Barkamol avlod – Vatanning baxti sog‘lom avlod uchun


Download 383.53 Kb.

bet5/6
Sana16.04.2018
Hajmi383.53 Kb.
1   2   3   4   5   6

Shaxs kamoloti

Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

25

– mehnatdan ko‘zlangan maqsadni to‘liq 

tushuntirish;

–  o‘quvchilarning qiziqish va xohishlarini 

inobatga olish;

–  bajarilgan ishlardan foydalanishni to‘g‘ri 

yo‘lga qo‘yish;

–  namunali ishlardan ko‘rgazmalar tashkil 

etish;

– o‘quvchilarning o‘zlari tayyorlagan nar-



salarini sotish bo‘yicha kimoshdi savdosini 

o‘tkazish;

–  bajarilgan ishlarni to‘g‘ri baholash;

–  ish jarayonida rag‘batlantirib borish;

– o‘z vaqtida xato va kamchiliklarning ol-

dini olish;

– kerakli ish qurollari va ashyolar bilan 

ta’minlash.

Mehnat darslarida mehnat tarbiyasining 

turli masalalarini hal etishda, o‘quvchi yosh-

larning kasb-hunarga qiziqishlarini shakllan-

tirishda metodik qurollangan pedagogik texni-

kaga ega bo‘lish quyidagi holatlarda samarali 

ta’sir ko‘rsatadi:

1. Yaxshi shakllantirilgan va texnika bilan 

ta’minlangan ustaxonalar.

2. O‘qituvchining bolalarda ijodiy faollik 

uyg‘ota bilishi, mehnat topshiriqlarini ongli 

bajarishga intilishi.

3. O‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xusu-

siyatlarini hisobga olish, mehnat natijalarini 

xolisona baholash.

4. 

Ularda mehnat darslariga qiziqish 



uyg‘otish.

5. Mehnat tarbiyasini amalga oshirishda 

psixologik xususiyatlarni hisobga olish.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘qituvchi 

o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazish 

bilan birga ularni kasbga yo‘naltirishi, dastlab-

ki kasbiy ma’lumotlarni egallab borishlariga 

e’tibor qaratishi lozim.

Malika RASULOVA,

Toshkent arxitektura-qurilish  

instituti talabasi.

Shaxs kamoloti


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

26

Har kim o‘ziga to‘g‘rilikni odat qilgandan 

keyin charxning teskari aylangani bilan uning 

nima ishi bor?! O‘qning uchishi to‘g‘ri bo‘lgan-

dan so‘ng yerning egriligining unga nima zi-

yoni bor?! 

Yo‘l qancha to‘g‘ri bo‘lsa, maqsad shuncha 

yaqin, yo‘l egri bo‘lsa, maqsad uzoqlashgani-

ga ajablanish o‘rinsiz. Nay to‘g‘ri bo‘lgani 

uchun  so‘fiylar  uni  yaxshi  ko‘rishadi;  to‘g‘ri

bo‘lmasdan egri bo‘lsa, tanbeh uchun qulog‘i 

buraladi. Nayza to‘g‘ri bo‘lganidan doim bo-

shi yuqori; arqon esa chirmash bo‘lgani uchun

bog‘lashga ishlatiladi. 

Ayvonda yonayotgan shamning bo‘yi 

to‘g‘ri bo‘lgani sababli u kechasi qorong‘ida 

bazmning mahbubasiga aylandi. Egri uchish 

qilib parvona ko‘p aylangani uchun oxiri 

sham o‘tiga urilib yonib ketdi. Sarvning qo-

mati to‘g‘ri bo‘lgani uchun xazon kulfatidan 

ofat ko‘rmay, doim ko‘m-ko‘k. Bog‘dagi toza 

sunbul har narsaga chirmashib o‘sgani uchun 

egrilik uning yuzini qora qildi. Sozlangan tor-

ning qili to‘g‘ri bo‘ladi; egri bo‘ldimi, sozlan-

magani.

Mistarning chizig‘iga yozuv to‘g‘ri kela 



bergach, qalam boshini ko‘tarmasdan yozgani 

yozgan. Unda bitta chizig‘ egri bo‘lsa, xatga 

bitta  dog‘  tushadi;  ko‘chirilayotgan  nusxada

esa har sahifada qiyshiq xat bo‘ladi. Hur-u 

parilar xizmatida bo‘lgan biron hur naslli pari 

paykarning gul rang yuzi o‘t bo‘lib, bu bilan 

dunyoga o‘t qo‘yishni o‘ziga maqsad qilib, gul 

yuzidagi har bir ter toza gavhar bo‘lib, bu 

terdan ko‘p-ko‘p gullar ochilib, sochlarining 

har tomonidan mushk isini beruvchi chiziqlar 

bo‘lib, ter namidan o‘tdan tutun ko‘tarilib 

tursa, uning mijozining latifligi el ko‘nglini 

olish uchun (bir-biriga zid bo‘lgan) o‘t bilan 

suvni parvarish qilsa, uning latofati qancha 

desa shuncha bo‘lsa, husn-u jamol ham imko-

ni boricha mavjud bo‘lsa-yu, lekin uning 

qaddi-qomati sarfaroz bo‘lmasa, gulzorida u 

sarv kabi noz qilib yurmasa, sarvi xiromon 

bo‘lib, to‘g‘ri qadam bosa olmasa, mijgon 

o‘qlarini ham to‘g‘ri mo‘ljallab ota olmasa, 

zor  oshiqlar  unga  jonini  bermaydi;  odamlar-

ning birontasining ko‘ngli ham unga giriftor 

bo‘lmaydi. Namozxonlar mehrobni to‘g‘ri 

qurmasa, ko‘z qiyshiq boqib, namoz ham 

to‘g‘ri o‘qilmaydi.

Xatni to‘g‘ri yozadigan kishilar haqiqiy 

sog‘lom  kishilardir;  xat  agar  egri  yozilgan

bo‘lsa, demak, yozgan odam ham to‘g‘ri 

emas. Kimning qarashi to‘g‘ri bo‘lsa, o‘sha 

Mutolaa

Alisher Navoiy



(Davomi. Boshi o‘tgan sonlarda)

“HAYRATUL – ABROR” HAYRATLARI

(O‘ninchi maqolat)

Rostlik ta’rifidakim, borliq uyi shu to‘g‘ri ustun bilan 

tik, ul uyning shabistoni burchagida bu nur (rostlik) sha-

mi majlisni bezatadi; egrilikni esa rad etish haqidakim, 

agar egri odam kumush badan go‘zallar yuzidan zulfdek 

joy olsa ham (baribir oxirida) boshi kesiladi; egri odam 

agar xazina ustida ajdahodek halqa bo‘lib yotgan bo‘lsa 

ham uni o‘ldirish zarur



Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

27

haq. Kimning qo‘li egri bo‘lsa, o‘zi ham o‘g‘ri 

bo‘ladi. Kimki qo‘li egrilik bilan shuhrat top-

gan bo‘lsa, xalq uning qo‘lini kesib to‘g‘ri qi-

ladi.

Ko‘z tug‘ilishdan egri bo‘lsa, uning odati 



bittani ikkita qilib ko‘rsatishdir. O‘zi bitta 

bo‘lsa-yu, boshqasi tagida bo‘lmasa, bittani 

ikkita qilib ko‘rish – ko‘p xudolikni tan olish 

bilan barobardir.

Sulaymon deb nom chiqargan odamning 

durri zoti aslida payg‘ambarlik dengizidan 

edi. U jahon podshohligi taxtini egallagan, 

ham podshoh edi, ham payg‘ambar. Butun 

dunyo  mamlakatlari  uning  qo‘l  ostida  edi;

odamlar kabi dev-u parilar ham uning buy-

rug‘iga bo‘ysunardi. Agar u podshohlik chodi-

rini cho‘lga tiksa, qushlar uchib kelib, pati 

bilan darhol soyabon bo‘lardilar. U ochiq, 

havoli yerlarga gilam to‘shab o‘ltirardi; safar-

ga chiqsa, yellar unga qo‘shimcha ot vazifasi-

ni bajarardi. Dev-u parilar ham odamlar 

to‘dasi bilan birga uning (sirli) uzugi tufayli 

uning buyruqlariga tobelik ko‘rsatardi. 

Ushbu zamon xoqoni va podshosi oddiy 

podsho va xoqon emas, zamon Sulaymonidir. 

Uning taxtining poyasi osmon avjigacha 

ko‘tarilgan;  toji  esa  eng  tik  turgan  quyoshga

o‘z soyasini solgan. Saroyining gumbazi os-

mon gumbaziga o‘xshash bo‘lib, bu saroydagi 

unga qarashli odamlar yulduzlarchadir. Mar-

tabasining yuksakligi Jamshid va Zahhokniki-

cha  bor;  sipohi  ham  ikki  Iskandarnikicha.

Xalqi va unga bo‘ysunganlar Hurmuz-u Xus-

ravgacha  yoyilgan;  mamlakatining  kengligi

Sulaymonnikicha bor.

Lekin o‘z zamoni Sulaymonga hukmdorli-

gini yurgizish uchun (sehrli) uzuk bergani 

kabi, bunga ham, hukmronlik qilib turarkan, 

aylanib turuvchi charx bir uzuk nasib etgan 

edi. Kimgaki xonlik qilish muyassar bo‘lgan 

ekan, bu uzuk bilan hukmronligini yurgizishi 

mumkin edi. Uzuk o‘zi sadafdan, lekin xati 

gavhardan edi. Qanday ajoyibki, davr, zamon 

uning xatini “Rostlikdan xaloslik” deb bitgan 

edi. Shohga agar shu muhrning xati yordam 

bermasa, u har narsaga giriftor bo‘lishi mum-

kin edi. Oxirigacha to‘g‘rilik uning qo‘lidan 

tutgani uchun, to‘g‘rilik bilan xalq ham uning 

farmoniga bo‘ysuna boshladi.

Kimki to‘g‘rilik yo‘lini bilmoqchi bo‘lsa, 

bilsinki, bu ikki xil bo‘ladi. Biri shuki, kishi-

ning so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, uning so‘zi bilan birga 

o‘zi ham to‘g‘ri bo‘lishi kerak. Yana biri shuki, 

yolg‘on gapni ba’zilar taassuf bilan, uyalgani-

dan “to‘g‘ri!” deydi. Oldingisi, hech shubha-

siz, yaxshi, lekin ikkinchisi ham yomon emas. 

Kishi yolg‘onni gapirsa ham kam gapirsa! 

Qani endi shunday odam bizning zamonda 

ham topilsa.

Biz shunday qiziq zamon odamlariga mub-

talo bo‘lganmizki, ularning oldida rostgo‘y-

likdan yomon narsa yo‘q. Ulardan to‘g‘rilikni 

qidirgan kishi qoshlaridagi nomi “Chin”, o‘zi 

nochin jingalak mo‘yni topadi, xolos. “Chin” 

kofirlar mamlakati bo‘lsa ham, nomi “Chin”, 

ya’ni “to‘g‘ri” bo‘lgani uchun, qara, hatto 

jannatning o‘zi ham unga rashq qiladi. 

Lekin odamlarga xudoning o‘zi ato qilgan 

bu to‘g‘rilik, qara, ularning oldida xato bo‘lib 

ko‘rinadi. So‘zlashda xato gapirishga o‘rgan-

gan odam noto‘g‘ri fikrni to‘g‘ri deb gumon 

qiladi. Kimki bu davrda to‘g‘ri gapirishga 

odatlangan bo‘lsa, u kambag‘allik, yetishmov-

chilikdan boshqa narsani bilmaydi. Bu davr 

istagi egrilik bo‘lgani uchun, sen haqiqatni 

talab qilsang, unga yoqmaysan.

Bu aylanuvchi osmonning hech to‘g‘ri ishi 

yo‘q;  uning  pargori  chizgan  chiziqning  ham

bironta to‘g‘risi yo‘q. Kimki to‘g‘rilikni o‘ziga 

kasb qilib olgan bo‘lsa, davrning aylanishi 

unga doim dushmanlik qiladi. Qalam to‘g‘ri-

likka yo‘l ko‘rsatgani uchun doim uning boshi 

kesilib, pastga bo‘lib turadi. “Alif” ham to‘g‘-

rilik alomati bo‘lgani uchun, “balo” (so‘zi) 

uni, qara, o‘zining orqasiga olibdi. Shoh chay-

lasining arqoni ham to‘g‘ri tortilgani uchun, 

qara, boshdan oyog‘igacha eshilgan: chir-

mash. Uchar yulduz to‘g‘ri uchgani uchun 

boshdan oyog‘i tamom o‘t bo‘lib yondi. Ilon-

ning tana tuzilishi egri-bugri bo‘lgani sababli 

xazina ustida yotsa ham og‘zida zaxar. Yangi 

oy egriligidan charx qadami turgan joydan 

ko‘rinadi. Salla ham chirmash o‘ralgani uchun 

boshning ustiga chiqishi loyiq topildi.

Yo‘q-yo‘q, bu yozganlarimcha emas, balki 

bu gaplarimning hammasi qalamning xatosi. 

Mutolaa


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

28

Mutolaa

Egrilikning ham, to‘g‘rilikning ham o‘z ha-

qiqiy ta’rifi bor: yolg‘on egrilikdan, to‘g‘rilik 

haqiqatdan iboratdir. Sham o‘z to‘g‘riligi bilan 

xursand; boshdan oyoq kuysa ham, u nurga

aylanadi. Yashin egrilikni odat qilgan bo‘lib, 

hamma yoqni yoritsa-da, yerning ostiga kira-

di. Bog‘bon o‘z yeriga reja tortmas ekan, 

bog‘ning ko‘rinishi changalzorning ko‘ 

ri-


nishiga o‘xshab qoladi. Dehqon agar mola 

bosmasdan urug‘ sochsa, qancha bir xil soch-

masin, ekini, bari bir, suvni tekis ichmaydi. 

Oynaning yuzi qancha tekis bo‘lsa, oy yuzli-

ning yuzi ham shuncha to‘g‘ri ko‘rinadi. Te-

mir qalpoqning yuzi qancha sayqallangan 

bo‘lmasin, yuzning aylanasi unda cho‘zilgan 

holda aks etadi. Jim turgan suvda quyosh 

to‘g‘ri aks etadi: chayqalgan suvda esa egri 

ko‘rinadi. Xato bilan yolg‘on gapirish hisobga 

kirmaydi; chunki uning yolg‘onligi bilingach,

undan qochiladi.

Kimki yolg‘on gapirishni odat qilgan bo‘l-

sa, uni er-u musulmon deb bo‘lmaydi. Yol-

g‘onchi o‘z gapini o‘tkazish uchun qancha 

urinmasin, u o‘z gapini bir-ikki marta o‘tkaza 

oladi, xolos. Uning bu ishidan xalq g‘ofil 

bo‘lsa ham, lekin tangri o‘zi bu holdan voqif. 

Bu xususiyat elga qancha maxfiy bo‘lmasin, 

yolg‘on baribir o‘zini oxirida ma’lum qiladi. 

Yolg‘on tong o‘zini qancha oshkor qilsa ham, 

uning nurlari, kuzat, baribir uzoq turmaydi… 

Kimki qizishib turib ont ichgan bo‘lsa, onti 

yolg‘on bo‘lsa, aybi yuvilib ketadi. Kimki 

o‘zini yolg‘onchi sifatida tanitgan bo‘lsa, rost 

gapirsa ham, xalq uning hamma gapini 

yolg‘on hisoblaydi. Bu xususiyat uni doim 

qiynoqda saqlaydi. Hech narsa bilan u bu 

qiynoqdan qutula olmaydi. Kimki yolg‘onchi 

deb nom chiqargan bo‘lsa, o‘zinikilar ham, 

begonalar ham uni shu ot bilan chaqirar ekan-

lar, – to‘g‘rilik nomi unga hech qaytib kel-

maydi. Rost gapirsa ham, xalq unga inonmay-

di. Kimning chin gapi el orasida yolg‘on deb 

topilar ekan, yolg‘onni chinga aylantirish im-

koni bormi?!

Qanday bir majburiy sharoitda qolganing-

da ham, chinni gapirishning iloji bo‘lmasa, 

yolg‘onni ham gapirma. 

Bahs-munozarada eng qiyini o‘zingning 

nuqtayi nazaringni himoya qila olish emas, 

balki u to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘-

lish dir.

* * *


Jasorat tugagan kuni qarilik boshlanadi.

* * *


Tushunarsiz bo‘lishdan qo‘rqma.

* * *


Omadli nikoh har kuni ta’mir etib turili-

shi kerak bo‘lgan binodir.

* * *

Yolg‘on mug‘ombirlikdan emas, loqayd-



likdan, e’tiborsizlikdan kelib chiqadi.

* * *


Biz o‘zimiz sevadigan insonlar bilangina 

tabiiy bo‘la olamiz.

Andre Morua

* * *


Keksa bo‘la olish – buyuk san’at...Yana-

da katta san’at – yosh bo‘la olish, yoshlik-

ning, yetuklikning keksalarga qanday mu-

nosabatda bo‘lishini bilishdir.

* * *

Aybdor o‘z aybini tan olganida u qut-



qari shi mumkin bo‘lgan yagona narsa – o‘z 

or-nomusidir.

* * *

Jur’at! Jur’at bilan taraqqiyotga erishila-



di. Barcha dabdabali g‘alabalar jur’at uchun 

katta yoki kichik mukofotdir.

* * *

Bolalar baxtga darhol va tortinmasdan 



ko‘nikadi, zero ular tabiatga ko‘ra – o‘zlari 

quvonch va baxtdir.

* * *

Dangasalik – bu ona. Uning o‘g‘li – 



o‘g‘rilik, qizi – ochlik.

Viktor Gyugo

TAFAKKUR GULSHANI


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

29

Intellekt tushunchasi ta’rif uchun bag‘oyat 

qiyin tushunchalar sirasiga kiradi. Uzoq asrlar 

davomida insoniyatning eng zehni o‘tkir ilm 

peshvolari intellektning aynan nima ekanligi 

haqida muttasil ilmiy-falsafiy munozaralar 

yuritib kelishgan. Lekin bundayin ilmiy bahs-

lar qanchalik darajada keskin yoki murakkab 

bo‘lmasin, ularda o‘ziga xos mutlaq yakdillik 

bor edi: intellekt – insongagina xos bo‘lgan 

oliy tushuncha. Suqrotdan boshlab Eynshteyn-

gacha bo‘lgan davrlarda, hatto eng yuksak 

zakovatli olimlarda ham intellektning sun’iy 

bo‘lishi mumkinligi haqida jo‘yali jiddiy ilmiy 

fikrning o‘zi bo‘lgan emas... 

Biroq XX asrning dastlabki choragidan 

boshlab vaziyat butunlay o‘zgardi. Aniqrog‘i, 

insoniyat o‘z xizmati uchun elektron hisob-

lash mashinalari – kompyuterlarni joriy qila 

boshlar ekan, intellekt masalasidagi bahslar 

ham yangi o‘zanga burildi. Insoniyat o‘z qo‘li 

bilan yaratilgan intellektual mashinalar – 

kompyuterlar, robotlar va boshqa shunga 

o‘xshash mexanik–elektronik tizimlar tomo-

nidan muayyan intellektual salohiyat taqozo 

etuvchi masalalarni mustaqil hal etishi, o‘zi 

qaror qabul qilishi va vaziyatga qarab o‘z 

xatti-harakatlarini muvofiqlashtira olishi 

mumkinligi kabi intellektual “xislatlari” bilan 

yuzma-yuz keldi. O‘shanda ilk bora intellekt-

ning yasama shakli, ya’ni sun’iy intellekt 

haqidagi bahslar o‘rtaga chiqqan edi. 

Ilmiy atama holidagi “sun’iy intellekt” 

tushunchasi esa ilk bora 1956-yilda Stenford 

universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda 

inglizcha “artificial intelligence” (AI) tarzida 

ilm-fanga taklif qilingan edi. Shundan buyon 

mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik orasida 

mustahkam o‘rnashib qoldi.

Aytib o‘tganimizdek, sun’iy intellekt bora-

sidagi jiddiy munozaralar ilk EHMlarning 

paydo bo‘lishi bilan ibtido oladi. Lekin yanada 

teranroq nazar tashlasak, intellektual masala-

larni hal qilish vazifasini insondan boshqa 

obyektlarga yuklashga qaratilgan urinishlar 

ancha avvalroq – Paskal va Leybnislar davri-

dan boshlangan. Chunonchi, Leybnis 1672-yil-

da mashhur golland olimi Gyugens huzurida 

mehmonda bo‘ladi va uning kun tartibining 

katta qismini ilmiy tadqiqotlarning faqat ma-

tematik jihatiga tegishli bo‘lgan murakkab hi-

sob-kitoblarni qo‘lda bajarish amaliyoti band 

qilayotganini ko‘radi. Leybnis Gyugensga achi-

nish bilan shunday yozgan edi: “Bu shunday 

ajoyib  odamlarga  nomunosib  holat;  U  bosh­

qalarga, masalan, mashinaga ishonib topshi-

rish mumkin bo‘lgan hisoblash ishlarini xuddi 

qullar kabi o‘zi bajarmoqda...”.   E’tibor be-

ring: Leybnis “qullar kabi” iborasini qo‘lladi. 

U uzundan uzoq va hajman ulkan murakkab 

matematik hisoblash amallarini olimning 

qimmatli vaqtini band etmasdan, biror mashi-

naga topshirish mumkinligi va bu orqali 

olimning diqqat-salohiyatini ilm-fanning bosh-

qa, yanada dolzarb masalalariga yo‘naltirish-

ga erishish kerakligini o‘ylab qolgan edi. 

Leybnis tez orada – 1694-yilda “arifometr” 

deb nomlangan o‘zining mexanik hisoblash 

mashinasini tayyorladi va uni ilm-fan namo-

yondalariga havola etdi. Shu tarzda, Paskal va 

Leybnis mashinalari mohiyatan intellektual 

masalalarni hal etishga qodir ilk sun’iy vosita-

lar o‘laroq tarixga kirdi. Lekin ularni sun’iy 

intellektga ega mashinalar deb bo‘lmasdi. 

Chunki ular eng sodda arifmetik amallarni 

bajara olardi, xolos. 

Ta’kidlanganidek, sun’iy intellekt haqida 

ilk haqiqiy jiddiy bahs-munozaralar elektron 

hisoblash mashinalarining paydo bo‘lishi bi-

lan maydonga chiqa boshlagan. Mashinaning 

intellektga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi 

Fan va zakovat


Sog‘lom avlod uchun

 | 


8

 | 


2015

30

Fan va zakovat

ilk jiddiy ilmiy tadqiqotlar esa, zamonaviy in-

formatika fanlarining asoschisi sanaladigan 

inson – Brutan fizigi va matematigi Alan 

Tyuring nomi bilan bog‘liq. Tyuring sun’iy 

intellektning amalda imkonli yoki imkonsiz 

ekanligini isbotlash uchun o‘z nomi bilan 

ataladigan (Tyuring testi) test taklif qiladi. 

Tyuring shunday deydi: agar mashina o‘zini 

har jihatdan fikrlaydigan mavjudotdek tutsa, 

u intellektga ega bo‘lishi kerak. Tyuring testi 

quyidagicha o‘tkaziladi: inson va u bilan 

“suhbatlashishi” kerak bo‘lgan mashina (ya’ni 

kompyuter) boshqa-boshqa xonalarga joy-

lashtiriladi va ular bir-birini ko‘rmaydi (to‘g‘-

rirog‘i – inson kompyuterni ko‘rmaydi, zero, 

kompyuter shundoq ham insonni ko‘rish 

xossasiga ega emas). Ular orasida darchada 

monitor joylashtiriladi. Inson o‘zi o‘tirgan 

xonadagi klaviaturadan o‘zi istagan bir necha 

savollarni kompyuterga matn ko‘rinishida te-

rib kiritadi va javob talab qila boshlaydi. Lekin 

u aytganimizdek, devor ortida kompyuter 

yolg‘iz ekanini bilmaydi va savollarini narigi 

tarafda ham o‘zi kabi boshqa bir inson o‘qib 

javob qaytaradi deb o‘ylashi mumkin. Biroq u 

kiritgan savollarga kompyuterning o‘zi, o‘ziga 

avvaldan yuklangan dastur-algoritmlariga 

ko‘ra javob qaytaradi. Tyuring testining mohi-

yati juda oddiy. Agar xonadagi inson o‘zi 

bergan savollarga olgan javoblardan shubha-

lanmay, o‘zi bilan inson gaplashyapti deb hi-

soblasa, demak unga javob qaytargan mashi-

nani sun’iy intellektga ega deb hisoblash 

mumkin. 1950-yilda muallif tomonidan fanga 

taklif qilingan ushbu test ilmiy jamoatchilik 

va ayniqsa, faylasuflar orasida keskin shov-

shuvga sabab bo‘ldi. Tanqidchilarning asosiy 

e’tirozi shunda ediki, mashina faqat savollar-

ga to‘g‘ri javob bergani uchungina intellektga 

ega bo‘lib qolmaydi. Balki intellekt boshqa 

o‘ziga xos jihatlarni – mulohaza, idrok va 

shunga o‘xshash ongli ravishda bajariladigan 

neyrofiziologik-ruhiy jarayonlar to‘plamini 

ham o‘z ichiga olishi kerak. Sevinish, achi-

nish, g‘azab va qo‘rquv singari insoniy hissi-

yotlarning mashinada ham bo‘lishi mumkinli-

gi haqida esa, gap ham bo‘lishi mumkin emas. 

Tyuring testining sun’iy intellektning mav-

judligini isbotlash uchun yetarli emasligini 

tasdiqlash maqsadida Dip Syorl ismli faylasuf 

boshqa bir, Tyuringnikiga o‘xshash test taklif 

qiladi. Syorl testi “Xitoycha xona” deb nom-

langan. Syorl xitoyning eng gavjum shaharla-

ridan birida, aytaylik, Shanxayning qoq mar-

kazidagi eng gavjum savdo markazida to‘rt 

tomoni zich berk bo‘lgan kichik xona qurishni 

va u joyga xitoy tilidan mutlaqo bexabar 

bo‘lgan xorijlik sayyohni o‘tkazishni taklif qi-

ladi. Xorijlik kishiga o‘z ona tili va xitoy tili 

o‘rtasidagi mukammal lug‘at kitoblarni beri-

shadi. Savdo markaziga kelgan qiziquvchan 

xitoylar esa ushbu g‘aroyib xonaga qilingan 

tuynukdan ichkaridagi odamga xitoy tili va 

iyerogliflarida qog‘ozga xat yozib savol kiriti-

shadi. Ichkaridagi asli xorijlik bo‘lgan odam 

esa o‘ziga berilgan savollarni avval lug‘atlar 

vositasida o‘z ona tiliga tarjima qiladi, keyin 

yana o‘sha lug‘at yordamida javob tuzib, tuy-

nukdan tashqariga – savol muallifiga yo‘llay-

di. Tashqaridagi xitoylik esa javobni o‘qib, 

undan qoniqish yoki qoniqmasligidan qat’i 

nazar, ichkaridagi odamning xitoy millatiga 

mansub emasligini bilmaydi. Olgan javobiga 

ko‘ra esa, u o‘ziga javob qaytargan shaxsni 

ham xitoy deb o‘ylashi ehtimoli juda katta. 

Chunki u o‘zi bergan tilda javob oldi!..

Syorl va Tyuring testlari orasidagi bahs 

uzoq davom etdi. Lekin Tyuring ko‘p o‘tmay 

o‘z joniga qasd qildi va bu boradagi bahslar 

biroz tinchib qoldi. Qanchalik qiziqarli 

bo‘lmasin, Tyuring va Syorl zamoni bo‘lgan 

50-60-yillarda ham sun’iy intellekt masalasi 

shunchaki keskin ilmiy munozaralar ko‘rini-

shidan nariga o‘tmagan. Olimlar sun’iy intel-

lektning haqiqiy “basharasi” bilan yaqin orada 

yuzma-yuz kelishlariga ishonishmas edi. Bi-

roq 1976-yilda ikki matematik olim – Kennet 

Appel (1932-2013) va Volfgang Xaken 

(1928-yilda tug‘ilgan) butun ilm-fan olamini 

hayratda qoldiruvchi bayonot bilan chiqish 

qilishdi. Ular “to‘rtta rang haqida”gi teorema-

ni kompyuter vositasida isbotlashganini 

ma’lum qilishgan edi. To‘rtta rang haqidagi 

teoremaning mohiyati shundaki, u istalgan 

turdagi xaritani faqat to‘rt xil ranglar bilan 

bo‘yash va bunda umumiy chegaraga ega 


Sog‘lom avlod uchun

 | 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling