Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish
Download 1.93 Mb.
|
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini jamg‘arish jarayonidan iborat. Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbatan aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy normasi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo‘ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ularni qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo‘ljallanadi. Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) belgilashda asosiy kapital qiymati (Kas) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun sarflar, (Tk) eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag‘ (Mt) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi: Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy yeyilishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan normalar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda o‘stirib yuboradi, pasaytirilgan normalar esa asosiy kapital tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi. Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari rivojlangan mamlakatlarda kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra davlat ko‘pincha firmalarga jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llashga ruxsat beradi. Jadallashtirilgan amortizatsiya ajratmalarning yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida ro‘yxatdan chiqarish imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash asosiy fondlarning aktiv qismi uchun ruxsat etiladi. Biroq, bu holat nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqarish xarajatlarini amortizatsiya ajratmalariga to‘g‘ri keluvchi qismining oshib ketishiga ham olib keladi. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, avvalo qo‘shimcha kapital mablag‘ sarfalanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda o‘z ifodasini topadi. Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari o‘rtasidagi nisbat milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bilan asosiy kapital qiymati o‘rtasidagi aloqani aks ettirib, u o‘zaro bog‘liq ikki ko‘rsatkich – kapitaldan olinadigan samara (Ks) va mahsulotning kapital sig‘imi (Ksig) ko‘rsatkichlari bilan ifodalanadi. Milliy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan olinadigan samara darajasi ishlab turgan asosiy kapitalning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromadni, kapital sig‘imi darajasi esa ishlab chiqarilgan milliy daromad yoki yalpi ichki mahsulotning bir so‘mi hisobiga asosiy kapital qiymatining to‘g‘ri kelishini tavsiflaydi: Korxona miqyosida kapitaldan olinadigan samara darajasi asosiy kapitalning bir so‘mi evaziga korxona ishlab chiqaradigan mahsulot miqdori (M) bilan, kapital sig‘imi esa korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotning (M) bir so‘m hisobiga qancha asosiy kapital qiymati to‘g‘ri kelishi bilan tavsiflanadi: Korxonadagi mehnat vositalarining ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi natural ko‘rsatkichlar yordami bilan aniqlanadi. Masalan, bir to‘quv dastgohida metr hisobida bir kunda to‘qilgan mato, bir avtomobilda bir kunda tonna hisobida tashilgan yuk va hokazo. Asosiy kapital (fondlar) harakati aylanma kapital va muomala mablag‘lari harakati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini aniqlash va uni oshirish omillarini ko‘rsatib berish muhim ahamiyatga ega. Aylanma kapitaldan foydalanishning umumlashuvchi ko‘rsatkichi hisoblangan iqtisodiyot miqyosida mahsulotning material sig‘imi (Msig‘) mahsulot yaratishda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining yalpi ichki mahsulot (YaIM) yoki milliy daromadga (Md) nisbati orqali aniqlanadi: Korxona miqyosidagi material sig‘imi (Msig‘.kor.) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi: Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir. Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylanma kapital o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan shunchalik samarali foydalaniladi. Amaliyotda aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanish koeffitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi: . Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ishlab chiqarish vaqtini avvalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir. Asosiy tayanch tushunchalar: Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat. Hissadorlik jamiyati – ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma. Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz. Aksiya kursi – qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan narxi.
Ta’sischilik foydasi – sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq. Dividend – aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi. Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari. Aylanma kapital - unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilinadigan, o‘z qiymatini yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi. Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradigan va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi. Amortizatsiya normasi - amortizatsiya ajratmalari yillik summasining asosiy kapital qiymatiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering. «Tadbirkorlik faoliyati» va «biznes» tushunchalarini izohlang. Tadbirkorlikning vazifalarini sanab ko‘rsating. Nima uchun tadbirkor tahlika (tavakkalchilik) bilan faoliyat ko‘rsatadi? Tadbirkorlikning rivojlanish shart–sharoitlari nimalardan iborat? Tadbirkorlikning shakllarini va ularning xususiyatlarini ko‘rsating. Hissadorlik jamiyatiga ta’rif bering. Aksiya nima, aksiya kursi qanday aniqlanadi? Aksiya kursiga ta’sir qiluvchi omillarni ko‘rsating. Tadbirkorlik kapitali nima? Uning tarkibiy tuzilishi qanday? Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida qanday bosqichlardan o‘tadi hamda qanday shakllarga kiradi? Kapitalning aylanishiga tavsif bering. Aylanish vaqti qanday vaqtlarni o‘z ichiga oladi? Ularga tushuncha bering. Kapitalning aylanish tezligi qanday aniqlanadi? Kapitalning aylanish uzunligi ikki oyni tashkil qiladi deb faraz qilsak, bir yilda necha marta aylanadi va bir aylanishining uzunligi qancha davom etadi? Unumli kapital asosiy va aylanma kapitalga qanday mezonlar bo‘yicha ajratiladi? Asosiy va aylanma kapitalga tavsif bering. Amortizatsiyaning iqtisodiy mazmuni nimadan iborat? Uning normasi qanday aniqlanadi? Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar orkali aniqlanadi? Aylanma kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlarini tushuntiring. 10-BOB. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI, ISh HAQI Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berishga bo‘lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qiladi, ular ham ma’lum narxga ega bo‘ladi. Korxona bozorga taklif qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar (resurs narxlari) darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga bog‘liq. Bu bobda biz sarf-xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to‘xtalamiz hamda foydaning tashkil topishini tahlil qilamiz. Shu bilan bir qatorda, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo‘lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bobda ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog‘liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ko‘rib chiqiladi. 1. Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari, foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1-chizma). Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo‘ladi. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. 1-chizma. Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi. Cof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi konsepsiyalari marjinalistlar va neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni ham mu’lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu konsepsiyalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. Ma’lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo‘nalishi bo‘yicha sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo‘nalishlarda foydalanish imkoniyatini cheklab qo‘yadi. Shunga ko‘ra, tadbirkor (yoki resurs egasi) mazkur resursni eng yuqori darajada naf keltiruvchi yo‘nalishga sarflashga harakat qiladi. Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil yo‘nalishlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymay o‘ziga jalb etish uchun to‘lov iqtisodiy yoki zimmasiga tushuvchi xarajat deb ataladi. Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, korxona (firma) miqyosida muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‘yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi (2-chizma). Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchun to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to‘lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan resurslardan foydalanishi bilan bog‘liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to‘lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o‘z resurslari qiymatini shunga o‘xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. 2- chizma. Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko‘ra turkumlanishi. Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan to‘lov – normal (me’yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag‘batlantirib turish uchun to‘lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug‘ullanishdan to‘xtaydi va o‘zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi. Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga bo‘linadi (3-chizma).
3- chizma. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’siriga qarab xarajatlarni turkumlash. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar (FC) ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo‘ladi. Bunga korxonaning to‘lov majburiyatlari (zayomlar bo‘yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo‘riqlash xizmatiga to‘lov, uskunalarga xizmat ko‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. O‘zgaruvchi xarajatlar (VC) deb ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg‘i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlar (TS)ni tashkil qiladi. Doimiy (FC), o‘zgaruvchi (VC) va yalpi (TS) xarajatlarning grafikdagi ifodasini 4-chizma orqali ko‘rishimiz mumkin. S
FC
0 Q
; bu yerda: AC – o‘rtacha umumiy xarajatlar; TS – yalpi (umumiy) xarajatlar; Q – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori. O‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarning ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: ; bu yerda: AFC – o‘rtacha doimiy xarajatlar; TFC – doimiy xarajatlar summasi. O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar o‘zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: ; bu yerda: AVC – o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar; TVC – o‘zgaruvchi xarajatlar summasi. Shuningdek, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham ifodalash mumkin: AC = AFC + AVC. Bu o‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarning egri chiziqlari quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (5-chizma): S
AVC M AFC
Q
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling