Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Mutolaa Sog‘lom avlod uchun  |  7


Download 376.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana23.10.2017
Hajmi376.17 Kb.
#18467
1   2   3   4   5

Mutolaa

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

20

Haqiqiy oshiq deb sen shuni bilki, u dard 

bilan yashaydi; uning tili ham, dili ham, ko‘zi 

ham pok bo‘ladi. Ishq uni o‘z “men”idan pok 

qilib, hatto fano o‘tiga xashak qilgan bo‘ladi. 

Yuzini sariq qilib, dardini yashiradi; ko‘zini 

ariq qilib yosh oqizadi. 

Uning kasalmand, ozg‘in tani qilga o‘x-

shaydi; bu qildagi har tuguni uning bo‘g‘inlari-

dir. U orqasida ishqning yuz g‘amdan to‘plan-

gan yukini orqalagan; har bir tugunda bitta 

g‘amning oyog‘i boylangan. Dard yukidan 

uning qaddi xam bo‘lgan, “dard” so‘zidagi 

“dol” harfi qaddining xuddi o‘zi. Badani os-

monning badaniga o‘xshash butun dog‘; har 

dog‘ uning qora tundagi azobidan nishonadir. 

Ko‘ksining yorig‘idan chiqib turgan o‘t shom 

balosiga sahar bo‘lishidan nishon beradi. 

Ko‘ylagida parcha-parcha dog‘larning o‘rni; 

bebaxt chakmonining tevarak-atrofi yamoq. 

Ko‘nglidan boshqa odamning xayolini butun-

lay chiqarib yuborgan; ko‘nglini sevgilisining 

xayollari bilangina to‘ldirgan. Ma’noli gaplar-

ga o‘rgangan tili har qanday so‘zni ayta ber-

maydi; uning ko‘nglida jononining g‘amidan 

boshqa g‘am yo‘q. Yor yuzini ko‘rib, ko‘zida 

hayrat; yor qarashi uning ko‘nglini o‘rtantir-

gan. Ko‘nglida yor g‘amini chekib, uning rash-

ki tufayli har tomonga ko‘z yoshlari qon bo‘lib 

sochiladi. U qaysi tomonga nazar solmasin, 

unga yorining (go‘zal) jamoli jilva qiladi. 

Hatto o‘zini ham butunlay unutadi; qayoqqa 

ko‘z tashlamasin, ko‘ziga faqat yori ko‘rinadi.

Kimki shunday ishqning qo‘lida mag‘lub 

bo‘lsa, bundan boshiga nima tushsa ham uni 

yaxshi deydi. Ishq kimning ko‘nglidan shun-

day o‘rin olgan bo‘lsa, uni o‘zligidan ham fo-

rig‘ etib, mast qiladi. Bunday kishiga xos yer 

zohidlar uyi emas; uning ko‘ngli ishq o‘tidan 

xalos bo‘lmagani ma’qul. Sog‘lom fikrli kishi-

lar unikiga yig‘ilib, uni qiynab, malomat qilish-

sa, jannatni va’da qilib ovutishsa, ko‘nglini 

esa ishq o‘tidan sovutishsa, (ishq yo‘lidan) 

aynib, yana u toat-ibodatga berilsa, shu toat 

bilan qanoat qilsa; ishq balosidan orttirgan 

yaralarini tuzatsa, mashaqqat o‘qlaridan pay-

do bo‘lgan yaralarni bitirsa; tanasining qushi-

ga so‘fiylik xirqasini tuzoq qilib, tasbehining 

donalari bilan u qushni o‘ziga rom etsa! Xil-

vatda o‘tirib-o‘tirib, tomog‘i qurib, biroz havo 

olish uchun u dam olgani chiqsa. Ko‘chalar, 

xiyobonlar tomon borib, u namozgoh bilan 

maydon tomonga ham o‘tsa. Dasht tomonidan 

to‘p-to‘p otliqlar ko‘rinib, ular hammasi may-

donda javlon qilishga otlangan bo‘ladi. O‘sha-

larning orasida nogoh husn-u malohat mayi-

dan kayf qilgan bir go‘zal ko‘rinib qoladi. May 

o‘tidan yuzida yuz gul ochilgan, bu gullarning 

bittasi dastoriga qistirib qo‘yilgan. Husni o‘ti-

ning alangasi gulzor bo‘lib, bu gulzorning har 

tomonida gulnor ochilib yotibdi. Xoli har 

qanday baloni daf etuvchi; uning o‘tida ko‘z 

qorachug‘i yonib, hamma yoqqa isiriq bo‘yini 

tarqatadi. Qoshlari oy yuzining ustidagi xush-

bo‘y yangi oy; uning ikkalasi ham aqlni devo-

na qiladigan darajada chiroyli!

Yanada to‘g‘rirog‘i, bu qoshlar oshiqlarni 

o‘ldirish uchun o‘zaro maslahatga o‘ltirib, 

boshini boshiga qo‘shgan. Husnini namoyish 

qilish uchun u qoshida (jingalak) tugunlar 

yasagan. O‘ziga zeb berish uchun “nun” har-

figa o‘xshatib yasalgan bu tugunning ustidagi 

nuqta shamraning urug‘iga o‘xshaydi. Sunbul 

sochlarida tugun ustiga tugun, bu tugunlar 

tugun emas, halqa ustiga halqalardir. Uning 

zirak taqqan quloqlari safni yorib o‘tuvchi 

turk askarlariga o‘xshaydi; go‘yo u o‘limni 

o‘ylab, ustidan temir sovut kiyib olgan. Chaq-

nagan ko‘zi noz bilan har tomonga boqadi; bu 

bilan zohidlar va taqvodorlar xirmoniga o‘t 

yoqadi.

Bu o‘tning tutuni kipriklar safining orasi-



dan o‘tganda, ularning hammasini qoraytirib 

qo‘yadi. Uning ko‘zlari surma qo‘ymasa ham 

qop-qora, fusunkor; jahon bu ko‘zlar tufayli 

surma rangiga kirgan. La’li labida bir qatra ter 

dumaloq bo‘lib turibdi; u mangulik chashma-

sidan tomgan bitta jonga o‘xshaydi. Mo‘ylab 

tuklarining har bittasini hayot maysasi deyish 

mumkin: ular xizrlar turgan qorong‘i zulmat-

dan o‘sib chiqqan. Kishilarga orzu bo‘lgan 

g‘abg‘abida qatra-qatra suvlar ko‘rinadi; bu 

g‘ab-g‘ab chuqurchasiga suv o‘sha chashma-

dan sizib tushgan. Har mo‘yi jon tomiridan 

tortib, kofir zulfi esa imon tomirlarini ham 

yulib oladigan. Uning gul rang ipak libosdagi 

qomati guldor kiyimga o‘ralgan sarvga o‘x-

Mutolaa


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

21

shaydi. Uning chopqir oti yashinday 

tez qadam bosadi; sayr qilib yurib, 

yashinday chaqnaydi. Uning oti yashin 

bo‘lib, ustiga mingan o‘zi quyosh 

bo‘lgandan keyin uni ko‘rib el-xalq 

kuysa, yig‘lasa, ajablanmasa ham 

bo‘ladi. Gul singari etagini (beliga) qa-

yirgandan keyin, to‘nining etagidan 

uning savsan rangidagi ko‘ylagi ko‘zga 

tashlanadi. Ro‘molining rasmlari gul 

ko‘rinishida bo‘lib, savsan va gullar 

ustidan gul sochayotganga o‘xshaydi. 

Dastoriga bitta gulni qistirib qo‘ygani 

sarv va terakka gulni payvand qilganla-

rini eslatadi. Bu qanday go‘zal manzara 

o‘zi, ey ko‘ngul! Bu Xalil o‘zini urgan 

gulistonmikan, ey ko‘ngul?! 

Chaqqonligi aqlni kuydiradi; nozik-

ligi ruhni titratadi. Maydonda turgan 

kishining boshiga u to‘polonda shunc-

ha balolar yetsa, tufrog‘ bo‘lib ketish-

dan o‘zini saqlay olmaydi. Axir, butun 

zamin-u zamon ham u go‘zalning oti-

ning oyog‘i ostida-ku! 

Uning devsifat oti qayoqqa qadam 

qo‘ymasin, odamlargina emas, malak-

lar ham bezovta. Uning ustidagi 

chaqqon qotil mahbubi esa odamlarni 

devonavor o‘ldirishdan tinmaydi. Bu 

yerda agar Shibliy bo‘lsa ham, zunnun 

bo‘lsa ham, ular ham parishon hol bir 

telbaga o‘xshab qolardilar. Din ular-

ning motamida oh-voh chekkan bo‘lar-

di; aql piri yosh boladek og‘zini ochib 

qolardi. Har qanday irodali ruh unga 

boqqanda og‘zidan so‘lakayi oqib turib 

qolardi. 

Bu vaqtda aql ketib, xalq ham ibo-

datni unutadi. “Taqvo va aql degani 

o‘zi nima?” – deydi hamma. U go‘zalni 

ko‘rmagan odamlargina bu o‘tdan 

omon qoladi, lekin uni ko‘rib, kul 

bo‘lish ham yomon emas. Nimaiki iflos 

bo‘lsa, o‘tga tushib toza bo‘ladi, poklar 

esa bu o‘tda yana ham pokroq bo‘ladi-

lar. Bunday kuyishni kim odat qilgan 

bo‘lsa, u dunyo, bu dunyo saodat unga 

yordir. 

Mutolaa

Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki 

so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.

Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.

Ming yil o‘qisam-u, mendan "nimani bilding", 

deb so‘rasalar, "haddimni bildim" deyman.

Dedilarki, ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroq. De-

dimki, ko‘ngildagi ko‘zdan yiroq bo‘lsa ne naf?

Ishq azobi tortmagan yurak yo telbaning, yo 

murdaning yuragidir.

Ey, yor! Biz ishq uzumining shingillari edik-ku! 

Boshqa shishalarga sharob bo‘libmiz, boshqa xa-

yollarda xarob bo‘libmiz.

Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni 

esa qalbidandir.

Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat 

olganing nimasi?!

Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. 

Odamlar boshqalar aybidan so‘z ochsa, sen o‘z 

qusuringni o‘yla.

Hojat emas, hammasini so‘zla bayon qilmoqqa, 

bir boqmoq ming so‘zdan yaxshidir anglaganga.

O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’-

ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla,  go‘zal 

yasha.

Har holni xayr, har kechani qadr, har kelganni 



Hizr bil.

Inson tabassumi bilan tarbiyasini, nimaga kul-

gani bilan saviyasini namoyon qiladi.

Shamdek yosh to‘k, ko‘ngil uying charog‘on 

bo‘lsin.

Biz sevsak gar, yer bo‘lamiz, biz sevsak gar, sel 

bo‘lamiz.  Biz sevsak gar, lol bo‘lamiz, biz sevsak 

gar, jon bo‘lamiz.

Modomiki, hammaning gunohini bekitolmay-

san, o‘z ko‘zingni yumib qo‘ya qol.



Turk tilidan Ma’rufjon Yo‘ldoshev tarjimasi.

Mavlono Jaloliddin Rumiy  

hikmatlari


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

22

Nevroz albatta kasallik. Uning belgilari 

xulq-atvor buzilishlari bilan namoyon bo‘lgan-

ligi uchun ham uni yomon xarakterning bir 

turi deyishadi. “Nevroz” atamasi 1776-yili 

shotlandiyalik vrach Kellen tomonidan taklif 

qilingan. Biroq nevroz kasalligi juda qadim-

dan ma’lum. Bu kasallikni tib ilmining sultoni 

Abu Ali ibn Sino ham mukammal o‘rgangan. 

O‘sha davrda nevrozga quyidagicha ta’rif be-

rilgan: bu kasallikda tana harorati ko‘taril-

maydi, biron-bir a’zo zararlanmaydi, tanada 

lat yegan joylar bo‘lmaydi, biroq bemorning 

asabi buzilgan bo‘ladi. 



Nevroz – asab charchashimi?

Nevroz – asab tizimining funksional kasal-

ligi bo‘lib, insonga ruhiy jarohat yetkazuvchi 

tashqi va ichki omillar natijasida rivojlanadi. 

Demak, nevroz asab kasalligidir. Nevroz bel-

gilari uzoq yoki qisqa vaqt davom etishidan 

qat’i nazar, butunlay tuzaladigan kasallik. Bi-

roq bu davolash jarayoni bir oy, ba’zida undan 

ham ko‘p davom etadi. Nevrozning 3 turi 

farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nev-

roz), isteriya va miyadan ketmaydigan fikrlar.

Nevroz (nevrasteniya) qanday kasallik?

Nevroz asabning ortiqcha zo‘riqishidan 

ke lib chiqadi. Asabi tor odamlar nevrozga tez 

cha linishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning 

nomutanosibligi, doimiy hissiy zo‘riqishlar, 

yaqin kishisidan judo bo‘lish, oila va ishxona-

dagi kelishmovchiliklar, qo‘rquv va xavotirda 

yurish nevrozga sababchi bo‘ladi. Nevrozning 

oila a’zolarida uchrashi uning rivojlanishida 

nasliy omillarning ahamiyatini ham ko‘rsatib 

beradi. Yosh bolalarda nevrozning rivojlani-

shiga uni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona 

orasidagi janjallar sababchi bo‘ladi. Bolalik 

davrida olgan tan jarohatlari ham bundan 

mustasno emas.

Nevroz nafaqat jahldor odamlar, balki o‘ta 

andishali odamlarda ham rivojlanishi mum-

kin. Ayniqsa, andishali odam janjalli voqealar 

ro‘y berganda hissiyotga izn bermaslikka

o‘zini boshqarib turishga harakat qiladi, bi-

rovning ko‘nglini og‘ritib qo‘ymay deydi. Bu 

holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining 

charchashiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, 

vitaminlar yetishmovchiligi, kamqonlik, su-

runkali va og‘ir kasalliklar ham nevrozga olib 

keladi.


Nevroz belgilari qanday namoyon bo‘la-

di?

Nevroz belgilari turli-tuman bo‘lib, ular 

i chida tez-tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu 

buzilishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, umu-

miy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxo-

tirlik, aqliy va jismoniy mehnat faoliyatining 

pasayishi kabi simptomlar ko‘p kuzatiladi. 

Bemorni qanday davolashadi?

Davolash tibbiy psixolog, neyropsixolog 

va nevropatologlar tomonidan olib boriladi. 

Asab buzilishi bilan bog‘liq bu kasallik tibbiy-

psixologik muolajalardan so‘ng samarali da-

volanadi. Davolash muddati va natijasi 

ko‘proq uning to‘g‘ri olib borilishiga bog‘liq. 

Dastavval nevrozga olib keluvchi sabablar 

aniqlanadi va iloji boricha bartaraf etiladi. 

Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat 

bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat 

ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin 

ba’zi hollarda nevrozning sababini aniqlash 

va ularni yo‘qotish ancha mushkul.

Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharo-

iti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish 

soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga 

rioya qilish, teatr va kinolarga borib turish 

tavsiya qilinadi. Nevrozni davolash uchun 

juda ko‘p dori-darmonlar mavjud. Biroq ular-

ni ko‘p qo‘llash kerak emas. Vrach tomonidan 

eng zarur dori tanlab olinadi va bemorga tav-

siya etiladi. Bemorlarni davolashda ishlatila-

digan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga 

ega bo‘lganligi uchun ularni ishlab yurgan 

bemorlarga tavsiya qilib bo‘lmaydi. Kam 

miqdorda tavsiya qilinsa, natijasi past bo‘ladi. 

Bunday paytlarda nojo‘ya ta’siri kam bo‘lgan 

NEVROZ – KASALLIKMI YOKI  

YOMON XARAKTER?



Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

23

Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda

dorilardan foydalaniladi. Psixosomatik sind-

romlarni davolashda ishlatiladigan psixoana-

liz usuli nevroz belgilarini bartaraf etishda 

keng qo‘llaniladi. Shuningdek, umumiy mas-

saj, igna bilan davolash, ertalabki badantarbi-

ya va sportning o‘ziga maqbul turlari bilan 

shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta 

sihatgohlarda dam olib turish ham o‘ta foyda-

lidir.


UyqU bUzIlIshlarI

Uyqu buzilishlari sabablari va turlari ko‘p 

bo‘lib, ularning ko‘p uchraydigan 2 xil turi 

bilan sizlarni tanishtirib o‘tamiz. Bular narko-



lepsiya va insomniyadir. 

Narkolepsiya  

ko‘p uxlash demakdir

Narkolepsiya. Narkolepsiya – kunduz kun-

lari bir necha kunlab uyquga ketish bilan na-

moyon bo‘ladigan patologik holat. Bunday 

bemorlar kunduz kuni to‘satdan uyquga keta-

di va 2–3 kun va undan ham uzoq muddat 

uxlab yotaveradi. 



Sabablari. O‘tkir stress holatlari va ruhiy 

kasalliklardir. Ba’zida bosh miyaning yallig‘-

lanish kasalliklari (ensefalit) va bosh miya ja-

rohatlari ushbu kasallik sababchisidir.



Belgisi va kechishi. Kunduz kunlari to‘-

satdan uyquga ketib bir necha kunlar uxlab 

yotish, tungi uyqu rejimining buzilishi, alahsi-

rashlar, xotira buzilishlari, ba’zida tutqanoq 

xurujlari, qotib qolishlar, xulq-atvor buzilish-

lari.


Davosi.  Narkolepsiya bilan kasallangan 

bemorlarni psixiatrlar davolashlari kerak. Bu-

ning uchun ushbu bemorda narkolepsiyami 

yoki uyqu buzilishining boshqa turimi, uni 

aniqlash lozim. 

Insomniya – surunkali  

uxlay olmaslik

Insomniya – uxlash funksiyasining yo‘qo-

lishi bilan na moyon bo‘luvchi surunkali kasal-

lik. Insomniya bilan 10 % aholi (ba’zi rivojlan-

gan davlatlarda 20 %) aziyat chekadi.



Sabablari.  O‘tkazilgan o‘t kir stress, dep-

ressiya, parkinsonizm, migren, ensefalit (bosh 

miyaning yallig‘lanishi) va bosh miya jarohat-

lari uyqu yo‘qolishining asosiy sabablaridir. 

Bir-ikki kunga uxlay olmaslik barchamizda 

kuzatiladigan odatiy holdir. Bunday holatlar, 

ayniqsa, nevroz bilan kasallanganlarda ko‘p 

uchraydi. Biroq insomniya uzoq yil lar uyqu 

yo‘qolishi bilan namoyon bo‘ladigan kasallik 

bo‘ lib, jiddiy davolanishni talab qiladi. 



Belgisi va kechishi. Asosiy belgisi bir ne-

cha oylar va yillar mobaynida uxlay olmaslik. 

Boshqa belgilar kuzatilmaydi. Insomniya bi-

lan kasallangan odamlar boshqa odamlar kabi 

ishga ham qatnayveradi, aqliy va jismoniy 

faolligi ham boshqalarnikidan farq qilmaydi. 

Ular tunlari yaxshi asarlar yozishadi, ixtirolar 

qilishadi. Masalan, insomniya bilan kasallan-

gan bir advokat zo‘r yuridik qonunlarini tunda 

o‘ylab topgan va amaliyotga tadbiq qilgan. 

Agarda insomniya bilan kasallangan bemorda 

boshqa bir nevrologik buzilishlar aniqlansa, 

unda bu bemorda jiddiy nevrologik va neyro-

psixologik kasalliklar aniqlanishi mumkin.



Davosi. Avvalambor kasallik sabablari 

bartaraf etili shi kerak. Jismoniy mehnat va 

sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish ke-

rak. Uxlatuvchi dorilar 10 kun mobaynida 

ta’sir qilmasa, ularni qabul qilishni to‘xtatish 

lozim. Nevropatolog yoki neyropsixologga 

uchrab, ularning maslahatlari bilan ish tuting.

zarifboy IBODULLAYEV,

Tibbiyot fanlari doktori, professor.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

24

Ilm-fan ufqlari

 Ilm-fanni ommalashtirish, ilmni olimlar-

dan tashqarida, oddiy xalq orasida ham keng 

yoyishga intilish masalasi juda dolzarbdir. 

Chunki jamiyat hayotining ajralmas va eng 

ustuvor qismi bo‘lgan ilm-fan sohasiga taal-

luqli ma’lumotlar ham qiziqarli hamda kun-

dalik turmushda as qotadigan ahamiyatga 

ega. Ayniqsa, ommabop-ma’rifiy, ilmiy asarlar 

vositasida yosh avlodni ilmiy sohalarga qiziq-

tirish, iste’dodli yoshlarni tegishli ilm yo‘na-

lishlariga jalb etish borasida ulkan muvaffaqi-

yatlarga erishish mumkin. Bunday muddao-

ning natijasini hayotda ko‘rish, ilmiy masalalar 

mohiyatini ommaga tushunarli va qiziq tilda 

bayon qilish uchun har davrda iqtidorli yo-

zuvchilar maydonga chiqishadi. Ilmiy-omma-

bop va fantastik asar ijod qilganlar orasida 

eng mashhuri va ta’bir joiz bo‘lsa, janr Sheks-

piri – atoqli Amerika yozuvchisi, biokimyogar 

mutaxassis, fan doktori – Ayzek Azimov sa-

naladi. Ushbu maqolamizda eng yetuk fantast 

yozuvchi bo‘lmish Azimov hayoti va ijodi 

haqida so‘z yuritamiz.

XX asr ilmiy-ommabop va ilmiy-fantastik 

adabiyotining yorqin namoyondasi, Amerika 

yozuvchisi Ayzek Azimov 1920-yil 2-yanvar 

sanasida Rossiyaning Mogilyov guberniyasi 

(hozirda Smolensk viloyati), Petrovich shahri-

da, tegirmonchi oilasida tug‘ilgan. Unga ona 

tomondan bobosining xotirasi uchun bobosi-

ning ismini qo‘yishgan ekan. 1923-yilda Azi-

movlar oilasi AQSHga muhojirlikka ketishadi. 

U o‘zi haqida hazil aralash “Ota-onam meni 

chamadonda olib kelishgan”, der edi. Ular 

Bruklinga joylashib, qandolatchilik do‘koni 

ochishadi.  Ayzek Azimov 5 yoshida Bredford-

Stayvesant maktabiga o‘qishga boradi. 1935-  

yili 15 yoshli Azimov maktabni tamomlab, 

Set-Lou kollejiga o‘qishga kiradi. Lekin u 

o‘qishga kirganidan keyingi bir yil ichida 

mazkur kollej butunlay yopiladi va u o‘qishni 

boshqa ta’lim muassasasida – Kolumbiya 

universitetining Nyu-Yorkdagi kimyo fakulte-

tida davom ettirishga qaror qiladi. 1939-yilda 

u mazkur universitet kimyo fakultetining ba-

kalavr, 1941-yilda esa magistrlik diplomini 

qo‘lga kiritgan. Kimyo bo‘yicha ilmiy ishlarini 

davom ettirish uchun aspiranturaga qabul qi-

lingan Ayzek Azimov, 1942-yilda Filadelfiya-

dagi harbiy kemasozlik korxonasida kimyogar 

mutaxassis sifatida ish boshlaydi. 1945-yilda 

esa uni AQSH armiyasiga harbiy xizmatga 

chaqirishdi. 1946-yilning iyuligacha armiya 

safida bo‘lgan Azimov, shu yili xizmatni 

o‘tab, Nyu-Yorkka qaytadi va aspiranturani 

davom ettiradi. 1948-yilda u aspiranturani 

muvaffaqiyat bilan yakunlab, biokimyo dok-

tori (PhD) darajasiga erishgan. 1979-yilda 

Ayzek Azimov Kolumbiya universiteti profes-

sori maqomini egalladi.

Ayzek Azimov ijod olamiga juda erta kirib 

kelgan. Uning ilk asari kichik bir shaharchada 

yashovchi bolakayning sarguzashtlari haqida 

bo‘lib, bu vaqtda atigi 11 yoshda bo‘lgan 

bo‘lajak yozuvchi, kitobni 8-bobgacha yozib, 

so‘ngra tashlab yuboradi. Lekin undagi voqe-

alarni o‘rtog‘iga gapirib berganida, o‘rtog‘i 

bunga qattiq qiziqib qolib, davomini yozib 

berishini so‘raydi. Ayzek Azimov keyinchalik 

o‘sha daqiqa uning uchun o‘zida yozuvchilik 

iste’dodi borligini anglashga turtki berganligi-

ni ko‘p eslagan. 

Azimovning matbuotda qilgan ilk chiqishi 

“Amazing Stories” oynomasining 1939-yil 

yanvar sonida nashr etilgan “Vestaning chan-

galida” nomli hikoyasi bo‘lgan edi. Yozuvchi-

ga haqiqiy shuhrat keltirgan ijod mahsuli esa 

“Tun kirishi” nomi ostida 1941-yil e’lon qilin-

gan fantastik hikoya, unda oltita yulduzga ega 

sayyoralar tizimida aylanuvchi va faqat har 

2049 yildagina tun og‘ushiga kiradigan sayyo-

ra haqida yozilgan edi. Ushbu hikoya okean 

ortida juda katta shov-shuvga sabab bo‘lib, 

turli antalogiyalarda 20 marotaba qayta-qayta 

chop etilgan va ikki bora ekranlashtirilgan. 

Azimov mazkur hikoyasini o‘zining ijodga 

kirib kelishidagi “muqaddima” sifatida baho-

lagan edi. 

Umuman olganda, Ayzek Azimovning ilk 

ishlari ilmiy-fantastika janriga taalluqli bo‘l-

gan. Xususan, u o‘zga sayyoralardagi hayot 

yoki fikrlay oladigan robotlar haqida ko‘plab 

ROBOTLAR OLAMI INKISHOFCHISI 


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

25

fantastik hikoyalar yozgan edi. Aytilganidek, 

uning fantastikasi ishonarsiz oldi-qochdi su-

jetlardan xoli ekanligi bilan va zamona ilm-

fanining real holatiga tayanib bayon qilinishi 

tufayli ajralib turar edi. 1939-yilda u o‘zining 

robotlarga bag‘ishlangan ilk hikoyalarini yoza 

boshlaydi. Chunonchi, “Robbi” (1939), “Yol-

g‘onchi” (1941) asarlari bilan amalda robot 

texnikasi va robotshunoslik sohalariga asos 

solgan. Uning mazkur asarlardan boshlab 

shakllantirib borgan fikrlari, robot texnikasi 

uchun o‘ziga xos qonuniyatlar sifatida yoyila 

boshlagan. “Yolg‘onchi” hikoyasi odam fikrini 

o‘qiy oladigan robot haqida bo‘lib, u zamona-

viy yolg‘on detektorlari va sun’iy intellekt so-

halari paydo bo‘lmasidan ancha avval, ushbu 

sohalar taraqqiyotidan insoniyat uchun kuti-

layotgan naf va zarar haqida ma’lumotlar 

bergan edi. Ayzek Azimovning o‘z mamlakati 

chegaralaridan tash 

qarida, butun dunyoda 

katta shuhrat qozoni shiga sabab bo‘lgan asari 

ham aynan robotlar haqida bo‘lgan. “Men-

Robot” deb nomlangan ushbu asar, undan 

avvalgi, boshqa yozuvchilar qalamiga mansub 

bo‘lgan robotlar haqidagi asarlardan tubdan 

tafovut qilib, Azimov robotlarni odamzotning 

yaqin yordamchilari, og‘irini yengil qiluvchi 

ko‘makchilari sifatida tasvirlaydi va robot 

texnikasi bilan shug‘ullanuvchilarga ko‘plab 

amaliy g‘oyalar ulashadi. Azimov asarlaridagi 

robotlar, aytish mumkinki, ba’zi o‘rinlarda 

o‘z xo‘jayinlaridan ko‘ra insonparvar va oda-

miyroq bo‘lishadi. Barchamiz sevib tomosha 

qilgan “Ikki yuz yoshli odam” filmi ham Azi-

movning shu nomli asari asosida suratga 

olingan. 

Ilmiy-fantastika janrida anchayin barakali 

ijod qilgan Ayzek Azimov 1958-yildan bosh-

lab asosiy e’tiborini ilmiy-ommabop yo‘nalish-

ga qaratadi. U o‘z professional sohasi bo‘lmish 

kimyoga oid “Uglerod dunyosi”, “Azot dun-

yosi”, “Kimyoning qisqacha rivojlanish tarixi” 

kabi ilmiy-ommabop asarlarni, shuningdek, 

astronomiya, dinshunoslik, tarix, geografiya, 

atamashunoslik, genetika, biologiya va ilm-

fanning juda turli-tuman yo‘nalishlariga oid 

bir necha kitoblarni yozib nashr ettiradi. 

Ayzek Azimov jami bo‘lib 500 dan ziyod 

turli nomdagi asarlarning muallifidir. U ilmiy-

fantastika va ilmiy-ommabop adabiyotlar vo-

sitasida, zamonaviy dunyodagi insonparvarlik 

va bag‘rikenglik masalalariga urg‘u berib, 

odamlar, millatlar, xalqlar va mamlakatlar 

orasida adovatni yo‘qotish, o‘zaro ishonch va 

do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yishga chorlay-

di. Yozuvchi shunday degan edi: 



“Insoniyat tarixi shunday nuqtaga yetib 

keldiki, bundan buyog‘iga odamlarning o‘zaro 

adovat qilishlariga mutlaqo haqqi yo‘q. Yer 

yuzidagi barcha insonlar o‘zaro do‘stona ya­

shashlari lozim. Men doimo o‘z asarlarimda 

shunga urg‘u berishga intilaman... Albatta, 

men barcha odamlarni bir­birlarini yaxshi 

ko‘rishga majburlash mumkin deb o‘ylamay­

man, lekin men odamlar orasidagi hasad va 

adovatning butunlay yo‘qolishini istar edim. 

Va men o‘ta jiddiy asos bilan shunday hisob­

laymanki, shubhasiz ilmiy­fantastika, bu – 

odamlarning o‘zaro birlashishi yo‘lida yordam 

beradigan muhim vositalardan biridir. Biz il­

miy­fantastik asarlarda ko‘tarib chiqadigan 

muammolar aslida butun insoniyatning mu­

ammolaridir. Shu tarzda, fantast­yozuvchi, 

fantastika mutolaachisi va fantastikaning o‘zi 

ham insoniyatga xizmat qiladi.” 

Ayzek Azimov Amerika va jahon ilmiy-

fantastik va ilmiy-ommabop adabiyotiga qo‘sh-

gan hissasi uchun ko‘plab mukofotlar va sov-

rinlar bilan taqdirlangan. Xususan, u 6 bora 

“Xyugo” mukofotiga, 2 bora “Nebyull” muko-

fotiga va 3 bora “Lokus” jurnali mukofotiga 

sazovor bo‘lgan edi. Uning ko‘plab asarlari 

asosida mashhur kinofilmlar ishlangan. Yo-

zuvchining asarlari jahonning o‘nlab tillariga 

tarjima qilingan va millionlab adadda qayta-

qayta nashr etilgan. Jumladan, jahonga mash-

hur ushbu fantast yozuvchining asarlari orasi-

da o‘zbek tiliga tarjima qilinganlari ham bor. 

Uning “Koinot oqimlari” romani hamda qator 

hikoyalari o‘zbek fantast yozuvchisi Ozod 

Mo‘min tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. 

Bundan tashqari, uznet tarmog‘ida Azimov 

ijodidan yana ko‘plab havaskorlar tarjimalari-

ni uchratish mumkin. 

Ajoyib fantast va ilmiy-ommabop asarlar 

yozuvchisi Ayzek Azimov 1992-yil 6-fevralda 

Nyu-Yorkda vafot etgan. Uning sharafiga 

1981-yilda kashf etilgan kichik sayyora-

(asteroid)ga Asimov nomi berilgan. 

 

Muzaffar QOSIMOV.



Download 376.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling