Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 376.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana23.10.2017
Hajmi376.17 Kb.
#18467
1   2   3   4   5

Ilm-fan ufqlari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

26

“Hunar – hunardan rizqing unar”, deydi 

dono xalqimiz. Darhaqiqat, o‘z hunari orqali 

mahoratini namoyon etib, oilasiga foyda kelti-

rayotgan insonlar, ayniqsa, yoshlar talaygina. 

Olis Kitob tumanining so‘lim Sevaz qish-

log‘ida kamolga yetayotgan ziyodaxon Abdu-

rasulova asli hunarmandlar avlodining kenja 

vakilasi. Uning yaqinda bo‘lib o‘tgan “Mening 

biznes g‘oyam” tanlovidagi muvaffaqqiyati 

nafaqat yaqinlarini, balki butun qishloq ahlini 

quvontirdi. Ushbu muvaffaqiyat tufayli ziyo-

daxonning tayyorlagan bejirim milliy sumka-

lari qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, yanada e’tibor va 

e’tirofga sazovor bo‘lmoqda. 

Kitob tumanidagi Qishloq xo‘jalik kasb-

hunar kolleji o‘quvchisi ziyoda Abdurasulova 

yoshligidan milliy hunarmandchilik sirlarini 

puxta egallashga harakat qildi. 

– Yaxshi eslayman, 10 yoshligimdayoq bu­



vijonim bo‘sh vaqtlarida mayda­mayda mato­

larga gulli naqshlarni solishni o‘rgatardilar. 

Hunarmand qo‘ni­qo‘shnilarimiznikiga sho­

girdlikka yetaklab borardilar... Ularning sa­

boqlari va hunarga uyg‘otgan mehrlari tufayli 

bugun men ham o‘z hunarmandchiligimga 

ega bo‘ldim, uning ortidan tanlovlarda ishla­

rim yuqori baholanmoqda, – deydi yosh hu­

narmand.

Dastlab qo‘l sehrining nodir durdonalariga 

aylangan bejirim hunarmandchilik namunala-

ri ko‘rgazmalarda kishilar diqqatini jalb qila 

bordi. Tadbirlar, tanlovlar, taklif va taassurot-

lar chevar qizning maqsadlarini ham anchayin 

ulg‘aytirdi. Endi ziyodaxonning tayyorlagan 

ishlari sotuvlarda ham xaridorgir. Uning o‘zi 

bu haqda shunday deydi: – Men milliy sumka­

larni tayyorlash chog‘ida zamon talabidan 

kelib chiqqan holda, eng so‘nggi urflardan 

foydalanishga harakat qilaman. Bunday payt­

da dugonalarimning fikri bilan qiziqaman, 

kattalarning maslahatiga amal qilaman. Ko‘p­

roq atlas, adras va charm matolaridan kunda­

lik hayotda foydalaniladigan sumka mahsu­

lotlarini tayyorlayapman. Bunday sumkalar­

dan foydalanish qulay bo‘lishi bilan bir qator­

da, bejirim ko‘rinishga ham ega bo‘ladi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomo-

nidan an’anaviy tarzda kasb-hunar kolleji va 

akademik litsey bitiruvchilari uchun o‘tkazilib 

kelinayotgan “Mening biznes g‘oyam” tanlo-

vining Respublika bosqichida g‘oliblikni 

qo‘lga kiritgandan so‘ng ziyoda Abdurasulova 

ish faoliyatini yanada kengaytirdi. Besh dona 

yangi rusumdagi tikuv mashinasini xarid qi-

lib, tengdosh dugonalarini safiga chorladi. 

Hozirda qishloqdagi eng ko‘rkam va gavjum 

hunarmandchilik markazini ishga tushirish 

uchun tijorat banklaridan imtiyozli kredit 

olish harakatida. Quvonarlisi, tanlovlarda 

qatnashib, g‘olib bo‘lishga ham ulgurmoqda. 

U yaqindagina “Yuksak ma’naviyatli avlod” 

festivalining Qashqadaryo viloyat bosqichida 

g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari nu-

fuzli ko‘rgazmalarda ham o‘z ishlari bilan 

muntazam qatnashib kelmoqda. Rossiya va 

Hindiston kabi xorij davlatlarida esa kitoblik 

qizning mehnat mahsuli yuqori e’tirof etildi. 



– Ammam ham popurchilik bilan shug‘ul­

lanadilar. Ularning tayyorlagan mahsulotlari 

dunyo bozoriga chiqib ulgurgan. Asta­sekinlik 

bilan men ham ular singari jahon bozoriga 

milliy mahsulotlarimizni olib chiqish niyatida­

man.

Ochiqko‘ngil va xushchaqchaq bu qizning 

orzu va istaklarini tinglab turib, manzili nu-

rafshon, maqsadlari dadil ekanligiga yana bir 

bora shohid bo‘lasiz. Mohir hunarmandlar 

yurti – Kitob tumanida yana bir iqtidor egasi 

kamol topayotgani quvontiradi kishini. 

Shohida ESHMAMATOVA,

Qashqadaryo viloyati.

KITOBLIK HUNARMAND QIZ



Shaxs kamoloti

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

27

Jurnalimizning bugungi sonida o‘zbek te-

atrining zabardast rejissori Olimjon Salimov-

ning teatr, ijod borasidagi o‘ylarini e’tiborin-

gizga havola qilmoqdamiz.

Ideal inson

Mukammal inson bo‘lmaydi. Mukammal-

likka erishgan bu ollohning o‘zidir. Insonning 

o‘zida ba’zi bir xislatlar bo‘ladi. Menimcha, 

dunyoga, unda bo‘layotgan hodisalarga o‘zini 

mutanosib tuta olgan odam idealdir. O‘zining 

ichki qonunlariga va tashqi qonunlarga, ilohiy 

qonunlarga, ya’niki bizga ma’lum bo‘lmagan 

qonunlarga rioya qilib yashay olgan inson, 

mening nazarimda, o‘zining egoizmini yenga 

olgan inson komil inson bo‘la oladi. Chunki 

insonda eng kuchli narsa, bu – o‘z “men”i, 

egosidir. Bilgan narsasidan qoniqish his qil-

may, yana o‘rganishga intiladigan inson, al-

batta, komillikka erishadi.

Sahna va iste’dod

Iste’dod o‘z “men”ligini yenga olsa, sahna-

da balandlikka ko‘tariladi, sahnada buyuk 

asarlar yaratiladi.

Teatr – o‘ta sodda va o‘ta murakkab olam. 

O‘zini shu sohaga baxshida qilganlar uni katta 

oilaga o‘xshati shadi. Ijodiy jamoa umrining 

yarmini yoki undan ham ko‘prog‘ini teatrda 

o‘tkazadi. Ular bir-birini hurmat qiladi va bu 

oilada har birining o‘z o‘rni bor. Ammo gap 

aktyorning bu oiladagi o‘rni, uning professio-

nal mahorati, iqtidori to‘g‘risida boradigan 

bo‘lsa, bilingki, hech kim o‘z o‘rnini birovga 

bo‘shatib bermaydi. Negaki, har kimning o‘zi 

to‘g‘risida o‘zi belgilagan joyi, maqomi bor.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at 

arbobi, taniqli rejissor Olimjon Salimov 1947- 

yilning 30-avgust sanasida Namangan vilo-

yati, Kosonsoy shahrida tavallud topgan.

Olimjon Salimov rejissor sifatida “Bir xo-

nada qo‘sh hangoma” (A. Vampilov), “Sohil 

yoqalab chopayotgan olapar” (Chingiz Ayt-

matov), “Jafoga vafo” (Alp Jamol), “Temir 

xotin” (Sharof Boshbekov), “Toshkentga sa-

yohat” (Hamza Hakimzoda Niyoziy), “Ot kish-

nagan oqshom” (Tog‘ay Murod), “Ufq” (Said 

Ahmad), “Boz masxaraboz” (Olimjon Sali-

mov), “Sohibqiron” (Abdulla Oripov), “Turna 

patlari” (Dzuindzi Kinosito), “Ikki mo‘jiza” 

(Karlo Gotssi), “Dala sayli” (F. Arabbal), 

“U char tabib” (Molyer),“Bundan buyog‘i – 

sukunat” (Vinni Delmar) kabi spektakllarni 

sahnalashtirgan. Uning spektakllari xalq-

chilligi, milliyligi, an’analarni yangicha, za-

monaviy qarashlarga mos ifoda vositalarida 

uyg‘unlashtirganligi bilan ajralib turadi. 

Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofo-

ti laureati (1990).



Insoniyat uch asosiy haqiqat birligida 

rivojlanmog‘i kerak: birinchisi – aql­idrok, 

ikkin 

chisi – hamdardlik, uchinchisi – 

yaratuv chilik,  ijod.

OSHO (Hind faylasufi).

TEATR, SAHNA, ISTE’DOD...



Tafakkur tug‘yonlari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

28

Spektakl deb ataluvchi jarayon individual 

ijodkorlarning ijod mahsuli. Agar ular bir ja-

moaga aylanib, erishishlari kerak bo‘lgan 

maqsadlarni aniq bilganlari taqdirda va bu 

maqsadga erishish uchun o‘z ijodlarini bir 

simfoniyaga aylantira olgan taqdirda, biz 

ularning individual ishlariga ahamiyat ber-

maymiz, biz individuallikni sezmay, yaxlitlik, 

mukammalikni his qilamiz. Bu yaxlitlik ta’si-

rida biz hayotiy hodisalarga berilib, sahnadagi 

voqealarga sho‘ng‘iymiz, biz ham ijodkorga 

aylanamiz va bizning ijodiy fantaziyamiz 

sahnada ro‘y berayotgan voqealarni boyitadi 

va rivojlantiradi.

Shu tariqa, teatrda ro‘y berishi zarur 

bo‘lgan eng qimmatli hodisa – tomoshabin 

bilan sahnadagi aktyorlar birlashuvi, tomo-

shabinning aktyor bilan barobar ijod qilishi 

sodir bo‘ladi. Bu hodisa faqat spektakldagi 

hamma jihatlar birlashgan, yagona maqsadga 

yo‘naltirilgan taqdirdagina yuz beradi.

Shunday spektaklni qachon, qayerda ko‘r-

gansiz, eslab ko‘ring. Imonim komilki, har 

birimizning xotiramizda ardoqlab olib yuradi-

gan spektakllar bor. Bitta bo‘lsa-da, bor!

Dramatik asar g‘oyasining dolzarbligi va 

ko‘lami, teatr kishilarining bu g‘oyani chuqur 

anglaganligi, asarga rejissorning original ye-

chim topganligi, shu yechimga mos bir yoki 

bir qancha aktyorlarning mukammal ijrosi, 

rassomning qoyilmaqom dekoratsiyasi va ki-

yimlari, musiqaning noziklik bilan asar yechi-

miga hamroh bo‘lganligi va spektaklning yana 

bir qancha boshqa jihatlarining mukammalligi 

va bir-biriga mutanosibligi badiiy yaxlit spek-

taklni bunyodga keltiradi. 

Rejissorning fuqarolik pozitsiyasi

Bu rejissorning yashayotgan jamiyatiga – 

oilasiga, mahallasiga, yurtiga, xalqiga, davla-

tiga bo‘lgan munosabati. Rejissor u tug‘ilgan 

yurtning, uni tarbiyalagan xalqning farzandi. 

U o‘z yurtining, xalqining quvonchlari-yu, 

tashvishlariga befarq bo‘lolmaydi. U atrofida, 

jamiyatda bo‘layotgan voqealarga juda aniq, 

o‘ta keskinlik, hozirjavoblik bilan munosabat-

da bo‘ladi. U yurtida yashayotgan har bir 

odamning tashvishlari, nimalar to‘g‘risida 

o‘ylayotganligi, nima qiziqtirayotganligi, qa-

naqa savollarga javob axtarayotganligini, to-

moshabin nima uchun bugun teatrga kelayot-

ganligini (yoki kelmayotganligini) chuqur his 

qilishi zarur.

Spektaklning g‘oyasi rejissor uchun “shun-

chaki bir masala” yoki “muammolardan biri” 

bo‘lishi mumkin emas. Bu spektaklning o‘za-

gi, poydevori. Rejissor o‘z kasbi texnikasini 

nihoyatda yaxshi bilgani bilan, haqiqiy ijodkor 

bo‘lmasligi mumkin. Chunki rejissor o‘z davri 

nafasini, hayot nafasini bamisoli barometrday 

his qilmas ekan, uning yaratgan spektakli bor-

yo‘g‘i aqlining, fantaziyasining “chiroyli” 

mahsuli bo‘lishi mumkin, xolos. Undan ba-

land emas.

Rejissor o‘z xalqining bir fuqarosi sifatida 

yashamog‘i kerak. Agar u davr talabini, 

odamlarni nima qiziqtirayotganligini, nimani 

qabul qilib, nimani inkor qilayotganliklarini 

bilmasa, unga hech qanday mahorat, hech 

qanday iqtidor yordam berolmaydi. Chunki 

iqtidorning, mahoratning ajralmas qismi, bu – 

davrning eng nozik urayotgan tomirini his qi-

lish hisoblanadi.

Agar rejissor u yoki bu asarni nima u chun

nima maqsadda sahnalashtirayotganligini, 

spektaklni qaysi tomonga yo‘naltirmoqchi 

ekanligini, o‘z yurtining fuqarosi sifatida ho-

zir, bugun jamiyatni nima qiziqtirayotganligi-

ni aniq bilsa, u spektaklning barcha obrazli 

yechimi tizimini ana shu badiiy-g‘oyaviy 

maqsadga yo‘naltira oladi. Natijada spetakl 

aniq nishonga tegadi. 

Rejissorning mo‘ljallagan nishoni aniq 

bo‘lganligi barobar, uning maqsadi, g‘oyasi 

ham aniq va tushunarli bo‘lishi lozim. Rejis-

sorning bor mahorati, bilimi, tajribasi faqat 

bir maqsadga – hayot quvonchlarini, yangilik-

larini, bor go‘zalliklarini tarannum etish, in-

son tabiatiga zid bo‘lgan har qanday pastlik-

larni, axloqsizlikni inkor etishga, davrining, 

yurtining, xalqining intilishlariga, maqsadlari-

ga zid bo‘lgan har bir narsaga, to‘siqqa qarshi 

kurashga yo‘naltirilgan bo‘lmog‘i zarur.



Tafakkur tug‘yonlari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

29

Rejissorning ijodiy muhit yaratishi

Rejissor dunyoqarashining kengligi, egalla-

gan bilimlari, zehnining o‘tkirligi, bu – badiiy 

yaxlit spektakl yaratishdagi zaruriyatning faqat 

bir tomoni, xolos. Modomiki, spektakl ko‘plab 

ijodkorlarning ijod mahsuli ekan, endi gap bu-

tun teatr jamoasining dunyoqara shi K.S.

 

Sta-



nislavskiy aytmoqchi, “...teatr jamoasining 

ijodiy intizomi va etikasi, ya’ni aktyorning er-

kin ijod qilishiga kerakli muhit yaratilishi, 

haqiqiy jamoani tarbiyalash zaruriyati” rejissor 

faoliyatining muhim jihati hisoblanadi.

K.S. Stanislavskiy har doim teatrda aktyor-

ga imkoniyat yaratadigan juda ko‘plab omil-

larga katta ahamiyat bergan va hamfikr, ahil 

ijodiy jamoani tarbiyalashga, teatrda yagona 

ijodiy muhit yaratishga o‘z rejissorlik faoliya-

tida juda katta o‘rin bergan.

Bu omillar, avvalo, teatr jamoasi – aktyor-

larga o‘z individual imkoniyatlarini ochish 

uchun maydon, sharoit yaratadigan yagona 

hamfikr ijodkorlarning jamoasi hisoblanadi. 

Aktyor ijodining qiyinchiliklari, iztiroblaridan 

o‘tib o‘zining haqiqiy ijodiy yutuqlariga, faqat 

ishlayotgan jamoasida unga imkoniyat yara-

tilgan paytda, repititsiyalarda xatolar qilish va 

uni yengishga imkon berilgandagina erisha 

oladi. Boshqacharoq qilib aytganda, aktyor-

ning ham xuddi individual ijod qiluvchi yo-

zuvchi va rassom kabi erkin ijod qilishiga 

imkoniyat yaratilishi zarur. 

Bundayin imkoniyat fa-

qatgina yillar davomida ijo-

diy jarayonda jipslashgan, 

ijod jarayonining zarbalari-

yu, yutuqlarini birga baham 

ko‘ra olgan hamfikr kishilar-

ning haqiqiy oilasida yarati-

lishi mumkin, xolos. 

Aktyor teatrdagi asosiy 

ijodiy vosita ekanligi aniq. 

Lekin shunisi ham borki, 

hatto eng iqtidorli aktyorlar-

dan iborat jamoa ham o‘zi 

yakka spektakl yarata olmay-

di. Teatr bu juda katta va 

murakkab organizmki, u 

yerda aktyorlardan tashqari 

turli kasb egalari – ishlab 

chiqarish ustaxonalarida ish-

laydigan, xizmat qiladigan xodimlar, boshqa-

ruv, xo‘jalik ishlarini bajaruvchi xodimlar bor. 

Ularning soni teatrda aktyorlardan ko‘ra 

ko‘proq. Teatrning badiiy mukammal spek-

takllar yaratishi uchun imkon, bu – xodimlari-

ning o‘z ishlariga munosabatlari, o‘z vazifala-

rini sidqidildan bajarishlari, undan-da muhi-

mi, o‘z ishlarini sevishlari, qalb qo‘rini aya-

masliklari natijasidagina vujudga keladi.

Ana shunday ijodiy jamoani, tarbiyalash, 

mujassamlashtirish ham rejissorning vazifasi. 

Eng zarur, eng murakkab vazifasi. Ijodiy ja-

moa yaratish, bir so‘z bilan aytganda hamfikr-

lar, maslakdoshlar ittifoqini yaratish degani. 

Amalda esa bu juda murakkab muammo, 

chunki har bir rejissor oldida, o‘z individualli-

giga ega bo‘lgan, turli maktablarda tarbiyalan-

gan, turli uslublarga ega bo‘lgan aktyorlar 

“armiyasi” turadi. Ularning har birining o‘ziga 

yarasha fe’l-atvori, har birining ijodiy g‘ururi 

bor, ular bir-birlaridan qolishni istamaydilar. 

Rejissorning ijodiy jamoa yaratishi, tarbiya-

lashi, aktyorlar bilan munosabatlari juda mu-

him va murakkab jarayon. 

Aktyor o‘z kasbiy vazifasiga ko‘ra indivi-

dual kuch. Rejissor esa o‘sha kuchlarni bir-

lashtirib, ijodiy hamfikr jamoa yaratadigan 

birlashtiruvchi kuchdir.

Husnora RO‘zMATOVA  

oqqa ko‘chirdi.

Tafakkur tug‘yonlari


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

30

Sharq xalqlari yil hisobi juda qadim za-

monlarda shakllanib, ijtimoiy va madaniy-iq-

tisodiy hayot bilan chambarchas bog‘liq 

bo‘lgan. Jumladan, Xitoyda ham boshqa qadi-

miy sivilizatsiyalar singari yil hisobining yu-

zaga kelishi aholining dehqonchilikka bo‘lgan 

zarurati bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu hol 

“vaqt” va “yil” iyerogliflarida, ayniqsa, yaqqol 

aks etadi. Hozirgi xitoy tilida qo‘llanib kelina-

yotgan qadimiy iyeroglif – “vaqt”ning grafik 

tasvirida saxiy oftob nurlari ta’sirida unib 

chiqayotgan don aks etgan. Keyingi iyeroglif – 

“yil”da bug‘doy boshoqlarini orqalab ketayot-

gan odam tasvirlangan. Ko‘rinib turibdiki, 

qadimiy xitoyliklar uchun yil sikli va dehqon-

chilik sikli bir xil tushuncha kasb etgan.

Xitoy taqvimining o‘ziga xos xususiyati Oy 

bilan Quyosh harakati qonuniyatlariga asos-

langanlikda yaqqol ko‘rinadi. Bu mamlakat-

ning qadimgi astronomlari Oyning Quyosh va 

yulduzlar holatiga qarab qanday harakat qili-

shini juda aniq belgilay olishgan. Xitoyliklar 

hayoti va madaniyatining turli jihatlari ham 

ushbu taqvimning shakllanishiga katta ta’sir 

ko‘rsatgan.

Xitoyda Oy fazalarining almashinuvi vaqt-

ning asosiy o‘lchov birligi sifatida qabul qili-

nadi. Yil o‘n ikki oydan tashkil topadi, biroq 

bu bizning hozirgi Grigoriy taqvimidan farqla-

nadi. Chunki har bir oy o‘rta hisobda 29,53 

sutkaga teng bo‘lib, bunday Oy yilida 29 

kunlik “kichik” hamda 30 kunlik “katta” oylar 

ketma-ket kelgan. Shuningdek, bu mamlakat-

da Quyosh taqvimidan ham foydalanilgan.

Qishki va yozgi Quyosh tikka keladigan 

kunlar xitoyliklarga juda qadimdan ma’lum 

bo‘lgan. Ular ushbu sanaga asoslanib, ekin-

tikin ishlarini qay paytda amalga oshirish za-

rurligini belgilashgan.

Quyoshning yillik harakati, shuningdek, 

o‘n ikki burj turkumi ham ularga qadimda 

ma’lum edi. O‘n ikki burj turkumiga asos-

lanib, Osiyoda 12 yillik sikl hayvonlar nomi 

bilan ataluvchi xitoycha muchal tuziladi. Mu-

chaldagi qadimiy sharq xalqlari madaniyati, 

urf-odatlari, fikrlash tarziga xos xususiyatlar 

etnografik material sifatida kishi diqqatini 

o‘ziga jalb etadi.

Miloddan avvalgi I ming yillikda Xitoyda 

13 oydan iborat bo‘lgan 354,36 sutkali Oy yili 

ham amalda bo‘lgan. Keyinroq Meton sikli 

deb nomlanuvchi va 235 oy yili hisobidagi 

oylar (125 “katta” va 110 “kichik” oy), ya’ni 

19 Quyosh yiliga teng bo‘lgan sikldan ham 

foydalanilgan.

Bu mamlakatda sutka tushunchasi “qu-

yosh” iyeroglifi bilan ifodalanadi. Aftidan, 

qadimgi xitoyliklarning taqvim kuni ertalabki 

vaqtdan boshlangan. Keyinchalik sutkalar 

o‘rtasidagi chegara yarim kecha deb belgilan-

gan.


1911-yilda Xitoyda monarxiya ag‘darilgan-

dan so‘ng Grigoriy taqvimi bo‘yicha yevropa-

cha yil hisobi qabul qilingan. Shunga qaramay, 

xitoyliklar Oy yilining asosiy bayramlarini o‘z 

ichiga olgan eski taqvimdagi an’analarini 

saqlab qolishdi.

Qadimgi Xitoy taqvimi qo‘shni mamlakat-

larga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan. 

Shu bois, yapon, mongol va tibet an’anaviy 

taqvimi bilan xitoy taqvimi o‘rtasida anchagi-

na umumiy jihatlar mavjud. Biroq bu xalqlar 

taqvimida milliy va madaniy o‘ziga xoslik 

yaqqol seziladi. Jumladan, an’anaviy yapon 

taqvimida ham xitoyliklardan o‘zlashtirilgan 

Oy va Quyosh yili hisobi mavjud bo‘lsa-da, 

ular mazmun jihatdan farqlanadi. Yapon ma-

daniyatiga xos bo‘lgan atrof-borliq go‘zalligini 

nozik his qilish xususiyati bu xalqning ilk 

o‘rta asr folklori va she’riyatida mujassamlash-

gan bo‘lib, mazkur xususiyat o‘ziga xos poetik 

taqvimni yuzaga keltirdi. Bu hol har bir yil 

fasliga mos sifatlar majmuasida yaqqol ko‘ri-

nadi. Masalan, xalq mulkiga aylangan she’r-

SHARQ XALQLARI TAQVIMI



Fan va zakovat

Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

31

larda zarang daraxtining alvon yaproqlari, 

ohu, oydin kecha, kechki sholipoya haqida 

gap borsa – kuz fasli, kakku, maysalar tilga 

olinsa – yoz ko‘zda tutilgan bo‘ladi.

Shunisi qiziqki, yaponlarda o‘n ikki oyning 

har biri asosiy nomidan tashqari boshqa 

qo‘shimcha nomlarga ham ega. Ma salan, 1-oy 

– “do‘stlik oyi”; 2-oy – “kiyimlarni yangilash 

oyi”, yana bir nomi: “bahorning o‘rtalari”; 

3-oy – “unib chiqish oyi” va hokazo. Bunday 

qo‘shimcha oy nomlarida asosan kishilarning 

dehqonchilikdagi tashvishlari, tabiat hodisa-

laridan olgan taassurotlari va an’anaviy bay-

ramlar o‘z aksini topgan.

Mo‘g‘illarning an’anaviy taqvimi ham xi-

toyliklarnikiga juda o‘xshash. Faqat ularda 

birgina yillar emas, oylar, hatto 24 soatli sut-

kaning har ikki soati ham muchaldagi 12 

hayvon nomi bilan ataladi: 0–4 – ho‘kiz, 4–6 

– yo‘lbars, 6–8 – quyon, 8–10 – ajdarho, 10–12 

– ilon, 12–14 – ot, 14–16 – qo‘y, 16–18 – may-

mun, 18–20  – tovuq, 20–22 – it, 22–24 – to‘n-

g‘iz soati hisoblanadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tibetlik-

lar taqvimi kam o‘rganilgan. Mamlakatdagi 

mavjud yil hisobi xitoy taqvimi ta’siridan xoli 

bo‘lmasa-da, uni o‘rganishda ba’zi qiyinchi-

liklar tug‘iladi. Buning sababi yangi yil taqvi-

mining eski yilning oxirida munajjim – astro-

loglar tomonidan tuzib chiqilishidadir. Tibet-

liklar kelgusi yil uchun yangi taqvim e’lon qi-

linmaguncha qanday taqvim asosida yashash-

larini bilishmaydi. Chunki astrologlar yangi 

taqvimning xurofiy qarashlar bilan bog‘liq 

bo‘lgan “nomuvofiq” joylarini bemalol o‘zgar-

tirishlari mumkin. Masalan, kecha oyning bi-

rinchi kuni bo‘lgan, bugun esa uchinchi kun 

deb yuritiladi, chunki ikkinchi kun – “nomu-

vofiq” kun hisoblanadi. Oy kunlari hisobida 

xatolik sodir bo‘lib, “ortiqcha” kunlar yig‘ilib 

qolsa, oyning oxirida kunlardan birortasi ikki 

marta keladi. Masalan, bugun oyning yigirma 

to‘qqizinchi kuni, ertaga ham yigirma to‘qqi-

zinchi kun deb belgilanadi. Bir qaraganda 

kulgili tuyuluvchi bunday o‘ziga xoslik maz-

kur mamlakatning qadimiy madaniyati, ijti-

moiy-ma’naviy hayoti bilan chambarchas 

bog‘liqdir.

Qodir TO‘RAYEV,

Jizzax pedagogika instituti o‘qituvchisi.

Fan va zakovat


Sog‘lom avlod uchun

 | 


7

 | 


2015

32

Qadimgi hadis sharhi kitoblarida va tibbi-

yotga oid qo‘llanma kitoblarida qora sedana-

ning qaysi dardga davo bo‘lishi haqida sahifa-

sahifa ma’lumotlar yozilgan. Abu Hurayra 

roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qora 

dona o‘limdan boshqa har bir dardga davo-

dir”, dedilar”.

Ushbu “qora dona” nima ekani haqida 

ulamolarimiz ko‘p tortishganlar. Ko‘pchilik 

uni “shunbiz” nomli qora rangli dona ekanini 

ta’kidlagan. Aslida, u qoramtir yashil bo‘lar 

ekan-u, lekin ko‘pchilik qora sifatini aytishga 

odatlangan ekan. U “qora zira”, “hind zirasi” 

deb ham atalar ekan. Bizda “sedana” deyiladi. 

Hozirgi zamonda esa “Qur’on va Sunnatdagi 

ilmiy mo‘jizalar hay’ati” harakati bilan o‘tka-

zilgan ilmiy bahslar ham Payg‘ambarimiz 

sollallohu alayhi vasallamning “qora dona” 

haqida aytgan hadisi shariflari tibbiy mo‘jiza 

ekanini tasdiqladi. Bu haqida alohida kitob 

ham chop etildi.

Uning tibbiyotdagi ahamiyatiga to‘xtaladi-

gan bo‘lsak, qora sedana donalarida maxsus 

yog‘ bo‘lib, uning tarkibida A, B, C, D vitamin-

lari bor. U siydik haydash xususiyatiga ega

sutni ko‘paytiradi, terlatadi, ko‘krakda o‘rnash-

gan yomon xiltlarni quvadi, zaharni kesadi. 

Tutunidan esa hasharotlar qochadi. Sedana-

dan yo‘talni qoldirishda, sariq kasalida, qayt 

qilish ni davolashda foydalanadilar. Uni erta-

lab yeyilsa, yuzni qizil qiladi va rangni ochadi. 

Sirkaga qo‘shib iste’mol qilinganda esa me’-

dadagi qurtlarni yo‘qotadi. Teriga oq tushishi-

ning oldini oladi. Agar asalga qo‘shib yeyilsa, 

bo‘g‘im og‘rig‘ini va shamollashni qoldiradi. 

Qadimda sedana xanzal (achchiq tarvuz) su-

viga aralashtirilib, kindik atrofiga surilgan va 

bu bilan qorinda bo‘ladigan osh qovoq urug‘iga 

o‘xshash qurtlarni tushirganlar. Tuyib asalga 

aralashtirilgan donlari ba 

chadon og‘rig‘ini 

qoldirish va tug‘ishni yengillashtirish uchun 

beriladi. Shuningdek, donlarini tuyib gul yog‘i 

bilan aralashtirib surkalsa, ekzemaning tuza-

lishini tezlashtiradi. Uni kuydirib yog‘ga yoki 

xinoga qo‘shib boshga surilsa, 

sochning to‘kilishini to‘x-

tatadi. Agar hidlansa, 

bosh og‘rig‘ini qol-

diradi, tumov va 

yuz falajini da-

volashda foyda-

li. Tumov bo‘l-

gan kishining bo-

shiga sedanadan 

bog‘lama qilsalar tu-

zatadi, shamollagan va 

sovuq urgan joylarga foy-

da qiladi, uni qovurib, so‘ngra 

zaytun yog‘iga solinsa va kishi tumov 

bo‘lganda tomizilsa, naf qiladi. Sirkaga solib 

qaynatib, o‘sha sirka bilan og‘ zingizni chay-

sangiz, tish og‘rig‘ini qoldiradi va uni mustah-

kamlaydi. Maxsus asbob bilan donalaridan 

olingan yog‘ kishini yoshartiradi.

Internet ma’lumotlari asosida  

TILLANISO tayyorladi.

QORA SEDANA – 



MING DARDGA DAVO

Foydali maslahatlar

Download 376.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling