Ionlovchi nurlar har qanday nur bo’lishi mumkin, faqat ular muxitni bevosita yoki bilvosita ionlash, ya’ni atom va molekulalarni zaryadlashi kerak. Kosmik nurlar bunga misol bo’ladi. Yerda bunday nurlarning tabiiy manbai –tabiiy tarzda tarqalgan radiaktiv moddalardir. Sun’iy manbalar-yadro reaktorlari, zaryadlangan zarralarni tezlatgichlar, rengen uskunalari, sun’iy radiaktiv izotoplardir.
Ionlovchi nurlar odam hayoti uchun jiddiy xavf tug’diradi, shuning uchun ular bilan to’qnash keladigan paytda ma’lum texnikaviy va tashkiliy choralarni ko’rish lozim.
Nurlanish ichki va tashqi bo’ladi. Tashqaridan nurlanishda radiatsiya manbai organizmdan tashqarida bo’ladi va radiaktiv moddalar organizm ichida nurlaydi. Rentgen apparatlari va tezlatgichlar bilan ishlaganda shunday bo’ladi.
Tashqaridan nurlanishda eng xavflilari-betarentgen nurlari va neytronli nurlanish hisoblanadi. Radiaktiv moddalar organizmga havo orqali ovqat yo’li, ba’zan teri orqali kirib, ichdan nurlanishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |