Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 383.53 Kb.

bet2/6
Sana16.04.2018
Hajmi383.53 Kb.
1   2   3   4   5   6

– Ma’lumki, sobiq ittifoq tashkil topgach

ko‘p o‘tmay uning barcha hududida qata­

g‘on kampaniyasi boshlab yuboriladi. O‘sha 

davr siyosatining bunday ommaviy qirg‘in 

uyushtirishiga nima sabab bo‘lgan? 

– Xalqimiz 1917-yilda sodir etilgan fevral 

va oktyabr o‘zgarishlariga katta umidvorlik 

bilan ko‘z tikkandi. Ular ilg‘or jadidchilik ha-



31-avgust – Qatag‘on 

qurbonlarini yod etish kuni

Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

7

31-avgust – Qatag‘on 

qurbonlarini yod etish kuni

rakati rahnamoligida Rossiyada rivojlanib bo-

rayotgan demokratik harakatlardan foydala-

nib, erk va ozodlikni qo‘lga kiritmoqchi, o‘lka 

xalqlarini mustaqillikka olib chiqmoqchi bo‘l-

gandilar. Biroq sovet hokimiyati o‘rnatilgach, 

mahalliy xalqlarni siyosiy faoliyatdan oshkora 

chetlatib, zo‘ravonlikning avjga chiqqanligi 

yaqqol ko‘zga tashlandi. Ikkinchidan, mahal-

liy xalqqa butunlay yot kommunistik mafku-

rani bayroq qilib olgan sovet amaldorlari 

aholining milliy qadriyatlari, udumlari, diniy 

e’tiqodini tahqirlash va kamsitish, masjid va 

madrasalar, ziyoratgoh joylarni oyoqosti qi-

lish, noyob ma’naviy bisotlarni talash, din-

dorlarni ta’qib-u quvg‘in ostiga olish kabi no-

maqbul ishlar bilan shug‘ullanadilar. Uchin-

chidan, o‘lka xalqlarining xohish-irodasi ifo-

dasi sifatida vujudga kelib, ularning milliy 

manfaatlari yo‘lida ilk qadamlar qo‘yib bora-

yotgan Turkiston Muxtoriyatining qonga bela-

nishi, begunoh aholining ayovsiz talon-taroj 

qilinishi mahalliy xalq sabr-kosasini to‘ldirib 

yuborgan edi.

Bu omillar mahalliy aholi tomonidan sovet 

hokimiyatiga nisbatan qurolli harakatning, 

ya’ni istiqlolchilik harakatining boshlanishiga 

sabab bo‘ldi. 1918–1935-yillarda olib borilgan 

istiqlolchilik harakati sovet hokimiyatini lar-

zaga soldi. Bu harakat o‘sha davrda noto‘g‘ri 

ravishda “bosmachilik” deb qoralandi. Sovet 

hokimiyatining keyingi yillarda ma’muriy buy-

ruqbozlik bilan amalga oshirilgan yer-suv is-

lohoti, ayollarga nisbatan amalga oshirilgan 

“Hujum” harakati va jamoalashtirish siyosati 

natijasida norozilik qaytadan alangalanib, ya-

nada ajv oldi. Maz kur norozilik harakatlarini 

tugatish maqsadida sovet hokimiyati rahbar-

lari qatag‘on siyosatini amalga oshirdi. 

Mamlakatda ma’muriy-buyruqbozlik tizi-

mi qaror topib, mustahkamlanib borishi bilan 

bir qatorda, respublikaning butun ijtimoiy-si-

yosiy hayoti muttasil siyosiylashtirilib va 

baynalmilallashtirilib borildi. Hukmron parti-

ya tomonidan “sotsialistik qurilish” va musta-

bid tuzumni mustahkamlash vazifalariga bo‘y-

sundirildi. Ijtimoiy-siyosiy hayot shu qadar 

shiddat bilan o‘zgarib bordiki, mavjud har bir 

masalaga, muammoga siyosiy nuqtayi nazar-

dan qaraldi. Buning natijasida milliylik o‘rniga 

amalda baynalmilallik ustuvor qilib qo‘yildi, 

milliy qadriyatlar, an’ana, urf-odatlar oyoqos-

ti qilindi. Asrlar davomida mavjud bo‘lib kel-

gan diniy va xalq milliy bayramlari ham ma’-

muriy-buyruqbozlik usullari bilan bekor qilin-

di, ular o‘rniga “proletar” baynalmilal bay-

ramlari tiqishtirildi.

XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi – 30-yil-

lari mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga 

qarshi keng qatag‘onlar o‘tkazish davri bo‘ldi. 

O‘zbekistonning vatanparvarlik kayfiyatidagi 

rahbar xodimlarni birlashtirgan turli guruhlar 

(“o‘n sakkizlar guruhi”, “inog‘omovchilik”, 

“qosimovchilik”) birin-ketin “fosh etildi” va 

badnom qilindi. XX asr 20-yillari oxiri – 30-yil-

lari boshlarida mustabid tuzumning jazolov-

chi qilichi sovet tuzumi kirdikorlariga qarshi 

fikr bildirgan milliy ijodkor ziyolilarning ko‘p-

gina vakillariga zarba berdi. Munavvar Qori 

Abdurashidxonov, Said nosir Mirjalilov, Mah-

mud Hodiyev (Botu), Ubaydulla Asadul-

laxo‘jayev, Ashurali Zohiriy, Elbek, Abdulla 

Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Otajon Hoshimov, 

Usmon Nosir va boshqalar qatag‘onga uchra-

di. Faqat 1929-yil yanvardan 1933-yil boshla-

rigacha mustabid tuzum respublika milliy zi-

yolilarning 217 vakilini – yozuvchilar, jurna-

listlar, o‘qituvchilar va hokazolarni qatag‘on 

qildi, ulardan ko‘plari otildi.

– Qatag‘on qurbonlariga oid ma’lumot­

larda faqat erkak kishilarning ism­familiya­

larini uchratdim. Biroq ayollar, hatto bola­

larning ham bunday shafqatsizlik qurboni 

bo‘lganini tasvirlovchi badiiy asarlar mav­

jud. 

– Qatag‘on qilinganlarning ayollari va oila 

a’zolari ham uzoq muddatli qamoq jazosiga 

hukm qilingan. Jumladan, hozirda Qozog‘is-

tonning Akmolinsk viloyati Selinograd rayoni 

Malinovka qishlog‘ida ulkan xotira muzeyi 

mavjud. Men 2012-yil may-iyun oylarida Qo-

zog‘istonning hozirgi poytaxti Ostona shahri 

yaqinidagi mazkur muzeyda bo‘lganman va 

sovet rejimining o‘z xalqiga nisbatan yuritgan 

zo‘ravonlik va qatag‘on siyosatidan juda dah-

shatga tushganman. 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

8

– Qatag‘on to‘lqini avj olgan yillarda 

qancha yurtdoshlarimiz uning qurboniga 

aylandi? Ularning qanchasi mehnat lagerla­

ridan sog‘­omon qaytgan? Bu borada statis­

tik ma’lumotlar bormi? 

– XX asrning 20-yillari oxiri – 30-yillari 

boshlarida dehqonlarga nisbatan misli ko‘ril-

magan qatag‘onlar amalga oshirildi. Qishloq 

xo‘jaligini jamoalashtirish davrida O‘zbekis-

tonda 40 mingdan ortiq dehqon xo‘jaligi “qu-

loq” qilinib, ulardan 31,7 ming kishi qatag‘on 

qilingan edi. O‘zbekiston SSRda jamoa xo‘ja-

liklari tashkil etilgandan keyin 1930-yildan 

boshlab kolxozda “sinfiy dushmanlar”dan 

“tozalash” kampaniyasi shiddat bilan avj olib 

ketgan edi. Faqat 1937-yilning o‘zida O‘zbe-

kistonda “jamoa xo‘jaliklariga qarshi kayfiyat-

da bo‘lganlik” va “quloqlar, boylar, savdogar-

lar, ruhoniylar” oilalariga mansublik uchun 

60 mingdan ortiq dehqon jazoga duchor qilin-

di. Qatag‘onning eng cho‘qqiga chiqqan davri 

bo‘lgan 1937–1938-yillarda siyosiy motivlar 

bilan 1 548 366 kishi qamoqqa olinib, shun-

dan 681 692 kishi otilgan.

1936-yilning oxiridan 1940-yilgacha bo‘l-

gan davrda O‘zbekiston bo‘yicha yozuvchilar, 

jurnalistlar, davlat, jamoat arboblari va hoka-

zolardan 5 758 kishi qamoqqa olingan, ular-

dan 4 811 kishi otib tashlangan. O‘ylab chiqa-

rilgan soxta ayblovlar bo‘yicha respublika-

mizda 1937–1939-yillarda hammasi bo‘lib 41 

mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan, ular-

dan 37 mingdan ortiq kishi jazolangan, 6 920 

kishi esa otib tashlangan. 

XX asr 40-yillari oxiri – 50-yillari boshlari-

da O‘zbekiston ziyolilarining ta’qib qilinishi 

o‘sha vaqtda SSSRda hukm surgan mustabid 

tuzumning o‘zboshimchaligi va zo‘ravonligi-

ning haqiqiy ko‘rinishi edi. Bu tuzum o‘zining 

oxirgi yillarini yashayotgan stalinizmning eng 

qabih ifodasi, uning boshqacha fikrlovchilar-

ga nisbatan qilgan so‘nggi ommaviy qatag‘on-

lari bo‘ldi.

Bu qatag‘onlar SSSRda 1930-yildan 1953- 

yilgacha 3 778 234 kishiga daxldor bo‘ldi, ular 

huquq organlari tomonidan “aksilinqilobchi” 

va “xalq dushmani” sifatida ayblangan edilar, 

ulardan 786 098 kishi otib tashlandi. Umu-

man, 1939–1953-yillarda 61 799 kishi qamaldi. 

Shulardan 56 112 kishi turli muddat bilan 

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilindi, 

 

7 100 kishi esa otib tashlandi. Professor Naim 



Karimovning aytishicha, respublikamiz bo‘yi-

cha 100 mingdan ortiq kishi qatag‘on qilinga-

ni, shundan 17 mingi otilgani aniqlangan. 

Stalinizm qurbonlari orasida turli darajadagi 

rahbar xodimlar, adabiyot va fan arboblari, 

o‘qituvchilar va jurnalistlar, ishchilar va 

dehqonlar, turli qatlamlar va millatlarning 

vakillari bor edi. 1933-yilga kelib respublika-

dan tashqariga majburan ko‘chirilgan “quloq-

lar” oilalarining soni 5,5 mingdan oshib ketgan 

edi. “Majburan ko‘chirilganlar” va “maxsus 

ko‘chirilganlar“ning ahvoli nihoyatda og‘ir 

edi. Ularga “homiylik”ni Davlat siyosiy bosh-

qarmasi bo‘limi (OGPU) amalga oshirardi, 

“qo‘rg‘onlar” konslagerlardan kam farq qilar-

di. Yetarli oziq-ovqat va tibbiy yordam ko‘rsa-

tishning yo‘qligi, iqlim sharoitining odatdan 

tashqari ekanligi, nazoratchilarning munta-

zam ravishda tahqirlashlari oqibatida ko‘p 

kishilar mehnatga layoqatini yo‘qotar, turli 

kasalliklardan o‘lib ketardi. Qolganlar hami-

sha hayot bilan o‘lim yoqasida turardi. 

Moskvadagi “Memorial” xalqaro tarixiy-

ma’rifiy xayriya va huquqni himoya qilish ja-

miyati siyosiy qatag‘on qurbonlari to‘g‘risidagi 

xotirani saqlab qolish va odamlarga o‘z oilala-

ri tarixini tiklashga yordam berish borasida 

juda katta xayriya ishlarini olib bormoq da. 



– Qatag‘on qurbonlari davrini o‘rganish 

haqida nima deya olasiz?

– Tarixda inson nomi ulug‘, xotirasi aba-

diy, degan ibora mavjud. Qolaversa, har bir 

davr o‘ziga xos tarix sahifalari sanaladi. Shu 

ma’noda qatag‘on qurbonlari davri o‘ziga xos 

mavzu, tariximizning ayricha bir sahifalaridir. 

Bu mavzuga oid ko‘plab maqolalar, risolalar 

e’lon qilindi. Mutaxassislar, tarixchilar uning 

kemtik joylarini to‘ldirib, ma’lumotlar bilan 

boyitib borishaveradi. 

Tillaniso ESHBOYEVA suhbatlashdi.

31-avgust – Qatag‘on 

qurbonlarini yod etish kuni


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

9

Ma’lumki, har qanday binoning uzoq va 

mustahkam turishi ko‘p jihatdan uning poy-

devoriga bog‘liq. Boshqacha aytganda, poyde-

vor mustahkam bo‘lmasa devor omonat bo‘-

ladi. Shu jihatdan farzandlarimizning kelgusi-

da qanday inson bo‘lib voyaga yetishi kichik 

yoshdan boshlab olgan ta’lim-tarbiyaga bog‘-

liq. 

Barcha yosh davrlarida insonlar shaxslar-



aro munosabat ta’sirida bo‘ladi. Bunday mu-

nosabat ijtimoiylashuv, ta’lim va tarbiya jara-

yonida katta rol o‘ynaydi. Bolalar oilada ota-

onasi, aka-ukasi, opa-singillari va boshqa qa-

rindoshlar bilan munosabatda bo‘ladi. Bola 

“podsholik” davrida (5 yoshgacha) atrofdagi-

lar e’tiborida bo‘lishga o‘rgangan bo‘l sa, ke-

yinchalik kichik maktab davrida juda ko‘plab 

shaxslararo munosabatlar ta’sirini boshidan 

kechiradi. 

6-7 yoshli bola o‘yin va o‘qish faoliyati bi-

lan band bo‘lishi kuzatiladi. Qator ilmiy tad-

qiqotlarda isbotlanishicha, o‘yinda tarbiyaviy 

ta’sir to‘g‘ri uyushtirilsa, bolaning hayotida 

juda murakkab, nozik psixologik mexanizm 

paydo bo‘ladi. Bola bu yoshda o‘zi ga xos xu-

susiyatlarga ega bo‘ladi. Birdaniga soddalik, 

sizga bog‘liqlik yo‘qolib, o‘z munosabatlarini 

turli tarzda ifodalay boshlaydi. Masalan, “Men 

ranjidim”, “Mening jahlim chiqyapti”, “Men 

mehribonman”, “Men xursandman” kabi gap-

larni aytib, bu so‘zlarning ma’nosini tushuna 

boshlaydi. O‘z “men”ini ta’kidlashni juda 

ham xohlaydi. Shu bilan birga ichki xohish va 

tashqi taqiqlashlar ta’siri kurashi kuzatiladi: 

“Xohlayman, lekin qo‘rqaman”, “Bajarishim 

kerak, ammo xohlamayman”. Bu tushuncha-

lar shaxslararo munosabat ta’sirida paydo 

bo‘ladi va rivojlanadi.

Bola tarbiya topayotgan oila muhitining 

qay darajada ekanligi uning keyingi shaxslar-

aro munosabat ta’sirlarida juda katta ahami-

yat kasb etadi. Oilada maktabgacha ta’lim 

muassasalari bilan birgalikda bolalarni mak-

tabga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. Bu 

jarayon esa ota-onadan katta mas’uliyat talab 

qiladi. Ota-onaning bir-biriga bo‘lgan muno-

sabati va bolaning ta’lim-tarbiyasiga nisbatan 

munosabati farzandga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. 

Ota-ona qanchalik o‘z bolasining kelajagi to‘g‘-

risida o‘ylab, unga ko‘p vaqt ajratib, ta’ lim-

tarbiyasi bilan shug‘ullansa, bolada shuncha-

lik ijobiy natija bo‘ladi. Shu bilan birga, bu 

yoshda bolalar maktabga qadam qo‘yadilar. 

Ta’ limni tizimli tashkil qilish bolada beg‘am-

lik davrining tugallanganligidan dalolat beradi 

va o‘qishga bo‘lgan munosabatlar tobora 

o‘zgarib boradi. Bu davrda bolaning qiziqish-

lari o‘yin faoliyatidan o‘quv faoliyatiga asta-

sekin ko‘chib o‘tadi. O‘qishga xos qiziqishlar 

ko‘pincha bolalarning o‘yin faoliyatiga, uning 

xarakteri va mazmuniga ta’sir qiladi. 

Har qanday ishning muvaffaqiyati ko‘p ji-

hatdan motivlarga bog‘liq bo‘lib, odam ana 

shu motivlar yordamida biror ish bilan shu-

g‘ullanadi. O‘qish motivlari har xil bo‘ladi. 

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘zlarini 

bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlashlarida 

motivlarga kamroq amal qiladilar. Bola hali 

motiv haqida o‘ylab ko‘rishdan ancha uzoqda. 

Ki chik maktab yoshidagi bola o‘z bilim doira-

sini kengaytirish, foydali bilimlar olish, shu-

ningdek, jamiyat oldidagi o‘z burchini bajarish 

haqida ham uncha bosh qotirmaydi. Barcha 

mana shu motivlar unda ikkinchi darajali 

narsaga aylanadi. Ammo uning o‘zi nima qila-

yotgan va maktabda o‘rganayotgan narsasiga 

bevosita qiziqishi, shuningdek, o‘qituv 

chi, 

ota-onalar talablarini bajarishga intilishi, 



maqtov eshitishi, qilgan ishining ma’qul topi-

lishi, yaxshi baholar olishi va hokazolar o‘qish ga 

nisbatan qiziqish uyg‘otishning eng muhim 

vositalariga aylanib qoladi. Bu davrda ota-

onalar maktab tomonidan berilgan uy vazifa-

larining o‘z vaqtida to‘g‘ri bajarilishini o‘r gati-

BOLA SHAKLLANISHIDA 

SHAXSLARARO MUNOSABATLAR TA’SIRI



Tarbiya tadqiqotlari

Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

10

shi, mas’uliyat hissini anglatishi, ta’ lim ning 

ahamiyati to‘g‘risida bolalarga tu shunchalar 

berishlari kerak. 7 yoshdagi bolaning jismoniy 

taraqqiyoti unchalik zo‘r bermasdan va toliq-

tirmasdan 3-5 soat dars mash g‘uloti o‘tish va 

uy vazifalarini bajarish imkonini beradi. Bola 

maktab ostonasiga qadam qo‘yishi bilan yangi 

hayot faoliyatiga, yangi muhit sharoitiga kirib 

keladi. Bu davrdan boshlab bola faoliyatining 

mazmuni ham, tevarak-atrofdagi narsalarga 

munosabati ham o‘zgaradi. Endi u o‘quvchi 

degan sharafli nomga ega, uning muayyan 

vazifalari va o‘quvchilik burchi bor. Bu yosh-

dagi bola maktab qoidalariga rioya qilishi, 

dars mashg‘ulotlariga kechikmay o‘z vaqtida 

yetib kelishi, darsda o‘qituvchi tu 

shun 


ti 

ra-


yotgan materiallarni tinglab uqib olishi, top-

shiriqlarni o‘zi bajarishi lozim. Darsda o‘zini 

qanday tutishi, gigiyena va tozalikka rioya 

qilishi, o‘qituvchi va kattalar tomonidan beril-

gan buyruq va ko‘rsatmalarni so‘zsiz bajarish, 

odamlar orasida o‘zini qanday tutish lozimli-

gini bilishi kerak. Yashash sharoitidagi bun-

day o‘zgarishlar bola psixikasining o‘si shiga, 

xulq-atvoriga, shaxsning tarkib topishiga 

ta’sir ko‘rsatadi. 

Bola shaxsining shakllanishida boshlan-

g‘ich sinf davri eng muhim davrdir. Bu yoshda 

o‘quvchilar ishonuvchan, tashqi ta’ sirga beri-

luvchan bo‘ladilar. Ularda ijobiy hissiyotlar, 

fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak axloq nor-

malarini shakllantirish mas’uliyati butunlay 

boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining zimmasiga 

tushadi. Bolaning mazkur yosh davrida o‘qi-

tuvchining har bir gapi, har bir xatti-harakati, 

ta’sir ko‘rsatish uslubi uning uchun haqiqat 

mezoni vazifasini bajaradi, chunki o‘quvchi-

lar o‘qituvchilarga qattiq ishonadilar, uning 

fikr-mulohazalariga quloq soladilar, talablari-

ga hamisha amal qiladilar. Ana shu davrda 

o‘qituvchi uchun:

•  o‘quvchilarning  ma’naviyatiga  ta’sir

ko‘rsatish, ijobiy his-tuyg‘ulari va ezgu niyat-

larini qo‘llab­quvvatlash;

•  ularni  atrofdagi  kishilarga  yordam  be­

rish ga undash, to‘g‘ri mulohaza yuritishga o‘r -

ga 

tish, tabiat manzaralarini kuzatishga va 



mu siqa tinglashga odatlantirish;

•  ularga  nimalar  bilan  shug‘ullanish  ke-

rakligi, burch hissini tushuntirish;

•  ular  bilan  o‘qilgan  kitoblarni,  ko‘rilgan

tomoshalarni muhokama qilish imkoniyati 

tug‘iladi.

Bolani boshlang‘ich sinf davridan boshlab 

har tomonlama yetuk, komil inson qilib voya-

ga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchi-

sining o‘rni beqiyos bo‘lib, bunda ayniqsa, 

uning bir qator fazilatlari, xislatlari, pedagogik 

qobiliyatlari ahamiyat kasb etadi. Bosh-

lang‘ich sinf o‘qituvchisi bolalar bilan muloqot 

o‘rnatishda ularga nisbatan sabr, toqat bilan 

muomala qilishi muhim. So‘zi, ko‘z qarashi, 

gavda holati, mimika kabi ta’sir usullarini o‘z 

o‘rnida o‘quvchilarga namoyon etishi orqali 

to‘g‘ri yondashish, uning qalbiga to‘g‘ri yo‘l 

topa bilish pedagogik nuqtayi nazardan bola 

Tarbiya tadqiqotlari


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

11

Tarbiya tadqiqotlari

bilan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lash-

ga xizmat qiladi. Bola boshlang‘ich sinfda 

o‘qish jarayonida o‘qituvchisi tomonidan e’ti-

borga molik ekanligini his qilish ni xohlaydi. 

O‘quv jarayonining faol ishtirokchisiga ayla-

nishida o‘qituvchisidagi o‘quvchini jamoaga 

qo‘sha olish, sinfni jipslashtira olish, har bir 

o‘quvchining dars jarayonidagi fikriga e’tiborli 

bo‘lishi muhimdir. Gohida boshlang‘ich sinf 

o‘qituvchilari faqat “a’lo chi”, “faol” o‘quvchi-

lar bilan dars olib borishni ma’qul ko‘radilar. 

Bu esa sinf ichida bolaning yakkalanishi, e’ti-

bordan chetda bo‘lishi va oqibatda o‘qishdan 

sovishiga ham olib keladi. Shuning uchun 

o‘qituvchidagi barchani darsga jalb eta olish 

xususiyati orqali o‘quvchi darsni maroqli va 

mazmunli jarayon sifatida o‘ziga qabul qiladi, 

bu albatta o‘qituvchining mahorati samarasi-

dir.


Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi shaxslararo 

munosabatlarda o‘qituvchisi tomonidan uning 

ruhiy holatini sezish, his qilish, tushunishini 

istaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining bo-

shi og‘rishi, zo‘riqishi, qorni ochishi, char-

chashi kabi psixologik holatlarni o‘qituvchisi 

tushuna bilishini, unga dalda berishini, bosh-

qalar, ayniqsa, tengdoshlari orasida izza bo‘l-

maslikni xohlaydi. Chunki bola o‘ziga g‘am-

xo‘rlik ko‘rsatadigan kishini qidiradi, agar 

o‘qituvchisi u kutgandek bo‘lsa, bola tinchla-

nadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchi-

ning maktabdagi “ona”si, “ota”si, ya’ni meh-

ribonidir.

Yana bir jihat: bolalarga o‘qish jarayonida 

ular uchun murakkab hisoblangan yozish, 

harflarni talaffuz qilish, takrorlash, bo‘g‘inlar-

ni qo‘shib o‘qish kabi vazifalarni aniq va 

ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish-

da ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining 

alohida o‘rni bor. Agar o‘qituvchi bolaga 

o‘quv materialini osonroq, tushunarliroq qilib 

moslashtirib bera olsa, bola ruhiyatida xavo-

tirlanish, qo‘rquv, hadiksirash, “yaxshi bajara 

olarmikanman?” kabi holatlarga tushish bo‘l-

maydi. Ayniqsa, maktabga endi qadam qo‘y-

gan bola o‘qituvchisidan dalda kutgan paytda 

uni qo‘llab-quvvatlaydigan, uning yoshiga 

mos tarzda o‘quv jarayonini olib boradigan 

insonga muhtojlik sezadi. 

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun shaxs-

lararo munosabatlarda o‘qituvchidagi nutq-

ning tezligi va maromi masalasi muhim bo‘lib, 

o‘qituvchi nutqining baland bo‘lishi o‘quvchi-

da hadik, charchash, qo‘rquv hissining yuzaga 

kelishiga, nutqning sekin, sustligi esa zerikish, 

chalg‘ishga olib kelishi kuzatiladi. 

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘quvchi-

larning o‘quv-tarbiya jarayonidagi faoliyatlari-

da ham talaygina ziddiyatlar vujudga keladi. 

Ularni bartaraf etmasdan turib o‘zaro hamkor-

lik muhitini vujudga keltirish mumkin emas. 

Ba’zan ular darsga kechikib keladilar, o‘zaro 

gaplashib o‘tiradilar, bir-birlariga xalaqit bera-

dilar, tanaffus vaqtida o‘g‘il bolalar qizlar bilan 

o‘zaro janjallashadilar, natijada ular orasida 

turli to‘qnashuvlar vujudga keladi. O‘quv-tar-

biya jarayonidagi ziddiyatli vaziyatlar dastlab-

ki oddiy hodisalar bo‘lsa-da, o‘quvchilar o‘zaro 

to‘qnashuvlarga odatlanmasliklari kerak. O‘quv-

chilar orasidagi o‘zaro ijobiy munosabat va 

hamkorlik tajribasining yetarlicha shakllan-

maganligi tufayli ular orasidagi ziddiyatlar 

o‘quv jarayoni natijalari va sinfdagi psixologik 

muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu 

esa o‘quvchilar jamoasi orasidagi ruhiy vazi-

yatni izdan chiqaradi.

Demak, boshlang‘ich sinfdagi bolaning 

psixologik xususiyatlari uning ijtimoiylashuvi 

bilan bog‘liq bo‘ladigan barcha munosabatlar 

ta’siri natijasi ekanligini unutmaslik lozim. Bu 

borada bola uchun eng yaqin bo‘lgan oila 

maskanidagi shaxslararo munosabatlar ham-

da bolaning boshlang‘ich sinfda tahsil olish 

davrida uning birinchi o‘qituvchisi bilan olib 

boriladigan shaxslararo munosabatlari, teng-

doshlari orasida o‘zini qanday his etishi kabi 

munosabat ko‘rinishlarini adekvat tashkil 

etish masalasida kattalar mas’ul ekanliklarini 

hamisha yodda saqlashlari kerak.

Feruza AKRAMOVA,

Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi  

yetakchi ilmiy xodimi,  

psixologiya fanlari nomzodi, dotsent,

Zamira BILOLOVA,

Respublika “Oila” ilmiy-amaliy  

markazi ilmiy xodimi.


Sog‘lom avlod uchun

 | 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling