Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Morfoskulptura relef shakllari haqida ma’lumot bering?
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eol relef shakllari haqida ma’lumot bering
Morfoskulptura relef shakllari haqida ma’lumot bering?
Relyef tarkibiy qismlarining yoki shakllarining, y a ’ni turii yoM bilan paydo bo'lgan va turii xarakterdagi botiqlar hamda balandliklarning katta-kichikligiga qarab tnegorelyef, makrorelyef, mezorelyef va mikrorelyef shakllariga bo'linadi. Yer yuzasi relyefi kelib chiqishiga ko'ra uchta yirik guruhga boMinadi: geotektura. morfostruktura va morfoskulptura. Geotektura -Y er po'stidagi yirik relyef shakllaridir. Geotektura faqat Yerning ichki kuchlari ta’sirida vujudga keladi va rivojlanadi. Geotektura relyef shakllarining vujudga kelishi qadimgi yagona Pangeya materigi va Pantalasa okeanining vaqtlar o'tishi bilan hozirgi holatga kelishi katta rol o'ynaydi. Ularga materik ko'tarilmalari va okean botiqlari kiradi. Geosinklinallar va platformalar esa ikkinchi darajali geotekturalar hisoblanadi. Relyefda geosinklinallarga burmali togMar zanjirlari to'g'ri keladi. Platformalarga katta-katta tekisliklar to'g'ri keladi. Har qaysi materikning negizida kembriydan oldingi bitta (Yevrosiyoda) yoki bir nechta platforma bor. Ularni geosinklinallar - turli yoshdagi tog' zanjiri o'rab olgan. Morfostrukturalarga yirik sayyoraviy relyef shakllari kiradi. Ularning hosil bo'lishida Yerning ichki kuchlari bilan birga tashqi kuchlari ham qatnashadi. Bunday relyef shakllariga yirik tog‘ tizmalari va tekisliklar kiradi. Masalan, Tyanshan, Kordilera tog'lari, Buyuk tekisliklar, Sharqiy Yevropa tekisligi, Turon tekisligi, Sharqiy Avstraliya tog'lari va h.k. Morfoskulpturalar asosan tashqi (ekzogen) kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularga daryo vodiylari, allyuvial tekisliklar, muz relyef shakllari, shamol ta’sirida hosil bo'lgan relyef shakllari. suv eroziyasi natijasida hosil boMgan relyef shakllari kiradi. Masalan. jarlar, qirg'oqlar, barxanlar, daryo vodiylari va h.k. Eol relef shakllari haqida ma’lumot bering? Shamolning ishi. Shamol tog' jinslarini yemiradi, uchiradi, ularni m a’lum joyga olib borib yotqizadi. Shamol ta’sirida vujudga kelgan yumshoq jinslar eol yotqiziqlar, shamolning faoliyatini esa еоГг' jar ay on, shamolning ishi natijasida vujudga kelgan relyef shakllarini esa eol relyef shakllari deyiladi. Shamolning ishi quyidagilarda namoyon bo'ladi: a) shamol m a’lum bir yuzaga ta ’sir etib, zarrachalarni ko'chirib, bir joydan ikkinchi joyga uchirib olib ketadi va shamolning bu ishini deflyatsiya deyiladi. Deflyatsiya ko'proq g'ovak tog' jinslari mavjud bo'lgan hududlarda, masalan, cho'Ilarda sodir bo'lib, eng mayda va yumshoq jinslarni uchirib kichik botiq (kotlovina)larni. chuqurchalarni hosil qiladi. Masalan, Ustyurt platosini Mang'ishloq yarim orolidan ajratib turuvchi Qorniyoriq botig'i kotlovinasi V.A.Feodrovich fikriga ko'ra, 1 mln. yilda paydo bo'lgan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling