Bargning asosiy vazifalari


GULLI O‘SIMLIKLARDA JINSIY KO‘PAYISH


Download 129.5 Kb.
bet5/7
Sana05.01.2022
Hajmi129.5 Kb.
#229388
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bargning asosiy vazifalari

GULLI O‘SIMLIKLARDA JINSIY KO‘PAYISH


 

Yopiq urug‘li o‘simliklarda jinsiy ko‘payish gulning paydo bo‘lishiga bog‘liq. Gul o‘simliklarning jinsiy ko‘payishi uchun xizmat qiladigan eng muhim organdir.o‘simliklarda gullar ma’lum tuzilishga ega, bu tuzilish yopiq urug‘lilarning har qaysi tiplarida o‘ziga xos bo‘ladi.

Bizga ma’lumki gul bir necha qismdan iborat bo‘ladi: Otaliklar va onaliklar, gulkosa barg va gultoji barglaridan tashkil topgan.

Gul o‘simliklarda jinsiy organi xisoblanadi. Sun’iy chatishtirish orqali, bir gul onaligiga boshqa o‘simlik changini solib, ya’ni chetdan changlatib yangi nav o‘simliklar yaratiladi. Bu soxada I.V.Michurin mevali o‘simlik xillarini yaratdi, rayonlashtirdi. Michurining ishlari seleksiyaning muhim nazariy asosi bo‘lib qoldi.

Novdalardan parxish yo‘li bilan ko‘paytirish.

Bunda o‘simlikdan chiqqan novdalar egilib tuproq ostiga tushiriladi va ustiga tuproq tortiladi. O‘simlik uchlari yer yuziga chiqarilib qo‘yiladi. Bir yil davomida o‘simlik novdalari ko‘karib ona o‘simlikdan oziq oladi va shu bilan birga yer ostida poyadan ildizchalar chiqadi. Kuzga borib ona o‘simlikdan ajratib qo‘yilganda ham parxish qilingan o‘simlik mustaqil yashayveradi. Bu usul bilan ko‘paytirish ayniqsa bog‘dorchilikda qo‘l keladi. Tok, tut, malina, krijov-nak, gullardan: ayrim chinnigullar, fikuslar va boshqa o‘simliklar parxish orqali ko‘paytiriladi.

Payvand. Payvand yoki transplantatsiya deb yuksak o‘simlikda tirik o‘simlikning kurtak yoki kurtaklari bor qismini boshqa o‘simlikka o‘tkazishni aytiladi. O‘tkaziladigan o‘simlik payvand ust, payvandlanadigan o‘simlik payvand tag deb ataladi. Payvandni tuban o‘simliklarda va gulli o‘simliklarda o‘tkazish mumkin.

Payvandtag payvand ustdan organik moddalarni olsa, o‘zi esa payvand ust uchun suv va suvda erigan mineral moddalarni yetkazib beradi. Payvandlash ko‘pchilik daraxt o‘simliklarda, buta va chala buta o‘simliklarda o‘tkaziladi. Ayniqsa, urug‘dan chiqqanda aynib ketuvchi gibrid o‘simlikda payvandlash olib boriladi. Payvandlashning yuzdan ortiq xilma xil turlari ishlab chiqilgan. O‘zbekiston sharoitida keng tarqalgan payvandlash usullaridan:

1. Kurtak payvand. Bu payvand ko‘pincha butalar,chala butalar va daraxt payvandtag yetkazib olinishi shart. Shaftoli, o‘rik, gilos, atirgullardan kurtak payvand o‘tkaziladi. Buning uchun yuqoridagi aytilgan o‘simliklarni urug‘lari ekilib erta bahordan to avgust oylarigacha yaxshilab parvarish qilinadi. Avgust oylarida payvand qilinishi lozim bo‘lgan o‘simlik ildiz bo‘g‘izining diametri taxminan 2-3 sm ga yetadi. Avgust oylarida ulanish uchun olinishi lozim bo‘lgan kurtaklar qalamchalar ko‘rinishida tanlab kesib olinib, o‘simlik barg bandidan 1,5-2 sm qoldirib, barg plastinkasi kesib tash-lanadi. Olingan qalamchadan kurtak ohista ko‘chirib olinadi va payvandtag o‘simlikning ildiz bo‘g‘zi "T" xarfi shaklida kesi-ladi va ko‘chirilgan po‘stloq orasiga kurtak tushirilib, mahkam qilib bog‘lab qo‘yiladi. O‘simlik ulangan, ya’ni payvand qilingan joyiga tuproq tortilib, ko‘mib qo‘yiladi. Erta bahorda tuproq olinib, ulangan joyining yuqorigi qismi kesib tashlanadi. Shu vaqtdan boshlab o‘simlik kurtakdan ko‘kara boshlaydi. Bu xildagi payvand orqali juda ko‘p xildagi mevali daraxtlarni payvandlash mumkin. Ivan Vladimirovich Michurin ham o‘zining noyob mevalarini shu xildagi payvand orqali yetkazgan.



. Iskana yoki yorma payvand. Bu payvandda payvandtag o‘simlik shoxlari yoki poyasi bo‘ladi. Daraxt o‘simlikda tanasi 3-5 sm diametrli bo‘lishi kerak. Bunda poyaning ko‘ndalangiga arralab ajratib olinadi,va shu yeri yorib uning ichiga payvand ust novda ko‘rinishida olinib, pastki qismi yo‘niladi, uchi o‘tkirlab tushiriladi va so‘ng maxkam qilib bog‘lab qo‘yiladi. Bu payvand erta bahorda bizning sharoitda fevral-mart oyining boshlarida o‘tkaziladi. Chunki bunda o‘simliklar hali uyg‘onmagan bo‘ladi.

Yuqorida aytilgan har ikki payvand ham bog‘dorchilikda keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda mevali daraxtlarning hammasi ham shu payvand orqali ko‘paytirilmoqda.

O‘simliklarning rivojlanish etaplari.

O‘simlik rivojlanish davrida ularda konkret morfologik va fizologik belgilar paydo bo‘ladi. Mana shu belgilarni konkret o‘zgarishini etaplar yoki davrlar deyiladi. M.X.Chaylaxyan urug‘li o‘simliklarni quyidagi etaplaga bo‘ladi.

1.Embrional davri-bu o‘simlik changlangandan to zarodыsh yoki murtak xosil bo‘lgungacha davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr 2 qismdan iborat: a)embrion qism- bunda ona o‘simlikda sodir bo‘lib saqlanib turadi. b)tinchlik-qismida o‘simlik urug‘i hosil bo‘lgandan to unishigacha bo‘lgan muddat 2 davr yoshlik davri-yuvenыlnыy period bu o‘simlik urug‘i ungandan to gul organlari hosil bo‘lgungacha qadar davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘simlikda turlicha vaqt oralig‘ida o‘tadi. Mas.qisqa mud-datli efemer o‘simlikda bir necha ko‘p bo‘lsa, ayrim o‘simlik-larda bir necha oy va hatto bir necha yilgacha davom etadi. Mas. rediskada. Bularda o‘simlik ildiz mevasi yetilganda so‘ng uni olib boshqa yerga eksak yoki shu joyda turgan holda parvarish qilsak,o‘simlik poyasida gul hosil qiluvchi belgilar sodir bo‘ladi. Sabzi,sholg‘om,turp o‘simliklarida esa ikkinchi yili gullash alomati kuzatiladi.Shuning uchun ular ikki yillik o‘t o‘simliklar. Daraxtli o‘simliklarda yoki ba’zi ko‘p yillik o‘simliklarda gullaguncha bo‘ladigan davr bir necha yilni tashkil etadi. Bu davrda o‘simlikning tez o‘sishi yoki ba’zi o‘simlikda vegetativ yo‘llar bilan ko‘payishi kuzatilgan.

3. Yetuklik davri - bu davr o‘simlikda gul organlarining hosil bo‘lishi va otalaguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr ham turli o‘simliklarda turlicha vaqtda o‘tadi.

4.Changlangandan to urug‘ining to‘liq pishguncha bo‘lgan davr.

Qarish davri hisoblanib, bunda o‘simlik o‘sishi bir muncha sekinroq boradi. Gullash ancha sust boradi yoki gullamaydi ham.

O‘simliklarda gullash turlicha bo‘ladi. Mas.ba’zi o‘simliklar har yili gullab, har yili meva beradi, ba’zilari esa hayot davomida bir marta gullab qurib ketadi. Mas. sholg‘om, turp, sabzi, rediska o‘simliklari o‘z hayot davomida bir marta gullaydi. Bu xildagi o‘simlikni monokarpik o‘simlik deyiladi.

O‘t o‘simlikdan qulupnay, qo‘ypechak, g‘umay va boshqa ko‘pchilik buta va chala buta o‘simliklar-atirgullar va boshqa daraxtlar har yili gullaydi va meva beradi. Bunday o‘simlikni polikarpik o‘simlik deyiladi. 3. O‘simlik organlarida o‘sish protsessi. O‘sish-o‘simlik xayotining aniq ifodalangan xususiyatlaridan biridir. U o‘simlik organizmining ma’lum darajagacha kattalashishidan iborat bo‘lib, hujayra va to‘qimalarda sodir bo‘ladigan ichki protsess va o‘zgarishlarga hamda tashqi sharoitga bog‘liq. O‘sish protsessida o‘simlik hujayralarining soni va o‘lchami ortishi bilan yangi organlar va yangi elementlar hosil bo‘ladi. O‘sish hujayralarning ko‘pa-yishi va o‘simliklar tarkibidagi moddalarning qayta taqsimlanishiga ham bog‘liq. O‘sish tashqaridan qaraganda juda sekin borayotganga o‘xshaydi. O‘suvchi o‘simlik o‘z tanasini rostlab ildiz sistemasi tuproqqa mahkam o‘rnashadi, poya o‘zida shox shabbalarni tutib turadi,ayrim o‘simliklarda ilashuvchi, chiqaruvchi organlar orqali poya mustahkamlanadi. O‘sish protsessini oddiy protsess deb bo‘lmaydi, chunki bunda o‘simlik o‘z organlari shaklini faqat yiriklashtirib qolmasdan u o‘z formasini ham o‘zgartirishi mumkin. Mas.1 o‘simlikda bir xildagi barg hosil bo‘lmasada ular turlicha shaklda bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘simlikda shakli o‘zgargan barglar yoki poyalar xosil bo‘ladi. O‘sish protsessida hujayralarning muttasil bo‘linishi va shu bilan birga bu xujayralarning cho‘zilishi, yiriklashishi ko‘zda tutiladi. Bu protsess o‘simlik ildiz uchlarida va poyaning uchki meristemasida sodir bo‘ladi. O‘simlik organlarining o‘sishida oziq moddalarning, yorug‘likning yetarli bo‘lishi va shu bilan birga o‘sishiga salbiy ta’sir qiluvchi faktorlar,xavoning qattiq isib ketishi yoki sovib ketishi, qattiq shamol va xokazo, juda katta ahamiyatga ega. O‘simlik o‘sishi uchun ta’sir etuvchi faktorlar ekologik faktorlar deb ataladi.

Temperatura. Temperatura ham asosiy faktorlardan hisoblanadi. Har bir o‘simlik ma’lum issiq yoki sovuq temperaturada unib chiqadi. Temperatura ekiladigan o‘sim-liklarni unib chiqishi, tuproq temperaturasiga bog‘liq. Mas.makkajo‘xori erta bahorda ekiladi va tuproq tempera-turasi 100 atrofida unib chiqadi. Chigit esa kechroq ekiladi, chunki u 120-140 temperaturani talab qiladi. Demak, o‘simlik-lar ma’lum temperaturada unib chiqadi. Buni optikal temperatura deb ataladi. Ayrim begona o‘tlar anchagina past temperaturada o‘sishiga moslashgan.

Namlik,suv. O‘suvchi o‘simlik urug‘i temperatura bo‘lgani bilan namlik bo‘lmasa u unib chiqmaydi. Urug‘ o‘ziga suvni shimib oladi, bo‘kadi. Bunda urug‘ning hajmi va vazni-og‘irligi ortadi. Urug‘ o‘z og‘irligiga nisbatan bir necha barobar og‘irlikdagi suvni shimib olishi mumkin. Suv o‘simlik urug‘iga kirgandan so‘ng u yerda fiziologik protsesslar ketadi. Urug‘dagi kraxmal parchalanadi. Urug‘dagi ildizcha va bargchalar o‘sa boshlaydi. Yer yuzida o‘simliklarning tarqalishiga qarab ayrim o‘simliklar suvda o‘sadigan o‘simliklar -gidrofitlar deyiladi. Mas., nimfa-nilufar yoki kuvshinka. Namlikni yaxshi ko‘ruvchi o‘simliklar mezofitlar deyiladi asosan tog‘da o‘suvchi o‘simliklar. quruqda issiqni yaxshi ko‘ruvchi o‘simliklar, hayoti davomida suv tanqisligiga yantoq va boshqa o‘simliklar bardosh beradi.

Yorug‘lik. O‘sayotgan o‘simlikka yorug‘likni normal tushib turi-shi juda katta ahamiyatga ega. Aks xolda unib kelayotgan o‘simlik o‘sishdan to‘xtaydi. Yorug‘lik natijasida o‘simlikda fotosintez protsessi ketadi va asta sekin o‘simlik avtotrof oziqlanishiga o‘tadi.

Shuni ham aytib o‘tish kerakki o‘simliklarni yorug‘likka bo‘lgan talabi turli xildagi o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. Agar o‘simlik uchun yorug‘lik yetarli bo‘lmasa bargda ustunsimon xujayralar yaxshi taraqqiy etmaydi, poyada mexanik to‘qimalar ham yaxshi taraqqiy etmaydi. Mas.qalish,zich ekilgan makkajo‘xori yoki g‘o‘za o‘simliklari o‘zini tik tuta olmasdan tez yiqilib yotib qoladi. Bulardan tashqari g‘o‘za o‘simligi o‘sish davrida yuqori uzun kunlarni talab qiladi. Yozning o‘rtalarida bizning iqlimda kunduz kuni uzoq bo‘ladi. Shuning xisobiga tez o‘sadi va shonalab gullashga o‘tadi.

Shamol. Bu faktor ham o‘simliklarni o‘sishi uchun katta ahamiyatga ega. Ma’lum darajada shamol bo‘lib turishi o‘simlikni havo olishiga va shu bilan birga suv parlatishiga yordam beradi. Mas.4 tomoni devor bilan o‘ralgan tor joylarda mevali va mevasiz daraxtlar yuqoridagi faktorlar yetarli bo‘lsa ham yaxshi o‘smaydi va yaxshi shoxlanmaydi. Mutassil shamol bo‘lishi ham o‘simlikka salbiy ta’sir etadi. Shoxlar sinishi....

O‘simlik organlarining bir tomonlama harakatlanishiga tropizm deyiladi.

Geotropizm. O‘simliklarda ildizning doimo vertikal yer ostiga kirib borishiga geotropizm deyiladi. O‘q ildiz doimo yer ostiga qarab kirib boradi. Geotropizmga salbiy ta’sir etuvchi omillar past temperatura,oziq moddalarning tuproqda yetishmasligi namlikning yetishmasligi va boshqalar.

Fototropizm. O‘simliklar doimo yorug‘likka intiladi. Yuksak o‘simliklarning poyasi qorong‘ilikdan qochib yorug‘likka tomon harakatlanadi. Bu xodisaga fototropizm deb ataladi. Bunda o‘simlik yorug‘lik energiyasidan to‘liq foydalanadi. Yorug‘lik tushib turuvchi tomonda o‘simlik organlari shoxlanadi va barglar hosil bo‘ladi. Oftob tik tushgan tomonda mevalar ham chiroyli bo‘lib pishadi. Mas.uzum,olma,nok va boshqalar.

Xemotropizm. Kimyoviy birikmalar o‘simlikning bir tomonlama harakatlanishiga yordam beradi. Bunda ayniqsa ildizlar qayerda oziq modda ko‘proq bo‘lsa, shu tomonga qarab harakatlanadi.

Gidrotropizm. Bunda o‘simlik ildizlarining suvga yoki namlikka qarab o‘sishi kuzatiladi.


Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling