Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Okean suvlarining kimyoviy tarkibi haqida ma’lumot bering?


Download 1.66 Mb.
bet54/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Okean suvlarining kimyoviy tarkibi haqida ma’lumot bering?
Dunyo okeani massasining 96,5 % suvdan qolgani esa, erigan har xil tuzlardan. gazlardan va mayda zarralardan iborat. Okean suvida erigan holda mavjud barcha kimyoviy elementlar bo'lib, ularning ko'pchiligi tuzlardir. Dunyo okeanida quyidagi tuzlar tarqalgan: MgCl2 - 10,9 %, NaCI -77.8 %, MgS04- 4.4 % , CaS04- 3,6 % , K2S04- 2,4 %, CaS03- 0,3 %, MgBr2-0,2 %. Tuzlar ichida eng ko'pi natriy xlor (NaCI - 77.8 %), magniy xlor (MgCl2-10.9 %). Shuningdek, oltin, kumush, mis, fosfor, yod kabi moddalar ham mavjud. Okeanlardagi mineral moddalarning miqdori 5x1016 tonna bo'lib, butun okean suv massasining 3,5 % ini tashkil etadi. Okean suvida erigan holdagi tuzlarning quruqlik yuzasiga yoyilsa, qalinligi 153 m, butun yer yuzasiga yoyilsa qalinligi 45 m tuz qatlami vujudga keladi. Okean va dengiz suvlari tarkibida har xil tuzlardan tashqari, yana erigan holda azot, karbonat angidrid, vodorod sulfid. ammiak, metan va boshqa gazlar ham bo'ladi. Dengiz suvida atmosferadagiga nisbatan kislorodning 35 % ko'p, azot esa 63 %, kam. Demak, suvda kislorod miqdori atmosferaga nisbatan ikki baravar ortiq bo'lib, bu dengiz hayvonlari uchun juda qulaydir.

Dengiz suvining tiniqligi va rangi haqida ma’lumot bering?
Okean suvining tiniqligi uning tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdoriga, daryo keltirayotgan suvga, suv oMlariga, qanchalik ifloslanganligiga, shuningdek, suvdagi muallaq zarrachalar-plankton, havo pufakchalari, suv keltirmalarining Quyosh nurlarini qanday yutishi va tarqatishiga bogMiq holda turlichadir. Quyosh nurlari suvda qisman sochilib ketadi, qisman yutiladi va birmuncha chuqurlikka tushib boradi. Nurlarning yutilishi va sochilishiga suvdagi erimagan har xil moddalar katta ta’sir ko'rsatadi. Ular qancha ko*p boMsa, suvning tiniqligi shuncha kam boMadi. Suvning tiniqligi diametri 30 sm li oq disk bilan aniqlanadi. Disk yo‘g‘on ipga bogMab suvga tushiriladi va ma’lum chuqurlikka tushgach, u ko‘rinmay qoladi. Diskning necha metr chuqurlikdan ko‘rinmay qolishi suvning tiniqlik darajasi hisoblanadi. Dunyo okeanidagi eng tiniq suv Sargasso dengizining suvidir. Uning tiniqligi 66,5 m. Sargasso dengizining yuza qismidagi suv iliq va shu sababli yengil bo’lib, chuqurdan undan ogMr suv yengil suv 0‘rniga koMarila olmaydi. Shuning uchun Sargasso dengizining yuzasida ozuqa tuzlar va plankton kam, dengiz hayvonlari ham kam. Dunyo okeanining tropiklarda joylashgan va halqasimon oqimlar o‘rab olgan hududlar suvlari ham shunday kam hosildir. Bu jihatdan u yerni dengizdagi choM desa ham boMadi. Shuningdek, dengizda suvning vertikal almashinuvining kamligi ham dengiz suvining tiniqligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Sargasso dengizining suvi vertikal aralashmasligi va plankton qatlamining yupqaligi sababli suvi tiniqdir. Tropiklar va subtropiklarda ham suv toza va tiniq. Orta dengizda 60 m, Tinch okeanida 59 m, Hind okeanida 50 m, Shimoliy Muz okeanida 23 m, Boltiq dengizida 13 m, Oq dengizda 9 m, Azov dengizida esa suvning tiniqlik darajasi 3 m.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling