Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 383.53 Kb.

bet4/6
Sana16.04.2018
Hajmi383.53 Kb.
1   2   3   4   5   6

8

 | 


2015

18

Madaniy meros vorisligi

dagi o‘landan aytib, uni tartibga chaqirgan. 

Harpdoshi darrov uni uyaltirib, ko‘pchilik ol-

dida izza qilgan. 

Ma’lumki, xalqimiz an’anasiga ko‘ra, om-

maviy sayl-tomoshalarda, to‘y-hashamlarda 

uyat so‘zlarni qo‘llash, kishilarni izza qilish 

va haqoratlash ayb sanalgan. Ayniqsa, o‘lan-

chilikda harpdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro hur-

mat-e’tibor, bir-birini qadrlash va e’zozlashga 

alohida e’tibor qaratilgan. Shuning uchun 

ham 1967-yilda Toshkent viloyatining Angren 

shahriga qarashli Qorabog‘ qishlog‘ida bo‘lib 

o‘tgan to‘yda harpdoshining jozibador o‘lani-

ga qoyil qolgan yigit tomonidan aytilgan 

o‘langa hayo pardasining buzilishi deb qarash-

gan. Ijroni beparda so‘zlar bilan davom etti-

rish mumkin bo‘lmaganligi sababli yigit bilan 

o‘lan aytishayotgan Buvolma Abdiyeva hozir-

javoblik bilan “uyat so‘z aytgan kishining yuzi 

qora” degan xalqona hikmat asosiga qurilgan 

matn bilan harpdoshini tartib ga chaqirib, ijroni 

yana o‘zining an’anaviy yo‘liga burib yuborish-

ga erishgan:

Uyal-uyal deganda, uyalsa-chi,

Aytolmagan og‘izni tiyolsa-chi!

O‘lan aytgan vaqtida kim aynisa,

Yuzlariga qozonkuya surkalsa-chi!

Ayniqsa, to‘y-hashamlarda, xalq sayllarida 

o‘zaro harpdoshlik qilib, chechanlikda dong 

qozongan usta o‘lanchilarning tortishuvi avj 

nuqtasiga chiqqan palla biror kishining bexos-

dan aralashuvi tufayli ijro bo‘linib qolishi 

davraning fayziga putur yetkazgan. Toshkent 

viloyatining Ohangaron tumanidagi Qoraxitoy 

qishlog‘idan yozib olingan o‘lan materiallari-

dan ma’lum bo‘lishicha, ba’zi bir havaskor 

ijrochilar bo‘lar-bo‘lmasga o‘lanchilar orasiga 

tushib, ora-sira “o‘lan tashlab” qo‘yaversa, 

doimiy harpdosh bo‘lib kelayotgan yigit yoki 

qiz bundaylarga qarata:

O‘lan-o‘lan deganda o‘laverma,

O‘lanni o‘rtasidan bo‘laverma.

O‘lanni o‘rtasidan bo‘laversang,

Shingrayib oldimizga kelaverma, – deb 

tanbehni kuchaytirgan. 

Demak, o‘zbek xalq o‘lanchiligida xalq liri-

kasiga xos so‘z qo‘llash san’ati, ijrochi shaxsi-

yatining ma’naviy-axloqiy sifatlari, aytuvchi-

lar orasidagi o‘zaro munosabatlar, so‘zni 

qadrlash va e’zozlash, ijrochining badiiy-este-

tik qarashlari o‘z ifodasini topgan. O‘lanchilar 

shu orqali yosh avlodni so‘zni qadrlash, 

o‘zaro izzat-hurmat, ahillik, hamjihatlik va 

ota-bobolar an’analarini, me’rosini e’zozlash 

ruhida tarbiyalashdek ezgu ishga munosib 

hissa qo‘shishgan.

Insonni yuksak qadriyatlar ruhida tarbiya-

lashning muhim vositalaridan biri vazifasini 

o‘tab kelgan folklor asarlarida mujassamlash-

gan ezgu g‘oyalar bugungi kunda ham yosh 

avlodni bunyodkorlik va yaratuvchilik ruhida 

kamolga yetkazishda muhim amaliy ahami-

yatga ega. 

Shahodatbonu IMOMNAZAROVA,

O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va 

adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

19

Ibn Sino darsxonasi

Bugungi kunda yosh avlod salomatligi 

masalasiga davlatimiz tomonidan jiddiy 

e’tibor qaratilibgina qolmay, bu borada qa-

tor amaliy dasturlar ham ishlab chiqilmoqda. 

Ayniqsa, bolalarda erta yoshidanoq turli 

kasallikni aniqlash va ularni profilaktika qi-

lish masalasi o‘ta dolzarb bo‘lib bormoqda. 

Shundan kelib chiqqan holda, har qanday 

fanlardagi kabi tibbiyotda ham mavjud qa-

rash, nazariyalarni qayta va chuqur ishlab 

chiqish talab etiladi. Bu uslublar, eng avva-

lo, organizmdagi murakkab jarayonlarning 

borishini to‘g‘ri baholash imkonini bera 

olish hamda bu jarayonlar bir emas, bir ne-

cha funksional tizimlar orqali boshqarilishni 

talab etadi.

Shunga muvofiq keyingi yillarda tibbi-

yotda eritron degan tushuncha ham yuzaga 

kelgan bo‘lib, uning zamirida eritrotsitlar, 

retikulotsit va qon aylanish apparatidagi 

eritsitar o‘sish nazarda tutiladi. Alohida 

qayd etish lozimki, bola organizmini yetarli 

kislorod bilan ta’minlash va karbonat angid-

rid gazining ajralib chiqishida nafaqat nafas 

olish organlari, balki organizmdagi qon 

miqdori va sifati ham alohida o‘rin egallay-

di.


Bularning barchasini e’tiborga olgan 

holda biz tomonimizdan birinchi marta Sa-

marqand shahri sharoitida o‘tkir o‘pka yal-

lig‘lanishi (pnevmoniya)ning og‘ir turi bilan 

kasallangan 102 nafar bolalarda kasallik 

kechishi dinamikasi jarayonidagi eritron ti-

zim morfologiyasi o‘rganib chiqildi. 

Bu bemorlardan dastlabki tahlil uchun 

qon ular intensiv terapiya palatasiga tush-

gan vaqtida olindi. Keyingi tadqiqotlar esa 

reparatsiya bosqichi (5-7 kundan so‘ng) va 

bemorlarga klinikadan javob berilishidan 

oldin (15-17 kun) olindi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, og‘ir pnevmo-

niyaning o‘tkir jarayonida eritron tizim 

morfologiyasida qator o‘zgarishlar ko‘rina-

di. Ayniqsa, oksifil normablastlarning 2 fo-

izdan ortiq emasligi va normositlarning se-

zilarli darajadagi destruksiyasi kuzatildi. 

Agar sog‘lom bolalarda 7-8 mikron o‘l-

chamga ega yumaloq shaklli nativ prepara-

tidagi normositlar, ularda harakatlanuvchi 

katakchalar sirti aniq ko‘ringan bo‘lsa, o‘tkir 

pnevmoniyaning og‘ir ko‘rinishida ularning 

destruksiyasi kuzatiladi. Perefirik qondagi 

destruktiv normositlar miqdori bola hayoti-

ga xavf solishi mumkin bo‘lgan sindromga 

ko‘ra, 45 foizdan 78 foizgacha ko‘rsatkich 

oralig‘ida bo‘ladi. Organizmdagi normositlar 

harakati va nafas olishning keskin sekinla-

shuvi talvasa va organizm suvsizlanishining 

eng og‘ir holatlarida ko‘rindi. 

Talvasa  (sudirgi)  sindromidagi bemor-

larda organizm suvsizlanishi sindromidagi-

larga nis batan retikulotsitlar miqdori 2 karra 

ko‘p bo‘ldi. Bu esa markaziy nerv tizimining 

eritropoez regulyatsiyasi jarayonida alohida 

o‘rin tutadi. 5-7 kundan keyin nafas olish, 

yurak-qontomir yetishmovchiligi va klinik 

ko‘rinish simptomlari bartaraf etilgach, bola 

hayotiga xavf soluvchi sindromlar kamayib, 

eritron tizim ko‘rsatkichlari sezilarli daraja-

da o‘zgardi. Shu tariqa barcha kasallarda 

oksifil norma 

blast katakchalari yo‘qolib, 

mushak harakatlari ham yaxshilandi. Faqat 

2-3 foiz bemor bolalardagina destruksiya va 

kamharakatlilik ko‘ rinishida asorat qoldi.

O‘TKIR PNEVMONIYA  

XAVF SOLGANDA...



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

20

Ibn Sino darsxonasi

Retikulotsitlar miqdoriga tegishli bo‘lgan 

holatlarda esa, biz tomonimizdan ularning 

uncha sezilarli bo‘lmagan darajadagi ko‘pa-

yishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘zgarish barcha 

uch sindrom kasalligining o‘tkir fazasidagi 

holatdan farq qildi. Shuni alohida qayd etish 

kerakki, bu holatlarda ham retikulotsitoz 

talvasa sindromini o‘tkazgan kasallar (28 

foiz)  ga nisbatan o‘tkirroq ko‘rinishda na-

moyon bo‘ldi.

Klinik sog‘lomlashish bosqichi, ya’ni 15-

17 kunda eritron tizimning morfologik 

ko‘rsat kichlari normallashadi. Ammo talva-

sa sindromidagi retikulotsitlar miqdori gi-

pertermiya, ya’ni tana haroratining oshishi 

va organizm suvsizlanishi sindromidagi be-

morlarnikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi.

Qizil qon tanachalari sifatli tarkibini tad-

qiq etish dinamikasida pnevmoniyaga cha-

lingan bolalarda eritrotsitlarning gemoglobin 

bilan to‘yinishi u qadar ko‘p emasligi va 

eritron tizim bilan bog‘liq muammolarning 

hammasi ham chuqur tahlil etilmagani 

aniqlandi.

Olingan tahlil natijalariga ko‘ra, eritrot-

sit, gemoglobin va gemotakrit miq dor nati-

jalari shuni ko‘rsatadiki, talvasa sindromi-

dagi o‘tkir jarayonda ular statistik jihatdan 

pasayadi. (r<0,05)

Talvasa sindromidagi eritrotsit miqdori 1 

mkl. qonda 3.50.10 6 0.11.106 dan oshmadi. 

Umumiy gemoglobin darajasi anemik 

sindrom ning yengil ko‘rinishi bilan xarak-

terlandi.

Bu ko‘rsatkichlarning pasayishi o‘rtacha 

holat va gemoglobinning alohida ekvivalen-

tidagi konsentransiyasida sezilarli ta’sir 

ko‘rsatmadi. 

O‘tkir talvasa sindromida eritron tizimi-

ning o‘sish darajasi gipertermiya va orga-

nizm suvsizlanishida kamroq ifodalandi. 

Shuningdek, sezilarli siljishlar (masalan, 



gemoglobin, eritrotsit, gemotokrit va HbF) 

aniqlanib, bu hatto ilk faoliyatida ham na-

moyon bo‘ldi. Bundan tashqari, yuqorida 

ko‘rsatilgan o‘tkir pnevmoniyaning og‘ir 

holatda kechishida eritrotsitlarning yashov-

chanlik darajasi deyarli 2 barobarga qisqa-

rishi kuzatildi. Talvasa sindromidagi eritrot-

sitlar hayoti esa 38,7-1,42 sutkani tashkil 

etdi.

A. RAMAZANOVA, 



X. OBLAKULOV,

Samarqand davlat tibbiyot instituti  

o‘qituvchilari.


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

21

Ruhiyat manzili

Agar aqlimiz bajarayotgan ish faoliyatga 

yaxshi e’tibor qaratsak, qabul qilayotgan qaror-

larimizni bizning instinktimiz boshqarar ekan. 

Nega biz atrof-olamni aynan shunday qabul qi-

lamiz?


Quyidagi 5 ta psixologik omil – inson miyasi 

qanday ishlayotganligini ko‘rsatuvchi sirli 

olamning tashrif qog‘ozidir.

Xatolarga yo‘l qo‘yayotgan vaqtingiz bosh­

qalarga ko‘proq yoqasiz.

Xatoga yo‘l qo‘yadigan kishilar unga yo‘l 

qo‘ymaydiganlarga nisbatan jozibali ko‘rini-

shadi. Xatolar kishini ko‘proq insoniy va yoqim-

li qiladi. Komillik bo‘lsa insonlar orasida masofa 

va yengib bo‘lmas aura hosil bo‘li shiga sabab 

bo‘ladi.

“Xato qilish effekti”ni psixolog Elliot Aron-

son tajribadan o‘tkazgan. Tajribada qatnasha-

yotganlar viktorina ishtirokchilarining yozib 

olingan ovozlarini eshitishgan. Ba’zi yozuvlarda 

ishtirokchilarning kofe to‘kayotganlari eshitil-

gan. Tajribadagilar esa aynan mana shu ishti-

rokchilarni eng jozibali deb qayd etishdi.



Umid yangi reallikni yaratadi.

Nimagadir qattiq ishonsangiz – u albatta 

amalga oshadi. Buni Pigmalion effekti deyi-

shadi. Psixolog Robert Rozental buni maktabda 

tajribadan o‘tkazdi.

Yil boshida u o‘qituvchilarga IQ testidan 

yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar ro‘yxatini 

bergan. Ammo natijalar asl holatga mos bo‘l-

may, Rozental o‘quvchilar ism-familiyasini ta-

sodifiy tanlagan edi.

Yil so‘ngida esa aynan mana shu o‘quv chilar 

boshqalarga qaraganda yuqori natijalar ko‘rsa-

tishgan. Chunki o‘qituvchilarning bu o‘quvchi-

lardan umidi katta bo‘lib, umid yangi reallikni 

yaratdi. Rozental o‘z kashfiyotini shunday 

izohladi: bir kishining ikkinchisidan nimanidir 

kutish, o‘z-o‘zidan amalga oshuv chi bashorat-

dir.


Tanlov qancha ko‘p bo‘lsa, bizning undan 

ko‘nglimiz to‘lish ehtimoli shuncha kamaya 

boradi.

Xaridorning pushaymonlari sizga tanishdir-

a? Biror nima sotib olasiz va afsuslana boshlay-

siz: arzonrog‘ini yoki boshqa modeldagisini, 2 

haftadan so‘ng chegirmaga sotiladiganini olsam 

bo‘lar ekan...

Bizning so‘nggi qarorimiz juda to‘g‘ri bo‘l sa-

da, u zalvorli bo‘lganligidan undan ko‘nglimiz 

to‘lmasligi ham mumkin. Bunga “qaror para-

doksi” deyiladi: qaror juda og‘ir, ahamiyatli 

bo‘lsa undan zavq olish qiyin ke chadi.

Odamlar sizga yordam kerakligini qan­

chalik ko‘p sezib turishsa, ularning sizga yor­

dam qo‘lini cho‘zish ehtimoli shuncha kama­

yadi.

Agar sizga ko‘mak zarur bo‘lsa, uni olomon 

ichidan qidirmang. “Guvoh effekti” ishga tusha-

di.


Bu jarayonni psixologlar Bibb Latan va Jon 

Darlilar tadqiq qilishgan. Tajribadagi kishilar 

o‘zlarini yagona guvoh deya his qilgan hollarda 

85 foizi yordamga shoshilgan. Voqea joyida gu-

voh yonida yana bir kishi paydo bo‘lganda 65 

foizi yordam qo‘lini cho‘zgan. Tajribadagi kishi 

uning yonida yana 4 nafar kishi borligini bilgan 

hollarda esa, faqatgina 31 foizi jabrlanuvchiga 

yordam bergan.

Avariya yoki jinoyat guvohlari ko‘pincha 

jabrlanuvchiga yordam berishni istashmaydi: 

hamma kimdir boshqa bir kishi politsiyani 

chaqiradi deb o‘ylaydi. Biroq guvoh faqat bitta 

bo‘lganda u jabrlanuvchiga undan boshqa hech 

kim yordam bera olmasligini tushunadi va 

qat’iyat bilan harakat qiladi.



Xatolaringiz siz o‘ylaganday ko‘zga tash­

lanmaydi.

Hammaning ko‘zi sizda ekanligi to‘g‘risidagi 

hissiyot shunchaki tafakkuringiz o‘yinidir. Har 

safar xato qilganimizda his qiladigan paranoyya 

yoki o‘zimizga ishonmasligimiz aslida haqiqat-

ga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki atrofimizdagilar xa-

tolarimizni biz o‘ylagandan ko‘ra kamroq sezi-

shadi.


“Projektor effekti”ni tekshirish uchun psi-

xologlar guruhi ishtirokchilardan kun bo‘yi 

g‘alati futbolka kiyib yurishni va kun so‘ngida 

ularni necha kishi sezganiga baho berishni 

so‘rashdi. Natija ishtirokchilar keltirgan son as-

lidagidan ikki barobar ko‘p ekanligini ko‘rsatdi. 

Siz o‘ylaganingizdan ko‘ra kamroq e’tibor mar-

kazida bo‘lasiz. Buni bilganingizdan so‘ng ja-

moat joylarida o‘zingizni ancha xotirjam tutib, 

o‘z ishingiz bilan mashg‘ul bo‘li shingiz mum-

kin.

Nargiza NORMAXMATOVA 



tayyorladi.

XULQ-ATVORNI O‘ZGARTIRISH MUMKINMI?



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

22

O‘rta Osiyo bir necha asrlik ilmiy taraqqi-

yot tarixiga ega. Bu zaminda voyaga yetgan 

buyuk zotlar ilm-fan taraqqiyotiga salmoqli 

ulush qo‘shdilar. Ana shunday mashhur olim-

lardan biri Abu Abdullo Muhammad ibn Muso 

al-Xorazmiydir. U 783–850-yillarda yashagan. 

Alloma o‘sha davrning juda og‘ir sharoitlariga 

qaramay fanning turli sohalarida ajoyib yan-

giliklarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Olim 

o‘zining nodir asarlari bilan  arifmetika, al-

gebra, astronomiya, geografiya va boshqa 

fanlarning rivojlanishiga hissa qo‘shdi. Jumla-

dan, Muso al-Xorazmiyning ushbu fanlarga 

doir beshta asari bizgacha yetib kelgan. Allo-

ma “Al-jabr val-muqobala”, “Astronomik 

jadval” va “Hind arifmetikasi” nomli asarlar 

muallifi. Algebraga oid asarining kirish qismi-

da xalifa al-Ma’munning ilm va fanga katta 

e’tibor berganligini, ko‘plab olimlarning 

Bog‘dodda ilmiy markaz tuzganligini aytadi. 

Xorazmiy 833–842-yillarda esa “Geografik 

jadval”ni va 842–847-yillarda “Yevropa kalen-

dari haqida xronologik asar”ini yozadi. Bu 

asarlar dastlab arab tiliga, so‘ngra lotin tiliga 

bir necha marta tarjima qilinadi. Xorazmiy-

ning bu asarlari bir necha asrlar davomida 

hozirgi zamon olimlari uchun ham asosiy 

qo‘llanma bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. 

Xorazmiyning arifmetika faniga doir asari 

Yevropada XII asrdan boshlab lotin tiliga tarji-

ma qilinadi va keng o‘rganiladi. Afsuski, asar-

ning arab tilida yozilgan asl nusxasi bizgacha 

yetib kelmagan. Y. X. Kopelevich va B. A. Ro-

zenfeldlar Kembrij universitetining kutubxo-

nasida saqlangan lotin tilidagi foto nusxasini 

1964-yilda rus tiliga tarjima qilganlar. 

Xorazmiy ushbu asarda oltita amal – qo‘-

shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, darajaga 

ko‘tarish va ildizdan chiqarishdan tashqari 

ikkilantirish va yarimlashtirishni alohida amal 

hisoblagan. Xorazmiydan keyingi davrlarda 

uning asari haqida yozgan bir necha muallif-

lar uning amallarga bergan ta’rifini to‘laligicha 

ko‘rinishda keltiradilar. 

Xorazmiy arifmetik asarlarining ahamiyati 

shundaki, u o‘zining bu asari bilan dunyoga 

o‘nli pozitsion hisoblash atamasini tarqatdi. 

Hisoblashda rim raqami va sonlarni so‘z orqa-

li yozib, amallar bajarishdagi noqulayliklarni 

bartaraf qilishga erishdi va hisoblashni ix-

chamlashtirdi hamda fanga algoritm tushun-

chasini kiritdi. 

Al-Xorazmiy geometriya sohasida figura-

larni o‘lchash usullarini to‘plab, tartibga sol-

gan. Ularning xossalarini, usul-qoidalarining 

ta’rifi va isbotini berdi, ba’zi geometrik masa-

lalarni yechishda algebrani ishlatishni ko‘rsat-

di. Geometriyaga oid ishlari ham amaliyotchi-

larga kundalik tajribalarda yordam berishi bi-

lan birga, undan keyin ham uzoq vaqtlar 

qo‘llanib kelinadi. 

Muhammad Xorazmiy o‘zining matematik 

asarida hisoblashga doir bir qancha planimet-

riya va stereometriya masalalarining o‘z dav-

riga xos usullar bilan yechimini ko‘rsatib 

o‘tgan. Biz bu masalalarni al-Xorazmiy asarida 

joylash gan tartibda yozmay, balki planimetri-

ya va stereometriyaga ajratgan holda hamda 

soddadan murakkabga borish tartibida bayon 

etishga intilamiz. So‘z orqali talqin etilgan 

qoidalarni simvollashtirish bilan birga, ular-

ning to‘g‘riligini isbotlash va ba’zi masalalarni 

yechish usullari haqidagi metodik mulohaza-

mizni aytib o‘tamiz. Al-Xorazmiy zamonasida 

simvollar ishlatilmagan. Qonun-qoidalar, for-

mulalar o‘rniga faqatgina so‘zlardan foydala-

nilgan, xolos. 

Qomusiy olim kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, 

romb, parallelogramm va turli tomonli to‘rt-

burchaklarning yuzlarini hisoblash usullarini 

bayon etib, ularni sonli misollar orqali tu-

shuntiradi. 

RAQAMLARNI SO‘ZLATGAN OLIM



Buyuk siymolar

Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

23

Al-Xorazmiy dastavval uchburchaklarni 

ularning burchaklariga qarab to‘g‘ri burchak-

li, o‘tkir burchakli va o‘tmas burchakli uch-

burchaklarga bo‘lib, ulardan har birining to-

monlari kvadratlari orasidagi munosabatni 

quyidagicha ta’riflab o‘tadi: “To‘g‘ri burchakli 

uchburchakda uning qisqa tomonlari kvadrat-

larining yig‘indisi katta tomoni kvadratiga 

teng”. O‘tmas burchakli uchburchakda qisqa 

tomonlari kvadratlarining yig‘indisi uzun to-

mon kvadratidan kichik, o‘tkir burchakli uch-

burchakda esa uning qisqa tomonlari kvadrat-

larining yig‘indisi uzun tomoni kvadratidan 

kattaligi aytib o‘tilgan. 

Xorazmiy fazoviy geometrik figuralarning 

xossalarini hisoblash masalalariga ham to‘xta-

lib o‘tadi. Parallelepiped, uchburchakli va 

to‘rtburchakli prizmalar hamda silindrning 

hajmlari ularning har biri asosining yuzi bilan 

balandligining ko‘paytmasiga tengligi alohida 

ta’kidlangan. Undan tashqari uchburchakli, 

to‘rtburchakli va ko‘pburchakli piramida va 

konusning hajmi ulardan har biri asosi yuzi-

ning uchdan biri bilan balandligi ko‘paytmasi-

ga tengligi batafsil bayon etilgan. Yuqorida 

aytilgan fazoviy jismlar hajmlarini hisoblash 

umumiy tarzda aytilib, ularning isboti beril-

magan va sonli misol ham ko‘rsatilmagan 

bo‘lsa-da, lekin kesik piramida hajmining 

o‘ziga xos usul bilan hisoblab chiqarilishi 

mukammal ko‘rsatilgan. 

Xorazmiy matematikadan tashqari astro-

nomiya faniga ham o‘zining salmoqli hissasini 

qo‘shadi. Uning “Astronomik jadval” asari 

bunga misol bo‘la oladi. Bu asarida al-Xoraz-

miy ushbu fanga oid o‘zining kashfiyotlarini, 

fikrlarini bayon etgan va shogirdlariga o‘rgat-

gan. 

Muhammad Xorazmiy 842–847-yillarda 



geog 

rafiya faniga bag‘ishlangan “Geografik 

jadval” asarini yozadi. Bunda u geografiya 

fanining naqadar qiziqarli ekanini uqtiradi. 

Al-Xorazmiy asarlarini o‘rganib chiqib, 

haqiqatan ham uning fan olamida beqiyos 

o‘ringa ega qomusiy alloma ekaniga yana bir 

karra ishonch hosil qilamiz.

Adash AHMEDOV, 

G‘afur JUMAYEV,

Mustafo MUXTOROV,

Samarqand viloyati Urgut tumani 

8-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari. 

Buyuk siymolar


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

24

Xalqimizda “Bola boshdan” degan naql 

bor. Bolalarning layoqati, qiziqishi va nima-

gadir moyilligi ham erta yoshdanoq ma’lum 

bo‘ladi. Bugun biz to‘xtalmoqchi bo‘lgan 

mavzu – erkin kasb tanlovi ham o‘quvchilar-

ning ilk maktab davridan boshlab biror kasbga 

alohida muhabbat ko‘rsatishi bilan namoyon 

bo‘ladi.

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim mak-

tablarida faoliyatning muhim vazifalaridan 

biri o‘quvchilarni hayotga tayyorlash va erkin 

kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat bo‘lar 

ekan, bolalarning qaysi kasbga moyilligiga 

o‘qituvchilar jiddiy e’tibor qaratmog‘i lozim. 

Ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sharoi-

tida mak tab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish  

muhim masalalardan.

Kasb tanlashdagi muvaffaqiyatsizlik nafaqat 

shaxsning rejalarini barbod qiladi, balki ijtimoiy 

jihatdan ham katta ziyon yetkazadi. Shu sabab-

li ham mehnat darslarida asosiy e’tibor o‘quv-

chilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ga, ularni er-

kin kasb tanlashga o‘rgatishga qaratilgan.

Mehnat va kasb-hunar ta’limida o‘quvchi-

larni kasb-hunarga yo‘naltirishni quyidagi 

usullarda amalga oshirish maqsadga muvo-

fiqdir:


1. O‘quvchilarni kasblar bilan tanishtirish. 

2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan 

asarlarni o‘qishni tavsiya etish.

3. Har bir kasblar haqida maxsus darslar 

o‘tish.

4. Ishlab chiqarish korxonalari, fan, mao-



rif, madaniyat, san’at muassasalariga sayo-

hatlar uyushtirish.

5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan 

yutuqlar haqida suhbatlar o‘tkazish.

6. O‘quvchilarni kasb-hunarlar haqida ma-

teriallar to‘plashga undash.

7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb 

qilish.


8. Yangi kasblar va mutaxassisliklar, fan-

texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnolo-

giyalari bilan muntazam tanishtirib borish. 

Bunday tadbirlar o‘quvchilarda kasbiy si-

fatlarning shakllanishiga xizmat qiladi. Meh-

nat va kasb-hunar ta’limi uzviy tarzda olib 

borilsa o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘nalti-

rish oson kechadi va bu juda yaxshi samara 

beradi. Mehnat va kasb ta’limi mashg‘ulotla-

rining samaradorligini oshirishning qulay 

usullaridan biri trening-mashg‘ulotidir. Meh-

nat va kasb ta’limida ushbu dars usullaridan 

foydalanish orqali o‘quvchilar kasb-hunarga 

yo‘naltiriladi. Bunday ishlarning asosiy ijro-

chisi mehnat ta’limi o‘qituvchisi va psixolog 

zimmasida bo‘lib, ular o‘quvchilarning kasb-

hunarga moyilligini o‘rganib borishlari, o‘quv-

chilarga bu borada tushuncha berib turishlari 

lozim. Har kim o‘zi qiziqqan kasbga mehr 

qo‘yishini singdirishlari, istak va imkoniyatla-

rini hisobga olishga o‘rgatishlari yoshlarning 

o‘z kelajak yo‘llarini to‘g‘ri tanlashlarida yor-

dam beradi.

Kasb-hunarga yo‘naltirishni kuchaytirish 

jarayonini takomillashtirish masalalarini yori-

tish uchun o‘quvchilar bilan sinfdan va mak-

tabdan tashqari olib boriladigan ishlar katta 

ahamiyatga ega. O‘qituvchi mehnat darslari 

doirasida o‘quvchilarda kasb-hunar tanlashga 

qiziqish uyg‘otish va bu qiziqishni rivojlanti-

rishga yordam beradigan asosiy pedagogik 

shart-sharoitlarni bilishi kerak. O‘qituvchi 

o‘quvchining mehnat ko‘nikmalarini shakl-

lantirish va jarayonda munosabatlarni yanada 

rivojlantirish maqsadida quyidagilarni hisob-

ga olishi lozim:

–  darslarni ta’lim-tarbiyaviy jihatdan to‘g‘-

ri tashkil etish;

KASB TANLOVI HAM BOSHDAN



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling