Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Yer po‘sti qanday qatlamlardan iborat?
Download 1.66 Mb.
|
Yer po‘sti qanday qatlamlardan iborat?
Yer poʻsti — Yerning tashqi qattiq qobigʻi, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Ye. p.ning pastki chegarasi boʻylama va koʻndalang seysmik toʻlqinlar tezligi birdaniga oʻzgaradigan (6,7—7,6 km/sek dan 7,9— 8,2 km/sek gacha) yuza — Moxorovichich yuzasi)dj oʻtadi. Shu yuza bilan Ye.p. mantiyadan ajraladi. Ye. p.ning kuruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Ye. p.ning qalinligi tekisliklarda 35–40 km, togʻliklarda 50– 75 km gacha. Okean osti Ye. p.niki 5–10 km. Quruqlikda Ye. p. uch qatlam: yuqoridagi choʻkindi (qalinligi 15–20 km gacha), oʻrtadagi shartli ravishda "granit" (10–20 km), pastdagi "bazalt" (oʻrtacha 15–20 km)dan tashkil topgan. Okean osti Ye. p.da "granit" qatlami yoʻq, choʻkindi qatlami ham yupqa. Qu-ruqlikda Ye. p.ning yuqori qatlami choʻkindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan boʻlib, koʻpincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. "Granit" qatlam granit va gneyslardan, "bazalt" esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat. Okean osti Ye.p. 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz choʻkindilari (1 km gacha), uning ostidagisi zichlangan choʻkindilar (1–2 km), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4–8 km) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor. Okeandan quruklikka oʻtadigan joyda oraliq (subkontinental yoki subʼokean) Ye. p. (8–25 km) joylashgan. Ye. p.da muntazam tektonik harakatlar boʻlib turadi. Shunga binoan Ye. p. Harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar — platformalarga boʻlingan. Ye. p.ning yoshi 3,5—4,5 mlrd. yilga teng . Ye. p.ning rivojlanishi Yer qaʼridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bogʻliq boʻlsa kerak deb faraz qilinadi. Ye. p. izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: yaʼni Ye. p.ning qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq boʻlsa, u substratga chuqurroq choʻkkan boʻladi. Tektonik kuchlar Ye. p.ning izostaziya holatini buzib yuboradi, ammo tektonik kuchlar susayganda Ye. p. yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. Ye.p.ning geologik tuzilishini oʻrganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol oʻynaydi.. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling