Barchangizni ana shu quvonchli voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman, deydi Shavkat Mirziyoyev


yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianid tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi


Download 199.06 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2023
Hajmi199.06 Kb.
#1291232
1   2   3
Bog'liq
14-22 Gurux talabalari Ne`matova Iroda va Yusufova Rushana ning tuzgan gazeta lavxasi

2023 yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianid tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi.
2022 yilning 26 noyabr kuni “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Sharqiy” konida kon massasini qazib olish jarayonida portlash yuz bergan. Bu haqda “NKMK” AJ va Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, konning portlatish ishlari olib borilgan hududida ruda toshlarni olish ishlari bilan shug‘ullanayotgan EKG-40 rusumli ekskavator kabinasiga tog‘ jinslari ko‘chmasi sachragan. Buning oqibatida kabinada bo‘lgan mashinist Sh.Sh. tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, ekskavatorda bo‘lgan mashinist yordamchisi T.M. tan-jarohati olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergovga qadar tekshirish harakatlari Zarafshon ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi viloyat prokuraturasi bayonotida.



“NKMK” AJ matbuot xizmati esa maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan portlash sabablari va baxtsiz hodisa tafsilotlari o‘rganilayotganligini ma’lum qildi. 


Oldinroq “Markaziy Amantoy” konida harakatdagi BelAZ rusumli avtoag‘dargichida yong‘in kelib chiqqan va buning oqibatda avtoag‘dargich haydovchisi kuyish tan jarohati bilan kasalxonada vafot etgandi.
2022 yil yanvar-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 7,5 mlrd dollar, eksport – 2,2 mlrd dollar, import 5,3 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 7,4 mlrd hamda 3,7 mlrd dollarni tashkil etgan Rossiya (7,4 mlrd, eksport – 2,5 mlrd, import 4,9 mlrd dollar) va Qozog‘iston (3,7 mlrd, eksport – 1,1 mlrd, import 2,6 mlrd dollar) joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

  • Turkiya – 2,7 mlrd, eksport – 1,3 mlrd, import 1,4 mlrd dollar;

  • Koreya – 1,9 mlrd, eksport – 42 mln, import 1,9 mlrd dollar;

  • Qirg‘iziston – 990 mln, eksport – 773 mln, import 217 mln dollar;

  • Germaniya – 870,4 mln, eksport – 81 mln, import 789,4 mln dollar;

  • Turkmaniston – 614 mln, eksport – 170,6 mln, import 443,5 mln dollar;

  • Afg‘oniston – 586,5 mln, eksport – 579,2 mln, import 7,3 mln dollar;

  • Hindiston – 559,3 mln, eksport – 29,3 mln, import 530 mln dollar.


Download 199.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling