Barg yuksak yashil o‘simliklarga xos bo‘lgan vegetativ organ bo'lib, fotosintez va transpiratsiya kabi muhim funksiyalarni amalga oshiradi


-rasm. 0‘simlik bargirJng uch o‘lchamli kesimining tuzilishi


Download 75.78 Kb.
bet4/4
Sana02.04.2023
Hajmi75.78 Kb.
#1319693
1   2   3   4
Bog'liq
Barg

3.15-rasm. 0‘simlik bargirJng uch o‘lchamli kesimining tuzilishi
[Linda R. Berg Introductory Botany, 2008].
Fotosintez jarayoni amalga oshuvchi, ya’ni xlorofill dona- chalariga ega bo‘Igan mezofill hujayralar qavati epidermis qavati tagida joylashgan ustunsimon va nisbatan ichki qismda joylashgan- g ‘ovak mezofill hujayralaridan tashkil topgan.
Bargning ichki qismida mezofil] hujayralari qavatida turli xil yo‘na.lishda joylashgan o‘tkazuvchi bog‘lam tizimi hujayralari joylashgan. Bargning mikroskopik tuzilishi barg sathiga tushadigan yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liq. Quyosh nuri yaxshi tushadigan yerdagi o‘simlik (yantoq, kungaboqar) barglarda bir yoki bir necha qavat ustinsimon parenximalar mavjud. Soyada o‘sadigan barglarda esa bulutsimon parenxima to‘qimalari hosil boMadi. Bunday holatni hatto bitta o‘simlikning o‘zida ham kuzatish mumkin. Demak, oftobda o‘sadigan barglar soyada o‘sadiganlarga qaraganda 2-2,5 marta qalin boMadi. Ustunsimon parenxima quyosh energiyasining miqdoriga qarab, moslashuvchi organ hasoblanadi. Masalan, quyosh energiyasi ko‘p bo‘lsa, hujayralardagi xlorofill donachalari o‘zining kichik sathi bilan quyoshga qarab kam nur oladi, agarda bunday energiya kamlik qilsa, yuzasi keng tomoni bilan quyoshga qarab yorug‘lik nurini ko‘proq oladi. Quyosh energiyasi haddan tashqari ko‘p bo‘Isa, xlorofill donachalari ustunsimon to‘qimaning tubiga
144
tushib yorug‘!ikdan qochadi. Yorug'lik kamayganda esa aksincha, yuqoriga ko‘tariladi. Barg assimilatsion to‘qimalari orasida tomir qismi-tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ksilema shu bog‘lamning ustki, floema esa ostki tomonida joylashadi. Ostidan epidermis bilaxi qoplangan, u bargning tomir qismidan pastdan bir yoki ikki qavat kollenxima to‘qimasi joylashgan bo‘lib, u bargning elastiklik qobi- lyatini oshiradi. Uning ostki qismida asosiy parenxima hujayralari bor va unda har xil organi hamda anorganik moddalami to‘playdi. Shuningdek, bargda uni tik ushlab turuvchi va sinib ketishdan asrovchi mexanik to‘qima- sklerenxima ham mavjud.

Bargning anatomik tuzilishini o‘rganganlaringiz bo‘yicha tahlil qiling.
Nazorat savollari
1. Barg necha qismdan iborat?
2. Oddiy va murakkab barglaming farqi nimada?
3. Murakkab barg xillarini aytib bering?
4. Shakli o'zgargan barglarga misollar keltiring?
145


Download 75.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling