Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Platforma va geosinklinal bir-biridan nimasi bilan ajralib turadi?
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geologik vaqt deb nimaga aytiladi Fikringizni izohlab bering.
Platforma va geosinklinal bir-biridan nimasi bilan ajralib turadi?
Hozirgi geosinklinal oblastlarga Tinch okeanning Kuril va Aleut orol lari joylashgan hududlar kiradi. Atlantika okeanida esa harakatdagi vulqonlar keng tarqalgan orollar kiradi. Uzoq kelajakda ko'p olimlarning taxmini bo'yicha geosinklinallar faoliyati to'xtaydi. Platformalardan kristall jinslardan iborat poydevor Yer yuzasiga chiqib, ochilib qolgan katta-katta maydonlar ajralib turadi. Bunday joylarni qalqonlar deyiladi. Qalqonlar odatda asta-sekin ko'tarilib boradi. Platforma poydevori ancha cho'kkan va ular cho'kindi jinslar bilan to'lgan joylar plitalar deb ataladi. Ular asta-sekin cho'kishda davom etmoqda. PI at form an ing turi i qismlarida turli xil foydali qazilmalar uchraydi. Platformalarning plitasida, y a ’ni cho'kindi jinslari orasida noruda qazilmalar uchraydi (tuzlar, toshko'mir, neft, tabiiy gaz, yonuvchi slaneslar), qurilish materiallari (oxaktosh, qumlar, gillar), ba'zan esa metali qazilmalar (boksitlar, marganets va temir rudalari) ham uchraydi. Platformaning poydevorida rudali foydali qazilmalar ko'p bo'ladi. Magmaning cho'kindi jinslar orasiga kirib kelishidan ham ko'pgina foydali qazilmalar hosil bo'lgan. Bular orasida noruda foydali qazilmalar (olmoslar, qimmatbaho toshlar va h.k.) ham bor. Yer po'sti tuzilishining xususiyatlaridan yana biri kontinental riftlardir. Ular geosinklinallarga o'xshab harakatchan bo'ladi, seysmiklik va vulqonizm yuqori darajada rivojlangan bo'ladi, uzoq masofalarga cho'zilgan va tor boMadi. Ikkalasini ham Yer po'stini gorizontal kengayishi natijasida vujudga keladi. Geologik vaqt deb nimaga aytiladi? Fikringizni izohlab bering. Geologik vaqt. Yer po'sti hamma joyda bir xil bo'lmasdan, turli joylarda uning yoshi, qalinligi va tuzilishi turlicha. Bu esa uning qadimdan o'zgarib kelayotganligi oqibatidir. Yer po'stining hosil bo'Ishi uchun ketgan vaqt geologik vaqt deb ataladi. Yer po'stidagi tog‘ jinslarining nisbiy va mutlaq yoshi ajratiladi. Tarkibi turlicha bo'lgan cho'kindi tog' jinslarining qanday tartibda yotishini va ularda uchraydigan o'simlik va hayvonotlarning tosh bo'lib qotgan qoldiqlarini o'rganib, qanday qatlamlar oldin, qaysi birlari keyinroq hosil bo'lganini aniqlash, y a ’ni ularning nisbiy yoshini bilib olish mumkin. Biron bir tog' jinsi paydo bo'lgan vaqtidan boshlab o'tgan yil lar shu jinsning mutloq yoshi deb ataladi. Tog' jinslarining mutloq yoshi radiaktiv usul bilan aniqlanadi. Mazkur usul ularni parchalanishini o'rganishga asoslangan. Minerallardagi radioaktiv elementlar o'zo'zidan yemiriladi va yemirilish natijasida bir qancha oraliq mahsulotlarni hosil qilib, muayyan vaqtdan so'ng radioaktiv bo'lmagan, boshqa barqaror elementlarga aylanadi. Masalan, qo'rg'oshin uran va toriyning yemirilishidan hosil bo'lgan oxirgi mahsulotdir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling