Pedagogik mashq
Pedagogning ish tajribasidagi ba’zi jihatlari bilan tanishing.
Pedagog sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda ularning rivojlanishini hisobga olib ish tutdi. Masalan, o’smir Mirqosim berilgan uy vazifalarni bajarishda loqaydlik, sustkashlik, mas’uliyatsizlik bilan yondoshishini biladi. Ammo pedagog Mirqosim keyinchalik o’zgarib o’zining bu nuqsonlarini yo’qotadi degan fikrda ish tutdi. Vaqt o’tishi bilan Mirqosimning uy vazifalarni bajarmaslikdagi mas’uliyatsizligi uning o’qishga bo’lgan qiziqish va harakatlariga ziyon yetkaza boshladi. Oqibatda Mirqosim dars mashg’ulotlariga kelmaslik, ko’chadagi o’rtoqlari bilan birgalikda o’zlaricha ish tutish kabi odatlarga o’rgandi. Pedagog endi Mirqosimning o’qishdagi va tarbiyasidagi nuqsonlarni bartaraf etishga ota-onalarni jalb qildi. Fan o’qituvchisining ota-onalar bilan hamkorligi asta-sekin o’z natijasini ko’rsata boshladi. Mirqosimning o’qishida ijobiy siljishi va xulq-atvorida o’zgarish sodir bo’ldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ataeva N., Rasulova F., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 1-kitob - T.,2011
2. Ataeva N., Salayeva M., Xasanov S. Umumiy pedagogika. 2-kitob - T., 2013
3. Golovanova N.F. Obshaya Pedagogika. Uchebnoe Posobiye. - M., 2005
4. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. Darslik. - T., 2001
5. Pedagogika. (M.To’xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida). Darslik - T„ 2010
6. Podlasiy I. P. Pedagogika. V 3-x chastyax. Uchebnik. - M„ 2004
7. Pedagogika i psixologiya. /Pod red. A.A.Radugina - M„ 2003
8. Slastenin V.A. Obshaya Pedagogika. - M„ 2003
9. Selivanov V.A. Osnovi Obshey Pedagogiki. — M„ 2004.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |