Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino geografiya fanining rivojlanishidagi xizmatlari haqida so‘zlab bering?
Download 1.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Qoshg‘ariy geografiya fanining rivojlanishidagi xizmatlari haqida so‘zlab bering
Abu Rayhon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino geografiya fanining rivojlanishidagi xizmatlari haqida so‘zlab bering?
Umumiy Yer bilimining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan O'rta Osiyolik qomusiy olimlardan biri Abu Rayhon Beruniydir. O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: geografiya, geodeziya, geologiya, astronomiya, fizika, matematika, mineralogiya, biologiya, tarix kabilarni chuqur o'rgandi. Beruniy asarlari orasida geografiyaga doir maxsus kitoblar ko'pdir, ammo astranomiya va boshqa sohalarga bag'ishlab yozgan kitoblari ichida ham geografik ma’lumotlar mavjud. Uning «Hindiston», «Minerologiya» («Kitob al-javoxir fi ma'rifat al-javohir» - «Javohirlarni tanish uchun jam kitob»), «Osori boqiya» («Al-osor al-boqiya an ul-qurun al-holiya», ya'ni, «Qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar»), «Geodeziya», «Qonuni Mas’udiy» («Al-Qonun Ma‘sudiy fi 1 xay’a van nujum» - «Astranomiya fanida Ma’sud ismiga yozilgan Qonun»), «Saydana», «Kartografiya» va boshqa ko'plab geografik asarlari diqqatga sazovordir. Beruniyning dunyo faniga, xususan geografiya fanining rivojiga qo‘shgan hissalaridan biri Yerning shakli va o ‘lchami haqida haqiqatga yaqin maMumot berganligidir. U o'zining «Hindiston» asarida Yerning dumaloqligini isbotlovchi quyidagi dalilni keltiradi: «Kechasi Quyosh ко 'rinmay qolishining sahabi uning Yerdan uzoqlashib ketishida emas. U Yerning do'mboqligi dastida bizga ко ‘rinmay qoladi. Qaysi bir xalqlar Quyosh chiqishini ко 'rgan paytda boshqa xalqlar Quyoshni о ‘z tepalarida ко 'radilar, bu haqiqat, har yerning vaqti (soati) har xil. Buning sababi Yerning yumaloq bo 'Iganligidadir. Agar Yer yumaloq bo 'Imaganda turlicha kenglikdagi joylar bilan о ‘ralmagan bo ‘lardi, yozda va qishda kun va tun har xil bo'lmas edi, ular hozirgiday о ‘zgarib tur mas edi lar». Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmud Qoshg‘ariy geografiya fanining rivojlanishidagi xizmatlari haqida so‘zlab bering? Zahiriddin Muhammad Boburning shox asari «Boburnoma» bilan regional geografiyani rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shgan. U geografik izchillikni va taqqoslash metodini geografiyaga olib kirgan. U Boburnomada Samarqand va Qobul iqlimini quydagicha taqqoslaydi: «Samarqand qishi mahkam sovuqdir, qori agarchi Qobul qoricha tushmas. Yozlari yaxshi, havosi bor, havosi agarchi Oobulcha у о 'qdir.... Yozlarda kechalari po ‘stinsiz yotib bo ‘Imas». «Boburnoma»da keltirilgan maMumotlar asosida O'rta va Janubiy Osiyo davlatlarining o ‘rta asrlardagi tabiiy sharoiti va xo‘jaligi haqida fikr yuritish mumkin. U «Boburnoma»da to g \ tekislik, daryo, muzliklar, koM, dengiz, o‘simlik va hayvonot olami, iqlim, aholining urf-odatlari, madaniyati, mashg‘ulotlari jonli tavsiflaydi. Bobur izidan yurib chiqqan boburshunos geografi olim H.Hasanovning iborasi bilan aytganda «Boburni mashhur sayyoh-geograf о ‘Ikashunos, haqiqiy alpinist» deb atash mumkin. U o'zi yurgan, ko‘rgan va bilgan narsa va hodisalarni haqqoniy va mohirona bayon qilgan. Shu asosda H.Hasanov «Bobur tasvvurida Farg'ona vodiysi» kartasini bemalol qiynalmasdan chizganlar. «Boburnoma»ni o ‘qigan kishi Boburning Boburiylar saltanatining asoschisi, sarkarda, shoir va geograf ekanligiga ishonch hosil qiladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling