Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy aksiomalari


Download 0.62 Mb.
bet6/80
Sana05.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#209174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
HFX fanidan YN savollari 1

3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy aksiomalari

Mutloq xavfsiz bo‘lgan ish (faoliyat) bo‘lishi mumkin emas. Demak, har qanday (faoliyat) bo‘lmasin - unda yashirin xavf bo‘ladi. Bu potensial xavf to‘g‘risidagi aksioma bo‘lib “Hayot faoliyati xavfsizligi”da g‘oyat katta metodologik ahamiyatga ega.

Bunday aksiomalardan yana bir nechtasini keltirib o‘tishimiz mumkin:

Aksioma 1. Texnosferalardagi modda, energiya va axborotning kundalik oqimi chegara qiymatlaridan oshsa, texnogen xavflar mavjud bo‘ladi.

Aksioma 2. Texnogen xavflarning manbalari texnosferaning elementlari hisoblanadi.

Aksioma 3. Texnogen xavf vaqt va makon (fazo) ichida harakat qiladi.

Aksioma 4. Texnogen xavflar bir vaqtning o‘zida odamlarga, tabiiy muhitga va texnosfera elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Aksioma 5. Texnogen xavflar odamlar salomatligini yomonlashtiradi, shikastlanishga olib keladi, moddiy yo‘qotishlarga va tabiiy muhitning tanazzuliga olib keladi.

Aksioma 6. Texnogen xavf-xatarlardan himoya qilish xavfli manbalarni takomillashtirish, xavf manbai va himoya qilish ob’ekti orasidagi masofani oshirish, himoya choralaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.

Aksioma 7. Hayot faoliyati jarayonida qulaylik ko‘rsatkichlari inson faoliyati va dam olishlari bilan o‘zaro bog‘liq.

Aksioma 8. Xavf dunyosidagi va ularni himoya qilish bo‘yicha odamlarning kompetentligi hayot faoliyati xavfsizligiga erishish uchun zaruriy shartdir.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling