SURXONDARYO VILOYATI SARIOSIYO TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI
“CHET TILI ” YO’NALISHINING INGLIZ TILI
TO`GARAK RAXBARI
MAMADALIYEVA MATLUBANING
YILLIK
XISOBOTI
SARIOSIYO-2022
Sariosiyo tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi chet tili yo’nalishining ingliz tili to’garagini yillik
XISOBOTI
2021-2022 o‘quv yilining 15 sentyabr oyidan boshlab “Ingliz tili” to`garagiga 1 stavka ish bilan 44 nafar o`quvchilar bilan faoliyatimni boshladim. To‘garakda Mustaqillik kuniga bag‘ishlab “Mustaqillikdan oldin va keyin” mavzusida davra suxbati o‘tkazdik.
21 oktyabr kuni “O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan to`garak a`zolari “Ta`zim senga ona tilim” mavzusida tadbir o`tkazildi. Tadbirda o`quvchilar savol-javob va she`r qo`shiqlar bilan ishtirok etishdi.
Noyabr oyida darslarni yanada samarasini oshirish o`quvchilarni bilim ko`nikmasini va malakasini oshirish bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida 15 noyabr kuni to‘garak a’zolari o`rtasida “Do you English” musobaqasi o`tkazildi. Musobaqada o`quvchilar faol ishtirok etishdi. Musobaqa shartlari.
O`z oilasi haqida gapirish.
60 dona inglizcha so`z aytish.
Diktant
M usobaqada o`quvchilar faol ishtirok etib 1-2-3 o`rinlarni qo`lga kiritishdi. o`rin egallagan o`quvchilarga faxriy yorliq va estalik sovg`alari bilan taqdirlandi. 19 MTT da to`garak a`zolari o`rtasida xam ushbu musobaqada faol ishtirok etishdi.
17 dekabr kuni 23 maktabda tashkil etilgan Ingliz tili to`garak a`zolari bilan “ My Favourite hobby is” mavzusida ochiq mashg`ulot o`tkazildi. To`garak raxbari tomonidan pedagogik yangi texnologiyalardan “VENNA” diagrammasi Klaster usulida Ochiq mashg`ulot o`tkazildi. Mashg`ulotda to`garak a`zolari savol javob bilan faol ishtirok etishdi.
O‘tilgan mavzular bo‘yicha to‘garak a’zolarining bilim va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida “Monitoring” oraliq nazorat ishi olindi.
Yanvar oyidan boshlab 2-yarim yillik o’quv mashg’ulotlari boshlandi. To’garak a’zolari qishki ta’tilni mazmunli o’tkazish maqsadida “I like english” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa shartlari:
My hobby haqida gapirish.
2. 100 ta inglizcha so`z aytish
3. Matinni o’qib tarjima qilish
Musobaqada o`quvchilar faol ishtirok etib 1-2-3 o`rinlarni qo`lga kiritishdi. O`rin egallagan o`quvchilarga faxriy yorliq va estalik sovg`alari bilan taqdirlandi. 19 MTT da to`garak a`zolari o`rtasida xam ushbu musobaqada faol ishtirok etishdi.
14-yanvar “Vatan himoyachilar” kuniga bag’ishlab “Mardlar qo’riqlaydi vatani” shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. O’quvchi yoshlar o’z qo’shiq, she’rlari bilan tomoshabinlar olishlariga sazovor bo’ldilar.
Fevral oyida ham to`garak a`zolari mashg’ulotlarga faol qatnashishdi. O’quvchilarni chet tiliga bo’lgan qiziqishlarini yanada yuksaltirish maqsasida: Buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zaxriddin Muhammad Bobur ijodlarining ro’boyi va g’azallarining inglizcha tarjimasini yod olishib o’z bilimlarini kengaytirdi.
Mart oyida to’garak a’zolari o’rtasida “Mening ijodim” ko’rik tanlovi o’tkazildi. Tanlovda barcha o’quvchi yoshlar qamrab olindi.
Tanlovda Boboqulova Zarina “Mitti yulduzlar” telegram kanalida “Mening ijodim” Respublika onlayn bolalar tanlovida faxirli 1-o’rini egallab oliy darajadagi diplom va estalik sovg’asi bilan taqdirlandi.
To`garak rahbari: Mamadaliyeva M
Do'stlaringiz bilan baham: |