Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 383.53 Kb.

bet3/6
Sana16.04.2018
Hajmi383.53 Kb.
1   2   3   4   5   6

8

 | 


2015

12

Haqli ravishda yurtimiz g‘ururiga aylangan 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompa-

niyasi bir necha yillardan beri yo‘lovchilarning 

uzog‘ini yaqin qilish bilan birga, xalqaro, iqti-

sodiy, diplomatik va madaniy aloqalarning 

rivojlanishida muhim tarmoq sifatida xizmat 

qilmoqda. Aviakompaniya Yurtboshimiz Far-

moniga binoan 1992-yil 28-yanvarda tashkil 

etilgan. Shu yillarda xalqaro yo‘nalishlarni 

faol o‘zlashtirish maqsadida London, Karachi, 

Dehli, Kuala-Lumpur, Tel-Aviv, Pekinga qat-

novlar amalga oshirildi. 1993-yilda Yevropa-

ning O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi ram zi 

tushirilgan “Airbus” havo kemasi keltirildi 

hamda Frankfurt va Bangkokka parvozlar yo‘l -

ga qo‘yildi. Keyinchalik Afina, Manchester, 

Seulga parvoz qilish imkoni yuzaga keldi. 

Toshkent – Nyu-York transmintaqaviy yo‘nali-

shining ochilishi esa muhim voqea bo‘ldi. 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy kompani-

yasi aviaparkini bosqichma-bosqich yangilash 

dasturining amalga oshirilishi natijasida 1996- 

yilda Amerikaning “Boeing” samolyoti kelti-

rildi. So‘nggi uch yilda aviakompaniya parki 

jahon aviatsiya sanoatining yetakchi korxona-

larida ishlab chiqarilgan zamonaviy, qulay va 

tejamkor “Airbus A320” va “Boeing-767-300ER” 

havo kemalari bilan to‘ldirildi. 

Muxtasar aytganda, o‘tgan ana shu davr 

mobaynida milliy aviakompaniya jahon avia-

bozorida o‘zining munosib raqobatbardosh 

o‘rniga ega bo‘ldi, modernizatsiya ishlari 

amalga oshirildi hamda zamonaviy texnika, 

malakali kadrlar bilan boyitildi.

Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘lla-

ri” MAK dunyoning 40 dan ortiq shahriga – 

Yevropa va Osiyo, Amerika va Yaponiyaga 

qatnovlarni amalga oshiradi. Dunyoning 25 

mamlakatida aviakompaniya vakolatxonalari 

faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zbekiston havo 

yo‘llari” 2016-yilda yangi avlod “Boeing-787-8 

Dreamliner” samolyotini sotib olishni rejalash-

tirgan va bu borada tegishli chora-tadbirlar 

amalga oshirilmoqda.

Milliy aviakompaniyada yo‘lovchilar uchun 

barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, samolyot-

lar zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. 

Videoproyektorlar orqali badiiy, hujjatli film-

lar, musiqiy kliplar, multfilmlar namoyish 

etiladi. “Boeing” samolyotlarida yo‘lovchilar 

o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan dasturni tanlashi 

maqsadida alohida monitorlar o‘rnatilgan. 

Ular monitordagi “Air-show” tizimi orqali sa-

molyot yo‘nalishi va parvoz haqidagi ma’lu-

motlarni kuzatish imkoniga egadirlar. 

Bundan tashqari, yo‘lovchilarni turli issiq 

va yaxna taomlar, mevalar, ichimliklar bilan 

ta’minlash maqsadida ularning sifati doimiy 

nazorat ostida. Shuningdek, mijozlar avia-

chipta sotib olish yoki bron qilishda yoshi va 

e’tiqodini hisobga olgan holda maxsus taomga 

buyurtma berishlari ham mumkin. Samolyot-

larda vegetarianlar va bolalar uchun ham 

taom lar taklif etiladi.

Milliy aviakompaniya ko‘p marotaba par-

voz qiladigan yo‘lovchilar uchun alohida 

“UzAirPlus” dasturi – parvozning har bir kilo-

metri uchun ball to‘plash tizimini taklif qiladi. 

Uning ishtirokchilari mukofot sifatida sovrinli 

parvoz qilish, xizmat ko‘rsatish toifasini oshi-

rish, “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompa-

niyasi reyslarida ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida 

biznes-xoll xizmatlaridan foydalanish imkoni-

ga ega bo‘lishadi. Eng ko‘p ball to‘plagan ish-

tirokchilar qo‘shimcha imtiyoz va xizmatlar-

dan foydalanishi mumkin, shuningdek, ularga 

Iftixor


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

13

Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda

Kompyuter, qo‘l telefoni ekrani, mayda 

yozuvli matnlar, ustiga-ustak kun so‘ngida 

mazza qilib tomosha qilinadigan “zangori ek-

ran” va boshqa ko‘plab omillar ta’sirida har 

qanday insonning ham ko‘rish qobiliyati pa-

sayadi. Bu jarayonning oldini olsa bo‘ladimi? 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, hammasi o‘z 

qo‘limizda ekan. Ko‘rish qobiliyati nima uchun 

yomonlashishi va qanday qilib uning oldini 

olish to‘g‘risida oftalmolog, oliy toifali shifo-

kor Zarina Nabiyevadan fikr oldik.



1­sabab. Ko‘z mushaklarining harakat­

sizligi

Biz ko‘rayotgan narsa va hodisalarning 

tasviri ko‘zning yorug‘likni sezuvchan qismi 

bo‘lgan ko‘z to‘r pardasi, shuningdek, ko‘z 

gavharining o‘zgarishiga bog‘liq. Ko‘z gavha-

rining tekis yoki qavariq bo‘lib o‘zgarishini 

predmetning uzoq yoki yaqinligiga qarab 

kiprik mushaklari ta’minlab turadi. Shunday 

ekan uzoq vaqt davomida kitobdagi matnga 

yoki kompyuter ekraniga tikilib turish ko‘z 

gavharini boshqarib turgan mushaklarni kuch-

siz va so‘lg‘in qilib qo‘yadi. Ko‘zdagi mu-

shaklar ham tananing harakatlanmay turgan 

istalgan mushaklari singari o‘z shakli va sifa-

tini yo‘qotadi.

Ko‘rish qobiliyati yomonlashishining eng 

katta dushmani, bu – ekran, kompyuter, tele-

fon yoki televizor ekrani. Bunday texnika vo-

sitalarining ekraniga tinimsiz qarash ko‘zni 

zo‘riqtiradi. Gap ulardagi tasvirlar yoki matn-

da ham emas. Inson ko‘zi go‘yo fotoapparatga 

o‘xshaydi. Fotoapparat tiniq tasvir ushlash 

uchun fokusini muntazam o‘zgartirib turadi. 

Bu jarayon ko‘zlardan ko‘p kuch-quvvat ham-

da asosiy ko‘rish pigmenti bo‘lmish rodopsin 

sarflanishini talab qiladi.

Uzoqni yaxshi ko‘ra olmaydigan kishilar 

aynan mana shu ferment, rodopsinni odatiy 

ko‘radiganlarga nisbatan ko‘proq sarf etadi. 

Natijada uzoqni ko‘ra olmaslik kuchaya bora-

di. Shunday ekan ko‘z mushaklarini ishlatmay 

bir nuqtaga tikilib turish og‘ir xastaliklarga 

olib keladi. 

Oldini olish. Nafaqat uzoqni, balki yaqin-

ni ham yaxshi ko‘rish qobiliyatini yo‘qotmas-

lik uchun ko‘z mushaklarini doimiy shug‘ul-

KO‘ZINGIZ OYDIN BO‘LSIN

CIP zalida ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha 

yukni bepul olib o‘tish imkonini yaratadigan 

kumush yoki oltin kartochka taqdim etiladi.

Havo transportida ishlash bu – har kuni 

yuksak mas’uliyat, chuqur bilim, vazminlik, 

eng murakkab vaziyatlarda ham zudlik bilan 

to‘g‘ri qaror qabul qilishni talab etadigan ma-

shaqqatli mehnatdir. Nafaqat parvozlar xavf-

sizligi va havo parkining texnik jihatdan soz-

ligi, balki yong‘inga qarshi himoya, avariya-

qutqaruv va tibbiy ta’minot, boshqa ijtimoiy 

ahamiyatga ega vazifalarni bajarish uchuvchi-

lar, muhandislar, texniklar va boshqa mu-

taxassislarning mahorati, fidokorona mehna-

tiga bog‘liqdir. Aviaxodimlar sa’y-harakatlari 

bosh vazifani bajarish, ya’ni parvozlar xavf-

sizligi va ishonchliligini, aviatashuvlar mun-

tazamligi va yo‘lovchilarga yuksak darajada 

xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan. 

Soha xodimlarining o‘z ishiga nisbatan bun-

day mas’uliyatli munosabatda bo‘lishi sama-

rasida havo floti mamlakatimiz faxriga aylan-

moqda. 

Milliy aviakompaniya kelgusida parvozlar 



va aviatsiya xavfsizligini ta’minlash darajasini 

oshirish, barcha tuzilma va ishlab chiqarish 

komplekslari faoliyatini takomillashtirishni 

asosiy maqsad qilgan. O‘ylaymizki, kelgusida 

havo qatnovlari yangi yo‘nalishlar bilan boyi-

tilib, dunyoning barcha nuqtalarida o‘zbekona 

kalom yangraydi: “Parvozingiz bexatar bo‘l-

sin!”


Gulhayo NAIMOVA.

Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

14

Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda

lantirib turish kerak. Buning uchun vaqti-vaq-

ti bilan nigohingizni goh uzoqdagi, goh ya-

qindagi narsalarga qarab harakatlantirib turish 

maqsadga muvofiq.

Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, rassomlar-

da uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligi kamdan-

kam uchraydi. Nega? Chunki ular uzoqdagi 

tabiat manzarasi yoki predmetni yonidagi 

qog‘ozga tushirar ekan, ko‘zlarini doim uzoq 

va yaqinga qaratib harakatlantirib turishadi. 

Kompyuterda ishlayotgan vaqtimiz o‘z sog‘li-

gimiz, ko‘zlarimiz to‘g‘risida unutib qo‘ymas-

ligimiz zarur. Xavfsizlik choralarini ko‘rib, 

har bir soat ishdan so‘ng 20 daqiqa davomida 

ko‘z mashqlarini bajarish ko‘zlar uchun koni 

foyda bo‘lar edi.

2­sabab. Ko‘z to‘r pardasining eskirishi

To‘r parda hujayralar tarkibida bizning 

ko‘rish qobiliyatimizga ko‘maklashuvchi yo-

rug‘likni sezuvchan pigment mavjud. Yosh 

o‘tishi bilan mana shu pigment zaiflashadi va 

ko‘z ham o‘tmaslasha boradi.



Oldini olish. To‘r pardaning eskirish jara-

yonini to‘xtatish uchun doimiy ravishda A vi-

taminiga boy mahsulotlardan (sabzi, sut, 

go‘sht, baliq, tuxum) iste’mol qilib turish ke-

rak. A vitamini yog‘da yaxshi parchalanadi. 

Shuning uchun turli xil salatlar tayyorlaganda, 

masalan, sabzi salatiga smetana yoki o‘simlik 

yog‘i qo‘shish uning foydasini yanada oshira-

di. Yog‘li go‘sht yoki baliqdan butunlay bo‘yin 

tovlamagan yaxshi. Sutning ham doim yog‘i 

kamidan ichmagan ma’qul. Shuningdek pig-

mentni qayta tiklovchi o‘ziga xos moddani 

yangi uzilgan chernika mevasi tarkibida uch-

ratish mumkin.



3­sabab. Qon aylanishining yomonla shu vi

Ovqatlanish va organizmdagi barcha hu-

jayralarning nafas olishi qon tomirlari vosita-

sida amalga oshadi. Ko‘z to‘r pardasi juda 

nozik a’zo, u qon aylanishidagi har qanday 

mayda buzilish tufayli shikastlanishi mumkin. 

Oftalmologlar ko‘z tubini tekshirar ekan ay-

nan mana shu buzilishlarni aniqlashga hara-

kat qilishadi.

Oldini olish. Muntazam ravishda oftalmo-

log tekshiruvidan o‘ting. Ko‘z to‘r pardasida 

qon aylanishining buzilishi ko‘plab jiddiy 

xastaliklarga olib kelishi mumkin. Agar sizda 

mana shu kabi moyilliklar kuzatilsa, shifokor 

tomirlar holatini yaxshilovchi dori vositalarini 

tavsiya qiladi. Qon aylanish tizimini yaxshi 

holatda saqlashga ko‘maklashuvchi maxsus 

parhezlar ham mavjud. Bundan tashqari, to-

mirlarni asrash zarur: uzoq vaqt hammom 

yoki saunalarda bo‘lish, barokameradagi 

protseduralar yaxshi oqibatlarga olib kelmay-

di. Yuqori darajadagi issiqlik ko‘z qon tomir-

lariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, ko‘ rish 

qobiliyati past insonlar bunday joylarda uzoq 

ushlanib qolmaganlari ma’qul.



4­sabab. Haddan tashqari ko‘p bosim

To‘r parda hujayralari ularga juda ko‘p 

yorug‘lik tushishidan yoki aksincha, yetarli-

cha yorug‘likni qabul qila olmaslikdan qiyna-

ladi.

Oldini olish. Yorug‘likka ta’sirchan hujay-

ralarni asrash uchun ko‘zni haddan ortiq yo-

rug‘likdan, quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar 

yordamida himoyalash, bundan tashqari juda 

mayda predmetlarni ko‘rishga harakat qil-

maslik hamda yetarlicha yorug‘lik bo‘lmagan 

joyda o‘qimaslik lozim. Shuni alohida ta’kid-

lab o‘tish kerakki, transport vositalarida o‘qish 

ham ko‘zga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga 

notekis yorug‘lik va siltanishlar sabab bo‘ladi.



5­sabab. Ko‘z shilliq pardasining qurib 

qolishi

Ko‘z ravshanligida o‘zidan predmetlar aks 

etayotgan nurni o‘tkazuvchi ko‘z shilliq par-

dasining tozaligi muhim ahamiyat kasb etadi. 

U maxsus suyuqlik bilan namlanib turadi, 

shuning uchun ko‘zimiz qurib qolsa, biz yo-

mon ko‘ra boshlaymiz.

Oldini olish. Ko‘zlar ravshan bo‘lishi 

u chun biroz yig‘lab turish foyda qiladi. Agar 

ko‘z yosh to‘ka olmasangiz ko‘zning maxsus 

suyuqligi o‘rnini bosuvchi tomchilar mavjud.



6­sabab. Erta mutolaa

Hozirgi kunda ko‘rish qobiliyatining buzi-

lishi kichik yoshdagi bolalarda ham ko‘p 

uchramoqda. Buning ham o‘ziga xos sababla-

ri mavjud.

Shunday holatlar uchraydiki, ota-onalar 

farzandining ta’lim olishini erta boshlashni 

ma’qul ko‘rishadi. Ammo bu unchalik ham 



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

15

Sog‘ligimiz o‘z qo‘limizda

to‘g‘ri qaror emas. 4 yosh-

gacha bo‘lgan bolalarning 

bir predmetga, masalan, 

kitobga uzoq qarab turish-

lari yaramaydi – bu ko‘zlar-

ning zo‘riqishiga olib kela-

di. 


Oldini olish. Shunga 

qaramasdan farzandingiz-

ning ta’lim olishini istasan-

giz ba’zi bir qoidalarga 

amal qilishingizga to‘g‘ri 

keladi. Kichkintoyingizning 

15 daqiqadan uzoq o‘qi-

masligini nazorat qiling. 

Bundan tashqari mutolaa 

to‘g‘ri yoritilgan xonada olib borilishi lozim. 

Yorug‘lik bolaning old tomonidan tush 

gani 


ma’qul. Kitob va bola oralig‘i 30 sm.dan kam 

bo‘lmasin. O‘qish oralig‘ida tanaffuslar qiling. 

Farzandingizdan o‘qiganlari to‘g‘risida gapi-

rib berishini so‘rang, shu vaqt ichida uning 

ko‘zchalari tiniqadi.

7­sabab. Yetarlicha jismoniy harakat 

qilmaslik

Ko‘z to‘qimalarining kislorod bilan to‘yi-

nishi – ko‘rish qobiliyatini asliday saqlashning 

muhim shartidir. Ko‘zga yetarli kislorod kel-

mas ekan, u o‘tmaslasha boshlaydi. 

Oldini olish. Jismoniy harakatlar, masa-

lan, toza havodagi o‘yinlar, mashqlar, raqs 

ko‘rish qobiliyati buzilishining oldini oladi. 

Farzandingizning beharakat bo‘lishiga befarq 

qaramang. Bu nafaqat ko‘zni, balki tananing 

bosh qa a’zolarini ham ishdan chiqarishi tayin. 

Miopiya, astigmatizm kabi ko‘z kasalliklariga 

tug‘ma moyilligi bor holatlarda ko‘z uchun 

mo‘ljallangan maxsus mashqlar ular shaklla-

nishining oldini oladi.

Ko‘rish qobiliyatining buzilishiga nimalar 

sabab bo‘lishi va ularning oldini olish xususi-

dagi fikrlarimizni yakunlar ekanmiz, keling, 

allaqachon ko‘z ravshanligi buzilgan bolalar-

da uni qayta tiklashning ba’zi samarali usulla-

ri to‘g‘risida so‘z yuritaylik. Bolalarda ko‘rish 

qobiliyatini tiklovchi ikki mashqni sizga 

taqdim etamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, agar 

davolash davrida farzandingiz ko‘zoynak 

taqayotgan bo‘lsa, mashqlarni u o‘ziga shifo-

kor yozib bergan dioptriyadan 1-2 dioptriya 

past ko‘zoynak taqib bajarishi kerak. Agar 

bolaning ko‘rish qobiliyati buzilishi hali bir 

dioptriyadan oshmagan bo‘lsa, unda mashq-

larni ko‘zoynaksiz ham bajarsa bo‘ladi. Mashq-

larni avval o‘zingiz o‘rganib olib, so‘ngra far-

zandingizga o‘rgating. Ular sizning hamrohli-

gingizda amalga oshirilgani maqsadga muvo-

fiq. 

1­usul. “Zinama­zina mashqi” 

–  derazadan 1 metr uzoqlashing;

– bir qo‘lingizni oldinga cho‘zing va kaf-

tingizni oching. Kaftingizdagi tasvirlarga, te-

ringizga yaxshilab qarang;

– endi nigohingizni deraza romlariga ko‘-

chiring va undagi mayda detallarga ahamiyat 

berib qarang;

–  endi derazadan 50 metr uzoqlikdagi nar-

salarga qarang. Masalan, u yerda daraxt bo‘l-

sa, daraxt shoxlariga diqqat qiling;

– so‘ng 100 metr uzoqqa qarang. U yerda 

uy turgan bo‘lsa, uning tomlari, derazalarini 

ko‘zdan kechiring;

– shundan keyin osmonga tikiling. Go‘yo 

siz bepoyonlikni ko‘rib turibsiz;

–  endi zinama-zina nigohingizni ortga qay-

taring: uy, daraxt, romlar, kaftingiz.

Mashqni bir necha bor qaytaring. Har safar 

nigohingizni obyektga 5-10 soniya davomida 

qarating, toki ko‘zning moslashuvchanligi 

kerakli uzoqlikda ishga tushsin. Keyin “zina-

dan sakrab o‘ting”: kaftingiz-daraxt, rom-uy, 


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

16

Madaniy meros vorisligi

osmon-daraxt, uy-rom va aksincha. Ko‘zlarin-

giz zina bo‘ylab uch daqiqa harakatlansa, zi-

nadan sakrab o‘tish jarayonida ham uch 

daqiqa harakatlanadi. Mashq so‘ngini zina-

ma-zina tugatish shart: osmon, uy, daraxt, 

rom, kaft.

Mashqdan yaxshi natija olmoqchi bo‘lsan-

giz uni ko‘zlar bosim bilan ishlagan vaqtda, 

masalan, uyga vazifalar bajarilayotganda yoki 

kompyuterda ishlayotganda har soatda baja-

rish kerak. Mashq besh yoshdan katta bolalar-

ga mos keladi. Chunki undan kichik yoshdagi 

bolalar mashqni o‘zlashtira olmasliklari 

mumkin.

2­usul. “Sonli mashq”

Dastavval, kaftingizni ular yaxshi qizigun-

cha bir-biriga ishqalang. So‘ngra ko‘zlaringiz-

ni yoping va ustiga kaftingizni qo‘ying. Shu 

holda 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni va 

ularni teskarisiga o‘zingizcha chiza boshlang. 

Eng asosiysi, mashq davomida ko‘z olmasi-

ning harakatlanishi maksimal tarzda bo‘lishi 

zarur.

Ushbu mashq bor-yo‘g‘i 2 daqiqa vaqtin-



gizni oladi. Mashq tugagach, ko‘zlaringizdan 

kaftingizni olib, atrof-olam tasviri naqadar ti-

niq, ranglari ham ravshan bo‘lishiga ishonch 

hosil qilasiz. Bu mashq ham bosim bilan 

o‘qiydigan yoki kompyuterdan uzoq foydala-

nadiganlar uchun juda foydali. U yuqorida 

aytib o‘tilgan ko‘zdagi qon aylani shini yaxshi-

laydi. Bundan tashqari undan katarakta, glau-

koma, ko‘zning to‘r pardasi kasalliklarida 

kompleks davolashning bir qismi sifatida foy-

dalanish mumkin. Agar u “Zinama-zina mash-

qi” bilan birga bajarilsa, ko‘zdagi og‘irlikni 

yo‘qotadi.

Ko‘rib turganimizdek, ko‘zlarimiz tana-

mizdagi eng nozik a’zodir. Uni asragan, doim 

parvarish qilgan yaxshi. Zero, ochiq osmonni, 

atrof-olam-u yaqinlarimizni ko‘zoynaksiz, 

sog‘ 


lom ko‘zlarimiz bilan ko‘rganga nima 

yetsin! 


Adolat NURULLAYEVA.

Azal-azaldan ezgulikni ulug‘lab yashashni 

buyuk ne’mat deb bilgan o‘zbek xalqi o‘zining 

qadimiy va boy ma’naviyati, tarixiy asoslari 

olis asrlar ila bo‘ylashadigan folklor yodgor-

liklari, urf-odat va marosimlari bilan dunyo 

xalqlari madaniyatining taraqqiyotiga muno-

sib hissa qo‘shdi. Ana shu boy milliy qadriyat-

lar silsilasining muhim bir tarmog‘i hisoblan-

gan xalq og‘zaki badiiy ijodi asarlari millat 

ravnaqi va taraqqiyotini ta’minlaydigan ma’-

naviyat sarchashmalaridan biri sifatida asrlar 

davomida yosh avlodni ilg‘or g‘oyalar ruhida 

tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Jahon-

dagi eng qadimiy sivilizatsiyalardan birini 

bunyod etgan xalqimizning badiiy dahosi 

milliy o‘zligimiz timsoliga aylanib ketgan be-

baho folklor asarlari – dostonlar, ertaklar, 

qo‘shiqlar, afsona va rivoyatlarda o‘z ifodasini 

topgan. Bugungi kunda har tomonlama yetuk, 

barkamol, bilimli va salohiyatli avlodni tarbi-

yalashda milliy taraqqiyotimiz tayanchi, aj-

dodlarimiz poetik tafakkurining badiiy qudra-

tini o‘zida ifoda etgan folklor asarlaridan sa-

marali foydalanishning ahamiyati tobora ortib 

bormoqda. 

Folklor asarlarining hayotbaxshligi va av-

loddan avlodga o‘tib rivojlanib kelishining 

boisi bu badiiy durdonalar hamisha ezgulikni 

tarannum etish orqali yosh avlodni boqiy 

qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qili-

shidadir. Zero, folklor an’analarining taraqqi-

yotini ta’minlagan kuch ham uning ma’naviy-

axloqiy tarbiya vositasi ekanligida. “Alpomish” 

dostoni o‘zbek xalq baxshilari tomonidan 

qahramonlik eposining yuksak namunasi sifa-

tida yoshlarga vatanparvarlik, milliy an’-

O‘LAN AYTSANG, MA’NILISIN AYT!



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

17

Madaniy meros vorisligi

analarni qadrlash, ona yurt va oila qo‘rg‘onini 

ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrash, pokiza 

muhabbat va sadoqatni qadrlashdan saboq 

beradi. Bu dostonning atoqli so‘z ustasi Fozil 

Yo‘ldosh o‘g‘lidan yozib olingan variantidagi:

Yilqichinda o‘zi kelgan sinlidir,

To‘bishqon tuyoqli, marol bellidir,

Arosat kuninda ajab hollidir,

Qimmatbaho ekan o‘zbakning oti.

Minganlarning haqdin yetar maqsadi,

Qo‘ltig‘ida to‘rt yarim gaz qanoti,

Asil tulpor ekan o‘zbakning oti, – misrala-

rini o‘qigan kishi qalbida o‘zbekligidan g‘u-

rurlanish tuyg‘usi jo‘sh urishi tabiiy. Qahra-

monlik, jasorat, mardlik va milliy g‘urur tim-

soliga aylangan “asl tulpor” Boychiborning 

poygada yeldek uchishi yosh avlodda oriyatli-

likni, ona yurt qadri va yor sha’nini yuksak-

larga ko‘tarish hissini shakllantirishda muhim 

ahamiyat kasb etgan. 

Xalqimiz yaratgan badiiy madaniyatning 

salmoqli qismini, shubhasiz, zamonlar sinovi-

dan o‘tib, shu kungacha yetib kelgan marosim 

folklori an’analari, urf-odatlar bilan bog‘liq 

qo‘shiqlar, to‘y-hashamlarda, sayl-tomosha-

larda ijro etiladigan lapar, o‘lan va ashulalar 

tashkil etadi. Xalq qo‘shiqlari shakllanish ta-

rixiga ko‘ra, g‘oyat qadimiyligi va an’anaviy 

tarzda ommalashib kelishi, hozirga qadar 

ko‘p bosqichli taraqqiyotni bosib o‘tganligi, 

o‘z bag‘rida ajdodlarimizning e’tiqodiy qa-

rashlari, mifologik tasavvurlari, hayotiy tajri-

balari, dunyoqarashini mujassam etganligi 

bilan alohida ajralib turadi. Ular xalqimizning 

o‘ziga xos turmush tarzi va maishiy hayotini 

badiiy ifoda etganligi uchun ham juda katta 

etnopedagogik mohiyatga ega.

Ayniqsa, o‘lan xalq lirikasining eng go‘zal 

namunasi hisoblangan. Bu janrga mansub 

badiiy matnlarda poetik so‘zning eng go‘zal 

ifodalari jamlangan bo‘lib, ijrochilarning so‘z-

ga chechanligi va hozirjavobligini namoyish 

etuvchi an’anaviy o‘lanlar bamisoli anvoyi 

gullardan tuzilgan guldastani eslatgan. Shu-

ning uchun ham xalq orasida maromiga yet-

kazib aytilgan o‘lanni “tegirmondan chiq qan 

un” yoki “sobog‘ida ochilgan gul”ga o‘x sha-

tish an’anasi mavjud bo‘lgan. 

O‘lan ijrochilarining badiiy-estetik prinsip-

laridan biri ularning shaxs sifatida g‘oyat 

yuksak insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam-

lashtirishi, imon-e’tiqodli, qalbi pok, ichki 

dunyosi go‘zal, ma’nan yetuk, komil inson 

bo‘lishi lozimligidir. Xalq lirikasining bu janri-

ga mansub qo‘shiqlarni aytish orqali o‘lanchi-

lar o‘zida ijrochilik va ijodkorlik, ya’ni badi-

hago‘ylik iqtidorini namoyon etishi, so‘zni his 

qilish iqtidoriga ega bo‘lishi, badiiy so‘zni 

qadrlashi, ustoz o‘lanchilar an’anasini avay-

lab-asrashi va davom ettirishi, badihago‘ylik 

san’atini chuqur egallashi, o‘zining badiiy 

mahorati va ijrochilik iqtidori bilan tinglov-

chilar auditoriyasi, ya’ni xalq ko‘nglini xush-

nud etishni asosiy maqsad qilib oladilar. Ular 

boshqa o‘lanchilar, ya’ni harpdoshlarini hur-

mat qilib, ijro jarayonida birovning shaxsiya-

tiga tegadigan, kamsitadigan so‘zlarni ishlat-

maslikka, el ko‘nglini qoldirmaslikka, doimo 

ezgulikni tarannum etishga harakat qiladilar. 

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 

yashovchi Bozorgul Shermamatova o‘lan ay-

tayotganda mazmunan sayoz, badiiy jihatdan 

bo‘sh matn ijro etilsa, harpdoshini “ma’nili” 

o‘lanlarni aytishga undab, shunday degan:

O‘landi aytar bo‘lsang ma’nisin ayt,

Ma’nisini aytmasang uyingga qayt.

Qayt degandan qanqayib qaytaverma,

O‘lanning boshiga bir kelib qayt. 

Bu esa o‘lan ijrochilarining badiiy-estetik 

prinsiplari zamirida so‘z san’atini mo‘tabar 

deb bilish va qadrlash, so‘zning yaxshi va 

yomon ta’siri borligiga ishonish, yaxshi 

so‘zning ezgulikka xizmat qilishi yosh avlod 

ma’naviyatining rivojida muhim rol o‘ynashi 

bilan bog‘liq qarashlar o‘z ifodasini topganli-

gidan dalolat beradi.

O‘lan aytayotgan paytda ijrochilardan biri 

harpdoshining sha’niga tegadigan haqorato-

muz so‘zlarni ishlatsa, uyatli so‘zlar qo‘llasa, 

sharm-hayo pardasi ko‘tarilishiga sabab 

bo‘ladigan o‘lan kuylasa, an’ana buzilgan deb 

hisoblanadi. “O‘z haddini bilmay, haddidan 

oshgan bunday o‘lanchini “aynidi”, “tilidan 

toydi”, deb boshqa o‘lanchi tanbeh mazmuni-


Sog‘lom avlod uchun

 | 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling