Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari
Download 0.62 Mb.
|
HFX fanidan YN savollari 1
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga binoan jalb etilishi mumkin. FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. Jumladan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadi. FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi. Tezkor bo‘ysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalari hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraviy mansub ob’ektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan. Vazirliklar va idoralarning yong‘in, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish bo‘yicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin. Doimiy tayyor holatdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya ob’ektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda kontrakt asosida jalb etiladi. Hududiy quyi tizimlar va ularning bo‘g‘inlarida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda — fuqaro muhofazasi boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi hamda tegishli hokimlar qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining hududiy avariya-qutqaruv va avariya-tiklash tuzilmalari, shuningdek FVVning viloyat (shahar, tuman) avtootryadlari, tezkor tibbiy yordam markazlari, qutqaruv komandalari tashkil etiladi. Tashkilotlar rahbarlarining qarorlari bilan yuqori darajada xavfli ob’ektlarda mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita ob’ektlarda kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tuziladi. Avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan favqulodda hodisalardan aholi va hududlarni muhofaza qilishga doir vazifalarni hal etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar, tumanlarda va ob’ektlarda fuqaro muhofazasi boshliqlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va tegishli hokimlarning qarorlari bilan umumiy va maxsus maqsadlardagi hududiy hamda ob’ektlarning tuzilmalari tuziladi. Tabiiy va texnogen tusdagi yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling