv hajmi 18 000 000 kmJ, dengizlar soni 10 ta, eng yuqori suv ko'tarilishi Mezen labi -10 m, eng yirik qo'ltig'i - Gudzon (848 000 km2). Bu okean ancha sovuq joyda joylashganligi sababli suvi uncha sho'r emas, yilning uzoq vaqti muz bilan qoplanib yotadi.
Dengizlar deb nimaga aytiladi? Ularning qanday turlarini (okeandan ajratilishiga va relef xususiyatiga ko‘ra) bilasiz?
Okeanlar o'z navbatida kichik qismlarga - dengiz, qo'ltiq, bo'g'oz kabilarga bo'linadi. Okeanlarning materik ichkarisiga yorib kirib borgan qismini dengizlar deyiladi. Dengiz - okeandan ma’lum darajada ajralib qolgan qismi bo'lib, o'zining sho'rligi, harorati, suvning harakati va boshqa xususiyatlari jihatidan o'ziga xosdir. Dengizlar okeandan qanday ajralishiga qarab 3 turga bo'linadi. Agar okean suvining bir qismi materik ichkarisiga yorib kirsa va okean bilan bo'g'ozlar orqali tutashib tursa, ichki dengiz deyiladi. Masalan - Qora, Baltika, Azov, Egey, Marmar. Okean suvi quruqlik ichiga bir oz yorib kirib, undan orollar orqali ajralib tursa, tashqi dengiz deyiladi. Masalan. Barens, Bereng, Yapon, Oxota va h.k. Materiklar orasida joylashgan dengizlar esa, o'rta dengiz deb ataladi. Masalan, O'rta dengiz, Karib dengizi, Qizil dengiz .
Bo‘g‘ozlar va qo‘ltiqlar deb nimaga aytiladi? Har bir okeandan 5 tadam misollar keltiring.
Bo‘gMzlar - ikkita quruqlikni ajratib turuvchi va ikkita suv havzasini bir-biri bilan bogMovchi tor suv yoMagidir.
Quruqlikning yumshoq jnslardan tarkib topgan qirg'oqlarini okean suvlari yuvadi va natijada okean quruqlikni o'yib kiradi. Okeanning quruqlikni bir oz o'yib kirib borgan qismini qo 'Itiq deb ataladi. Qo'Itiq o'zining xususiyatlari (sho‘rligi, harorati va boshqalar) jihatidan okean va dengizlarga o'xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |