Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Xonani davriy shamollatish usuli


Download 376.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.10.2017
Hajmi376.17 Kb.
#18467
1   2   3   4   5

Xonani davriy shamollatish usuli. Xona-

ni davriy shamollatish har kuni 4-5 marta 

o‘tkaziladi. Shamollatish davomiyligi 10-15 

daqiqa bo‘lishi kerak. Xonani shamollatayot-

ganda farzandimizni boshqa xonaga olib 

chiqamiz. Bola yelvizakda qolib ketmasligi 

zarur, chunki bu turli xil respirator kasallik-

CHINIQTIRISH – 

SOG‘LOMLIK MEZONI



Ibn Sino darsxonasi

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

13

larga sabab bo‘ladi.



Suv muolajalari. Havo va quyosh vanna-

lariga nisbatan suv muolajalari bola organiz-

miga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Suvning issiqlik 

o‘tkazuvchanligi va issiqlik hajmi havoga 

nisbatan yuqori bo‘lganligi sababli bu muolaja 

ancha foydali. Bolani suvda chiniqtirish qon 

aylanishini va teri orqali nafas olishini yanada 

yaxshilaydi, organizmni tetiklashtiradi. 



Ochiq suv havzalarida cho‘milish. Ochiq 

suv havzalarida cho‘milishda suv havzalari 

sanitariya-gigiyena talablariga javob beradi-

gan bo‘lishi kerak. Iflos, loyqa suvlarda 

cho‘milish taqiqlanadi. Katta yoshdagi bola-

larni sovuqroq suvda cho‘miltirib turish, or-

ganizmning barcha a’zolariga tetiklashtiruv-

chi ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bolaning ruhiya-

ti va kayfiyati ko‘tariladi, ishtahasi ochiladi, 

organizmda moddalar almashinuvi yaxshila-

nadi. 

Suv quyish. Suv quyish muolajasi vanna-

da, sohil bo‘yida o‘tkaziladi. Chelak bilan suv 

sekin boshdan yoki tananing yelka qismidan 

quyiladi. Suv quyish muolajasidan keyin bo-

laning badani quruq sochiqda artiladi, shun-

dan so‘ng uni issiq xonaga kiritishimiz kerak. 

Suv harorati 30-33°C, keyinchalik 20-25°C 

bo‘lishi lozim.



Jismoniy chiniqtirish. Jismoniy chiniqti-

rish maktabgacha va maktab yoshidagi bola-

larning o‘sib-rivojlanishiga va jismonan 

baquvvat bo‘lishiga, bolalarda ma’lum bir 

maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarni faollash-

tirishga sharoit yaratadi. 



Yalang oyoq yurish. Nam o‘t, qum, may-

da toshlar ustida yalang oyoq yurish juda 

foydalidir. Bolalarda tovonda qon aylanishi 

yaxshilanadi, yassi tovonlikning oldini oladi. 

Yalang oyoq yurishda bola oyog‘i jarohatla-

nishidan ehtiyot bo‘lish zarur. Sayr 20-25 

daqiqa tavsiya etiladi. Sayr davomida onalar 

bolalarini nazorat qilib turishlari lozim.

Xulosa qilib aytish kerakki, nafaqat bolalar 

ta’lim muassasalarida, balki oilada ham sog‘-

lom turmush tarzini shakllantirish zarurdir. 

Bunga birinchi navbatda ota-ona, keyin oila-

ning boshqa a’zolari o‘zida mas’uliyat sezishi 

kerak. Ertalabki gimnastika, kun tartibiga rio-

ya qilish, ratsional ovqatlanish, rejali dam 

olish bolalarning yanada sog‘lom va barkamol 

o‘sishiga yordam beradi. 

O‘g‘iloy FAYzIYEVA, 

Barno KARIMOVA,

Toshkent tibbiyot akademiyasi  

o‘qituvchilari.

Ibn Sino darsxonasi


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

14

Yurtimizda internet foydalanuvchilari soni 

tobora oshmoqda. 2015-yil 14-aprel holatiga 

ko‘ra, O‘zbekistonda ular 10 mln 200 kishiga 

yetgan. 2014-yil yanvar oyida esa bu ko‘rsat-

gich – 7 mln 100 kishi bo‘lgan.

2015-yil 14-aprel holatiga ko‘ra uz.dome-

nidagi saytlar soni – 20 ming 834 tani tashkil 

etmoqda.

OAV sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlar 

soni esa O‘zbekiston matbuot va axborot 

agentligi ma’lumotiga ko‘ra – 304 taga yetdi.

www.uz milliy qidiruv tizimida ro‘yxatdan 

o‘tgan saytlarning umumiy soni 2015-yil aprel 

oyiga ko‘ra – 9 ming 380 ta, shulardan 149 

tasi OAV saytlaridir. Ularga kirayotgan audi-

toriya soni 1 kunda – 300 mingga yaqin. Bu 

raqam, albatta, nisbiy ko‘rsatgich.

Internet auditoriyasi – 10 mln.dan ortiq, 

elektron OAV auditoriyasi esa 300 mingga 

yaqin. Savol tug‘iladi, nega elektron OAV au-

ditoriyasi internet foydalanuvchilariga nisba-

tan buncha kam? Axir, axborot ehtiyoji kun-

dan-kun ortmoqda-ku...

Bizning nazdimizda, saytga kerakli, maq-

sadli trafikni chaqirish sust darajada. Chunki 

saytga kelayotgan har qanday trafik ham foy-

dali emas. Ma’lumki, kerakli trafikni chaqirish 

uchun auditoriya bir qator mezonlar asosida 

(yoshi, hududi, jinsi va qiziqishlari bo‘yicha) 

saralab olinadi, ya’ni targeting qilinadi. Ko‘p 

holatlarda shunday xatoga yo‘l qo‘yiladiki, 

OAV saytlari targeting qilayotganida hududni, 

yoshni cheklamay, auditoriyasini 7 yoshdan 

70 yoshgacha deb belgilaydi. Ammo targeting 

bizga kerakli, maqsadli auditoriyani to‘plash-

ga yordam beradi.

Sayt targ‘ibotini, unga foydalanuvchilarni 

jalb qilishni reklamasiz tasavvur etib bo‘lmay-

di. Kerakli reklama instrumentlaridan oqilona 

foydalana olish katta samara beradi. Quyida 

OAV saytlarida ommani jalb qilishning usulla-

rini taqdim etamiz.

1-usul. Qidiruv tizimlariga saytni moslash-

tirish, optimizatsiya qilish, ya’ni SEO (Search 

Engine Optimization) o‘tkazish kerak.

SEO – saytga trafik olib kelishning eng 

universal, keng tarqalgan usuli bo‘lib, hamma 

saytlarga mos keladi. Qidiruv tizimlarining 

birinchi 10 taligiga kirgan saytlarga tashrif 

buyuruvchilar soni ko‘proq bo‘ladi. 

“Google” hamda “

Яндекс” qidiruv tizimla-

rida “O‘zbekiston yangiliklari” so‘zi orqali 

“TOP-10”likka kirgan saytlarni kuzatganimiz-

da, har ikkala qidiruv tizimi “TOP-10” ligida 

1-o‘rinda uz24.uz, 2-o‘rinda anons.uz va 

6-o‘rinda kun.uz saytlarini ko‘rishimiz mum-

kin.


Ular bunday natijaga qanday erishgan-

lar?

Tahlillar ko‘rsatadiki:

– kontentning unikalligi, originalligi, yago-

naligi hamda uni rivojlantirib, ko‘paytirib bo-

rish orqali;

– resurslarni optimizatsiya qilish, moslash-

tirish va yaxshilash orqali. Bunda saytning 

qidiruv tizimlarida chiqishiga nima xalal ber-

yapti, saytning kodi, texnik jihati, kontenti, 

vizual jihatidan mavjud xatoliklar tekshiriladi; 

– sayt xaritasini tuzish orqali. Chunki qidi-

ruv tizimlari saytda nechta bo‘lim, nechta sa-

hifa borligini qidirib, yuklab oladi;

– sayt havolalari sonini boshqa saytlarda 

ko‘paytirish orqali. Chunki qidiruv tizimlari 

saytning boshqa saytlardagi havolalar sonini 

sanab chiqadi;

– OAV brendi nomi hamda saytda beriladi-

gan mavzularni kalit so‘z qilib berish, o‘zining 

“TOP-100” talikda chiqayotgan kalit so‘zlari-

dan foydalanish orqali;

– mavzuli bo‘limlarni ko‘paytirish orqali;

– resursni 

Яндекс, DMOz (mozella.com 

saytining katalog xizmati), O‘zbekistonda 

www.uz saytlar katalogiga ro‘yxatdan o‘tka-

zib qo‘yish orqali mazkur natijalarni qo‘lga 

kiritgan. Ularning tajribasini boshqa saytlar 

ham amalda qo‘llashi mumkin.

2-usul. Kontekst (matnli) reklama.

Яндекс, Google, Mail.ru hamda ularning 

hamkor saytlarida shunday qisqa matnli xabar 

reklamalarga duch kelamiz. Bunda ham targe-

ting asosida auditoriya yoshi, hududi-yu qi-

ziqishlari tanlanadi. Mazkur reklamaning 

ahamiyati shundaki, pul to‘langach, natijasi 

ELEKTRON OAV: MANZILINGIZNI BILASIZMI?



Taraqqiyot bekati

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

15

darhol ko‘rina boshlaydi. Bunda saytning ro‘y-

xatdan o‘tgan muddati texnik holatining aha-

miyati yo‘q. Biroq ularda o‘zbek tilida reklama 

chiqarilmaydi. Rus tilida bo‘lsa-da, bu xizmat 

turidan saytlarimiz ham foydalanadi.

Shunga qaramay kontekst reklamaning 

ham o‘ziga xos kamchiliklari bor:

– no money – no traffic, ya’ni – moliya-

lashtirish to‘xtatilishi bilanoq foydalanuvchi-

lar oqimi ham tezda to‘xtaydi;

– pay per click, kontekst reklamada matnli 

xabardagi linklarni bosib kirishlar soniga qa-

rab pul to‘lanadi. Masalan, bir foydalanuvchi 

3-4 marta kirishi mumkin;

– expensive, kontekst reklama uzoq mud-

datga mo‘ljallanmagan, sababi narxi boshqa 

turdagi reklamalarga nisbatan juda qimmat. U 

eksklyuziv materiallar, aksiya yoki tanlovlar 

o‘tkazishda qo‘l keladi.



3-usul. Multimediali reklama.

Bu saytlarda yoki qidiruv tizimlarida qo‘yi-

ladigan grafikli, matnli grafikli, bannerli yoki 

flesh rolikli reklamalar bo‘lib, eng ko‘p tarqal-

gan reklama turi hisoblanadi va har qanday 

sayt mazkur xizmat turini taklif eta oladi. 

Multimedia oddiy matndan ko‘ra qiziqarliroq.

uz.domeni hududida ham bunday reklamalar-

ni ko‘p kuzatish mumkin. Saytlarda reklama 

joyi ajratilib, maydon o‘lchamlari beriladi. 

Reklama beruvchi shu o‘lchamlarga mos ban-

ner chizib beradi.

Multimediali reklamaning kamchiliklari ni-

mada?


Reklama kampaniyasini o‘tkazish kattagi-

na budjetni talab qiladi.

Multimediali reklama offlayn reklamaga 

yaqin. Ko‘cha-ko‘yda shu tipdagi reklamalarni 

ko‘rgan foydalanuvchi internetda ham ko‘ra-

vergach, kirmaslik ehtimoli ortadi. 

Auditoriya bunday reklamalardan 

to‘yingan. Shuning uchun jalb qila 

oladigan, maqsadli, trendga mos 

reklama bannerlarini qo‘llagan ma’-

qul.

4-usul. Ijtimoiy tarmoqlarda 

marketing (SMM – Social Media 

Marketing).

Nega ijtimoiy tarmoqlarda 

marketing olib borish texnikasi 

juda keng qo‘llanilmoqda?

Chunki internet foydalanuvchi-

lari, asosan, ijtimoiy tarmoqda faol 

hisoblanadi. Ular yuzta saytni ochib qo‘ygan-

dan ko‘ra, o‘sha yuzta saytning feysbukdagi 

sahifalariga a’zo bo‘lib, bitta ijtimoiy tar-

moqda, bitta oynada kuzatib borishni afzal 

ko‘radi. Bu juda qulay. 

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sayt 

sahifasi orqali foydalanuvchilarning sodiqligi-

ni oshirib borish mumkin. Sayt nomi, reputat-

siyasi va imidjini shakllantirsa bo‘ladi. 

Bundan tashqari, tovar va xizmatlarga 

nisbatan yangi talablarni shakllantirish mum-

kin. Sayt sahifasida bildirilayotgan fikrlar, 

so‘rovlar orqali, “like”lar soniga qarab ham 

auditoriyaning istaklarini, qanday tipdagi xa-

barlar yoqishini nazorat qilib borish imkoni-

yati mavjud.

Mazkur reklamaning birdan-bir kamchiligi 

shundaki, ijtimoiy tarmoqlardagi reklama 

mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish usuli 

emas. Bu faqatgina doimiy auditoriyani ken-

gaytirishga, ularni sayt sahifasida ushlab tu-

rishga qaratilgan. Bu – auditoriya bilan ishlash 

usuli.

Yuqoridagi suratga qarang:



– ijtimoiy tarmoqda sahifa ochildi, deylik – 

1,000 ta a’zo bo‘ldi (egallandi);

– xabar yoki maqola chiqarildi – 300 ta like  

qo‘yildi (jalb qilindi);

– 300 tadan 100 tasi havola orqali saytga 

kirdi (auditoriya);

– 100 tadan 50 tasi doim saytga kirib turadi 

(faol).


Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, internet 

foydalanuvchilarini jalb qilishning usullari OAV 

saytlarini yanada rivojlantiradi. Ishonch li ax-

borot esa saytning OAVda o‘z o‘rniga ega bo‘-

lib borishiga zamin yaratadi.

Gulruxsor XUDAYBERDIYEVA.



Taraqqiyot bekati

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

16

“Millionlar o‘yini”ga aylangan futbol chin-

dan ham 90  daqiqalik tomosha emas. zero, 

mag‘lubiyat alami, g‘alaba nashidasi o‘sha 90 

daqiqadan keyin boshlanadi. G‘alaba yoki 

mag‘lubiyatgacha bosib o‘tilgan yo‘l ham 

o‘sha 90  daqiqagacha. Ha chindan, bugungi 

suhbatdoshimiz aytmoqchi, futbolning old va 

ort jihatlari bor. E’tiborlisi, bu jihatlar futbol-

ning o‘zidan-da muhim. Chunki maydondagi 

futbol mazmunini ayni shular belgilaydi. 

Maydon tashqarisidagi  bu atmosfera bilan 

futbol jurnalistlari shug‘ullanadi, odatda. 

Ularning yetkazadigan xabari muxlislarga 

futbolning o‘zidek qiziq. Mushtariylarimiz-

ning mana shu qiziqishini inobatga olib bugun 

suhbatga futbol jurnalisti, championat.asia 

loyihasi rahbari Nodirxo‘ja Yuldashevni chor-

ladik. Muxlislik mohiyati, futbol jurnalistikasi 

va futbol rivoji haqidagi fikrlar suhbatimiz 

uchun mavzu bo‘ldi.

– Futbolga muxlislikni qanday izohlagan 

bo‘lardingiz? Uning “millionlar o‘yini”ga 

aylanishiga  sabab nima?

– Keling, boshidan – uzoq o‘tmishdan 

boshlaymiz gapni. Avvaliga futbol sportning 

oddiy turi sifatida rivojlana boshladi. 1930-yil-

lardan keyin esa siyosiy tusga kirgan paytlari 

ham bo‘ldi. Masalan, urush arafasida aksar 

jamoalar yutqazib bermasalar, qatl etilishlari 

haqida ogohlantirish olganlar. Yoki “Barselo-

na” va “Real” o‘rtasidagi qarama-qarshilikni 

misol qilaylik. Bugungi avlod ikki jamoa safi-

da  kuchli futbol chilar yig‘ilganligi uchun ular 

o‘zaro raqobat qiladilar deb o‘ylaydi. Aslida 

unday emas, o‘sha yillarning diktatori Fran-

sisko Franko madridliklar muxlisi bo‘lganligi 

uchun “Barselona”ning muvaffaqiyatini ko‘ra 

olmay, ularga juda qattiq bosim uyushtiradi. 

“Real”ning tarixiy afsonasi Alfredo De Stefano 

aslida o‘sha paytda “Barselona” bilan shart-

noma imzolagan bo‘lsa-da, uni diktator qo‘r-

qitib Madridga olib keladi va “Real” ketma-ket 

besh marotaba chempionlar kubogida g‘alaba 

qozonadi. Xullas, kataloniyaliklar uchun mad-

ridliklar bilan bellashishga  asos bor. Meni 

hayron qoldiradigani o‘zimiznikilar ularni 

deb bir-biri bilan sen-u menga borishi; futbol 

bu shunchaki o‘yin, undan ortig‘i emas. Unga 

ortiqcha mehr qo‘yib, asab tolalarini barvaqt 

ishdan chiqarish yaxshi emas. Futbolning 

ommabop bo‘lishida pulning roli katta bo‘ldi.

– Ancha yillardan buyon futbol jurnalis-

tikasida faoliyat olib boryapsiz. Sizningcha, 

futbolga jurnalistikaning ta'siri aslida qan-

day bo‘lishi kerak? Bizda bu jarayon qanday 

kechmoqda?

–  Butun dunyoda jurnalistikaning futbolga 

ta’siri kattaligini ko‘ramiz. Ammo bizda ho-

zircha OAV va  futbol  bir-biriga ta'sir qilma-

yapti. Chunki futbol jurnalistikasining o‘zi 

hali yetarlicha rivojlanib ulgurmagan. Bunga 

ko‘proq jurnalistlarning o‘zi ham sababchi. 

O‘yin va o‘yinoldi mashg‘ulotlariga kelmas-

dan yoziladigan tahlillarni mutaxassislar ham 

jiddiy qabul qilmaydilar. Jurnalist ixtisosla-

shuvi degan gap bor. Futbolni sharhlaydigan, 

tom ma’noda futbol sharhlov chisi tayyorlay-

digan kurslar bo‘lsa ayni muddao bo‘ladi. 

– Jurnalistning, xususan, futbol jurna-

listining o‘z ustida ishlashi borasidagi shax-

siy tajribalaringiz ...

– Biron bir soha yo‘qki, o‘z ustingizda 

ishlamasdan turib, mohir  bo‘lib qolsangiz. 

FUTB L–


  

90 DAQIQALIK O‘YIN EMAS



Citius, Altius, Fortius

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

17

Sun'iy ravishda mashhurlikni qo‘lga kiritgan 

kishi baribir 2-3 yilda safdan chiqadi. Futbol 

jurnalistikasining qiyinligi shundaki, biroz ta-

naffus qilishning yoki dam olishning imkoni 

deyarli bo‘lmaydi. Jamoalar ta'tilga chiqadi, 

lekin jurnalistlar emas. Ta'til paytida ham 

muxlis uchun qiziqarli ma'lumotlarni yetka-

zishingiz kerak yoki bo‘lmasa klublarning 

keyingi rejalari  haqida axborot berib turish 

lozim. Davralar oralig‘ida Toshkentning de-

yarli har bir maydonida biron bir o‘yin bo‘ladi. 

Boshqa viloyatlarni ham esdan chiqarmaysiz. 

Ularga borasiz, axborot yig‘asiz va tezkorlik 

bilan uni xalqqa ulashasiz. Tabiiyki, o‘yinlar-

ni voqea joyidan jonli ko‘rish orqali tahlil qi-

lishga o‘rganasiz, muxlislar fikri  bilan tani-

shasiz. Futbol 90 daqiqalik o‘yindan iborat 

emas, uning oldingi, keyingi jarayonlariga 

ham e’tibor qaratish lozim. Bu esa katta meh-

natni talab qiladi.

– Bugungi o‘zbek futboli haqida nima 

deysiz?

– Bizning futbol 100 yillik tarixga ega, 

faxrlanishimiz mumkin bo‘lgan juda ko‘p 

futbol 


chilarimiz bo‘lgan. O‘sha Krasnitskiy, 

o‘sha Abduraimov... Ularni jahon tan olgan, 

bugungi yoshlarimiz ko‘rsatayotgan natijalar-

ga bir qarang, bizda futbol bor va u bo‘ladi. 

Ayniqsa, so‘nggi o‘n yilda futbolga munosabat 

tubdan o‘zgardi. Lekin muxlislar uchun milliy 

terma jamoamiz Jahon Chempionatiga yo‘l 

olishi juda zarur. Barcha shuni kutmoqda. Bu 

esa yanada jiddiy mehnat talab qiladi.

– Sport jurnalistikasida Internet nashrlari-

ning salmog‘i oshmoqda. U an'anaviy nashr-

dan ko‘ra afzalmi? An'anaviy nashrlar va in-

ternet saytlarining ta'sir kuchi orasidagi farq...

– Xorijda saytlar ham, gazetalar ham bir-

dek rivojlanmoqda. Lekin bizning futbolga 

oid  bosma nashrlarda oldinga siljish yo‘q. 

Sababi, ular saytlarda chiqayotgan xabar va 

intervyular bilan sahifalarini to‘ldiryaptilar. 

3-4 kun avval saytda o‘qigan ma'lumotini bi-

lish uchun  ishqiboz yana haq to‘lab gazeta 

sotib olmaydi. Gazetalarda eksklyuzivlik 

yo‘qolib boryapti. Aslida ikkisini birdek rivoj-

lantirsa bo‘ladi.

Masalan, bizning saytimiz, championat.uz 

deb yuritiladi. Kuniga 80 ga yaqin xabar tay-

yorlanadi, shundan 30 tasi o‘zbek futboliga 

oid bo‘ladi. Bir haftada esa 400-450 ga yaqin 

xabar saytda berib boriladi. Bu gazetalar 

u chun tayyor ozuqa. Siz xodimingizga ko‘chi-

rilgan ma'lumot uchun haq to‘lamaysiz. 10-14 

ga yaqin sahifa internet ma'lumotlari asosida 

to‘ldiriladi. Muxlislarni esa alday olmaysiz.

Saytlarning yaxshi tomoni shundaki, 

o‘quvchi bo‘lib o‘tgan voqeani 5 daqiqaga 

qolmay bilib oladi. 

Bizda bugungi kunda 10 nafarga yaqin 

xodim faoliyat olib boryapti. O‘zim ko‘p yillar 

davomida “Paxtakor” klubi matbuot xizmati-

da faoliyat olib borganligim uchun, bu bora-

dagi tajribadan kelib chiqib sayt xodimlaridan 

oliy liga klublariga 4 nafar matbuot kotibini 

tarbiyalab berdik.

Hozircha shular, fursatdan foydalanib, 

jurnal o‘quvchilariga futbol bilan shug‘ulla-

nishni maslahat beraman. Bu insonni chiniq-

tiradi, yaxshi kayfiyat va ruhiy tetiklik ba-

g‘ishlaydi.

Charos DO‘STMATOVA suhbatlashdi.



Citius, Altius, Fortius

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

18

Yer yuzida endi hayot boshlanib, inson 

vujudini ruh mayi bilan mast qilganlarida, 

uning tufrog‘dan iborat jismini hikmat qo‘li 

bilan xuddi Eram bog‘iga o‘xshatib tuzdilar. 

Yo‘q, uni Eram bog‘i ham emas, jannat 

bog‘iga, bog‘ ham emas, hurlar jilva qilgan 

joyga o‘xshatib tuzdilar. Har lahzada qushlari 

yuz afsona kuylashadi, har kim iltimos qilsa, 

yana kuylashadi. Uning sahni osmon bog‘idek 

bezatilgan; har bir guli xuddi to‘lin oyning 

o‘zi. Uning gulgun yuzi yangi ochilgan gullar-

dir; uning upasi gulga gulgunlik bag‘ishlaydi. 

Tik savsan, balki to‘g‘ri sarv va shamshod 

unga qomat bo‘lgan. Mushk hidli sunbul unga 

zulf; lola va oq gul unga yuz va engakdir. 

Yuzidagi terlari quyosh chashmasiga o‘xshay-

di; g‘abg‘abi o‘sha suvning ustidagi ko‘pikdir. 

Ko‘zidan fitnagar nargislar paydo bo‘lgan; labi 

xuddi kulib turgan g‘unchaning o‘zi. Mo‘yla-

bidagi tuklar xurram sabzazor-u, sabzadagi 

shabnam uning terlaridir. Husn-u jamol unda 

o‘ylaganingdan ham ko‘p, qancha ko‘p o‘yla-

sang, o‘sha o‘ylaganingdan ham ortiq. 

Lekin dilni tortadigan narsa uning husni 

emas, elning sabr-toqatini olgan ham bu jamol 

emas. Ishq bulbuli o‘z dostonini kuylay bosh-

laganda tomosha qilish uchun bu boqqa kirdi. 

Uning nazari gulga tushishi bilan zor bo‘lib, 

shavq o‘tidan joniga xabar yetdi. Gul shoxiga 

o‘ltirib, joy tanladi; undagi otashin (qizil) 

gullar uning joniga o‘t yoqa boshlashdi. Joni-

ning ichi ishq o‘tidan o‘rtanib, g‘am shu’lasi-

dan ko‘ngliga iztirob tushdi. Ishq uning sabr-u 

qarorini talon-toroj etdi, gul esa unga fireb 

bera boshladi. Gul unga jilva qila boshlagach, 

endi unda sabr qilish imkoni qolmadi. Kuyib-

yonib, u shunday qichqiriq soldiki, buning 

o‘tidan chamanning ichi qizib ketdi. 

Shunday kuyish va kuydirish yuz bergach, 

shunda oshiqlik va ma’shuqlik namoyon bo‘l-

di. Ishq tug‘yon solib, rivojlanishi bilan oshiq 

parishon ahvolga tushib qoldi. Husn yana 

yoqimli jilvalar qilib, zulfning qo‘liga balodan 

tuzoq topshirdi. Jahon mamlakatining boshi-

ga ishq g‘avg‘osi tushib, zamon ahli ishqning 

taloniga uchradi. 

Alisher Navoiy



(Davomi. Boshi o‘tgan sonlarda)

“HAYRATUL – ABROR” HAYRATLARI

(To‘qqizinchi maqolat)

Ishq o‘ti ta’rifidakim, uning shu’lasi balo sahro-

sining lolalaridir, cho‘g‘i baloga duchor bo‘lgan 

ko‘ngulning qon bo‘laklaridir; mehnat-mashaqqat-

ning qaro shomi uning tutuni, bu shomning kuyik 

yulduzlari uning uchqunlaridir; yor husnining nur-

lari haqidakim, uning alangasidan ko‘tarilgan bir 

yolqin bunday o‘tning chiqishiga sababchi, uning 

quyosh dek yuzidan tarqalgan bitta nur bunday 

haroratga asosdir



Mutolaa

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

19

Ishq degani bu qanday o‘tki, u hujum qil-

ganda uning tutuni va uchqunlaridan osmon 

va yulduzlar yaraldi. U tutundan malaklar 

pashshadek qochdilar. Falak osmonda oddiy 

bir fonusdek bo‘lib qoldi. U tufayli aql pesho-

nasi qoraydi. Ruh ko‘zidan ham u yoshlar 

oqizdi. 


Ishq shunday narsaki, mayxonada ham 

uning haqida bahs to‘xtamaydi: ka’baning li-

bosi ham shu tufayli qoradan. May o‘ti butning 

yuzini qizartirib, bayroqqa aylantirgach, 

shu’lasi Qur’onni ham kuydirdi. Qur’onning 

varaqlarini kuydirayotgan chog‘da o‘t yoqa-

man deb rahlni ham sindirdi. Butxona deb 

masjidni haqorat qildi; imonni kufrga almash-

tirdi. Taqvo libosini itning ustiga yopqich qildi; 

yopqichning har yerdagi yamoqlarini (bezak 

uchun solingan) gul deb hisobladi. Dinsizlikni 

o‘rganish uchun kitob ochib, har qanday xu-

doga ham sanam deb xitob qildi. Masjidning 

ichida isyon bodasini sotib, mehrob burchagi-

ga (may) kupini o‘rnatdi. Gul shanning ichida 

guldan o‘t yoqdi, mayxona burchagini sharob 

bilan yoritdi. Bu gulning qanday gul ekanidan 

bog‘ning nima xabari bor? Ichidagi mayning 

qanaqa may ekani bilan ko‘pchilikning qan-

chalik ishi bor? 

Ruh bu gulning tikaniga oyog‘idan ilingan, 

jon ham shu may isidan mastdir. Uning tufay-

li sarosima aql ishi turli ixtiloflar bilan to‘la: 

ixtilofgina emas, poyma-poy. Poyma-poygina 

emas, uni ablah-u nodon, deb ayt, nodon ham 

emas, biyobondagi telba deb hisobla. 

Qaydaki ishq o‘ti shu’la sochib turgan 

bo‘lsa, u o‘t ustida aql misoli bir xashakdir. 

Kuyub, bu o‘tga ko‘ra bo‘lgan ko‘ngulning 

obod o‘lkasi bunga kirmaydi. (Chunki) qaysi 

ko‘ngulni ishq makon qilgan bo‘lsa, uni ishq 

o‘z o‘ti bilan la’l koniga aylantirdi. Ishq bo‘l-

masa, ikki jahon ham bo‘lmasin; ikki jahongi-

na emas, jon ham bo‘lmasin! 

Tan ishqsiz bo‘lsa, uning joni ham bo‘lmay-

di; kishi husnni nima qiladi – u oniy bir narsa-

dir. Ishq o‘ti mamlakat podshohiga uncha na-

zarga ilinmas oshiqni boridan orttirib, mazali 

qilib ko‘rsatadi. Ishq dur bo‘lib, ko‘ngul unga 

qutichadir; hatto ishq quyosh bo‘lib, ko‘ngul 

unga burchdir. Quyosh ham emas, u bazmda-

gi yonayotgan o‘tdir; shunchaki yonayotgan 

o‘t emas, kuydirayotgan o‘t. Inson tanasi 

so‘ngaklarning tuzilishidan tashkil topgan uy 

bo‘lib, ishq agar o‘t bo‘lmasa, uni kuydirmas 

edi. Yor husnining ishi oshiqdagi ishqni yuza-

ga chiqarish bo‘lib, bu hol odamning sham 

bilan o‘tinni o‘t oldirganiga o‘xshaydi. Husn 

qancha dilni o‘ziga qattiq bog‘lasa, ishq o‘ti 

ham odamlarning ko‘nglida shuncha tez yo-

nadi. Gulda lutf-u tarovat qancha ko‘p bo‘lsa, 

bulbulning hasratida ham g‘ulg‘ula shuncha 

ko‘p bo‘ladi. Ko‘ngul yarador bo‘lsa, u oh 

chekadi; o‘tni kovlasang, alanga ham shuncha 

balandga uradi. Ishq uchun jonni o‘rtash mush-

kul emas; o‘tga ham butun jahonni yondirish 

qiyin emas. Alanga har qanday toshni suv qilib 

yuborganday, ishq ham zolim aqlni eritib yu-

bora oladi. zohidlik dunyosini yondirib yubo-

rish uchun bitta uchqun yetarlidir! Tikon va 

xashak qancha ko‘p bo‘lmasin, yashinga bas 

kela olmaydi-ku! Ishq agar filga o‘z kuchini 

ko‘rsatadigan bo‘lsa, fil filning oyog‘i ostida 

qolgan chumolidek bo‘lib qoladi.

Lekin oshiq o‘zini oshiq deb atasa, u oshiq 

emas; har kim ham ishqda sodiq bo‘la ber-

maydi. Kimki kezib yurib husn tanlasa, so‘ng 

ko‘nglini bu husn egasiga bog‘lasa, unday 

ko‘ngulni ko‘ngul dema, u bir pora toshdir. 

Sham ham o‘z o‘ti bilan xarsang toshni qizdira 

olmaydi-ku! O‘zini kishi ko‘ziga g‘amgin 

ko‘rsatib, motami bo‘lmasa ham yoqasini yir-

tar ekan, bunday odamning tashi hiylakorligi 

orqasida malakka o‘xshaydi; ichi esa iblis bi-

lan birlashgan, zohiri sadoqat bilan bezangan, 

ichi esa fisq-fasod bilan bulg‘angan!

Unday odam yoridan o‘z xohishining usha-

lishini talab qiladi; gap-so‘zidan esa adabsizli-

gi bilinib turadi. Goh yorining la’l labidan jon 

tama’ etadi, bitta jon emas, imkoni bor hamma 

narsani so‘raydi. Goh u yorning gul hidli ba-

danini, taninigina emas, tanasining har bir 

a’zosini vasf qiladi. Jimjimador xatlari hazil 

kitobiga o‘xshaydi: uning mazmuni fahsh, 

yolg‘on va firebdan iborat. Ko‘zbo‘yamachi-

ning shishasidek usti sof-u lekin zimniga yuz 

xil makr-u hiyla, yolg‘on joylashgan. Shu ham 

oshiq hisoblanadigan bo‘lsa, uni o‘ldirish, 

boshdan-oyoq vujudini kuydirish kerak. 


Download 376.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling