Barkamol avlod


Download 420.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.10.2017
Hajmi420.97 Kb.
#18413
  1   2   3   4   5

 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 



“BARKAMOL AVLOD” RESPUBLIKA BOLALAR  

BADIIY IJODIYOT MARKAZI 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

“FOLKLOR” TO‘GARAGI  



O‘QUV QO‘LLANMASI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT-2016

 


 

 

Muallif:              T.Sapaeva  -  “Barkamol  avlod”  respublika 

bolalarbadiiy ijodiyot markazi to‘garak rahbari 

 

M.Ilyasova – “Barkamol avlod” respublika bolalar 



badiiy ijodiyot markazi o‘quvchilarni ijodiy kamol 

toptirish guruhi uslubchi 

 

Taqrizchilar:         N.Shomansurova  -  “Barkamol  avlod”  respublika 



bolalar 

badiiy 


ijodiyot 

markazi 


direktor 

o‘rinbosari 

 

 

  E.  Islomov  -  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan 

artist 


 

 

  A.Yuldoshev  –  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat 

konservatoriyasi 

qoshidagi 

akademik 

litseyi 

direktori 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

Ushbu  qo‘llanma  Xalq  ta’limi  vazirligining  2016  yil  1  avgustdagi  

194-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  “Folklor”  to‘garagi  o‘quv  dasturiga  muvofiq 

ishlab chiqildi. 

 

Ushbu  qo‘llanma  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazlari,  ta’lim  muassasalari, 



mehribonlik  uylari  va  mahallalar  qoshida  tashkil  etilgan  “Folklor”  to‘garak  rahbarlari 

uchun tavsiya qilinadi. 

 

“Barkamol  avlod”  respublika  bolalar  badiiy  ijodiyot  markazi  huzuridagi  Uslubiy 



kengashining  2016  yil  10  oktyabrdagi  Navbatdan  tashqari  yig‘ilish  qarori  bilan 

foydalanishga tavsiya etilgan. 



 

 

“folklor” to‘garagi o‘quv qo‘llanmasi 

 (birinchi o‘quv yili uchun) 

 

1.  Kirish. 

 

“Folklor”  to‘garagi  maqsadi  o‘quvchilarga  folklor  qo‘shiqlari  va  ularning 



yaratilish  tarixini,  folklor  qo‘shiqlarining  turlarini,  uslublarini,  namoyondalarini, 

hududda  yashab  o‘tgan  madaniyat  namoyondalari,  folklorga  xos  bo‘lgan  liboslar 

turlarini,  xududlarga  xos  bo‘lgan  milliy  raqs  yo‘nalishlarini:  xususan  Farg‘ona-

Toshkent  raqs  maktabi,  Xorazm  raqs  maktabi,  Buxoro  raqs  maktabi,  folklor 

qo‘shiqlarida  foydalaniladigan  milliy  xalq  cholg‘u  asboblarini  ijro  yo‘llarini,  ota-

bobolarimizdan avloddan–avlodga o‘tib kelayotgan folklor qo‘shiqlarini o‘rgatishdir. 

Folklor  (ingl.  Folk-xalq,  lore-bilim,  donolik)-  xalq  ijodini  ifodalovchi  atama. 

Fanga 1846  yilda ingliz  arxeologi  U.J.  Toms  olib kirgan.  XIX asrning  80-90  yillardan 

Folklor atamasi ko‘plab mamlakatlarda qo‘llanila boshlangan. Shu yillardan boshlab bu 

atama  keng  ma’noda  xalq  ijodining  barcha  sohalarini  –  xalq  poeziyasi,  xalq  nasri, 

musiqasi,  raqsi,  rassomlik,  o‘ymakorlik,  diniy  e’tiqodi  va  odatlarini  ifodalasa,  tor 

ma’noda faqat so‘z san’atini – xalq og‘zaki poetik ijodi tushunchasini ifoda etadi. 

“Folklor”  to‘garagining  vazifasi  turli  mavsum  va  milliy  marosimlarda  folklor 

qo‘shiqlarini  ijro  etish,  folklor  qo‘shiqlarida  unga  xos  bo‘lgan  liboslarni  tanlash, 

folklorga xos bo‘lgan turli mavsumiy va marosim qo‘shiqlariga xos raqslarini ijro etish, 

folklor  qo‘shiqlarida  foydalaniladigan  milliy  xalq  cholg‘u  asboblarini  turli  usullarda 

qo‘shiqlarga mos ravishda chalish malakalarini hosil qilishdan iborat. 

Turkiy xalqlarda folklor materiallarini yozib olish bo‘yicha dastlabki tajribalar XI 

asrdan  boshlab  ko‘zga  tashlanadi.  XVIII  -  XIX  asr  boshlarida  folklorga  nisbatan 

qiziqishning  kuchayishi  natijasida  xalq  og‘zaki  ijodini  to‘plash  va  nashr  etish  jadal 

rivojlandi. 

XX  asrning  20-yillari  2-yarmidan  boshlab  yutuqlar  qo‘lga  kiritildi.  Ergash 

Jumanbulbul  o‘g‘li,  Fozil  Yo‘ldosh  o‘g‘li,  Muhammadqul  Jonmurod  o‘g‘li  Po‘lkan 

shoir  kabi  atoqli  dostonchilar  maydonga  chiqdi.  1925  yildan  o‘zbek  xalqi  tarixida 

birinchi  marta  yangi  dostonlarning  to‘liq  matnlarini  xalq  shoirlari  og‘zidan  bevosita 

yozib  olish  ishlari  boshlanib  ketdi.  Qisqa  bir  davrda  “Alpomish”,  “YOdgor”, 

“SHayboniyxon”,  “Yusuf  bilan  Ahmad”,  “Alibek  bilan  Bolibek”,  “Rustam”, 

“Go‘ro‘g‘lining  tug‘ilishi”,  “Yunus  pari”,  “Misqol  pari”,  “Gulnor  pari”,  “Avazxon”, 

“Hasanxon”, “Dalli”, “Ravshan” kabi yirik asarlar yozib olindi. 

Folklorning asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayoning 

og‘zakiligi  va  jamoalik  xarakteriga  egaligidadir.  Uning  an’anaviylik,  o‘zgaruvchanlik, 

variantlilik,  ommaviylik,  anonimlik  kabi  belgilari  folklorga  xos  ana  shu  ijodiy 

jarayonning  bosh  xususiyati  doirasida  namoyon  bo‘ladi.  Folklor  asari  ko‘pchilik 

tomonidan, ajdodlar va avlodlar aloqadorligida yaratilgan poetika elementlari, an’anaviy 

uslub vositalari asosida yuzaga keladi, u muayyan eshituvchilar guruhiga mo‘ljallangan 

va xalq ommasi tomonidan e’tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy axamiyat kasb etadi. 

Folklor  namunalari  og‘zaki  yaratilib,  og‘zaki  tarqalishi,  ommaviy  repertuardan  keng 

o‘rin  olishiga  poetik  shakllarning  barqarorligi,  matndan–matnga  o‘tuvchi  umumiy 

o‘rinlarning qat’iylashganligi, o‘xshash syujetlarning ko‘pligi imkoniyat yaratadi. 


 

Har  bir  ijod  va  ijroda  an’anaviy  asardagi  ayrim  unsurlar  o‘zgaradi  yoki  tushib 



qoladi.  Bunday  o‘zgaruvchanlik  ijtimoiy-maishiy  sharoit,  eshituvchilar  talabi, ijodkor 

salohiyatiga  bog‘liq.  Lekin  har  qanday  o‘zgarish  sayqal  topgan  qat’iy  an’analar 

doirasida  sodir  bo‘ladi.  Badihago‘ylik  folklor  asarlarining  ko‘p  variantlarda 

tarqalishiga olib keladi. 

Folklorning  jamoalik  xarakteri  yakka  ijodchilar  faoliyatini  inkor  etmaydi. 

Iste’dodli  ijodkorlar  og‘zaki  an’analar  doirasida  uni  yanada  mukammallashtiradilar, 

yangilarini yaratadilar. 

To‘garak  raxbarining  tashkilotchilik  qobiliyati,  bilimdonligi  aloxida  axamiyat 

kasb  etadi.  “Folklor”  to‘garagi  bevosita  Xoreografiya  oliy  maktabi,  san’at  kollejlari 

bilan  xamkorlikda  ish  olib  boradi.  To‘garak  faoliyati  davomida  mazkur  oliy 

dargoxlarga  tashriflar  uyushtirib,  folklor  san’atining  bugungi  kundagi  namoyondalari 

bilan uchrashuvlar uyushtiradilar. 

Mashg‘ulotlar  amaliy  va  nazariy  qismlardan  iborat,  amaliy  mashg‘ulotlar  

kengroq o‘tiladi. 

Qo‘shiq,  topishmoq,  afsona,  rivoyat,  lof,  latifa,  ertak,  doston,  askiya,  og‘zaki 

drama va boshqa folklorning asosiy janrlaridir. 



“Folklor”  to‘garagi  o‘tilishining  dolzarbligi.  “Kadrlar  tayyorlash  milliy 

dasturi”ning umumiy qoidalari bo‘limida ko‘rsatib o‘tilgan “Xalqning boy intelektual 

merosi  va  umumbashariy  qadriyatlar  asosida  kadrlar  tayyorlashning  mukammal 

tizimini  shakllantirish  O‘zbekiston  taraqqiyotining  muhim  sharti”  ekanligi  bilan 

belgilanadi. 

Ota  –  bobolarimizdan  qolgan,  saqlanib  kelayotgan  urf-odatlar,  milliy 

qadriyatlarimizni  bizgacha  etib  kelishida  albatta  turli  xil  manbalar,  kitoblar,  turli  hil 

video tasmalar, kino, jurnal va gazetalar orqali biz o‘tmishimiz xaqida bilimlarga ega 

bo‘lib  kelmoqdamiz.  Hozirgi  kunda  fan  texnika  jadal  rivojlanayotgan  vaqtda  barcha 

yoshlarimiz  o‘z  bilimini  yanada  boyitishda  yangi  va  zamonaviy  axborot 

texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.  

Qariyib  har  kuni  ahborot  portallarida  joylashgan  yangiliklardan  bohabar 

bo‘lishga  odatlanmagan,  kundalik  faoliyatida  ish  “quroli”  day  bo‘lib  qolgan 

kompyuterlardan  foydalanmagan  kishini  topish  qiyin.  Bu  o‘rinda  barchamiz 

istemolchilarmiz. Xoh kundalik hayotda bo‘lsin, xoh o‘qish va ish faoliyatida bo‘lsin 

insonni har doim qiziqtiradigan savollar yuzaga kelaveradi. Bu savollarga javobni esa 

internet tarmog‘i orqali bemalol topish imkoni bor. 

Rus  ziyolilaridan  biri  “Internet  bu  -  tarvaqaylagan  jungli”  unda  faqat  kompas 

bilan  najot  topish  mumkin.  Kompas  esa  “Mafkuraviy  imunitetdir”  degan  edi. 

Internetga  hamma  kirishi  mumkin,  uning  eshiklari  doimo  ochiq  turadi.  Butunjahon 

o‘rgimchak to‘ri”ning qidiruv sistemasi har bir zamonaviy  inson uchun zarur bo‘lgan  

aqlbovar  qilmas  va  juda  ko‘p  axborotlarni  qamrab  oladi.  Uning  qulaylik  jihati 

shundaki  inson  istagan  mavzudagi  axborotni  hech  qanday  qiyinchiliksiz    topishi 

mumkin. Buning uchun internetga ulanish, qidiruv sistemasini tanlash va uning satriga 

kerakli ma’lumot nomini yozish kifoya. Internet orqali odam har kuni turli mafkuraviy 

(fikrni o‘zgartiruvchi) ta’sirlarga duch keladi. 



To‘garakning  ahamiyati.  O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodi  milliy  qadriyatlarning 

tarkibiy  qismi  ekanini  tasdiqlash,  o‘zbek  mentalitetining  shakllanishi  bevosita  xalq 



 

dostonlari, ertaklari, qo‘shiqlari, maqollari, musiqa va raqslari kabi janrlarda aks etgan 



hayot ifodasi bilan bog‘liqligiga ishonch hosil qilish, milliy o‘zlikni anglashning o‘sib 

borishida  xalqimizning  intelektual  merosiga  hurmat  tuyg‘usini  shakllantirishdan 

iborat. 

To‘garakning  maqsadi  –  xalq  og‘zaki  ijodining  so‘z  san’ati  sifatidagi 

xususiyatlari  mukammal  uyg‘unlushganini,  unda  o‘zbek  xalqining  asrlar  davomidagi 

ijtimoiy,  maishiy,  madaniy  hayoti  o‘zining  badiiy  ifodasini  topganini,  xalqning  o‘z 

vatani  uchun  iftixor  tuyg‘usi  aynan  og‘zaki  ijodi  zaminida  tashkil  etishini  to‘garak 

a’zolariga anglatish. 

To‘garakning vazifalari: 

1. Xalq og‘zaki ijodining yozma adabiyotdan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish; 

2. O‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyot bosqichlari yuzasidan to‘garak a’zolariga 

ilmiy ma’lumot berish; 



3. Xalq hayoti va badiiy to‘qima tushunchalarining mohiyatini anglatish; 

4. Xalq  og‘zaki  ijodi  millat  farzandlarining  ma’rifiy  dunyoqarashi,  estetik  didini 

shakllantirishda muhim tarbiyaviy asos vazifasini bajargani haqida tasavvur hosil qilish; 



5. Xalq  og‘zaki  ijodidagi  janrlar  haqida  ma’lumot  berish,  ularning  janr 

xususiyatlarini aniq ko‘rsatish, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash; 



6. O‘zbek  xalq  og‘zaki  ijodining,  umuman,  o‘zbek  milliy  san’ati  taraqqiyotidagi 

ahamiyatini ko‘rsatish; 



7. O‘zbek  folklorining  jahon  xalqlari  og‘zaki  ijodi  rivojidagi  o‘ziga  xosligi  va 

insoniyat madaniy merosida tutgan o‘rni haqida ma’lumot berish. 

 

2. Folklor. Xalq og‘zaki ijodi. 

 

Har  bir  xalqning  og‘zaki  ijodi,  o‘sha  xalqning  bo‘y  bastini  va  an’analarini, 



tabiatini ro‘y-rost aks ettirib turuvchi boqiy ko‘zgudir. Biz ana shu ko‘zgu orqali har bir 

xalq o‘tmishini,  bugunini, orzulari  va  vositasida olamshumul  ezgu  niyatlar, odamiy  va 

olamiy fazilatlar, vahshiylik va yomonlikka nafrat kabi mushtarak tuyg‘ular dunyoning 

barcha xalqlari uchun aziz va qadrli ekanligini ko‘rib, quvonamiz. 

Dunyo xalqlarining og‘zaki ijodinini bezab turgan, bir-biridan qadimiy doston va 

ertaklar, askiya va laparlar, qo‘shiq va topishmoqlar odamlarni, bashariyatni nurafshon 

kunlar sari etaklaydi.  

To‘y  marosimlari  tadbirlariga  har  xil  aytimlar  ham  kirgan,  jumladan,  “Kelin 

yig‘isi”  qo‘shiqlar  to‘y  ma’rakalarni,  ulug‘lash,  madhiyalar,  tabriklar,  pand  nasihat, 

alyorlar  aytishdan  iborat  bo‘lgan,  ular  yakka-yolg‘iz,  musiqa  asbobi  bilan  ba’zan  usiz 

guruh bo‘lib ijro etilgan. Ular orasida barcha xalqlarda ommalashgan qo‘shiq “Yor-yor” 

dir.  U  naqorat  to‘rtlik  uslubida  tarkib  topgan.  To‘y  marosimlarida  qo‘shiqlar  voqea 

tasnifining  va  badiiy  ifodaning  zarur  vositasi  sanalgan.  Ular  ko‘pincha  kelin  va  uning 

dugonalari  tomonidan  kuyov  uyiga  borish  vaqtida  jamoaviy  bo‘lib  cholg‘u  asboblari-

doira jo‘rligida va cholg‘u asboblarisiz yoki qarsak chalgan holda ijro etiladi. Ba’zi bir 

xalqlarda  erkaklar  tomonidan  “Yor-yor”,  kabi  qo‘shiqlar  cholg‘u  asboblari  jo‘rligida 

yoki duet-aytishuv shaklida kelin va kuyov vakillari ikkita ayollar guruhi tomonidan ijro 

etilishi keng tarqaldiki, bu ijrolarda ma’lum ma’noda qochirim-kinoyalar aks etadi. 

Xalq  ijodi  tushunchasi  g‘oyatda  keng,  u  folklor,  xalq  musiqasi  (musiqa 

folklori), xalq teatri (tomosha san’ati), xalq o‘yinlari, qo‘g‘irchoq o‘yin, xalq tasviriy 



 

va  amaliy  san’atini o‘z  ichiga  oladi. Folklor  asarlar katta hayajonlantiruvchi kuchga 



ega,  adabiyot  va  san’at  uchun  tuganmas  manbadir.  Inson  nutqi  shakllanishi  bilan 

og‘zaki  so‘z  san’atining  qadimiy  tur  va  janrlari  ham  qorishiq  holda  yuzaga  kela 

boshladi.  Kishilik  badiiy  tafakkurining  turli  shakllarini  o‘z  ichiga  olgan  bu  ijod 

namunalari  ibtidoiy  odamlar  maishati  va  faoliyatining  barcha  jihatlari  bilan  uzviy 

bog‘langan  bo‘lib,  qadimiy  kishilarning  diniy,  mifologik  va  e’tiqodiy  qarashlari, 

boshlang‘ich  ilmiy  bilimlari,  tabiat  va  jamiyat  haqidagi  tasavvurlarini  aks  ettirgan. 

Biroq  qadimiy  folklorning  bunday  namunalari  bizgacha  etib  kelmagan.  YOzuvning 

yuzaga  kelishi  natijasida  folklor  bilan  tarixan  bog‘liq  bo‘lgan  adabiyot  ham  paydo 

bo‘ldi.  Adabiyot  o‘zining  taraqqiyoti  davomida  folklordan  deyarli  barcha  estetik 

tushunchalar va poetik shakllarni oldi. So‘z san’atining mustaqil turi sifatida folklor 

ham  adabiyot  birgalikda  yonma-yon  yashab  keldi.  Folklor  va  adabiyot  asarlari 

yaratilgan  ijtimoiy  muhitdagi  farqlar,  ijodiy  jarayonning  xilma  xilligi  ularning 

o‘zlariga xos xususiyatlarini yanada kuchaytirdi. Natijada folklor va adabiyot og‘zaki 

hamda yozma tur sifatida shakllandi va rivojlandi. 

Ergash  Jumanbulbul  o‘g‘li,  Fozil  Yo‘ldosh  o‘g‘li  kabilar  folklorning    xalq 

og‘zaki ijodi, baxshi qo‘shiqchilarining namoyondalarilardir. 

 

Xalq og‘zaki ijodi namunalari: 

 

A) qo‘shiqlar;                             YO) olqishlar; 



B) maqollar;                              J) qarg‘ishlar; 

V) dostonlar;                             I) mahalliy uyinlar; 

G) topishmoqlar;                       Y) tez aytarlar; 

D) ertaklar;                               K) askiyalar; 

E) laparlar;                               L) latifalar. 

 

Ergash  Jumanbulbul  o‘g‘li  1868  yilda  Nurota  tumaniga  qarashli  Qo‘rg‘on 



qishlog‘ida  tug‘ilgan.  Shoir  ota  bobolari  shu  qadar  doston  aytishga  mohir  edilarki, 

ularning  ijro  usulida  o‘ziga  xoslik  Ergash  tug‘ilgan  qishloq  nomini  o‘zbek 

dostonchiligidagi  alohida  maktab  sifatida  tan  olinishiga  sabab  bo‘ldi.  Ergash 

Jumanbulbul o‘g‘li esa bu maktab nomini abadiylashtirishga munosib hissa qo‘shdi. 

1875-76  yillarda  Jumanbulbul  o‘g‘lini  qishloq  masjidi  huzuridagi  maktabga 

o‘qishga  beradi.  O‘qishga  bo‘lgan  havasini  ota  Buxoro  madrasasida  o‘qitadi. 

Natijada,  Ergash  shoir  o‘z  davridagi  o‘nlab  baxshilardan  farqli  ravishda  o‘qish 

yozishni o‘rgandi. Nizomiy, Navoiy, Mashrab kabi shoirlar asarlarini mutolaa qildi, 

hatto keyinchalik mirza kotib bo‘lib ishladi. 

Ergash shoirning shaxsiy hayotida oilaviy musibatlar ko‘p bo‘ldi. 18 yoshida 

uning  otasi  vafot  etgan.  Ukalari  Abduhalil,  Abdujalil,  singlisi  Mahkamoy  yosh 

paytlarida  dunyodan  ko‘z  yumganlar.  Shuning  uchun  shoirning  termalarida  oilaviy 

baxtsizlik haqidagi misralar ijodining salmoqli qismini tashkil etadi. Xususan, ukasi 

Abduhalil o‘limi bilan bog‘liq aytgan yig‘ida shunday deyiladi. 

 

Emrandi tanimda jonim, 



Hazon bo‘ldi gulistonim, 

Yig‘lashib yor-yoronim, 



 

Bemahal qurib bo‘stonim, 



Qo‘ldan uchdi bo‘z tarlonim, 

Eshitinglar qadrdonim, 

Yolg‘iz inim suyanganim, 

Shunqorimdan judo bo‘ldim. 

 

Oilaviy  qiyinchilik  va  tashvishlar  baxshining  umr  bo‘yi  Samarqand,  Zarafshon 



atrofida qishloqma-qishloq doston, terma aytib yurishga majbur qildi. Ammo shu bilan 

birga  bu  muttasil  safarlar  uni  odamlarga  tanitdi,  mashhur  baxshi  sifatida  nom 

qozonishga  olib  keldi,  baxshilik  san’atining  mukammal  egasi,  ustoz  shoir  bo‘lib 

etishishiga  sabab  bo‘ldi.  Ergash shoir  umri  davomida  yana  o‘qituvchilik,  dehqonchilik 

bilan  shug‘ullandi.  Hayotining  so‘nggi  yillarida  asosan  dostonlarni  yozdirdi,  doston 

aytdi,  termalar  yaratdi.  Ergash  Jumanbulbul  o‘g‘li  Ravshan  Kuntug‘mish  dostonlarini 

ana  shunday  muxabbat  bilan  ijro  etgan.  Shuningdek  baxshi  Alpomish,  Qunduz  bilan 

Yulduz, Dalli, Xushkeldi, Avazxon, Xasanxon kabi o‘nlab dostonlarni maroq bilan ijro 

etgan. 

Shoir  ijodiga  xos  xusuiyatlardan  biri  ijrosidagi  dostonlarning  syujet  va 



kompozitsiyasidagi mukammallik edi. Yozma adabiyot namunalaridan yaxshi xabardor 

bo‘lgani  sababli  baxshi  Alisher  Navoiy  dostonlaridagi    mukammallikni  og‘zaki  ijodga 

tatbiq etadi. 

Professor  Hodi  Zarifov  shoir  hayotining  so‘ngi  haqida  hikoya  qilib,  baxshi  o‘z 

yurtiga  borib,  bir  qator  qo‘lyozmalarni  topmoqchi  bo‘lganini,  yangi  yangi  termalar, 

dostonlar aytib berishga va’dalar qilganini yozadi. Biroq og‘ir kasallikdan shoir 1937 yil 

12 may kuni vafot etadi. Zukko baxshidan qolgan badiiy meros bugungi kunda yurtimiz 

kelajagi uchun xizmat qilmoqda. 

Fozil  Yo‘ldosh  o‘g‘li  1872  yilda  Samarqand  viloyati,  Bulung‘ur  tumaniga 

qarashli  Bo‘dana  hududidagi  Loyqa  qishlog‘ida  tug‘ildi.  Uning  oilasi  asosan 

dehqonchilik, qisman chorvachilik bilan shug‘ullanardi. 

Taqdir  Yo‘ldoshni  juda  yoshligidan  sinovdan  o‘tkaza  boshladi.  1877  yilda  5 

yoshli Yo‘ldosh otasidan etim qoldi. 

Qayta-qayta baxshilar davrasida ishtirok etish esa ko‘p o‘tmay o‘z davrining eng 

mashhur  ustoz  baxshilardan  Yo‘ldoshbulbulning  e’tiborini  o‘ziga  tortdi.  YOsh  ijrochi 

o‘z ustozi va hamyurtlaridan qirqdan ortiq dostonni o‘rgandi, ijod etdi. Yo‘ldoshbulbul 

o‘z shogirdi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lini baxshilikning katta sinovidan o‘tkazdi. 

Fozil  shoir  dostonida  ko‘rgan  kechirgan  azob  uqubatlarini  oddiy  xalq  tilidan 

sodda  va  ravon  tarzda  ifoda  etgan.  U  “Alpomish”,  “Yodgor”,  “Shirin  bilan  Shakar”, 

“Murodxon”, “Rustamxon” kabi dostonlarning mohir ijrochisidir. 

Har bir inson bolaligidan boshlab o‘zi bilmagan holda katta odamlarning e’tibori 

qaratilgan  mo‘‘jizaviy  mavjudotga  aylanadi.  Kattalar  unga  ism  qo‘yadilar,  beshikka 

belaydilar,allalar aytadilar,qo‘lchalariga ovoz chiqaruvchi o‘yinchoqlar tutqazishadi. Bir 

oz  gap  eshitadigan  bo‘lgani  zahoti  ovunmachoqlar  aytishadi.  Keyinchalik  esa  farzand 

topishmoqlar,  ertaklar,  qo‘shiqlar  olamiga  kirib  xalq  rasm  –  rusumlari,  og‘zaki  ijodi 

og‘ushida ulg‘aya boradi. 

Xalq  qadim  zamonlardan  farzandlarning  ma’naviy  va  jismoniy  tarbiyasiga 

alohida e’tibor bilan qaragan. Agar allalar,ertaklar uning ma’naviy dunyosini boyitsa, 

turli  o‘yinlar:  quvlashmachoq,  bekinmachoq,  chillak,  varrak  uchirish  kabilar 


 

jismonan chiniqtirgan. Yosh bolalar alohida e’tiborga loyiq xalqlarda esa ular uchun 



maxsus so‘z namunalari yaratilgan. O‘zbeklar ana shunday xalqlar qatoridan munosib 

o‘rin  oladilar.  Tez  aytishlardan  tortib  allalargacha,  topishmoqlardan  tortib 

sanamachoqlargacha  bevosita  yosh  avlod  tarbiyasiga  bag‘ishlangan  bolalar  folklori 

janrlarini, namunalarini tashkil etadi. 

 

3. Mahalliy uslublar.  

 

Mahalliy  uslubida  ijro  etishda  hududga  xoslikga  amal  qilinadi.  Qo‘shiqlar  va 



harakatlarda  shevaga  xos  so‘zlarni  ishlatish,  qo‘shiqqa  va  mahalliy  uslubga  xos 

bo‘lgan  raqslarni  sahnalashtirish,  mahalliy  liboslarni  tanlash,  liboslar  turlarini  ajrata 

olish,  mehnat  kiyimlari,  bayram  va  sayl  kiyimlari,  mavsumiy  kiyimlar  orasidagi 

farqlarni bilish va tahlil eta olish tavsiya etiladi. 

Har  bir  hududning  o‘z  uslublari  mavjud.  Ularning  kiyimlari  yoki  qo‘shiqlariga 

qarab qaysi uslubda kuylashgani va qaerdan ekanliklarini bilib olsa bo‘ladi. 

O‘rta Osiyo xalqlarining kiyim-kechaklari ko‘p asrlik tarixga ega.Xar bir elat va 

etnik  guruxlarning  o‘ziga  xos  xususiyatli  bosh  oyoq  kiyimlari  bo‘lsada  mintaqada 

yashovchi  entoslar  umumiy  xarakterdagi  sarpo  mavjudligi,  ularning  tarixiy  taqdiri 

madaniyati uzoq davr bilan o‘zaro yaqin bo‘lganligidan dalolat beradi. 

Mehnat  va  bayram  kiyimlari.  Ayollar 

ko‘ylagining yoqasi vertikal yirmonchi kesilgan 

bo‘lib, ko‘p joylarda butun bo‘yiga gulli jo‘yak 

tikilgan. 

Mahalliy uslublarda “Folklor” qo‘shiqlarini 

kuylaganda  Xorazmda  “Akardion”,  “Dutor”, 

“Shiqildoq”,  “Doira”  kabi  milliy  cholg‘u 

asbobolaridan 

foydalanilsa, 

Buxoroda 

“Qayroq”,  “Qoshiq”,  “Angishvona”,  “Tarelka” 

va  turli  xil  shiqildoqlar,  Surxondaryo  va 

Qashqadaryo 

tomonlarda 

“Chanqovuz”, 

“Karnay”, “Surnay” va shu kabi milliy cholg‘u asboblaridan foydalaniladi. 

Shu bilan bir qatorda har bir hududning o‘z bayram kiyimlari bo‘ladi. 

Bayram  kiyimlari,  Sayl  kiyimlari,  Mavsumiy  kiyimlar,  Ularning  farqi, 

kiyimlarning  vazifalari,  mehnat  va  bayram  kiyimlari,  ayollar  ko‘ylagining  yoqasi 

vertikal yirmonchi kesilgan bo‘lib, ko‘p joylarda butun bo‘yiga gulli jiyak tikilgan. 

 


Download 420.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling