Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 376.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana23.10.2017
Hajmi376.17 Kb.
#18467
1   2   3   4   5

Inson va jamiyat

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

7

Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi 

farzandlarimizning bugun qanday ta’lim-tar-

biya olishiga bog‘liq. Ana shunday mas’uli-

yatli vazifani amalga oshirishda o‘qituvchi-

ning o‘rni beqiyosdir.

O‘quvchilarga nisbatan individual yonda-

shish psixologiya fanining eng muhim prin-

siplaridan biridir. Tarbiyachi bolalar jamoasi-

ga ta’sir etishni har bir o‘quvchining xarakteri, 

uning qiziqishi, iste’dodi, tuyg‘usi, bilimi, 

malakasini hisobga olgan holda olib boradi. 

Bolalar bilan yakka tartibda shug‘ullanish 

faqat ularning individual xususiyatlarini hisob-

ga olishdangina iborat bo‘lmay, balki ularning 

yosh xususiyatlari ham nazarda tutiladi. 

Chunki turli yoshdagi bolalarga qaraganda, 

tengqurlar o‘rtasida umumiy alomatlarni (qi-

ziqish, intilish) tez topish mumkin. 

Har bir pedagogik usul ma’lum bilimni, 

uddaburonlikni, malakani va xarakter xususi-

yatini talab qiladi, shu sababli o‘qituvchi ki-

chik yoshdagi o‘quvchilar bilan yaxshi ish 

olib borsa, boshqa pedagog o‘smirlar bilan, 

uchinchi o‘qituvchi esa o‘spirinlar bilan ish 

olib boradi.



Kichik maktab yoshi. Kichik maktab yo-

shidagi bolalar o‘zining tafakkuri, obrazliligi 

va tashqi dunyoga nisbatan emotsional mu-

nosabati bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu 

yoshdagi bola hayot tajribasining kamligi tu-

fayli kattalarga tayanishga, qiziquvchanligi, 

talabi va intilishini ular orqali qanoatlantirish-

ga intiladi. Shuning uchun o‘qituvchi ular ol-

dida katta obro‘ga ega bo‘ladi va ularning 

ma’naviy sifatlarini shakllantiruvchi shaxs hi-

soblanadi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning psi-

xologik xususiyatlari shundan iboratki, ular 

tarbiyachining bevosita irodali ta’sir eti shiga 

tez beriladigan hamda unga juda qattiq ishon-

gan bo‘ladilar, o‘qituvchining har bir so‘zi 

ular uchun qonundir. Pedagog shaxsining 

bolalarga tarbiyaviy ta’siri, ayniqsa, bosh-

lang‘ich sinflarda kuchli bo‘ladi. Bu yerda ish-

ning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi-

ning xarakteriga, g‘ayratiga va psixologik xu-

susiyatlariga bog‘liqdir. 

Kichik maktab yoshidagi bolalarga ta’lim-

tarbiya berish katta yoshdagi o‘quvchilar bilan 

ishlashdan farq qiladi. Bola birinchi sinfda 

maktab ostonasiga ilk marta qadam qo‘yadi. 

Uning o‘qishgacha asosiy mashg‘uloti – o‘qish 

mehnatiga kam aloqador bo‘lgan faoliyat turi – 

o‘yin hisoblanadi. Bolalar maktabda birinchi 

marta mas’uliyat hamda majburiy ish bilan 

to‘qnashadilar, bu jarayon zerikarli, qiziqarsiz 

ko‘rinsa ham, lekin shug‘ullanishlari kerak. 

Bunday vaziyatda bola charchoqni, yalqovlik-

ni yengishga, irodaviy kuch sarflashiga to‘g‘ri 

keladi.

O‘qituvchining vazifasi – bola uchun mak-



tabgacha bo‘lgan turmush tarzidan o‘qish fao-

liyatiga o‘tishning zarur choralarini ko‘rish, 

uning imkoniyatlarini hisobga olib, yangi qoi-

dalarni, vazifalarni tushuntirishdan iboratdir. 

Shuning uchun kichik yoshdagi o‘quvchilar 

bilan ishlash o‘qituvchidan kuchli idrokni, 

pedagogik kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, oso-

yishtalikni, bolalar psixologiyasini tushunish-

ni, ularga individual munosabatda va odobli 

muomalada bo‘lishni talab qiladi. 

Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‘z 

o‘qituvchisiga bo‘lgan mehr-muhabbati ular-

da umr bo‘yi saqlanib qoladi. Shu bilan birga 

bola aqliy o‘sishdagina emas, balki o‘zini his 

qilishi, jismoniy holati, sog‘ligi, tozaligi, ki-

yim-bosh va boshqa jihatdan ham pedagog-

ning mehr-muhabbati hamda g‘amxo‘rligiga 

muhtojdir. 

Kichik maktab yoshdagi bolalar bilan olib 

O‘QUVCHILARNING

  

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI



Tarbiya tadqiqotlari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

8

boriladigan tarbiyaviy ishlar o‘qituvchidan 

qiziqishni, o‘ziga xos o‘qituvchilik qiyofasiga 

ega bo‘lishni, bolalarning ko‘ngliga yo‘l topa 

bilishni, ular bilan shodlik va qayg‘ularini 

ham birga bo‘lishishni talab etadi. Maktab 

quyi sinflarida ishlash psixologik jihatdan 

g‘oyat mazmunli va pedagogik nuqtayi nazar-

dan natijali bo‘lishi lozim. Shuning uchun 

bunday faoliyatni bolalar ichki dunyosi va 

ularning ulg‘ayishi bilan qiziqqan o‘qituvchi-

lar ko‘proq afzal ko‘radilar.



O‘smirlik yoshi. O‘smirlik yoshi bolalik-

dan o‘spirinlikka o‘tish davridir. Bu bolaning 

o‘sish jarayonida yangi, murakkab fiziologik 

va ruhiy o‘zgarishlar davri hisoblanadi. O‘smir 

endi bola emas, ammo u hali katta kishi ham 

emas, unda bolalik xususiyatlari saqlanib 

qolgan bo‘lib, ular uning o‘spirinligini xarak-

terlovchi, katta kishi holatiga yaqinlashtiruv-

chi sifatlardir.

Bunda ikki yoqlama belgi – o‘smirning 

tarbiyasini murakkablashtiruvchi, ichki dun-

yosidagi qarama-qarshiliklardir. O‘smirni tar-

biyalashning qiyin tomoni shundaki, u o‘zini 

ko‘p jihatdan mustaqil harakat qilishga qobili-

yatliman deb his etadi. O‘smirlar bilan uning 

o‘qituvchilari o‘rtasida janjal ko‘pincha shu 

asosda yuz beradi. Bu yoshdagi bolalarni tar-

biya qilish qiyin ekanligining sabablaridan 

biri, bu davrda endokrin bez garmonlarining 

nerv sistemasiga ta’siri kuchayishi tufayli bo-

lalarning bosh miya qobig‘ida qo‘z-

g‘alish va tormozlanish jarayonlari 

muvozanati buziladi. Bu esa xulq-

ning betayinligi, o‘smirning yuqori 

qo‘zg‘aluvchanligi, kayfiyatning tez 

o‘zgarishi, goh ish qobiliyatining 

kutilmagan darajada ko‘tarilishi, 

goh uning tushishini vujudga kelti-

radi. O‘smir yo “tog‘ni ag‘daradi-

gan” darajada juda faol bo‘lib qola-

di, yoxud passiv holatga o‘tib, ish-

lashni ham, o‘qishni ham xohla-

maydi. U juda hissiyotchan bo‘ladi. 

Boshqa yoshdagilarga qaraganda 

g‘azab, jahl, kuchli shodlanish, ba’-

zan bosh 

qalarning ustidan kulish, 

sho‘xlik kabi emotsional ko‘rinishlar o‘smir-

larda ko‘proq yuz beradi.

Bu yoshdagi bolalarning yuqorida aytib 

o‘tilgan xususiyatlaridan o‘smirni tarbiyalash 

uchun o‘qituvchidan qanday sifatlar talab qi-

linishini anglash mumkin. Agar kichik maktab 

yoshidagi bolalar bevosita irodali ta’sirga tez 

va qiziqish bilan itoat qiladigan bo‘lsalar, o‘s-

mirlarga bunday to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘r-

satish teskari natija berishi mumkin.

O‘smir o‘quvchi o‘qituvchining pedagogik 

odobiga, uning o‘qituvchilarga individual 

yon dashishiga muhtojdir. O‘smirlarda faollik-

ka intilish, o‘zini kattalardek ko‘rsatishga uri-

nish sifatlari mavjud. Ammo bu faoliyat tarbi-

yachi ko‘rsatgan qoliplarga tushmaydi. O‘s mir-

ning ish bilan shug‘ullanmasligi uning danga-

saligidan yoki qobiliyatsizligidan emas, bu 

holat uning qandaydir boshqa ishni qilish is-

tagi borligidandir. O‘smir yoshidagi bolalar-

ning eng muhim sifatlari shuki, ular ijtimoiy 

mehnatning ahamiyatini yaxshi tushuna 

boshlaydilar va faqat o‘zlarining mehnat sifat-

larigagina emas, balki o‘rtoqlarining ham va 

boshqa katta kishilarning ham mehnat sifatla-

riga qiziqib qaraydilar. Kichik maktab yoshi-

dagi bolalar o‘qituvchini ideallashtirishga 

moyil bo‘lsalar, o‘smirlar esa pedagogga 

to‘g‘ri baho bera oladilar, uning ijobiy, salbiy 

tomonlarini ko‘ra oladilar. O‘smirlar bilan 

olib boriladigan tarbiyaviy ishlar juda murak-



Tarbiya tadqiqotlari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

9

kab, shu bois o‘qituvchi o‘z mehnati nuqtayi 

nazaridan va axloqiy tomondan hamisha 

yuksaklikda bo‘lishi uchun o‘z ustida ko‘p 

ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ba’zida o‘qituvchi 

ishida uning so‘zi bilan ishi bir joydan chiq-

magan vaziyatlar sodir bo‘lganda, unga nisba-

tan keskin salbiy munosabatda bo‘lish holati 

kuzatilishi mumkin, bu bolalarning psixologik 

xususiyatlaridan biri. So‘zi bilan ishi boshqa 

bo‘lgan o‘qituvchi o‘smirlar oldida uyalib qo-

ladi. Sababi ularda saqlanib qolgan bolalarga 

xos to‘g‘rilik va samimiylik pedagogning prin-

sipsiz xulqini kechirishga yo‘l qo‘ymaydi. 

O‘smir yoshidagi bolalarning yana bir 

psixologik xususiyatiga e’tibor berish kerak. 

O‘smirlar garchi irodali sifatlarga ega bo‘lma-

salar-da, ko‘pincha ularda qarama-qarshi ho-

latlar: bo‘shanglik, sabrsizlik, o‘zini tuta bil-

maslik kabilar ham yuz berib turadi. O‘z xulqi 

ustidan nazorat qila bilgan, sabr va matonat 

kabi sifatlarni egallay bilgan pedagoggina 

ularda o‘zini tuta bilishni shakllantira olishi 

mumkin.


Agar o‘qituvchi o‘smirlarning o‘ziga xos 

yosh xususiyatlari va ularning tarbiyasini hi-

sobga ola bilsa, muayyan yo‘nalishda o‘z usti-

da ishlay olsa, hamisha yutuqqa erishadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mak-

tabda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorli-

gi, eng avvalo, o‘qituvchiga, uning pedagogik 

mahoratiga, qolaversa, o‘quvchilarning yosh 

xususiyatlarini hisobga olgan holda individual 

yondashishga bog‘liqdir.

Roza ATAJANOVA, 

Xorazm viloyati Xiva tumani 5-umumiy 

o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy

ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari. 

ALLERGIYASIZ HAYOT SARI…

Hozirgi kunda dunyoning 37 foiz aholisi 

allergiyadan azob chekadi. Allergiyaning bir 

qancha turlari va kelib chiqish sabablari mav-

jud bo‘lib, bugun shu haqida batafsil to‘xtalib 

o‘tmoqchimiz.

Allergiya yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, 

“allos” – “boshqa, o‘zga, begona” va “ergon” – 

“ta’sir” degan ma’nolarni anglatadi. Ya’ni al-

lergiya – kishi organizmiga tashqaridan ta’sir 

qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega bo‘lgan 

har xil yot moddalarga nisbatan paydo bo‘la-

digan o‘ziga xos reaksiyadir. Allergiya immun 

sistemasining pastligi, ya’ni immunodefitsit 

sababli kelib chiqadi. Immunitet, bu – orga-

nizmning har xil infeksiyalarga qarshilik 

ko‘rsata olish qobiliyatidir. Immunitet immun 

tizimining turli xil mikroblar bilan to‘qnashu-

vi natijasida vujudga keladi. Immun tizimi-

ning yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligi organizm-

ning kuchsizlanishiga va turli xastaliklarga 

tez chalinishiga sababdir.

Allergiya organizmda turli yo‘llar bilan – 

og‘iz, nafas yo‘llari, teri orqali va nasliy mo-

yillik tufayli kelib chiqadi. Allergiyaga asosan 

allergenlar sabab bo‘ladi. Allergenlar allergiya 

keltirib chiqaruvchi genlar hisoblanib, ular 

ikki xil bo‘ladi: ekzoallergenlar hamda endo-

allergenlar.

Ekzoallergenlarga turli xil bo‘yoqlar hidi, 

o‘simliklarning gul changlari, hayvon mo‘yna-

lari kiradi. Bunda organizmda tashqi ta’sirlar 

tufayli allergik reaksiya hosil bo‘ladi. 

Endoallergenlarga oziq-ovqat mahsulotlari 

(qovurilgan go‘sht, tuxum oqsili, baliq, sho-

kolad, sitrus mevalari), dorilar (antibiotiklar, 

zardoblar, sulfanilamidlar va boshqalar) kira-

di. Endoallergenlar sababli kelib chiqadigan 

allergiyaga organizm qabul qilgan mahsulotlar 

asosdir.


Organizmning har xil allergenlarga nisba-

tan sezuvchanligining o‘zgarishi klinik jihat-

dan allergik reaksiyalar sifatida namoyon bo‘-

Salomatlik olami


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

10

ladi. Nafas yo‘llari va immun sistemaning 

yaxshi ishlamasligi kasallikni rivojlantiradi. 

Allergiya rivojlanishida immun sistemasi hu-

jayralarining qaysi biri ko‘proq qatnashi shiga 

ko‘ra B-limfotsitlarga va T-limfotsitlarga bog‘-

liq tipdagi allergik reaksiyalar farqlanadi. 

Organizmga allergenning ta’siridan so‘ng 

klinik belgilarning rivojlanishiga ko‘ra allergik 

reaksiyalar shartli ravishda uch turga bo‘linadi:



– allergik tezkor reaksiyalar;

– allergik kechikkan reaksiyalar;

– allergik sekinlashgan reaksiyalar.

Allergik tezkor reaksiyalar turi – klinik 

jihat dan organizm allergen bilan kontakt qil-

gach, o‘sha zahotiyoq yoki bir necha daqiqa-

dan keyin namoyon bo‘ladi. Masalan, gul hidi 

dimoqqa urilishi bilan aksirish yoki chang tu-

fayli ko‘zlarning qizarishi, yo‘talish kabi aso-

ratlar bilan tezda yuzaga chiquvchi allergik 

reaksiyalarni ushbu turga kiritish mumkin.



Allergik kechikkan reaksiyalar turi – “hal 

etuvchi” antigen bilan kontaktdan so‘ng bir 

necha soatdan keyin aniqlanadi. Ushbu turga 

biz diatezni misol qilishimiz mumkin. Shirin-

lik iste’mol qilinganda organizmda tez javob 

reaksiyasi kuzatilmaydi, chunki organizmda 

bu vaqtda allergen antigen bilan aloqa qila-

yotgan bo‘ladi. Bir-ikki soatdan keyin, tosh-

malar toshib allergiyani namoyon qiladi. 

Allergik sekinlashgan reaksiyalar – sen-

sibillangan organizmga allergenning hal etuv-

chi ta’siridan bir necha soatlar yoki kunlar 

o‘tgach aniqlanadi. Bu jarayonda allergiya 

qo‘zg‘atuvchini aniqlash qiyin kechadi. Ko‘p 

hollarda allergik sekinlashgan reaksiyalarning 

kelib chiqishiga endoallergenlar sabab bo‘la-

di. Shu sabab, allergik kechikkan reaksiyalarni 

aniqlash biroz mushkul.

Allergiya yuqumli kasallik degan tushun-

cha hozir juda ommalashgan. Ammo shuni 

doim yodda tutish kerakki, allergiya yuqumli 

emas. Allergiya asosan hayot davomida ortti-

rib olinadi. Bunga yuqorida ta’kidlaganimiz-

dek, immunitetning passiv holati sabab bo‘-

ladi. 


Allergiya nasldan-naslga uzatiladigan xas-

talik hisoblanadi. Shunday holatlar bo‘ladiki, 

ona ham, ota ham sog‘lom, allergiya umuman 

kuzatilmagan. Ajdodlarda ham allergiya bo‘l-

magan, lekin bola tug‘ma allergiya bilan 

tug‘iladi. Bunda allergiya homilaning prenatal 

davrida kelib chiqqan bo‘ladi. Buning sababi 

onaning noto‘g‘ri ovqatlanishi, onada mavjud 

nafas kasalliklarining farzandga o‘tganidir. 

Ya’ni bu jarayonda endoallergenlar tufayli 

farzand allergiya bilan dunyoga keladi. 

Allergiya belgilari turlicha namoyon bo‘la-

di, ayrimlarda teri qichishi, qizarishi, turli 

toshmalarning toshishi bilan, ayrim kasallarda 

nafas bo‘g‘ilishi, tomoq qirilishi, burun qi-

chishishi va bitishi, aksirish, yo‘tal, ayniqsa, 

nafas olish va chiqarish og‘irlashishi bilan 

izohlanadi. So‘ngra nafas qisa boshlaydi, ay-

niqsa, nafas chiqarish qiyinlashadi. Quruq 

yo‘tal xuruj qiladi yoki u biroz oq ko‘piksimon 

balg‘amli bo‘lib, o‘pkada yallig‘lanish belgilari 

kuzatiladi.

Yuqoridagilardan ham ko‘rishimiz mum-

kinki, allergiya to‘laqonli hayot tarziga putur 

yetkazadi. Hayot go‘zalliklaridan bahra olish-

ga xalal beradi. Bundan tashqari, u nasldan-

naslga o‘tishi mumkin. Allergiyadan xalos 

bo‘lish uchun allergologlar turlicha tavsiyalar 

berishadi. Biz sizga hayotda qo‘llanilgan va 

samarali ta’sir kuchiga ega allergiyadan xalos 

bo‘lish choralari haqida maslahat beramiz. 

Buning uchun, eng avvalo, immunitetni oshi-

rish talab qilinadi. Ayniqsa, bolalarda immu-

nitet yetishmovchiligi nafaqat allergiya, balki 

boshqa kasalliklarga ham olib keladi. Immu-

nitetni oshirish uchun vitaminga boy mahsu-

lotlar, jumladan, sut, qatiq, olma, sabzi, piyoz 

va sarimsoqpiyoz, sedana yog‘i (kuniga 1 

choy qoshiq), limon, namatak damlamasi, 

turshak, olma qoqisi va ularning damlamala-

rini iste’mol qilishni tavsiya qilamiz. Eslatib 

o‘tamiz, ushbu immunitet oshirish usuli faqat 

allergiya bilan og‘rigan bemorlar uchun. 

Umumiy immunitetni oshirish istagidagilar 

uchun esa qo‘shimcha mahsulotlar (tuxum, 

lavlagi, baliq, jigar, turli go‘sht mahsulotlari) 

tavsiya qilinadi.

Allergiyadan xalos bo‘lish uchun immuni-

tetni oshirgandan so‘ng bir muddat parhez 

qilish talab qilinadi. Ushbu parhez asosan 



Salomatlik olami

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

11

allergik reaksiyalarni kamaytirish maqsadida 

buyuriladi. Parhez uchun sitrus mevalar, yon-

g‘oqlar, yeryong‘oq, bodom, xandon pista, 

ikra, konservalar, parranda go‘shti – o‘rdak, 

tovuq, g‘oz mahsulotlari, shokolad va uning 

turlari, qahva va dudlangan mahsulotlar, 

sirka, qalampir, mayonez, xren, tomat, baq-

lajon, qo‘ziqorin va tuxum, qaynatilmagan 

sut, qulupnay, qovun, shaftoli, malina, tut, 

zamburug‘ mahsulotlari, dukkakli mahsulot-

lar, alkogol va alkogolli, rangli ichimliklar 

qat’iyan taqiqlanadi, ot go‘shti va uning 

mahsulotlari, qizil rangli mahsulotlar, qizil 

lavlagi, qizil ol cha va hokazolar taomnoma-

dan olib tashlanadi. Ayrim bemorlarda dori-

dan allergiya ham kuzatilib, bu holatda dori-

larni shifokor ruxsatisiz qabul qilish taqiqla-

nadi.

Nafas yo‘llari bilan bog‘liq allergiyalar juda 



xavfli bo‘lib, allergik xastalik bilan og‘rigan 

bemor o‘z vaqtida davolanmasa, bronxial 

astmaga aylanib ketishi kuzatiladi. Burun bit-

gach, odam to‘liq nafas ololmaydi, kislorod 

yetishmasligi natijasida boshda ham og‘riq 

boshlanadi. 

Agar sizda allergiya endi boshlangan bo‘l-

sa, yuqorida taqiqlangan mahsulotlarni ikki 

oy umuman iste’mol qilmaysiz. Ertalab 

uyg‘ongandan 100 ml suv ichasiz va mumkin 

bo‘lgan mahsulotlar bilan 15 daqiqadan keyin 

nonushta qilasiz, tushlik ham xuddi shu tarz-

da olib borilishi kerak. Kechqurun uxlashdan 

oldin ham suv yoki qatiq ichish tavsiya qilina-

di. Nafas yo‘llari bilan bog‘liq bir qancha 

mashqlar olib borilishi tavsiya qilinadi. Masa-

lan, ertalab yugurish, biroq hansirab qoladi-

gan darajada yugurish kerak emas. Sport 

to‘g‘ri ovqatlanish bilan birga olib borilmasa, 

foydasi sezilmaydi. Kuniga 4-5 marotaba toza 

suv bilan burunni va tomoq yo‘llarini chayish 

kerak. Ertalab va kechqurun chuqur nafas 

olib chiqarish mashqlarini qilish tavsiya qili-

nadi. 


“Men bilgan yagona go‘zallik, bu – sa lo-

matlikdir”, – degan edi G. Geyne. Har qanday 

kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini 

olish yaxshiroqdir. 

Dilnavoz BERDIYEVA,

O‘zMU magistri.



Salomatlik olami

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

12

Inson salomatligini saqlash va mustah-

kamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning 

yagona yo‘li sog‘lom turmush tarzi ekanligi 

endilikda hech kimga sir emas. Katta odam-

lardagi ko‘p kasalliklarning kelib chiqishi, 

go‘daklik yoshiga borib taqaladi. Shu sababli 

bolalarni chiniqtirish katta ahamiyatga ega. 

Chiniqtirish, bu – ilmiy dalillarga asosla-

nib, tabiiy resurslarni qo‘llash natijasida bola 

organizmining turli xil noqulay atmosfera 

omillariga nisbatan chidamliligini oshirish 

maqsadida qo‘llaniladi.

Chiniqtiruvchi muolajalar 2 turga bo‘linadi: 

1. Umumiy muolajalar turlariga kun tartibi-

ga rioya qilish, ratsional ovqatlanish, jismoniy 

tarbiya mashqlari bilan shug‘ullanish kiradi. 

2. Maxsus muolajalarga esa, havo, suv, 

quyosh vannalari kiradi. 

Sog‘lom bolalarni chiniqtirishda bolaning 

yoshi, chiniqtirish ketma-ketligi, organizm-

ning individual xususiyatlari, faol kun tartibi, 

umumiy va mahalliy muolajalar kombinatsi-

yasini hisobga olish kerak. 



Jismoniy faollik. Jismoniy mashqlar, 

sport o‘yinlari, badanni chiniqtiruvchi muola-

jalar bola tanasidagi fiziologik, biologik jara-

yonlarning tezlashishiga yordam beradi, nati-

jada bolalarning kayfiyati ko‘tariladi, darslarni 

o‘zlashtirish qobiliyati o‘sadi. Shubhasiz, bu 

salomatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Toza havo, quyosh va suv kabi tabiiy omillar 

va bolalarni to‘g‘ri, ratsional ovqatlantirish 

bolaning turli xil atmosfera sharoitlariga mos-

lashishiga yordam beradi. Atrof-muhit harora-

ti o‘zgarishi sog‘likning buzilishiga, haddan 

tashqari sovuq qotish organizmning kuchsiz-

lanishiga, bolaning turli xil kasalliklarga chi-

damliligining pasayishiga sabab bo‘ladi. 

Havo vannalari. Bolani havo vannalarini 

qabul qilish oldidan bosqichma-bosqich ye-

chintirish amalga oshiriladi. Bola ichki kiyim-

larda vanna qabul qilishi kerak. Havo vanna-

larini qabul qilish xavfsiz va qulay hisoblana-

di. Havo vannalari bolaning 2-3 haftaligidan 

boshlab qo‘llaniladi. Xona harorati chaqaloq-

lar uchun 23°C, 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan-

larga 21°C, 3 oydan 1 yoshgacha  bo‘lgan go‘ -

dak larga 20°C, 1 yoshdan kattalarga 18°C bo‘ -

lishi kerak. 

Quyosh vannalari. Ultrabinafsha nurlari 

bola organizmining immunologik rezistentli-

gini oshiradi, gipotalamo-gipofizar buyrak 

usti bezi tizimi funksiyasini faollashtiradi. 

Agar havo harorati 30°C bo‘lsa, bu quyosh 

vannalarini o‘tkazishga qarshi ko‘rsatma hi-

soblanadi. Yoz faslida bolalarni ertalab soat 

9-11 larda sayr qildirish kerak, O‘zbekistonda 

iqlim sharoiti issiqligi sabab quyosh tik tush-

ganda bolalarni sayr qildirish tavsiya etilmay-

di, chunki bolani issiq urishi mumkin, bunda 

bolada diareya, sinkopal holatlar (hushdan 

ketish) kuzatilishi mumkin, shuning uchun 

havo vannalarini o‘tkazishda buni hisobga 

olish lozim. Vanna 20 – 30 daqiqa davomida 

qabul qilinadi, keyinchalik vaqti ko‘paytirib 

boriladi. Toza havoda sayr qildirilganda, bola 

quyoshdan ultrabinafsha nurlarini oladi va bu 

bola terisida vitamin D sintezlanishiga yordam 

beradi. Ultrabinafsha nurlarini olish raxit ka-

salligining profilaktikasida muhim o‘rin tuta-

di. Quyosh vannalaridan keyin suv muolajasi 

o‘tkaziladi. Yuqori haroratda bola ko‘p terlay-

di, bu esa shamollashga sabab bo‘ladi, shu-

ning uchun bolaning tanasini artish yoki 

cho‘miltirish tavsiya etiladi. 



Download 376.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling