Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Okean suvning harorati to‘g‘risida ma’lumot bering?
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo okeani suvining sho‘rligi haqida ma’lumot bering
Okean suvning harorati to‘g‘risida ma’lumot bering?
Dunyo okeani suvining asosiy xususiyatlari ularning harorati, sho'rligi, tiniqligi va rangidir. Dunyo okeani yiliga 3,6x1020 kkal issiqlikni Quyoshdan oladi va bu to'plangan issiqlikning asosiy qismini bug'lanishga, qolgan qismini, suv yuzasining, daryolar olib kelayotgan sovuq suvlarning, okean oqimlarining isishiga hamda muzlarning erishiga sarflaydi. Okean suvining issiqlik rejimi 400 m chuqurlikkacha ham kenglik. ham meridional o'zgarib borsa, 400 m dan chuqurlikdan so'ng o'zgarishi kamayib borib, 1500 m chuqurlikdan so'ng bu tafovut tugaydi. 198 Ma’lumotlarga ko'ra, okeanlarning eng chuqur qismi issiqligiga Yerning ichki qismidan chiqayotgan energiya ham ta’sir etar ekan. Okeanlar yuzasiga tushayotgan Quyosh issiqligini ekvator va tropik mintaqalarda 60 %, o‘rtacha mintaqada 30 %, sovuq mintaqada Ю % dengiz suvini isitishga sarllanadi. Shu sababli Dunyo okeani suvidagi eng yuqori harorat ekvatorial mintaqada (36°C), eng past harorat esa qutbiy mintaqada (-2°C) kuzatiladi. Dunyo okeani suvlarining harorati geografik qonuniyatlar asosida o‘zgarib boradi. Dunyo okeani suvi kenglik, uzunlik va chuqurlik tomon o'zgaradi. Suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati 17,54° С ga teng. Ochiq okeanda haroart -2° С dan 29° С gacha o'zgaradi. Termik ekvator zonasida 5°-10° shimoliy kengliklarda suv yuzasining o'rtacha harorati 27-28° C. Lekin tropiklarda bu harorat 25-27° С ni tashkil etadi. Qutbiy o'lkalarda harorat -1°, -2°С gacha pasayadi. Dunyo okeani suvining sho‘rligi haqida ma’lumot bering? Okean suvida ma’lum bo‘lgan barcha kimyoviy elementlar erigan holda bo'lib, ularning ko'pchiligi xilma-xil tuzlardir. Odatda, 1 litr suvda erigan moddalar miqdori suvning sho‘rlik darajasini bildiradi. 199 Agar suvning tarkibidagi tuz miqdori 1 1 suvda 1 grammdan kam boMsa, chuchuk, ortiq boMsa, sho'r suv deb ataladi. Okean suvining sho'rligi promille (%o) bilan belgilanadi. Promille - biron narsaning mingdan bir boMagi (ulishi) yoki 1 kg suvda necha gramm tuz borligini bildiradi. Dunyo okeani suvining sho'rligi 35 promille. Lekin okean suvining sho'rligi okeanlarning turli qismlarida turlicha. Bu Quyoshning isitishiga (joyning haroratiga) yogMnlarning va bug‘laming miqdoriga, daryolar keltirayotgan suv miqdoriga bogMiq. Binobarin, eng katta sho^rlik tropik va qisman subtropik mintaqasida joylashgan okean suvlarida boMib 36-37%o ga yetadi. Chunki bu mintaqada yogMn kam, harorat yuqori, bugManish katta. Aksincha, eng kam sho‘rlanish Shimoliy Muz okeani suvlariga to'g'ri kelib, 30-31 %o ni tashkil etadi. Chunki bu okean yuzasida qor va muzliklar ko'p, albedo katta, Quyosh kam isitadi. daryolar ko‘p suv quyadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling