Barchaga assalomu alaykum! "Marketing olami" kanaliga obuna bo’ling va bir-biridan qiziqarli marketing strategiyalarini biz bilan o’rganib boring! Ketdik
Download 14.38 Kb.
|
Starbaks
Barchaga assalomu alaykum! “Marketing olami” kanaliga obuna bo’ling va bir-biridan qiziqarli marketing strategiyalarini biz bilan o’rganib boring! Ketdik! "Taxtlar o'yini" serialini ko’rgansiz yoki u haqida albatta eshitgansiz. Serial ayni paytda dunyodagi eng tomoshabop seriallardan biri bo'lib turibdi. 2019-yilning yakunida chiqqan navbatdagi qismlaridan biri esa juda ko'pchilikning muhokamasiga sabab bo'ldi. Eng qizig'i muhokama mavzusi serialdagi spetseffektlar yoki aktyorlar emas edi. Mashhur Starbaks brendining logotipini eslatuvchi logotip tushirilgan stakanchaning kadrlardan birida ko'rinib qolgani barchaning diqqat markazini egallagandi. Xo'sh, u bu yerga qanday kelib qoldi? Serial yaratuvchilari kinolyap qilishganini inkor qilishmadi. Lekin ular Starbaks bilan aloqalari yo'qligini, stakanchik esa noma'lum bir kafega tegishli ekanligini aytishdi. Keyinchalik ular o'sha kadrni qaytadan tahrir qilishdi va epizoddan stakanchik olib tashlandi. To'g'ri, bir tomondan o'ylaganda kofe stakanchiklari kadrlarda tasodifan ko'rinib qolishi mumkin. Lekin "Taxtlar o'yini" seriali so'ngi yillardagi eng katta byudjetga ega serial hisoblanadi va uning har bitta qismi 15 million dollar evaziga olinadi. Yana bir narsa, kino olish maydonchasida ishchi guruh juda ko'p bo'ladi. Nahotki hech kim bosh qahramonlarning yonida turgan stakanchikni ko'rmay qolgan bo'lsa? Mayli, hech kim ko'rmagan deb o'ylay qolaylik. Ammo montaj jarayonichi? Nahotki serialning montajida hech kim buni payqamagan? Odatda bunday katta loyihalarda har bir sekund katta e'tibor bilan ko'rib chiqiladi. Shunday ekan bu kadrni o'tkazib yuborish mumkinmi? Albatta bu yashirin reklama usuli. Aynan shu qismdan keyin internetdagi servislardan birida "Taxtlar o'yini" va Starbaks so'zlari birgalikda 11 ming marta, boshqa bir servisda esa 193 ming marta qidirib ko'rilgan. Internetda bu holat juda tez va keng miqyosda tarqaldi. Hamma joyda bu mavzudagi qiziqarli memlarga va videolarga duch kelish mumkin edi. Oddiygina kinolyap Stabaksga 2,3 milliard dollar foyda olib keldi. Agar bu rostan ham yashirin reklama bo'lsa, Starbaks marketologlarining ushbu dohiyona reklama kampaniyasi uchun faqatgina qoyil qolish kerak! Azizlar, ushbu video sizlarga yoqqan bo’lsa “layk” bosishni unutmang va albatta o’z fikrlaringizni kommentlarda yozib qoldiring! Ko’rishguncha) Download 14.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling