Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti hamda rivojlanishi


Download 0.55 Mb.
bet1/7
Sana22.01.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1109413
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Barkamol avlod o\'yinlarida futbolning taraqqiyoti


Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti
Mundarija:
Kirish……………………………………………...……………………………….3
Asosiy qism
I Bob Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti hamda rivojlanishi
1.1 Barkamol avlod tarbiyasi — milliy yuksalish garovi………..……………….10
1.2 Barkamol avlod o'yinlari rivojlanishi o’yinning o’tkazilish tartibi…………..15
II Bob Futbol musobaqalari va ularni o‘tkazish haqidagi “Nizom”.
2.1. Barkamol avlod o'yinlarida futbolning taraqqiyoti musobaqalarni rejalashtirish va ularning turlari…………………………………………………………………28
2.2 Futbol musobaqalardagi o‘yin tizimlari. Musobaqa o‘yinlarida o‘rinlarni aniqlash……………………………………………………………………………32
Xulosa……………………………………………………………………………33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………34
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Barkamol avlod sport oʻyinlari — Oʻzbekistonning kasbhunar kollejlari va akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalari. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarori (2001-yil 19-yanvar) asosida tashkil etilgan hamda "O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida"gi (2003-yil 3-iyun) qaroriga binoan respublika final bosqichlari 3 yilda bir marta oʻtkazilishi belgilangan. Maqsadi — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimidagi oʻquv muassasalaridagi oʻquvchi yoshlarni jismonan yetuk, axloqan bar-kamol va vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli sportchi yoshlarni nufuzli musobaqalarga tayyorlash, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommaviylashtirish. "Barkamol avlod sport oʻyinlari " s.oʻ.da badiiy gimnastika, bas-ketbol, boks, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish, tennis, futbol kabi olimpiada oʻyinlari dasturiga kirgan va shaxmat, bel-bogʻli kurash, kurash singari ommalashgan sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi. Saralash musobaqalari oʻquv yurti, tuman, shahar va viloyatlarda, respublika final bosqichi bitta hududda tantanali ravishda tashkil etiladi. Respublika final bosqichlari ilk bor Jizzax (2001), soʻngra Andijon (2003) va uchinchisi Toshkent (2005) viloyatlarida boʻlib oʻtdi. Uchinchi "Barkamol avlod sport oʻyinlari " s.oʻ. saralash musobaqalarida 645 mingdan ziyod, uning final bosqichida 2170 nafar oʻquvchi qatnashdi (2005). Mustaqillikka erishilgandan so’ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oshirildi hamda bu ishlar hozirgi davrda yangi bosqich va keng ko’lamda yanada izchil davom ettirilmoqda. U hoh davlat boshqaruv tuzilmasi bo’lsin, hoh sog’liqni saqlash, sport, ta’lim — qo’yingki, barcha jabhalarda ijobiy natijasini bermoqda. Ta’kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyg’oq bo’lib yashashimiz, eng katta boyligimiz bo’lmish yurtimizdagi millatlararo ahillik, o’zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko’z qorachig’idek asrash va mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan ishlarimizning ma’no-mazmunini tushunib etishimiz lozim. O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling