Bargning asosiy vazifalari
DISSIMILYATSIYA (nafas olish)
Download 129.5 Kb.
|
Bargning asosiy vazifalari
DISSIMILYATSIYA (nafas olish)
O‘simliklar hayvon va odamlarga o‘xshash havodan O2 yutib SO2 chiqaradi. O2 achitish xususiyatiga ega, yonishga yordam beradi. O2 ta’sirida oziqli moddalar tuzilgan qismlarga parchalanadi. Natijada oziqli moddalar tarkibidagi yashirin potensial energiya ajralib chiqadi. Ya’ni kinetik energiyaga aylanadi. Kinetik energiya hisobiga organizm yashaydi, o‘sadi va taraqqiy etadi. Nafas olish protsessini mohiyatini akad.Palladin va professor Kostichevlar tekshirishgan. O‘simliklarning yosh va o‘suvchi organlarining nafas olishi odamlarning nafas olishi bilan barobar, ba’zan undan ortiq bo‘ladi. Mas:nafas olish protsessida o‘z og‘irligidan 1-2% yo‘qotadi. Unib chiqmoqchi bo‘lgan urug‘lar ham shuncha og‘ir-ligini yo‘qotadi. Xamirturish zamburug‘ning nafas olish 6 marta, bakteriyalarniki 200 martadan ko‘p. (Odamlarga nisbatan). Nafas olish protsessiga, havodagi O2 va N2O larning miqdoriga bog‘liq. 100 ko‘tarilsa,nafas olishi 2 marta kuchayadi. Ammo bu kuchayishi 400 - 500gacha boradi. 500 darajadan yuqorida nafas olish protsessi susayadi. Ba’zi o‘simliklar qishda nafas olishni davom ettiradi. Mas:lishayniklar-100 ham nafas oladi. Daraxtlarning kurtaklari xamda archa va qarag‘ayning ignasimon barglari 200 - 250 da ham nafas olishini davom ettiradi. Urug‘lar quruqlikda juda sust nafas oladi. Chunki uning tarkibida 10-15%, N2O bor. Una boshlagan urug‘larda nafas olish 10.000 marta kuchayadi.Una boshlagan urug‘larda 30% N2 O bor. Nafas olish o‘simliklarning yoshiga ham bog‘liq. Nafas olish yosh organda tez, qari organda sust roq bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklar mas:ba’zi bakteriya va zamburug‘lar O2 siz ham yashay oladi. O2 bilan yashovchi o‘simliklar Aerob deyiladi. Kislorodsiz yashovchilarni Anaerob deyiladi. O2 bilan nafas olishi oksidaza fermenti, kislorodsiz nafas olish esa Zimaza fermenti ta’sirida bo‘ladi. Ya’ni Aerob oksidaza fermenti ishtirokida, Anaerob zimaza fermenti ishtirokida nafas oladi. Aerob O2 bilan nafas olishning reaksiyasi:
S6 N12 O6 +6 O2 oksidaza SO2 + 6 N2 O + 674 kkal. ______ f.isht.
Aaerob-O2 siz nafas olish reaksiyasi: S6 N 12 O6 zimaza 2SO2 +2S2 N5 ON+25 kkal. ______
f.ish.t. O2 bilan nafas olishda oziqli modda to‘liq parchalanadi. Shuning uchun ham 1g molekula shakar xosil bo‘lishida ketgan energiyaning hammasi ajralib chiqadi. O2 siz nafas olishda oziqli modda qisman parchalanadi. Shakar etil spirtiga aylandi. Shuning uchun energiya ham qisman 25 kkal ajratadi. Energiya spirt tarkibida qoladi. Assimilyatsion va Dissimilyatsion protsessining qarama-qarshiligi quydagilardan iborat: 1. Assimilyatsiyada o‘simliklar SO2 yutib, O 2 ni chiqaradi. Dissimilyatsiyada o‘simliklar O2 ni yutib, SO2 ni chiqaradi. 2.Assimilyatsiyada oddiy anorganik moddalardan murakkab organik moddalar tuziladi. Dissimilyatsiyada esa,murakkab organik moddalar odatda anorganik moddalarga parchalanadi. 3.Assimilyatsiya natijasida organizm og‘irlashadi. Dissimilyatsiya natijasida organizm yengillashadi. 4.Assimilyatsiya faqat xlorofil bor xujayralarda bo‘ladi. Dissimilyatsiya protsessi hamma tirik xujayralarda bo‘ladi. 5.Assimilyatsiya faqat quyosh bor vaqtda Dissimilyatsiya esa hamma vaqtda bo‘lib turadi. 6.Assimilyatsiyada energiya to‘planadi. Dissimlyatsiyada energiya sarflanadi. Bu qarama-qarshi protsesslar har bir organizmda bo‘lib turadi. Ularning birligi ham bor. Birligi shundan iboratki, tirik organizmning yashashi,o‘sishi,taraqkiy etishidir. Bu 2 protsess to‘xtasa,organizm xalok bo‘ladi.
Download 129.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling