Bargning asosiy vazifalari


Download 129.5 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi129.5 Kb.
#229388
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bargning asosiy vazifalari

Magnitropizm. Bunda o‘simliklar tuproqda ma’lum metallar ko‘p bo‘lgandagina o‘sishi va shu joyni egallab olishi kuzatilgan. Shunga qarab turib yer ostidagi ma’danlarni-rudalar topilmoqda. Mas. artemiziyalar-shuvoqlarning ba’zi turlari tuproqda oltin elementi-ko‘p yerlarda keng tarqalgan. Ba’zi o‘simliklar sho‘r tuproqlarda keng tarqalgan. Bunda tuproqda K,M elementlari tuzlari ko‘proq protsentda bo‘ladi. Bunday o‘simliklarni gallofit o‘simliklar deyiladi.

Yorug‘likning davriyligi.1920 yilda amerika olimi Garneri Allar o‘simlik gullarini yorug‘likka bog‘liqligini aniqla-dilar.Ular tamaki,soya va xrizantema o‘simliklarini yorug‘lik uzoq muddat tushuvchi kunlarida gullash protsessi bo‘lmasligi-ni aniqladilar. Agarda qorong‘ilik bilan almashtirilganda ularning gullashi kuzatiladi.

O‘simlikda rivojlanishning kun va tunga bog‘liqligini yorug‘likning davriyligi deb nomladilar. Qisqa qilib aytganda kun bilan tunning almashinishi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga bog‘liqdir. Demak, o‘simlikning o‘sishiga va rivojlanishiga yorug‘lik va qorong‘ilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Shunga qarab turib biz o‘simliklarni qisqa kunli va uzun kunli o‘simlikga bo‘lamiz va shu bilan birga neytral o‘simliklar (uzun kunda ham,qisqa kunda ham rivojlanish protsessi sodir bo‘ladi) Kuzda yorug‘lik tushishining kamayishi natijasida o‘simlikda maxsus ingibitorlar hosil bo‘ladi. Kurtaklarda kislota va fenol birikmalari hosil bo‘lib,ular o‘sish protsessini sekinlashtiradi. Bu moddalarning yo‘qoli-shi o‘simlik o‘sishini tezlatadi. Shu bilan birga hujayralardagi yog‘simon moddalar o‘simlikni sovuq urushidan saqlab sovuqqa chidamliligini oshiradi. Rivojlanish protsessiga ta’sir etuvchi omillar. Rivojlanish protsessi o‘simlikning vegetativ oranglarining o‘sgandan so‘ng generativ organlari hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2 ta faktor ta’sir etishi mumkin. Ulardan biri temperatura va ikkinchisi yorug‘likdir. Rivojlanishning temperaturaga bog‘-liqligini yarovizatsiya deyiladi. Bunda o‘simlik urug‘lari yoki vegetativ organlari ma’lum temperaturada ma’lum muddat ushlab turilishi kerak. O‘simlik urug‘larida buni tinchlik davri deyiladi. Mana bu tinchlik davri turli o‘simliklarda turlicha vaqtni egallaydi. Mas. ba’zan o‘simliklarda bir necha kun bo‘lsa, boshqa o‘simliklarda bu bir necha oy yillarni tashkil qiladi. Tinchlik davrida turgan o‘simliklarni ekologik faktorlar orqali uyg‘otish yoki ko‘kartirish mumkin. Ayrim o‘simliklarda urug‘ po‘sti qalinlashib unish xususiyatini uzoq vaqtgacha saqlab qolishi mumkin. Ular tashqaridan ta’sir bo‘lgandagina ko‘karib chiqishi mumkin. Bu narsa o‘simlik urug‘ining uzoq muddat saqlanganda turlarining saqlanib qolishiga yordam beradi.

Rivojlanish.

Gulli o‘simlikda chang onalik tugunchasiga tushgandan so‘ng otalanish protsessi sodir bo‘ladi. Shundan so‘ng zigota hosil bo‘ladi. Mana shu zigota hosil bo‘lgandan so‘ng o‘simlikning o‘sib, gullab va yana zigota hosil bo‘lgungacha o‘tgan vaqtda o‘simlikning ontogenezi deyiladi.

Har bir o‘simlik o‘z ontogenez davrida o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu 2 xususiyat bir biriga bog‘liq, aloqador va shu bilan birga biri ikkinchisiz sodir bo‘lmaydigan protsessdir.

O‘stirish garmonlari.

O‘simlik hujayralarini va organlarini o‘sishini ta’minlov-chi moddalarni


Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling