Barkamol avlod – Vatanning baxti


Download 356.36 Kb.

bet5/5
Sana26.11.2017
Hajmi356.36 Kb.
1   2   3   4   5

Birinchi jilg‘alar

Men qushlar qanotidan yengil uchgan 

tovushlarni eshitdim. Itimga qaradim: 

“Ko‘rib, bilib kel­chi, chindan ham qushlar 

uchishdimikan?” 

Kenta xotirjamlik bilan qaradi­da, cho­

pib ketdi. Men esa suv oqishini kuzatish 

istagida orqaga qaytdim, qaytayotib, yo‘l­

yo‘lakay yana qushlar qanotidan ko‘chgan 

tovushlarni eshitdim, yana va yana...

Bu tovush borgan sari kuchaydi, tinma­

di. Nihoyat, tovushlarning to‘xtab­to‘xtab 

qolish sirini angladim. Qorlar ostidagi eng 

kichik jilg‘alar shunday kuylashadi. Bu 

menga shunday yoqib tushdiki, erinmay 

boshqa irmoqlarga quloq tutdim, hayrat­

landim. Ular bir­biriga o‘xshamas tovush­

larda ohang taratardi.



Birinchi gul

Sarin shabada eski, ammo chirimagan 

barglarni yengilgina silkib o‘tdi, deb o‘yla­

dim. Aslida birinchi kapalak uchib ketgan 

ekan. Ko‘zim oldi mavjlandi. Boychechak – 

birinchi gul qulf urib ochilayotganini 

ko‘rdim.

Suvlar qo‘shig‘ining boshlanishi

Men shahardan unchalik uzoqlab ket­

ganim yo‘q edi: hammasi eshitilib turibdi. 

Elektrovozlarning ovozi, turli­tuman taqir­

tuqurlar, ammo muhimi bu emas. Chunki 

o‘rmonning o‘ziga xos sukunati bor. Bu 

sukunat juda harakatchan, butun diqqat­

e’tiborimni o‘ziniki qilib olgan. Shahar 

shovqinini menga eshittirmaydi. 

Men ketib borardim. Yomg‘ir yongi­

namda bo‘lsa­da, uni sezmasdim. Men bi­

rinchi marta yomg‘irni yosh qayinning ol­

diga kelganimda ilg‘adim. U samoviy 

ranglar bilan birinchi bor uchrashayotgan­

dek qizarinib borar, rangsiz katta­katta 

tomchilar qayin butoqlarida osilib turar

bu butoqlarning kattaligi sambittollarniki­

day ko‘rinardi. 

Qora ko‘prikkacha yurib bordim. U yer­

da irmoqlar hali qalin qor uyumlari ostida 

jimirlayotganini ko‘rdim. Faqat qayerlar­

dadir suvga to‘lgan chuqurliklar ko‘zga 

tashlanib qolardi. Men bugun bahor suvla­

rining birinchi qo‘shiqlarini tingladim.



Sevinch yoshlari

Tunda Teribrovaga ketdik. Karqushlar 

makoniga tungi soat birlarda yetib bordik. 

O‘rmonda to‘xtamay yoqqan yomg‘ir osti­

da tongda sakkizgacha yo‘l bosdik. Biron­

bir qushning ovozi eshitilmadi. Qaytayot­

ganda tog‘terakda bo‘rtib turgan to‘liq 

kurtaklarni ko‘rdim. Ular avvalgi tunda 

ko‘rganim kabi izg‘irinda ham shunday 

xushbo‘y taratib turardiki!.. Yomg‘ir esa 

ertalabgacha yog‘di.

Kulrang tong turdi. O‘rmonni yuvgan 

sevinch yoshlarimi, qayg‘udanmi – bilol­

madik. Ammo devorlar ortidan qushlar 

ovozi eshitildi. Deraza ortidagi qayin da­

raxtlarida g‘am ko‘z yoshlari emas, sevinc h 

tovlanib turardi.

Oq yomg‘ir


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

28

Birinchi ku-kulash

Ochiq ko‘l. Uning yonida turib, ko‘ng­

limdan faqat bir o‘y o‘tadi – suv yoqalab, 

o‘rmonga kirish. O‘rmon ichidagi Usolye 

qishlog‘ida qayiq ustalari yashashadi. 

Ularning oldiga borishim kerak.

Ko‘lning o‘ng tomonida baland qa­

rag‘ayzor shovullaydi, chap tomonda 

yovvoyi botqoqli o‘rmon yoyilib ketgan. 

Atrofni katta­katta botqoqlik kengliklari 

qamrab olgan. Qarag‘ayzor. Quyosh nuri­

ning yuqlari o‘rnashib qolgan mayda me­

vali buta o‘simliklari bo‘ylab ketarkan­

man, ko‘zimga allaqanday soyalar chali­

nadi. Boshimni baland ko‘tarib qarasam, 

ular – u qarag‘aydan­bu qarag‘ayga ovoz 

chiqarmay uchayotgan kalxatlar ekan.

– Ertalabki sovuq havo kechga borib 

o‘tib ketdi, – dedi bizga o‘rmonchi.

– Ha, tong, – dedim, – anchagina salqin 

edi.

– Tongdanoq qushlar gumburlatib olam­



ni buzguday kuylaganini ko‘rsangiz edi!

Xuddi shu damda qichqiriq yangradi, 

Shunda biz yiqilib tushgan qayinning usti­

ga o‘tirib dam oldik. Qarshimdagi ulkan 

shumurt daraxtiga qaradim. Ku­kulashini 

zo‘rg‘a ilg‘ab oldik. Bu qushlar ovozi qa­

rag‘ayzor bo‘ylab, suzib ketdi. Sayroqi qi­

zilishtonlar, kichik­kichik qushlar ham 

sayrab, yayrab ketishdi. Butun qarag‘ay­

zorni qushlar ovozi tutdi. Ammo hech 

kimning ko‘zi tushmas baland­balandlarda 

shoxdan­shoxga uchib qo‘nayotgan vah­

shiy qushlar – kalxatlar qanotlarining so­

yalari butoqlarga, maysa yuzlariga kelib 

urilardi.

Odam soyasi

G‘ira­shira tong. Oy atrofni yorishtirib 

turibdi. Hali sharq tomon qorong‘u. Bari­

bir, quyosh nurlari ko‘tarilib ketgani sari 

oy ostida moviyrang yalangliklar yoyilib 

ketadi.


Ko‘l muzlik bilan qoplanganday, ammo 

g‘alati va asabiy ruhda tarqaldi tuman. 

Qishloq tomonlarda xo‘rozlar va oqqush­

larning qiyqiriqlari eshitiladi.

Men uquvsiz musiqachiman, ammo 

nazarimda, oqqushlar ovozi baland oq to­

vus, baland uchgan turnalar qiyqiriqlariga 

juda o‘xshardi. Ular tong yorishishi bilan 

botqoqliklarga ham nur chorlashayotgan­

dek. Oq tovusniki pastroq, g‘ozlarnikidek 

g‘uldir­g‘uldir, g‘ala­g‘ovur.

Ehtimol, bu – oy nuridan yoki tong yog‘­

dularidandir, moviy yalangliklarda, ba­

landda butun osmonni qoplab olgan quz­

g‘unlar va zag‘chalarni ko‘rdim. Quzg‘un­

lar oldindan mo‘ljalni olib borishar, zag‘­

chalar ularning izidan qolishmasdi. Nima 

uchun zag‘chalar quzg‘unlar izidan qol­

may uchishlarini qanday bilsa bo‘ladi? 

Men dunyodagi hamma narsa aslida ma’­

lum­u, faqat men bechora hech narsani 

bilmayman, deb o‘ylagan paytlarim ham 

bo‘lgan. Keyinroq anglashimcha, tirik ta­

biatning eng oddiy sirini olimlar ham bil­

masligi mumkin ekan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayrim qora qarg‘alar 

ham ko‘chmanchi ekan. Nima uchun 

zag‘chalarning ayrimlari quzg‘unlar bilan 

birga uchib ketisholmaydi? – deb o‘ylay­

man hamon… 

Tonggi shamol turdi va u mening ar­

chamni yiqitdi. U dalaning o‘rtasida bo‘lib, 

u orqali g‘ozlar suzib o‘tishi mumkin edi. 

Men archani yana tiklab qo‘ymoqchi 

bo‘ldim, ammo men ishimni tugatdim 

hamki, g‘ozlar ko‘rindi. Men archaning 

orqasiga o‘tdim­da, g‘ozlardan berkindim. 

Biroq ular archani bir necha marta ayla­

nishdiyu, unga shubha bilan qarashgan­

day yaqin kelishmadi. Uzoqqa uchib ke­

tishdi. Dubovets yaqiniga o‘rnashib olish­

di. Men ularga dala o‘rtasidagi tolning 

katta­katta butoqlari oralab yaqinlash­

moqchi bo‘ldim. O‘rim­yig‘imdan bo‘sha­

gan dalada oppoq ayoz hukmron, mening 

soyam shu yupqa muzliklarga tushib, 

mendan oldinga siljir, men esa buni ancha 

vaqtgacha sezmabman ham. Birdan men­

dan oldinda ketayotgan ulkan, qo‘rqinchli 

nimadir g‘ozlarga yaqinlashib borardi. Odam­

ning qo‘rqinchli soyasi oppoq muzlikda 

Oq yomg‘ir


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

29

titrab ketdi, g‘ozlarda sarosimalik boshlan­

di. Kutilmaganda ular – ikki yuzta ovoz – Ikki 

yuztadan kam emas! – hujumga otilganday 

men o‘tirgan butoqqa tashlanishdi. Men 

butoqning ichiga kirib olishga, o‘zimni 

yonimda turgan daraxt tanasi bilan yashi­

rishga zo‘rg‘a ulgurdim…



Ivan va Mariya

Kech kuz havosi ba’zan ertagi bahorga 

o‘xshab ketadi: bir tomon – oppoq qor, bir 

tomon – qoraygan tuproq. Faqat bahorda 

hammayoqdan tuproq hidi, kuzda esa qor 

hidi ufuradi. Bu o‘zgarishlarga biz birdan 

va shunday bo‘lishi kerakday ko‘nikamiz – 

qishda – qorga, bahorda – yer hidiga, 

yozda – tuproq taftiga, kuzda – yana qor 

hidiga. 


Quyosh har zamonda bir ko‘rinib, shun­

day zavqli onlarni in’om qilib ketadiki, 

tasavvur qilish qiyin! Shunda ko‘zlarimiz­

ga shamollardan omon qolgan tol barglari 

yoki shundoq oyog‘imiz ostida jilmayib 

turgan ko‘m­ko‘k gullar ko‘rinadi, dilimiz­

ni nurlantirib yuboradi. 

Ko‘m­ko‘k gulga qarab, hayratlanaman. 

Unda Ivanni ko‘raman. Yolg‘iz shu Ivangi­

na tirik qolibdi. Bu bizning ma’lum va 

mashhur gulimiz – Ivan va Mariya! 

To‘g‘risini aytsam, Ivan haqiqiy gul 

emas. U juda ko‘plab mayda­mayda jinga­

la bargchalardan iborat. Haqiqiy gul, bu – 

onalik va otalik gullari sarg‘ish tus olib, 

tovlanib turgan oltinrang – Mariya. Aynan 

Mariyadan tushgan kuzgi urug‘lar yana yil 

bo‘yi yerni qoplab olishadi. Mariyaning 

yumushi og‘irroq. Shuning uchun ham u 

Ivandan avvalroq yerga tushadi. 

Menga esa Ivanning ayozlarga dosh be­

rib, ko‘m­ko‘klashib ketgani yoqadi. Kech 

kuzning moviyrang gulini nigohlarim bilan 

kuzatar ekanman, ohista so‘rayman:

– Ivan, hoy, Ivan! Mariyang qayerda?

Rus tilidan Oygul SUYUNDIQOVA  

tarjimasi.

Oq yomg‘ir


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

30

Tog‘dan nega ko‘chki tushadi? 

Ko‘chki – bu, tog‘ qiyaliklaridan tusha­

digan juda katta hajmdagi qor to‘plamidir. 

Ko‘chki katta kuch va tezlik bilan sirg‘alib 

yo‘l­yo‘lakay qor uyumlarini yanada ko‘­

paytiradi va pastlikka otiladi.

Qor ko‘chkisiga kuchli bo‘ron, qalin qor 

yog‘ishi, havo haroratining keskin tushib 

ketishi sabab bo‘lishi mumkin. Bu narsa 

ko‘proq bahorda – qor erishida ro‘y bera­

di. Ba’zan qulayotgan qor to‘pining old 

qismida to‘lqin paydo bo‘ladi va katta ta­

lofat keltiradi.

Nima uchun suv toshqini  

paydo bo‘ladi? 

Odatda, uzoq davom etgan sel va  katta 

hajmdagi qor ko‘chkisi suv toshqiniga sa­

bab bo‘ladi. U asosan mavsumiy bo‘ladi. 

Masalan, Rossiyada bahor payti, kuzda 

esa Uzoq Sharqdan keladigan musson yom­

g‘iri tufayli yuzaga keladi. Ba’zan kuchli 

shamol dengizdan suvni quruqlikka hay­

dashi sababidan ham suv toshqini kelib 

chiqarishi mumkin.

Kishilarning tabiat bilan noto‘g‘ri mu­

nosabati ham bunga sabab bo‘ladi. Aytay­

lik, suv oqimini tabiiy ravishda boshqa­

ruvchi o‘rmonlarni haddan ziyod qirqish 

ham shunga olib keladi.

Eng katta suv toshqini 1931­yil Xuanxe 

daryosida yuzaga kelib, 3,5 mln kishining 

qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lgan.

Respublikamizning tog‘li hududlarida 

ham bahor, kuz paytlari ba’zan suv tosh­

qinlari bo‘lib turadi. Albatta, buning oldini 

olish uchun oldindan turli choralar ko‘ril­

sa­da, har bir kishi ehtiyot bo‘lishi kerak.

Zilzila qanday sodir bo‘ladi?

Tektonik jarayon bo‘lgan zilzila litosfera 

plitalarining to‘qnashuvidan paydo bo‘la­

di. Ular bir­biriga qarab siljiydi yoki ba’zan 

yer po‘stining yorilishi yuz beradi. Tog‘ 

jinslarining yorilgani tufayli yoki siljigan 

joylari zilzila o‘chog‘i sanaladi. Uning chu­

qurligi bir necha o‘n, ayrim hollarda yuz­

lab kilometrgacha yetadi. Zilzila o‘chog‘i 

ustida joylashgan yer qismi nisbatan kuch­

li silkinib, u epitsentr deb yuritiladi. Yer 

po‘s 


tining yorilishi ba’zan uning yuza 

qismigacha yetib boradi. Bunday hollarda 

ko‘priklar, yo‘llar, inshootlar vayronaga ay­

lanadi. Ko‘pincha zilziladan so‘ng, yerning 

ma’lum bir qismi cho‘kadi va suv bilan 

to‘ladi, daryolarning kesishgan joylarida 

sharsharalar paydo bo‘ladi.

Zilzila yerning hamma joyida bir xilda 

ro‘y bermaydi. U ko‘pincha tor qutblarda 

to‘planadi. Vulqon tufayli kelib chiqadigan 

Fan va zakovat


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

31

zilzilalar ham bo‘lib turadi. Ular vulqon 

chuqurligida qaynayotgan gaz va lava 

yerning yuza qismiga bosim o‘tkazishi tu­

fayli yuz beradi. Bunday zilzilalar kuchsiz 

bo‘lsa ham uzoq davom etadi. Ular bir 

necha hafta yoki oy davom etishi mumkin.

Zilzilada nega uylar silkinadi? 

Zilzila chog‘ida yer po‘sti chayqalib, 

turli yo‘nalishda to‘lqinsimon tarqaladi. 

Bu to‘lqinlar tarqalish chog‘ida yo‘lida 

uchragan to‘siqlarga uriladi. Shu sabab, 

zilzila payti uylar silkinadi, ba’zan vayron 

bo‘ladi. Yerning qimirlash kuchi ma’lum 

bir ball bilan o‘lchanadi. Bunda 12 balli 

tizim keng tarqalgan. 7 balldan yuqorisi 

vayronagarchilik keltiradi, deb belgilan­

gan. Zilzila o‘chog‘idan boshlangan silki­

nish kuchi undan uzoqlashgan sari susayib 

boradi, ular butun dunyodagi seysmik 

stansiyalar orqali qayd etiladi.

Qanday zilzila xavfli ? 

Odamlar butun yer yuzida bo‘ladigan 

zilzilalarning o‘ndan bir qismini sezishadi. 

Ularning kuchi odatda zilzila o‘chog‘ining 

chuqurligiga bog‘liq. Ya’ni u Yer yuzasiga 

qancha yaqin bo‘lsa, silkinish kuchi shun­

cha yuqori bo‘ladi. Masalan, 1963­yil 26­ 

iyulda Yugoslaviyaning Skoplye shahrida 

yuz bergan yer qimirlash o‘chog‘i uncha 

chuqur bo‘lmay, 1000 dan ortiq kishi qur­

bon bo‘ldi va 3/4 qism binolar vayronaga 

aylandi. Bundan tashqari zilzila oqibati 

tuproq tarkibiga ham bog‘liq. Nisbatan 

vayronagarchiliklar mo‘rt, quruq va bo‘sh 

tuproqlar mavjud joylarda yuz beradi. 

YIl FaSllarI Va IQlIm

Kun va tun qanday almashadi?

Kun va tun almashinuvi Yerning o‘z 

o‘qi atrofida 24 soat ichida soat strelkasiga 

qarama­qarshi  (G‘arbdan Sharqqa) ayla­

nishi tufayli ro‘y beradi. Har doim Yerning 

bir tomoni quyoshga qaragan (kun), ik­

kinchi tomoni soyada (tun)  bo‘ladi. Qu­

yosh Yerdan farqli ravishda harakatlan­

maydi, ammo bizga u doim Sharqdan 

G‘arbga qarab aylanayotgandek tuyuladi. 

Shu sababli u nazarimizda, Sharqdan 

chiqib, G‘arbga botadi.

Quyosh nega tunda ham  

nur sochadi?

Yo‘q, bu hodisa hamma joyda yuz ber­

maydi, ammo shunday hududlar bor. Yoz 

oylari qutb mintaqalarida quyosh gori­

zontga botmaydi va shu sabab bu vaqtda 

kun va tun almashmaydi. Qishda aksin­

cha, quyosh yetti­sakkiz hafta davomida 

chiqmaydi va sovuq qish kunduzi bir ne­

cha soatlik g‘ira­shira, o‘ta kuchsiz yorug‘­

lik bilan o‘tib ketadi.

Shu bois bunday g‘aroyib hodisani – ya­

rim tunda quyosh chiqishini ko‘rish uchun 

dunyodagi ko‘plab sayyohlar Shimoliy 

qutbga kelib, “Oq tun”ni ko‘rishadi.

Yil fasllari qanday almashadi?

Sayyoramizda yil fasllari Yerning qu­

yosh atrofida aylanishi, yer o‘qining egil­

gani va unga nisbatan o‘z yo‘nalishini 

saqlab qolgani uchun almashadi. Iyundan 

to sentabrgacha, ya’ni Shimoliy yarim shar 

quyosh tarafga qaragan paytda Yevropa

Osiyo va Shimoliy Amerikada yoz bo‘ladi. 

Dekabrda esa Janubiy yarim shar quyosh­

ga yaqin bo‘ladi. Yangi yil arafasida Avs­

traliyada yoz, Yevropada esa qish hukm 

suradi.


Mart va sentabrda quyosh nurlari ekva­

torga perpendikulyar holatda tushadi, ik­

kala yarim sharda esa tegishli ravishda 

bahor yoki kuz fasli namoyon bo‘ladi.

Yer qanday tezlikda aylanadi?

Ma’lumki, Yer shari aylanasi uzunligi 

40 ming kilometrga teng. Ekvator bo‘ylab 

hisoblansa, Yer o‘z o‘qi atrofida soatiga 

1600 km tezlikda aylanadi.

Rustam BOYTO‘RA tayyorladi.

Fan va zakovat


Sog‘lom avlod uchun

 | 


12

 | 


2013

32

O‘zbek xalqi azal­azaldan sut va sut 

mahsulotlarini sevib iste’mol qiladi. Boisi 

sut ming dardga shifodir. Bobomiz Abu 

Ali ibn Sino ham qand kasali bor bemor­

larga qaynab sovigan sigir sutini tongda 

ichishni tavsiya qilganlar. Chunki sut mah­

sulotlari qanchalik toza va tabiiy bo‘l sa, 

uning shifobaxshligi ham shunchalik yu­

qori bo‘ladi. Oksford universiteti olimlari­

ning fikricha, sut miya faoliyati va xotira 

mustahkamligi uchun juda foydali. Sababi, 

tabiiy sut tarkibida ko‘plab aminokislota­

lar hamda vitaminlar mavjud. Ular fanda 

“Xotira vitamini” deb ataluvchi B

12

 nomi bilan 



yuritiladi. Mutaxassislar xotira bilan bog‘­

liq muammolarning oldini olish uchun har 

kuni 3 stakan qaynatilgan sut ichishni za­

rur deb bilishadi. Laktoza yetishmovchiligi 

bilan og‘rigan bemorlarga sut ichish tavsi­

ya etilmaydi. 

Qizig‘i, avstraliyalik olimlar sut tarkibi­

da OITS xastaligidan himoya qiluvchi mod­

dalar borligini aniqlashdi. “Medical Xpress” 

nashrining yozishicha, maz kur moddalar­

dan foydalanib mutaxassislar xotin­qiz­

larda OITS kasalligining oldini oladigan 

maxsus malham yaratish niyatidalar. 

Sut mahsulotlari haqida so‘z ketganda, 

“Sahro kemalari” bo‘lmish tuya sutining 

shifobaxshligi bilan ajralib turishini e’tirof 

etish joiz. Tuyalar bundan ikki ming yil 

muqaddam xonakilashtirilgan. Ular asosan 

cho‘l va sahro, dasht, yaylovlarda yashash­

ga odatlangan, suvsizlikka o‘ta chidamli 

hayvon hisoblanadi. Tuyalarning nafaqat 

suti, balki go‘shti, terisi shifoli, juni esa 

foydalidir. Ota­bobolarimiz agar kimda­

kim har kuni nahorda och qoringa ovqat­

lanishdan 1–2 soat avval bir piyola tuya 

yoki ko‘k sigir sutini ichsa, ko‘p dardlardan 

forig‘ bo‘ladi, deydilar. Momolarimiz qa­

dimda ko‘kyo‘tal bilan og‘rigan bemorlarni 

ko‘k sigir suti bilan davolaganlar. Tuya 

suti ham foydaliligi jihatidan sigir sutidan 

farq qilmaydi. Tuya suti tarkibidagi yog‘ 

miqdori 3,5 yoki 4 foizni tashkil etadi. 

Tuyalar yiliga 2500–3000 litr sut berish 

xususiyatiga ega va ularning sut berish 

davri o‘rtacha 18–19 oy davom etadi. Qi­

zig‘i shundaki, sigir kunida ikki marta 

sog‘ilsa, sersut tuyalarni bir kunda 4–5 

marotaba sog‘ish ham mumkin. Keksalari­

miz qimiz va qimrondan kamqonlik, sil, 

nafas olish a’zolarini, yurak kasalliklarini 

davolash uchun foydalanganlar. Sutni 

sog‘lom insonlar iste’mol qilsalar, chan­

qog‘i bosilib, tanasi tetiklashadi hamda 

ochlikdan saqlaydi. Ovqat hazm qilishni 

yaxshilaydi. Mutaxassislar sut mahsulotla­

rini sho‘r narsalar, go‘sht, tuxum, turplar 

bilan iste’mol qilishni tavsiya etishmaydi. 

Asila ELBOBO qizi 



SUT – 

MING DARDGA 



DAVO

Foydali maslahatlar


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling