"barkamol avlod" respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi "zargarlik" to


Download 0.97 Mb.
Pdf просмотр
bet1/4
Sana10.01.2019
Hajmi0.97 Mb.
  1   2   3   4

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 



 

“BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR  

BADIIY IJODIYOT MARKAZI 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“ZARGARLIK” TO‘GARAGI 

O‘QUV QO‘LLANMASI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT-2016 



 

 

Muallif: 

 

A.G‘aniev  -  “Barkamol  avlod”    respublika  bolalar 



badiiy ijodiyot markazi to‘garak rahbari 

 

E.Sattorov  -  “Barkamol  avlod”  respublika  bolalar 



badiiy  ijodiyot  markazi  o‘quvchilarni  ijodiy  kamol 

toptirish guruhi uslubchi. 

 

Taqrizchilar: 



N.Shomansurova  -  “Barkamol  avlod”    respublika 

bolalar badiiy ijodiyot markazi direktor o‘rinbosari 

  

 

Sh.Mahkamov - A.Nabiev nomli kasb-hunar kolleji 



“Zargarlik” bo‘limi o‘qituvchisi. 

 

 



A.Shoboboev  -  “Barkamol  avlod”  respublika 

bolalar badiiy ijodiyot markazi  to‘garak rahbari. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ushbu  qo‘llanma  Xalq  ta’limi  vazirligining  2016  yil  1  avgustdagi  

194-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Zargarlik” to‘garagi o‘quv dasturiga muvofiq 

ishlab chiqildi. 

 

Ushbu  qo‘llanma  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazlari,  umumiy  o‘rta  ta’lim 



maktablari,  mehribonlik  uylari  va  mahallalar  qoshida  tashkil  etilgan  “Zargarlik” 

to‘garak rahbarlari uchun tavsiya qilinadi. 

 

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy  ijodiyot  markazi  huzuridagi  Uslubiy 



kengashining  2016  yil  10  oktyabrdagi  Navbatdan  tashqari  yig‘ilish  qarori  bilan 

foydalanishga tavsiya etilgan. 



 

 



“ZARGARLIK” TO‘GARAGI O‘QUV QO‘LLANMASI 

(birinchi o‘quv yili uchun) 



 

1. Kirish 

 

Zargarlik  san’ati  juda  qadimiy  tarixga  ega.  Unga  insoniyat  erda  yashashni 



boshlagan  davrdayoq  asos  solingan.  IV-V  asrlarda  ishlangan  zargarlik  buyumlari 

tosh,  shisha,  pastalardan  qilingan.  Masalan:  Xorazmda  shishadan  qilingan  sher  va 

qurbaqa shaklidagi munchoqlar topilgan. XIX asr va XX asr boshlarida O‘rta Osiyo 

xonliklari  o‘rtasida  zargarlik  tez  sur’at  bilan  rivojlanadi.  Ko‘pgina  shaharlarda 

masalan, Xiva, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand, Qarshi, Shahrisabz, Toshkent, Andijon, 

Urganch,  Nurota,  Kitob,  Chust,  Asaka,  G‘ijduvon  va  Marg‘ilon  va  boshqa  joylarda 

usta zargarlar bo‘lib, ular maxsus mahalla-mahalla bo‘lib yashaganlar. 

Zargar  ustalarimiz  bugungi  kunda  ham  o‘z  san’atlarini  rivojlantirib, 

zargarlikning eng yaxshi qadimiy an’analari va boy tajribalaridan samarali foydalanib 

kelmoqdalar. 

 

2.  Zargarlik ishlarini rejalashtirish va ish qurollaridan to‘g‘ri foydalanish. 

Zargarlikda rejalash jarayoni. Barcha ishlarning boshi reja asosida tuzilganidek, 

zargarlik hunarida ham rejalash ishi bo‘lib, u o‘ziga xos tarzda bajariladi. 

Zargarlik 

hunarida 

rejalash 

jarayoni 

maxsus 


rejalash 

asbob-uskuna 

moslamalarda  uch  xil  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Buyum  yoki  eskizning  bo‘lishi, 

ya’ni  tayyorlanishga  asos  bo‘ladigan  buyumning  namunasi  yoki  chizilgan  suratdagi 

eskizi  bo‘lishi  shart.  Buyum  yoki  eskizni  o‘lchamlarini  belgilash,  ya’ni 

tayyorlanadigan  buyumni  qanday  o‘lchamda  bo‘lishi  va  ishlatiladigan  xomakilarni 

o‘lchamlarini  belgilash.  Belgilangan  o‘lchamlarni  metallarga  ko‘chirish,  ya’ni 

eskizda  belgilangan  o‘lcham  chizmalarni  tayyorlanadigan  buyum  uchun  tanlangan 

xomakilarga  ko‘chirib,  o‘lchamlarini  belgilab,  ajratish  kerak  bo‘ladi.  Demak, 

zargarlik hunarida rejalash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshirilar ekan: 

1. Buyum yoki eskizni bo‘lishi. 

2. Buyum yoki eskizni o‘lchamlarini belgilash. 

3. Belgilangan o‘lchamlarni metallarga ko‘chirish. 

 

Bunday  asbob-uskunalar  bilan  foydalanilganda  ularni  talabga  javob  berishini 



tekshirib,  rejalashni  shoshilmasdan  amalga  oshirish  lozim.  Agarda  rejalash  jarayoni 

puxta bo‘lsa, tayyorlanadigan buyumning sifat darajasi yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. 

Demak, bor etiborni rejalash jarayoniga qaratish shart bo‘ladi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

1



 

Rejalashda ishlatiladigan asbob-uskunalar 

 

               

  

1. Chizg‘ich. 



2. Shtangel sirkul 

3. 90


O

 burchakli metall chizg‘ich. 

4. Qalam va o‘chirg‘ich. 

5. Metall qalamcha. 

6. Mikrometr. 

7. Sirkul. 

8. Ichki  va  tashqi  oraliqlarni 

o‘lchovchi moslama kiradi. 

 

      


 

 

 



 

 

 

3. Zargarlik hunariga oid 10 xil chizmalarni chizish.

 

 

Zargarlik  san’atiga  zarur  bo‘lgan  10  xil  turdagi  chizmalar.  Oddiy  doira,  oval, 

olma  shaklidagi  chizmalar.  Chizmalarni  to‘g‘ri  rejalashtirib  chizish.  Chegara  va  uni 

charxlash. 

Zargarlikni  o‘rganishdan  oldin  o‘quvchilar  ko‘zini  o‘rgatish,  qo‘lini  ishga 

moslash  uchun,  10  xil  turdagi  chizmalar  o‘rgatiladi.  Bu  chizmalar  ko‘rinishidan 

murakkab  ko‘rinsada  oddiy  doira,  aval,  olma  shaklidagi  chizmalarni  chizib,  so‘ngra  

metallarga o‘tiladi. 



 

4.  5.  6.  Metallarga  ishlov  berish,  metallarni  egovlash  hamda  metallarni 

lobzik yordamida arralash.  

 

Metallar  bilan ishlash.  Zargarlik buyumlarini 

tayyorlashda 

ishlatiladigan 

metallarning 

xususiyatlarini va tarkiblarini bilish, ulardan qanday 

foydalanish  kerakligini  osonlashtiradi.  Metallarni 

tarkibi va xususiyatlariga qarab ularga ishlov berish 

uchun  tayyorlab  olishni  metallar  bilan  ishlash 

deyiladi.  Metallar  bilan  ishlashda  bilish  kerak 

bo‘lgan  qoidalardan  asosiylari,  metallarga  termik 

ishlov berishdir. 

Termik  ishlov  berish.  Metallarni  qizdirib 

yumshatish  bo‘lib  ularni  mufel  pechlarda  qizdirish 



 

yaxshi  natijalarni  beradi.  Chunki  issiqlik  har  tomonlama  ta’sir  etish  bilan  birga, 



haroratni to‘liq boshqaradi. 

Oksidlanishdan  saqlash.  Agarda  qotishmani  qizdirish  vaqtida  uning  yuza 

qismida  oksidlanish  ro‘y  beradigan  bo‘lsa,  undan  saqlanish  yo‘llaridan  biri  katta 

bo‘lmagan xomakilarni qizdirish mufelli pechlarda xomaki metallarni bura eritmasini 

suvga  qoplab  yoki  bura  pudrasi  bilan  koplanib  qizdirish  jarayoni  olib  boriladi. 

Buning  uchun  xomaki  metallar  flyuslanib,  bor  kislotasi  bilan  upalanadi  va  mufelli 

pechga  joylanadi.  Bunda  qotishma  faqatgina  oksidlanishdan  saqlanmay  hatto  o‘z 

jilosini ham yo‘qotmaydi. 

Toblash. Toblashning bo‘shatishdan farqi shundaki, bu erda qizdirilgan xomaki 

juda  tez  sovutiladi.  Eng  oddiy  sovitish  muhiti  sifatida  suvdan  foydalaniladi.  Lekin 

metall  keskin  sovutilishi  natijasida  har  xil  yoriqlar  kelib  chiqishiga  olib  keladi. 

Xomaki metallarni spirtda sovutish suvga nisbatan sovitish jarayonini ancha yumshoq 

o‘tishini  ta’minlaydi.  Chunki  spirt  yuza  qatlamida  muhofazalovchi  parda  hosil  etib, 

keskin sovib, yoriqlar paydo bo‘lishidan hamda haroratiy kuchlanishdan saqlaydi va 

Metall  yuzasini  tozlaydi.  Hajmi  katta  bo‘lgan  xomaki  metallarni  spirtda  toblash 

yaramaydi,  chunki  yuqori  hapopat  natijasida  spirt  bug‘lari  alangalanishi  mumkin. 

Toblash  uchun  kislotalarni  qo‘llash  mutlaqo  yaramaydi,  chunki  kislotalar  xomaki 

metallarning  ichlariga  singib  ularni  emiradi.  Ko‘rib  chiqilgan  qoida  va  maslahatlar 

termik  ishlov  berish  jarayoni  bo‘lib,  bunda  zargar  usta  zargarlik  buyumlarini 

tayyorlashdan  oldingi  qilinadigan  ishlaridan  deb,  bilishi  shart  bo‘ladi.  Demak, 

xomaki  metallarga  termik  ishlov  berish  bilan  ularga  bezakli  ishlov  berish  uchun 

tayyorlab olinadi. 

Endi esa zargarlik buyumlarini tayyorlashda metallarga ishlov berish qoidalarini 

o‘rganib chiqamiz. Metallarga ishlov berish, quyidagi asbob-uskunalardan tartib bilan 

foydalanishga aytiladi: 

1.  Qirqish.  

2.  Egovlash.  

3.  Parmalash.  

4.  Lobzik yordamida arralash.  

Asbob-uskunalardan  foydalanib,  metallardan  zargarlik  bezaklarini  tayyorlashni 

tushunamiz. Metallarga termik ishlov berilganidan so‘ng, ulardan juvalar yordamida 

yoki fillerlash asnosida metall plastinkalar va metall simlarning xomaki mahsulotlari 

tayyorlab olinadi.

 

Xomaki  metallarni  tekislab,  yuza  qismiga  kerakli  elementlarni  rejalab 

tushiriladi. Xomaki metall plastinka va simlar ustiga chizilib tushiriladigan chiziqlar 

yaqqol  ko‘rinib  turishi  kerak.  Metall  qirqadigan  qaychilar  yordamida  belgilangan 

chiziqlarni saqlab qolgan holda qirqiladi. Qaychining qirqilgan qismini doim egovlar 

yordamida  chiziqlarni  saqlagan  holda  egovlanadi.  Xomaki  metall  plastinkalar  yuza 

qismiga  ishlov  berishda  oldindan  rejalab  olingan  chiziqlarni  yonidan  parmalovchi 

moslamalar  yordamida  parmalanadi.  Parmalab  ochilgan  teshiklarga  lobzik  arralarni 

o‘tkazib  chiziqlarni  saqlagan  holda  arralanadi.  Demak,  metallarni  vals  jo‘valash  va 

fillerlash  yordamida xomakilar  tayyorlab olingandan  so‘ng  ularga  qirqish,  egovlash, 

parmalash  va  lobzik  yordamida  arralash  orqali  ishlov  beriladi.

 

Metallarga  sanab 



 

o‘tilgan  asbob-uskunalar  yordamida  ishlov  berishda  imkon  qadar  belgilangan  va 



rejalash yordamida chizilgan chiziklarni saqlab qolish asosiy qoidalardan biri bo‘lishi 

kerak.  Zargarlik  buyumlarini  tayyorlashda  metallarga  ishlov  berish  tayyorlanadigan 

bezak  qismiga  qarab  qo‘shimcha  asbob-uskunalardan  foydalanish  mumkin.

 

Shunda 



ham  belgilangan  chiziqlarni  saqlab  qolish  metallarga  ishlov  berishning  asosiy 

qoidalaridan biri bo‘lib qolaveradi. 

 

 

 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Metallarga ishlov berish 

 

Metallarni  qizdirish,  ularning  erish  temperaturalarini  bilish,  qirqish,  egovlash, 

parmalash,  lobzik  yordamida  arralash,  metallga    termik  ishlov  berish  ishlarini 

ehtiyotkorlik  bilan  amalga  oshiriladi.  O‘quvchilarda  quyidagi  ko‘nikmalar  hosil 

qilinadi: 

-egov asbobidan metallarni egovlashda to‘g‘ri foydalanish; 

-metallarni lobzik yordamida arralash; 

-metallarni  lobzik  yordamida  arralayotganda  asosiy  chegara,  ya’ni  arralash 

chizig‘idan o‘tmasdan ishlov berish;  


 

-valsdan  kvadrat  sim  chiqarish,  uning  uchini  egovlab,  termik  ishlov  berish, 



fillerdan  0,8  mm  li  sim  chiqarib  tortish  va  uni  qizdirib  regelga  o‘rash,  bitta  sim 

qoldirib qaychida kesish va pinsetda to‘qish; 

-metallarni eritib quyish; 

-kvadrat metall olib qizdirish; 

-valsdan chiqarish va unga termik ishlov berish; 

-metallarga  reja  asosida  ishlov  berish,  chiqarilgan  simlarni  qizdirib  egovlab 

fillerdan tortish; 

 

7. Metallarni to‘qish va to‘g‘rilash. 

   


Zargarlik  buyumlarini  tayyorlashda  bukish  va  tekislash  jarayoni  o‘ta  muhim 

ahamiyatga ega bo‘lib boshqa tayyorllash jariyonlari uchun xomaki metallarni ishga 

yaroqliligini  ta’minlab  beradi.  Bukish  tekislash  jarayoni  aniq  reja  asosida  amalga 

oshirilib butun ishning tugallanish vaqtinacha tekshiruvda bo‘ladi. Bu bilan zargarlik 

buyumlarini  tayyorlanish  sifati  talabga  javob  berishi  ta’minlanadi.  Bukish  va 

tekislash  jarayoni  uchun  kerak  bo‘lgan  asbob-uskunalardan  ham  mohirona 

foydalanish  ustadan  alohida  bilimni  talab  etadi.  Chunki  har  xil  shaklda  bukilishi 

kerak  bo‘lgan  metallar  uchun  kerakli  asbob-uskunani  tanlay  bilishi  va  tekislashda 

asbob-uskunalardan  to‘g‘ri  foydalana  bilishi  zarurdir.  Har  bir  jarayon  albatta 

ko‘pdan-ko‘p va takroriy mashqlar bilan ustani malakasini oshirishini unutmang. 

To‘qish  jarayoni.  Metall  qizdirilib  yumshatiladi.  Rejaga  asosan  bukib  kerakli 

shakllar  vujudga  keltiriladi.  Bu  jarayon  qo‘l  mehnatida  oddiy  murakkab  bo‘lmagan 

asbob-uskunalar hamda katta murakkab shtampli moslamalar bilan amalga oshiriladi. 

Bukish  jarayonida  ma’lum  shakldagi  maxsus  toblangan  metall  sandoncha  va  turli 

shakldagi tekstolitli bolg‘achalardan foydalaniladi. Metall plastinkani qalinligiga ham 

ahamiyat berilib, bukishda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar ham o‘rganiladi. Bunday 

qiyinchiliklarda  (chernovoy)  metallar  yordamida  bir  necha  mashqlarni  amalga 

oshirib,  ko‘llar  o‘rgatib  olinadi.  Qo‘l  mehnatida  metallarni  zarb  bilan  urib 

bukilayotganda  metallar  yuzasiga  shikast  etkizmaslik  uchun  ehtiyot  choralari 

ko‘rilishi shart bo‘ladi. 

Tekislash 

jarayoni. 

Metall 

qizdirilib 



yumshatiladi. 

Rejalash 

uchun  metall  yuzasini  sekin  asta  urib 

tekislanadi. Tekislash jarayoni notekis, 

egri  va  qovariq  metall  plastinka  yoki 

metall  simlarni  tekislashni  o‘z  ichiga 

oladi.  Metall  simlarni  tekislash  uchun 

ularni qizdirib ikki uchlaridan ombirlar 

yordamida  tekis  tortib  yoki  fillerdan 

tortib  o‘tkazish  yo‘li  bilan  tekislasa 

bo‘ladi.  Metall  plastinkalarni  tekis, 

silliq 


sandonchalar 

yordamida 

tekstoletli  bolg‘alarda  sekin  asta  urib 

yoki  valsli  jo‘valardan  chiqarish  bilan 



 

tekislanadi. Albatda metall sandonchalar yuzasi juda silliq tekis bo‘lishi shart. Chunki 



sandoncha ustiga metall plastinkalar joylashtirib, urilganda metall yuzalariga shikast 

etmasligi  kerak.  Sandoncha  qirralariga  tegib  turgan  metall  plastinka  yuzalariga  ham 

urmaslik  kerak.  Undan  tashqari  sandonchlar  mustahkam  qotirilgan  holda  bo‘lishi 

kerak.  Bukish  va  tekislash  jarayonlarida  texnika  xavfsizlik  qoidalariga  amal  qilish 

juda muhim va zarur. 

 

8. Metallarni eritish va quyish. 

Zargarlik  buyumlarini  ishlab  chiqarishda  metallarni  eritib  qotishmalar 

tayyorlash  va  metallarni  eritib  qoliplarga  quyib  xomaki  lombilar  hosil  qilinishda 

eritish va va quyish jarayonidan keng foydalaniladi. Yakka tartbda eritish va quyish 

uchun maxsus asbob-uskunalaridan.  

 

 1. Kavsharlash moslamasi.  



         2. Tigel chashka.  

         3. Ingust qolip.  

         4. O‘tta chidamli g‘isht.  

  5. Bura tuzlari bilan amalga  oshiriladi. 

 

          Metall qotishma 5 dan 50 grammgacha olinib 



tigel  chashkaga  joylashtirilib solinadi.  Kavsharlash 

moslamasida  metallga  issiqlik  harorati  bilan  ta’sir 

o‘tkazilib oson va har xil chiqindilardan saqlangan 

holda  erishi  uchun  metall  ustiga  bura  tuzidan 

me’yorda  sepiladi.  Eritish  jarayonida  tigel  chashka 

maxsus  moslamada  yoki  qisqichlar  bilan  tutib  sekin  asta  chayqatib  turiladi.  O‘tga 

chidamli  g‘isht  ustiga  kerakli  xomaki  qolip  uchun  tanlangan  ingust  qolipni 

joylashtirilib  metall  qotmshma  quyiladigan  ariq  qismiga  me’yorida  texnik  moydan 

surtiladi. 

Eritib  suyuq  holiga  keltirilgan  metall  qotishmani  ingust  qolipning  arikchasiga 

quyilib  xomaki  lombilar  olinadi.  Zargarlik  buyumlarini  yangi  ijodiy  namunalarini 

tayyorlash na ularni ko‘plab (seriyalab) ishlab chiqarishda eritish va quyishning yana 

bir yo‘nalishidan ham keng foydalaniladi. Bunday uslubdagi eritish va quyish uchun 

quyidagi maxsus asbob-uskunalar hamda xom-ashyolar bilan amalga oshiriladi: 

 

1. Vosk yoki vaksli forma qoliplar. 



2. Qopqoqli idishda suv (disterli). 

3. Maxsus gips. 

4. Pinset. 

5. Qorishma uchun qoshiq. 

6. Qorishma uchun sirli idish (piyola). 

7. Apokalar. 

8. Gazeta qog‘ozi. 


 

Piyola ichiga kerakli miqdorda gipsdan solinib ustidan oz-ozdan suv quyiladi va 



qoshiq  bilan  aralashtirib  piyola  devorlariga  gipsda  hosil  bo‘lgan  quyqindilarni 

ishqalab  qorishma  tayyorlab  olinadi.  Gipsli  qorishma  o‘ta  suyuq  va  uta  quyuq 

bo‘lmasligi kerak. 

Gazeta  qog‘ozining  ustiga  tekis  quyilgan  apokaning  ichiga  gipsli  qorishma 

quyiladi  va  voskli  formani  markazidan  solib  joylashtiriladi.  Voskli  formani  naycha 

qismi  (litnik)  joylashish  oralig‘i  1  smdan  1,5  smgacha  va  tagining  forma  bilan 

bo‘lgan  oralig‘i  0,5  smdan  1  smgacha  bo‘lishi  shart.  Formovkalash  jarayonida 

ehtiyotkorlik  hamda  ish  vaqtidan  unimli  foydalanishni  talab  qiladi.  Apokalarni 

kuyosh  yoki quritish moslamalarida quritilib  quyish  uchun  maxsus  ariqcha ochiladi. 

Mufel  pechlarida  qizdirilib  sovutmasdan  apokani  quyish  aravachasiga  joylashtirilib 

ariqchasiga  metall  qotishma  solinadi  va  eritiladi.  Quyish  aravachasini  soat 

yo‘nalishiga  qarab  bir  tekisda  aylantiriladi.  Apokani  suvda  sovitib  ichidan  quyilgan 

formani tozalab olinadi.

 

 



 

9. Oraliq nazorat ishi. 

 

O‘tilgan  mavzular  bo‘yicha  to‘garak  a’zolarining  bilim  va  ko‘nikmalari 

aniqlanadi.  

 

To‘garak  a’zolarining  zargarlik  san’ati  bo‘yicha  bilimlarini  aniqlash  uchun 

quyidagi savollar biletlarini tavsiya etamiz: 

 

1-savol: Zargarlik san’ati tarixi haqida nimalarni bilasiz? 



2-savol: O‘zbekiston hududida qanday zargarlik maktablari bo‘lgan? 

3-savol: Zargarlikda ishlatiladigan metallar qanlay turlarga bo‘linadi? 

4-savol: Zargarlikda qanday metall turlaridan keng foydalaniladi? 

5-savol:  Zargarlik  buyumlarini  yasash  uchun  metall  eritish  texnologiyasini  og‘zaki 

tushuntirib bering. 

6-savol: Zargarlikda qanday bo‘yoqlar ishlatiladi? 

7-savol: Zargarlikda qanday naqsh namunalaridan foydalaniladi? 

8-savol: metallar maxsus pechda qanday harorat ostida eritiladi? 

 

To‘garak  a’zolarining  zargarlik  san’ati  bo‘yicha  ko‘nikmalarini  aniqlash 

uchun quyidagi amaliy topshiriq biletlarini tavsiya etamiz: 

 

1-  topshiriq: Metallarni eritish va quyish.ko‘rsating. 



2- topshiriq: Metallarni quyish.ko‘rsating. 

3- topshiriq:  Zargarlikga oid 10 xil chizmalarni chizish. 

4- topshiriq:  Zargarlikda ishlatiladigan metallarni lobzik yordamida arralashtiring.  

5- topshiriq:  Metallarni to‘qishni ko‘rsating. 



 

To‘garak rahbarlariga eslatma

 

Amaliy  topshiriq  berilishidan  oldin  zargarlik  buyumlarini  yasash  hamda 

vaqtdan  unumli  foydalanish  uchun  maxsus  metall  tayyorlab  qo‘yilishi  va  ish  stoli 

ham soz holatda bo‘lishi lozim. 

Ushbu savollar va topshiriqlarning bittasidan  guruhdagi bir necha bolalarning 

bilim va ko‘nikmalarini aniqlashda foydalanish mumkin.   

10 

 

10.  Kavsharlash ishlari. 



 

Zargarlik  buyumlarini  tayyorlashda  metallarni  bir-birlariga  biriktirib,  qotirish 

jarayonini  kavsharlash  deb  ataladi.  Xomaki  metallarni  tarkibidan  engil  eriydigan 

qotishmalar  tayyorlanib,  shu  metallarni  bir-birlariga  kavsharlash  uchun  ishlatiladi. 

Bunga  ko‘ra  kavsharlar  tayyorlanadigan  metallarga  qarab  tanlanadi.  Masalan,  oltii 

qotishmali  metallarga,  oltii  qotishmasidan  tayyorlangan  kavsharlar  foydalaniladi. 

Kavsharlash  jarayonida,  metallarning  yaxshi  ulanishi  va  kavsharlanayotgan 

yuzalarini  oksidlardan  tozaligini  ta’minlash  maqsadida  flyus  deb  nomlanuvchi 

kimyoviy birikmalardan foydalaniladi. Bir-biriga kavsharlanadigan metall yuzalarini 

zich holda tegib turishi shart qilinib, oraliqda hech qanday bo‘shliq qolmasligi kerak. 

Kavsharlanadigan  metallarga  bir  xilda  issiq  harorat  bilan  ta’sir  o‘tkazilib, 

birikkan  markazga  kavsharni  eritib  tarqatiladi.  Albatta  kavsharlash  jarayonida 

ustadan  mohirlik  va  sabrli  bo‘lish  talab  etiladi.  Issiqlik  haroratini  metallarga  ta’sir 

o‘tkazishida alangani nazorat qilish kerak. Kavsharlash jarayoni maxsus kavsharlash 

moslamalaridan  foydalaniladi.  Kavsharlash  moslamasi  benzin  yoki  gaz  bug‘larini 

kuchli  bosimda  haydab,  alangani  siqib  boshqaradigan  gorelka  pistoletlarga  uzatadi. 

Kavsharlash jarayonida o‘tga chidamli bo‘lgan tagliklardan ham keng foydalaniladi. 

YUqorida  biz  ko‘rib  chiqqan  kavsharlash  jarayonidan  bilishimiz  va  amal  qilishimiz 

kerak bo‘lgan qoidalarni sanab o‘tamiz: 

1. Kavsharlanadigan xomaki metallarning oksidlanishdan toza bo‘lishi.  

2. Kavsharlanadigan metallar yuzalari bir-biriga zich holda biriktirilishi.  

3. Flyuslardan to‘g‘ri foydalanish.  

4. Kavsharlarni to‘g‘ri tanlash.  

5. Kavsharlanadigan metallarga issiqlik haroratini ta’sirini to‘g‘ri boshqarish.  

Sanab  o‘tilgan  qoidalarni  birontasiga  amal  qilinmasa  kavsharlash  jarayoni 

amalga  oshmay  qoladi.  Kavsharlash  jarayonida  ustaning  mohirligini  oshiradigan 

uslublardan,  ajur  simlar  orqali  tayyorlanadigan  filigran  buyumlar  bilan  ishlash 

jarayonlaridir. 

Kavsharlar  tayyorlash.  Kavsharlarni  tayyorlash  uchun  uni  qaysi  metall  va 

qanday  erish  haroratda  bo‘lish  kerakligini  aniqlab,  belgilab  olinadi.  Hatto 

kavsharlarning ham erib tarqagan holatidagi ranglari metallning rangi bilan bir xilda 

bo‘lishi  kerak.  Quyidagi  kavsharlarni  tayyorlashda  ko‘rsatilgan  jadvallardan 

foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda  Siz  750  hamda  585  probali  oltin 

kavsharlari va qotishmalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lasiz. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

11 

 

750 probali oltin kavsharlar 



 

750 probali oltin qotishmalar 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling