Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Kartografik, Aerokosmik, Paleografik tadqiqot usullariga tarif bering?
Download 1.66 Mb.
|
17. Kartografik, Aerokosmik, Paleografik tadqiqot usullariga tarif bering?
Geoximik va geofizik usullar. Mazkur usullar landshaftshunoslik tadqiqotlarida keng qoMlaniladi. Geokimyoviy usul yordamida landshaftshunoslikda kimyoviy elementlarning harakati o ’rganiladi. Kimyoviy elementlar ko‘proq balandliklardan pastqam joylar tomon harakat qiladi. Natijada turli xil landshaftlar hosil boMadi. Geofizik usullar yordamida landshaftlarda sodir boMadigan energiya va modda almashinuvi jarayoni kiradi. Paleogeografik usul. Mazkur usul tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geogratiyaning asosiy tadqiqot usuli hisoblanadi. Paleogeografik usul tabiiy geografiyada geologik rivojlanish davomida tabiiy sharoitning shakllanishi va o 4zgarishini aniqlash uchun ishlatiladi. Bundan tashqari mazkur usul m a’lum bir jarayonlarni rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash asosida ularni o 4zgarishi va iqtisodiy holatlarini bashorat qilishga imkon beradi. Aerokosmik tadqiqotlar usuli. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda aerokosmik tadqiqot usulidan samarali foydalanish juda mazmunli va boy axborotlarga ega boMish imkonini beradi. Aerokosmik suratlar yordamida daryolar o ‘zanlarining o ‘zgarishi, ekologik o ‘zgarishlar qonuniyatlari to‘g ‘risida ma’lumotlarga ega boMish mumkin. Koinotdan olingan sur'atlar tabiiy muhitning barcha xususiyatlari va komponentlari to‘g ‘risida axborotlar berish, xususan, relyef sharoitlari yoki shakllari, o‘simlik qoplami xususiyatlari, suv, tuproq inson mehnat faoliyati natijasida vujudga kelgan obyektlar, favqulodda tabiiy hodisalar (surilmalar, sel, ko‘chki, eroziya va boshqalar) haqida toMiq va atroflicha ma’lumotga ega boMinadi. Shuningdek, aerokosmik sur’atlar yordamida tuproq sho‘rlanishi, choMlashishning kengayishi, o‘rmonli mintaqalarning kamayib borishidagi davriy o ‘zgarishlarni kuzatish mumkin. Aerokosmik suratlar topografik, geomorfologik, gidrogeologik, gidrografik, tuproq, o‘simlik, ekologik o ‘zgarishlar bashorati (prognozi) kartalarini tuzish imkonini beradi.Modellashtirish usuli tabiiy geografiyada keng qo'llaniladi. Hozirgi paytda jamiyat va tabiatning o'zaro ta'sirini modellashtirish tabiiy geografiyani va ekologik geogratiyaning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda geografiya fanlar tizimi kengayib va rivojlanib bormoqda, oraliq fanlar vujudga kelmoqda. Vujudga kelgan yangi fanlardan, masalan, tibbiy geografiyadan tadqiqot ishlarini olib borishda geografik tadqiqot usullaridan foydalanish bilan birgalikda, tibbiyotda qo'llaniladigan tadqiqot usullari hamda tibbiy geografiyaning o'zida ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan ham foydalaniladi. Demak, fanlarning rivojlanishi va yangi tarmoqlarning vujudga keldi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling