Barkamol avlod tarbiyasida o'qituvchining tarbiyaviy maqsadlari reja


Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi


Download 36.79 Kb.
bet4/7
Sana26.09.2023
Hajmi36.79 Kb.
#1688277
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA O\'QITUVCHINING TARBIYAVIY MAQSADLARI

Bolalarning yosh davrlari xususiyatlari tavsifi
Bolalarni to’g’ri tarbiyalash, samarali o’qitish uchun bola rivojlanishiga doir o’zgarishlarni, yosh davrlariga xos xususiyatlarni bilish va hisobga olish lozim. Chunki ularning o’sishi, rivojlanishi, ruhiy jihatdan taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Agar o’qituvchi, tarbiyachi bolani har tomonlama tarbiyalashni maqsad qilgan bo’lsa, u holda bolani ham, har tomonlama bilishi lozim. O’qituvchi bolani yaxshi bilsa, unga pedagogik ta’sir ko’rsatish usullarini ham biladi.
Pedagogika, tibbiyot, bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, psixologiya fanlari yutuqlari va ularning tavsiyalariga ko’ra bolalarning yosh davrlarini quyidagicha guruhlantirish qabul qilingan.
1. Go’daklik davri – chaqaloqlik davri (tug’ilgandan to bir yoshgacha bo’lgan davr).
2. Yasli davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha tarbiya yoshi – 3 yoshdan 11-12 yoshgacha.
4. Maktab yoshidagi kichik o’quvchilar 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha.
5. O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) – 12 yoshdan 15-16 yoshgacha.
6. O’spirinlik davri. (O’rta maxsus kasb-hunar yoshidagi)15-16 yoshdan 18-19 yoshgacha.
Ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik va ruhiy xususiyatlari yosh xususiyatlar deb ataladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, yosh xususiyatlari va davrini ikkinchi bir xususiyatlaridan ajratuvchi chegara yo’q. Biz faqat boladagi o’zgarishlarga nisbatan qiyoslab davrlarga ajratamiz. Ularga qisqacha izoh beramiz. Bundan maqsad bo’lajak mutaxassislar har bir davrlar haqida ilmiy pedagogik ma’lumotga ega bo’lishi va tajribada qo’llashdan iborat.


1. Go’daklik davri.
Bola tug’ilgan paytda ta’omni (mazani) biladi, issiq va sovuqni sezadi. Asta-sekin uning boshqa sezgilari ham o’sa boradi. 3 oylik bo’lganda buyumlarni farqlaydi., o’ziga yaqin kishilarni ko’rsa xursand bo’ladi. 6-8 oylik bo’lganda rang va shakllarni ham farqlaydi. Rangli o’yinchoqlarni xush ko’radi.
11-12 oyligidayoq atrofdagi kishilarni tanishdan tashqari, aytilishi oson bo’lgan so’zlarni talaffuz qiladi, nutqi o’sa boshlaydi.
2. Yasli davri.
Bu davr jismoniy o’sish, yo’lga kirish-yurish davri ham deyiladi. 2 yoshida ancha murakkab o’yinlarni ham qiziqib kuzatadi. Bolalar o’yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash kuchayadi, nutqi o’sadi. Endi u jumla va undan gap tuzadi. Bolalarni tarbiya qiluvchi katta kishilarning yurish-turishi va odobi bolalar ruhiyatiga ta’sir qiladi. Bolani lozim bo’lgan vaqtda maqtash, diqqati ijobiy faoliyatga tortish, yomon ishlardan ehtiyot qilish, yomon so’zlarni eshitishdan uzoqlashtirish, urishmaslik yo’llarini o’rgatish, ularga ta’sir ko’rsatish usullaridan hisoblanadi.



Download 36.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling