Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Relef hosil qiluvchi endogeh kuchlar haqida ma’lumot bering


Download 1.66 Mb.
bet39/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
Relef hosil qiluvchi endogeh kuchlar haqida ma’lumot bering.
Endogen jarayonlar - Yer qaʼrida yer ichki kuchlarining taʼsir etishidan yuzaga keladigan geologik jarayonlar. Yer poʻstida sodir boʻladigan tektonik harakatlar, seysmik faollik, magmatizm, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar va boshqalar Endogen jarayonlarni tashkil etadi. Yerning ichki energiyasi uning chuqur qismida radioaktiv moddalarni parchalanishidan ajralib chiqqan issiqlik, yer qatlamlaridan hosil boʻladigan gravitatsion kuchlar taʼsiri va Yerning aylanishidan yuzaga keladigan kuchlar hisobiga paydo boʻladi. Gravitatsion kuchlarning Yer poʻstida notekis taqsimlanishi unda turli zichlik hamda tektonik faolliqdagi qismlar boʻlinishi, qatlamlarning deformatsiyalanishiga va metamorfizmga uchrashiga sabab boʻladi. Shuningdek, Yer poʻstining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada toʻplangan energiya qatlamlarning burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil boʻlishiga, qatlamlarni yoriqlar boʻylab turli yoʻnalishlarda siljishiga, zilzilalar vujudga kelishiga va boshqalarga olib keladi. Magmaning choʻkindi yotqiziqlar ichiga joylashishi va ular bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlarning yoriqlar boʻylab yuqoriga koʻtarilishi va boshqalar omillar taʼsiridan turli foydali qazilma konlari hosil boʻladi. Endogen jarayonlar ning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar taʼsirida vujudga keladi. Koʻpgina geologik hodisalar, foydali qazilmalarni tarkib topishi (mas, neft, toshkoʻmir va boshqalar) va strukturalarning shakllanishi ekzogen va endogen geologik jarayonlarning bir-biriga boʻlgan aloqasiga bogʻlikdir (qarang Ekzogen jarayonlar).
Relef hosil qiluvchi ekzogeh kuchlar haqida ma’lumot bering.
Kimyoviy nurashning asosiy sababchisi suv, kislorod, karbonat angidrid hisoblanadi. Chunki suv erituvchanlik xususiyatiga ega bo’lib, kislorod bilan birgalikda ba’zi jinslarni o'zgarishiga olib keladi. B a’zi jinslar xususan, ohak. gips, tuz suvda tez erib, turli bo'shliqlarni (karst va g'orlarni) hosil qiladi. Organik nurashda mikroorginazmlar (bakteriya, zamburugMar, virus va boshqalar) ning ishi tufayli tog' jinslari yemiriladi, nuraydi. Tog' jinslarining yemirilishida yumronqoziqlar, kalamush, qo'shoyoq sichqonlar va boshqa jonivorlar ishtirok etadi. O'simlik urug'lari tog' jinslari yoriqlariga kirib, ko'karib, o'sishi oqibatida ularning ildizlari yoriqlarni kengaytirib, parchalab, yemirilishiga sababchi bo'ladi. So'nggi yillarda tog' jinslarini yemirilishida kishilarning xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar (shaxta, karer, kanal, to'g'on, suv omborlari, yo'llar qurish)ning ta'sirida kuchayib bormoqda. Ba'zan fizik, ba'zan kimyoviy nurash ustunlik qilsada, odatda fizik va kimyoviy nurash birgalikda sodir bo'ladi. Nurashda jins va minerallar (kvarsdan boshqasi) bo'linibgina qolmay, balki nurayotgan gorizontlar tarkibida ham o'zgarib ketadi. Bunda ko'p moddalarni suv oqizib ketadi, joyida qolgan jinslar mustahkam birikmalar, ko'proq kvars, alyuminiy va temir gidratlari bilan boyiydi. Denudatsiya - (lotincha ochilib qolish) deb nurash mahsulotlarining nisbatan past joylarga olib ketish jarayonlari yig'indisiga aytiladi. Denudatsiya oqar suvlar, muzliklar va shamol natijasida ro'y beradi, tik yonbag'irlarda esa yumshab qolgan ona jinslar og'irlik kuchi ta’sirida pastga qulab tushadi. Denudatsiyaning intesivligi joyning dengiz sathidan balandligiga, tog' jinslarining tarkibi va xossalariga hamda nurash sur’atiga bog'liq. Nurash va denudatsiya natijasida nurash po'sti - geologik formatsiya hosil bo'ladi. Nurash po'sti parchalangan mahsulotlardan hamda ishqorsizlangan tog' jinslaridan tashkil topadi. Agar ular dastlab hosil bo'lgan joyda qolib ketsa, u qoldiq nurash po'sti, agar bir joydan boshqa joyga olib kelingan bo'lsa qayta yotqizilgan nurash po'sti hosil bo'ladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling