15ta so`zni yodlab ko`ring:
1. Cat (ket) – mushuk: (ketmon) Mushukni tasavvur qiling, so`ng uning
qo`lida ketmon borligini tasavvur qiling. Mushuk qo`lida ketmon bilan
dalada yer chopayotganini tasavvur qiling. Endi uch marta
takrorlaymiz;
Lug`atdan qanday foydalanish kerak? Cat – bu so`zning yozilishi; (ket)
– bu so`zning o`qilishi, biz xalqaro transkripsiyadan voz kechgan holatda,
qulaylik yaratish uchun, u qanday o`qilsa, shunday yozib qo`ydik;
Mushuk – bu tarjima; (Ketmon) – bu o`xshatilgan so`z, ya`ni assosiasiya,
ya`ni Ingliz tilidagi so`zni o`zbek tilidagi qaysi so`zga o`xshatilganligini
ko`rsatib beruvchi kalit so`z; Mushukni tasavvur qiling, so`ng uning
qo`lida ketmon borligini tasavvur qiling. Mushuk qo`lida ketmon bilan
dalada yer chopayotganini tasavvur qiling. Endi uch marta takrorlaymiz;
- Bu esa tasavvur qilishingiz kerak bo`lgan fragment.
Do'stlaringiz bilan baham: |