Suvning aylanma harakatlari deganda nimani tushunasiz? Fikringizni izohlab bering?
Dunyo okeani xususiyatlaridan biri uning dunyoda, ya'ni tabiatda suvning katta aylanma harakatida ishtirokidir. Okeanlardagi va quruqlik yuzasidagi suvlar bugManib yogMngarchilik yogMshiga olib keladi'9. Suvning aylanma harakatini geografik qobiqda, quruqlikda, okeanda, atmosferada va xo‘jalikdagi kabi turlarga ajratish mumkin Geografik qobiqning eng muhim jarayonlaridan biri bu suvning aylanishidir. Quyosh nuri (energiyasi) ta’sirida yer yuzasidagi suvlar bugManib atmosferaga koMariladi, so‘ngra haroratning pasayishi tufayli kondensatsiyalashib yana yer yuzasiga tushadi. Natijada, Yer yuzasida «yogMn-suv-bug‘-shamol» nomli suv aylanasining tizimi vujudga keladi. Chunki, Quyosh nuri ta’sirida yer yuzasidan har yili 520 ming km' yoki 1015 mm suv bug‘ga aylanib atmosferaga koMariladi, so'ngra yogMn tariqasida (yiliga 520 ming km3 yoki 1015 mm) yana yer yuziga tushadi.
Dunyo okeani haqida ma’lumot bering?
Yer shari umumiy maydonining 71% ini qoplab olgan yaxlit suv qatlamini dunyo okeani deb yuritiladi. Dunyo okeani gidrosferadagi suvning 96,5 % ni ishg'ol qilib, umumiy maydoni 361 mln. km". Olimlarning fikricha, «okean» atamasi finikiyaliklar so‘zidan olingan bo’lib, «qirg'oqsiz dengiz», «Yerni aylanib oquvchi daryo» degan ma’noni anglatadi. «Dunyo okeani» atamasini rus olimi Ye.M.Shokalskiy 1917 yilda fanga kiritgan. Uning maydoni 361 mln. km". Suv yer yuzasining Shimoliy yarim sharda 61 % ni, Janubiy yarim sharda 81% ni qoplagan. Dunyo okeanida 1 338 000 000 km3 suv to'plangan boMib, o'rtacha chuqurligi 3700 m. Eng chuqur yeri (Mariana botig"i) 11022 m ni tashkil etadi. Quruqlik yuzasi bilan suv yuzasi doimo o‘zaro aloqada bo'lib, «okean-atmosfera-materik» tizimidagi o‘zaro eng muhim aloqani hosil qiladi. U Yer yuzasida issiqlik rejimining taqsimlanishiga kuchli ta’sir etib, termoregulyatorlik vazifasini bajaradi. Mazkur aloqaning eng muhim qismi modda va issiqlikning almashinishidir. Quruqlik va okean o‘rtasida modda va issiqlikning almashinuvi quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |