Barkamol avlod
Download 211.94 Kb. Pdf ko'rish
|
17 Bundan tashqari har bir stanokni yoki qo‘li bilan ishlaydigan asboblarni ishlatayotganda o‘ziga tegishli texnika xavfsizligini taominlash va rioya qilishi shart
a) Yumaloqtepa b) Zartepa c) Qoratepa 2. XIV asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo xalqlarini birlashtirish Yog‘och o‘ymakorligining rivojiga sabab bo‘lgan asosiy omil. a) Hom ashyo manbasining ko‘payishi b) Amir Temur markazlashgan davlat qurishi c) Viloyat hokimlarinig ta’sirida 3. Qaysi asrga kelib me’morchilik va amaliy bezak san’ati rivojlana boshladi. a) XVIII b) XVI c) XVII
4. Daraxtlar bo‘yiga qarab nechta guruhga bo‘linadi. a) 3
b) 4 c) 5
5. Yog‘och xom-ashyosi nechta guruhlarga bo‘linadi. a) 6
b) 4 c) 5
6. Pargor (sirkul) yordamida chizib o‘yilgan naqsh turini ustalar deb ham yuritadilar. a) «o‘ymali pargori» b) «o‘ymali pargori» va «o‘yma pargor bilan» c) «o‘ymali sirkul» 7. Qaysi Yog‘och o‘ymakorligi o‘ymasining monumentalligi, yog‘och tabiiy rangining saqlab qolishi bilan boshqalardan farqlanadi. a) Xiva
b) Buxoro c) Samarqand 18 8. Qaysi Yog‘och o‘ymakorligi o‘yma naqshning jozibadorligi, jimjima naqshlarning oltin, kumush suvi bilan bezatilishi, naqsh zaminida ranglardan foydalanishi bilan ajralib turadi. a) Xiva
b) Buxoro c) Samarqand 9. Qaysi Yog‘och o‘ymakorligida chuqur zaminli yassi o‘ymani qo‘llanilib kelingan. a) Xiva
b) Buxoro c) Marg‘ilon 10. Nina bargli daraxtlardan olinadigan Yog‘ochlar asosan nimada ishlatiladi. a) qurilishda, Yog‘och o‘ymakorligida b) haykaltaroshlikda c) faqat qurilishda 11. Qaysi hudud o‘ymakorligida kalta bo‘rtmali, yassi o‘yma ishlatilgan. a) Qo‘qon b) Buxoro c) Marg‘ilon 12.Naqsh bilan qoplangan yassi bo‘rtmali, zaminsiz chizma Yog‘och o‘ymakorligi keng tarqalgan hudud bu qaysi. a) Termiz b) Buxoro c) Toshkent 13.Yog‘och o‘ymakorligi maktablari taxminan nechanchi yillardan keyin paydo bo‘lgan. 1940— 1950 1960— 1965 1945— 1955 14. Toshkent Yog‘och o‘ymakorlik maktabiga mansub ustalar o‘yma naqshlarni necha qavvat qilib o‘yadilar. 1, 2, 5
1, 2, 3 2, 3, 4
15. Qaerning ustalari relyef yuzasiga ozgina rang berib, relyefning o‘zini loklashadi. a) Termiz b) Buxoro c) Toshkent
16.Xiva o‘ymakorligi ustalari ko‘pincha qaysi daraxt Yog‘ochlarini ko‘proq ishlatadilar a) qayrag‘och, terak va archa b) yong‘oq, archa va chinor c) qayrag‘och, terak va chinor 17. Qo‘qon Yog‘och o‘ymakorligi maktabini rivojlantirishda kimning xizmatlari katta a) Qodirjon Xaydarov b) Ota Polvonov c) Sapo Bog‘ibekov 18.Asatilla, M. Jumaboy, Abduxofiz Jalilov, Usta Nasrulla, Nurali Nazrullayev kaysi Yog‘och o‘ymakorligi maktabi namoyandalaridan hisoblanadi. a) Xiva
b) Buxoro c) Samarqand 19.Yog‘och o‘ymakorligida asboblar nechta turga bo‘linadi. a) 4
b) 3 c) 2
20. Qaerda ustalar o‘yilgan relyefning faqat yuziga to‘qroq rang berib keyin loklaydilar. a) Qo‘qon va Farg‘ona b) Samarqand c) Xiva
10. Oddiy hoshiyabop naqsh namunalarini akslangan holda Bargli gul Yog‘och o‘ymakorligi san’tida har naqshlar o‘simliksimonlar oilasidan olingan naqsh elementlari. O‘simliklar olamida tabiiy yaproqlar ko‘rinishida. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosiblgini ko‘ra bilish.
Zanjira guli Naqshimiz novdadan tashkil topgan naqshga ega. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish. Novdasimon shohbargli gul 2 barg bir-biriga jipslashgani uchun qo‘shshoh bargli ega. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish. Shohbargli zanjira guli Gul naqshlar ichida shohbarglar va novdalar zanjiradan tashkil topgan. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish. Bofta marg’ula guli Naqshlar jipslashgan alohida marg‘ula shakl ko‘rinishga ega bo‘lgan naqsh. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish.
Gullardan tashkil topgan marg‘ula guli (novdaning tugallangan qismi). Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish O‘z nomi bilan qalampir deyilishi sababi guldan-gulga ulanadigan gulga o‘xshatish deyiladi. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish. Gullardan tashkil topgan marg‘ula guli (novdaning tugallangan qismi). Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosiblgini ko‘ra bilish. Chor pargori (sirkul) ikki uch xil diametr aylanadan tashkil topgan naqsh. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish. Yurakchali pargori gul Yuraksimon shakl (sirkul) yordamida ikki uch xil diametr aylanadan tashkil topgan naqsh. Akslangan naqshlarning bir-biriga mutanosibligini ko‘ra bilish. Boshlang‘ich gullarning kompozitsiya namunalari ЁгЗКШЗВШЗКШЗКШКШЗВвЗЗВвггКШЗКЗЗКШЗКШЗВЗЗЗКШЗаШЗКгЗЗКШЗВвЗЗ! шт(кшиша^шш{т'тш(ш^\шашшша^шш(и^шш1шшш(т Я М 11Ш 1Ш | 1!Ш т1!Ш 111Ш Т М \ 1Щ | */Ш 1!Ш М 1Ш Г 111Ш 1М Ш К®МВШМе®ЯаЕЯЯЙ»ВЯаЗМВ»аВ£ЕЯЯЙ5аиеФШ32еиеШЯВаВИ^ 24 Yog‘och o‘ymakorligi san’atida o‘quvchilar har bir
shakllariga kompozitsion naqsh tuza bilishi shart Asosiy geometrik shakllariga tuzilgan naqsh namunalar. A) geometrik shakllarni choraklarga bo‘lish. B) bo‘lingan choraklarni har bir qismi naqshlarini tuzilishi. S) tuzilgan naqsh chorak qismlari to‘plangan elementi jamlangan holatini ko‘ra bilish.
11. Yog‘och o‘ymakorlik maktablari haqida tushuncha berish Yog‘och o‘ymakorligining o‘ziga xos turli uslub va usullari bor. Masalan, Xiva yog‘och o‘ymakorligi o‘ymasining monumentalligi, yog‘och tabiiy rangining saqlab qolishi bilan boshqalardan farqlanadi. Buxoro yog‘och o‘ymakorligi esa o‘yma naqshning jozibadorligi, jimjima naqshlarning oltin, kumush suvi bilan bezatilishi, naqsh zaminida ranglardan foydalanishi bilan ajralib turadi. Marg‘ilon yog‘och o‘ymakorligida chuqur zaminli yassi o‘ymani qo‘llab kelganlar. Qo‘qon o‘ymakorligida esa kalta bo‘rtmali, yassi o‘yma ishlatganlar. Toshkentda esa naqsh bilan qoplangan yassi bo‘rtmali, zaminsiz chizma Yog‘och o‘ymakorligi keng tarqalgan. Yog‘och o‘ymakorligi maktablari taxminan 1940— 1950-yillardan keyin paydo bo‘lgan. Respublikamizda Qo‘qon, Xiva, Samarqand, Toshkent maktablari mavjud. Toshkent Yog‘och o‘ymakorlik maktabi. Bu maktabga mansub ustalar o‘yma naqshlarni 1—2 qavat qilib o‘yadilar, keyingi vaqtlarda esa 3 qavatli o‘ymalar bajarishga o‘tmoqdalar. Kompozitsiya jihatidan o‘rtacha chuqurlikda o‘yib, o‘simliksimon, geometrik, gulli girih, hattoki ramziy naqshlar bajaradilar. Pardozning gamma turlarini qo‘llaydilar. Ular ko‘pincha yong‘oq, chinor, buk Yog‘ochlarini ishlatadilar. Toshkent ustalari relef yuzasiga ozgina rang berib, reylfning o‘zini laklashadi. Toshkent Yog‘och o‘ymakorligi maktabi namoyandalaridan biri Sulaymon Xo‘jaev. U faqat pargori naqshni ishlagan. Uning shogirdi Maqsud Qosimov birinchi bo‘lib pargoriy naqshni tekis yuzasi islimiy naqsh o‘ymaga kiritgan. Maqsud Qosimovning shogirdlaridan biri O. Fayzullaev maktabning rivojiga katta hissa qo‘shib juda ko‘p shogirdlar etishtirmoqda. Pargori bu Yog‘och o‘ymakorligining bir turi bo‘lib, o‘ymaning chuqurligi .1— 1,5 mm dan oshmaydi. Bu naqshlarni «o‘ymakor pargori» yoki «o‘yma pargor» bilan, ya’ni sirkul bilan chizilgan naqshni o‘yib ishlash deyiladi. Xiva y o g ‘och o ‘ymakorligi maktabi. Xiva Yog‘och o‘ymakorligi maktabi boshqa maktablarga qaraganda o‘yma naqshlarning maydaligi, yuzaligi, zaminining kamligi, naqshlarning zichligi hamda badiiy
tuzilishi jihatidan o‘ynoqligi (harakatchanligi, dinamikaviyligi), ya’ni novdalarni spiralsimon ishlanib ajoyib shakllar hosil qilishi bilan farq qiladi. Xiva o‘ymakorligi ustalari ko‘pincha qayrag‘och, terak va chinor Yog‘ochlarini ko‘proq ishlatadilar. Ular Yog‘och rangining tabiiyligini saqlagan holda uning yuzasiga va zaminiga paxta, zig‘ir (Xorazmcha — oq yog‘) yog‘i beriladi. Xiva Yog‘och o‘ymakorligi maktabi o‘zining monumentalligi bilan mashhurdir. Xiva naqshining go‘zalligi, naqshlarni turli chuqurlikda o‘yilishi orqali katta aniqlikka va uyg‘unlikka erishishdadir. Ustalar Yog‘ochning tabiiy ko‘rinishini saqlashga harakat qilib yangi o‘yma yuzasini silliqlash, bo‘yoq surtish ishlarini qo‘llamaganlar. Ota Polvonov, Sapo Bog‘ibekov va boshqalar Xiva maktabi ustalaridandir. Samarqand Yog‘och o‘ymakorligi maktabi boshqa maktablarga qaraganda o‘ymalarining juda mayda o‘yilishi, kompozitsiyasining
murakkabligi, ya’ni geometrik, o‘simliksimon va gulli girih kompozitsiyalari gamma zamin va releflarni loklashdan boshlanadi. Asosan chinor, dub, buk va terak yog‘ochlari ishlatiladi. Samarqand yog‘och o‘ymakorligi maktabi namoyandalaridan Asatilla, M. Jumaboy, Abduxofiz Jalilov, Usta Nasrulla, Nurali Nazrullaev va boshqalardir.
Qo‘qon ustalari quticha, kursi, rom va boshqalarda kalta bo‘rtmali yassi o‘ymani, ya’ni pargori uslubda ishlatib kelib, arxitekturada eshik, ustunlarga yirik chuqur naqshlar o‘yib o‘zgacha maktab yaratdilar. Bu maktablar o‘ymalarining monumentalligi, yirikligi, chuqurligi, ko‘pqavatliligi bilan farq qiladi. Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi maktabini rivojlantirishda Qodirjon Xaydarov va uning shogirdlari katta hissa qo‘shdilar. Ular terak, yong‘oq va buk Yog‘och materiallaridan ko‘pincha foydalanadilar. Ustalar o‘yilgan relef faqat yuziga to‘qroq rang berib keyin laklaydilar .
Marg‘ilon Yog‘och o‘ymakorlik maktabi o‘ziga xos milliy ko‘rinishga ega bo‘lib, o‘ymani chuqur zaminli yassi qo‘llaydilar. Keyingi vaqtda marg‘ilonlik ustalar binolarni Yog‘och o‘ymakorligi bilan bezashda katta ishlar qildilar. 12. Yog‘och o‘ymakorlikning oddiy naqshlardan foydalanilgan holda murakkab naqsh namunalarni tuzish, o‘yish laklash va pardozlash Kompozitsiya chizishdan oldin bir narsaga aniqlik kiritib olish maqsadga muvofiq, ya’ni buyumning qanday materialdan tayyorlanganligini e’tiborga olish lozim. Yumshoq materialdan olingan bo‘lsa yirikroq, qattiq materialdan olingan bo‘lsa, maydaroq, murakkabroq naqsh turlaridan foydalanish mumkin. O‘zbek xalq ustalari qadimdan qo‘llab kelayotgan jamiki naqshlar borki, ular tabiatni va voqealikning shartli tasviri bo‘lishiga qaramasdan o‘ziga xos qonun-qoidalarga ega. Bu qonun-qoidalar tabiatning aynan o‘zidan ramziy tarzda olingan. Odatda o‘simliklar bir tomonga qarab o‘sadi. Bu tabiat qonunidir. Masalan: majnuntol misolida ko‘radigan bo‘lsak, majnuntol xuddi pastga qarab teskari o‘sayotgandek tuyulsada, lekin haqiqatdan esa u ildizdan tana, tanadan novda, novdadan barg bo‘lib, bir tomonlama yonalishga qarab o‘sadi. Tabiatning bu qonuni naqshda ham o‘z aksini topgan.
Naqqosh usta chizadigan naqsh kompozitsiyalari shunchaki qog‘oz betini to‘ldirish yoki o‘yma yuzini o‘yish uchun emas, balki ongli ravishda tabiat va badiiylik qonun-qoidalariga amal qilgan holda naqsh kompozitsiyasini chizish tushuniladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda o‘ymakor ustaning ijodiy jarayonidagi eng qiyin va eng mas’uliyatli bosqich naqsh kompozitsiyasini (tabiat qonunlariga zid ravishda) nusxasini chizishdan iboratdir. Agarda naqsh kompozitsiyasi nusxasi tabiat qonunlariga zid ravishda tuziladigan bo‘lsa, u holda o‘yishda ham, pardoz berishda ham har qancha yutuqqa erishilsada ish ko‘ngildagidek go‘zal va jozibador chiqmaydi. To‘satdan qaraganimizda o‘yma naqsh juda chiroyli, go‘zal va jozibador ko‘rinsada, lekin bir ozdan so‘ng naqsh
kompozitsiyasi tuzishda qo‘yilgan xato va kamchiliklar, nuqsonlar yaqqol sezilib qoladi. Kompozitsiya nima o‘zi? - Kompozitsiya -lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, bir - biriga ma’lum tartibda joylashtirish, solishtirish ma’nosini anglatadi. Kompozitsiya ishlashda ritm, simmetriya, assimmetriya, komponovka, davriy takrorlanish, markaz topish, bezakning dinamikligi, tabiiyligi, chiroyliligi va pardozlarning bir-biriga uyg‘unligi kabi komponentlarini o‘z ichiga oladi. - Komponovka, ya’ni joylashtirish, chizish kerak bo‘lgan naqsh kompozitsiyasini yoki biror yuzaga to‘g‘ri joylashtirish demakdir. - Simmetriya-grekcha so‘zdan olingan bo‘lib o‘lchovning bir-biriga munosibligi tushuniladi. - Assimetriya-kompozitsiyada simmetrik qonun-qoidalar muvozanatining buzilishidir. - Ritm-naqsh kompozitsiyasining ma’lum bir qismi ma’lum bir masofada doimiy ravishda bir tekisda takrorlanib kelishi bo‘lib, naqshdagi harakatning uzluksiz va go‘zal ko‘rinishini ta’minlaydi. - Stilizatsiya-tabiatdagi o‘simlik, hayvon va boshqalarning tasviri, rasmi, shakli tuzilishini badiiy usulda umumlashtirishdir. Naqsh kompozitsiyasi chizishda quyidagilarga e’tibor qaratish va amal qilish kerak bo‘ladi: Birinchidan, tanob yoki novda tagida gul, g‘uncha yoki bargni qoldirib tasvirlash mumkin emas. Ikkinchidan, tanob bilan novdani farqlab tasvirlash. Uchinchidan, taqsimda ortiqcha naqsh elementlarini chizishga yo‘l qo‘ymaslik. To‘rtinchidan, tanobdan hech qachon gul, novda, g‘uncha va boshqalarni o‘sib chiqqan holda tasvirlamaslik. Beshinchidan, naqsh elementlari nisbatini saqlay bilish. Oltinchidan, tuzilgan naqsh kompozitsiyasining Yog‘och o‘ymakorligiga moslab tuzilishi. Ettinchidan, naqsh zichligiga e’tibor berish. Sakkizinchidan, naqsh orasidagi zamin bo‘shliqlar nisbatini saqlash va boshqalarni e’tibordan chetda qoldirmaslik joiz bo‘ladi. Tuzilgan naqsh kompozitsiyasini kalka (xitoy qog‘ozi yoki shaffof qog‘oz) ga ko‘chirib axta (ulgi) tayyorlanadi. Axta tayyor rasmni shaffof qog‘ozga chizib, chiziq ulkanlarini igna sanchib, buyum yuziga tushirish uchun tayyorlanadigan andozadir. Ilk davrda o‘yma yuzasiga mo‘ljallab to‘g‘ridan-to‘g‘ri chizib, o‘yib ketganlar. Keyinchalik esa taxta orqali tasvirini tushirish qulayligini sezishgan va undan foydalanib kelganlar. Taxta tayyorlash uchun buyumning o‘yma bajariladigan yuzasiga mo‘ljallab yupqa shaffof qog‘oz olinadi. Naqsh kompozitsiyasiga qarab, moslab simmetriya o‘qi bo‘ylab shaffof qog‘ozni ikkita, to‘rtta va buklanadi. Bukilgan shaffof qog‘ozning yumshoq yostiq ustiga qo‘yib naqsh chiziqlari ustidan igna bilan teshib chiqiladi. Naqshning yirik yoki maydaligiga qarab igna tanlanadi va igna teshigi oralig‘i naqshning yirik yoki maydaligiga qarab teshib 28 chiqiladi. Teshilgan nusxa tayyor bo‘lgandan so‘ng, shaffof qog‘oz yozib yuboriladi va bir butun kompozitsiyani ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yog‘och o‘ymakorligida asboblar ikki turga bo‘linadi. YA’ni naqshni o‘yish uchun «O‘yma qalamlar» va ikkinchi «naqsh qalamlar» dir. Iskanalarni shakli va bajaradigan ishiga qarab ularning bir qancha turlari mavjud bo‘ladi. Masalan: a) to‘g‘ri iskana, b) novda iskana, v) nov iskana, g) zamin iskana, d) baliq sirtli iskana, e) morpech iskana, j) chekma iskana, z) kurakcha iskana va hakazo. O‘ymakorlikda ishlatiladigan uskunalar maxsus asbob tayyorlaydigan chilangar ustalar tomonidan tayyorlanadi. Usta bir buyumni yasash va unga pardoz berishdan avval uning xomaki umumiy nusxasini bajaradi. Xomaki nusxa ma’qul bo‘lgach, Yog‘och tanlashga o‘tiladi. Yog‘och o‘ymaga chiroyliligi, tuzilishi va rangi bilan mos bo‘lishi kerak. Uning suvda saqlanganligiga va yaxshilab quritilganligiga ham ahamiyat beriladi. Chunki bu bosqichlar to‘liq bajarilmasa o‘yma yorilib ketishi mumkin. Yog‘och tanlab bo‘lingandan so‘ng duradgorlik ishlari boshlab yuboriladi. Dastlab buyum detallari yasaladi. Masalan, ikki tabaqali o‘zbek milliy eshigini badiiy bezash uchun avval eshikni bozisi, dilasi va reykasi tayyorlanadi. Duradgorlik ishlari bajarilgach, naqsh tushuriladigan joy xatlash, lineyka yordamida qalamda belgilab chiqiladi. Naqsh nusxasining taxtasi tayyorlanib eshikka xoka yordamida tushuriladi. Tekis yuzaga naqsh tushurilgach, ustidan qalam bilan chizib chiqiladi. SHu qalam chizg‘ichning ustidan esmush (tig‘i o‘tkir burchakli asbob bo‘lib, pardoz ishlarida ishlatiladi) bir xil qilib ochib chiqiladi. Yog‘och gullarini o‘yishda turli-tuman ko‘rinishda kesadigan, tig‘i po‘latdan bo‘lgan iskanalar ishlatiladi. Bu o‘yuvchi asboblarning turlari o‘yiladigan naqshning shakl va tuzilishiga qarab belgilanadi. Lekin ba’zi ustalarimiz juda kam asbob ishlatadilar. Azaldan har bir gulning o‘z asbobi bo‘lgan. Asboblar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ish muvaffaqiyatli chiqadi. Esmush bilan kesib chiqilgan naqsh chiziqlari to‘g‘ri va egri iskanalar yordamida kesib chiqiladi. So‘ngra to‘g‘ri iskanada asta-sekin naqsh zamini olib chiqiladi. Naqsh zamini o‘yib bo‘lingandan so‘ng zamin tekshirib chiqiladi. Chunki o‘yma chuqurlik har xil 1 mm dan 20 mm gacha bo‘lishi mumkin. Nova iskana yordamida naqsh relyeflariga pardoz beriladi. Esmushda esa novdalarga ariqchalar ochiladi. Relef pardoz berilgandan so‘ng o‘yma zamin chekma qalam bilan chekmalab chiqiladi. Shundan so‘ng eshik yaxshilab jilvir qog‘ozda jilvirlanadi. Jilvirlangan yuza yaxshilab pardozlanib rangsiz lok bilan asta loklanadi. Eshikka rangsiz lok berilganda Yog‘ochining tabiiy rangi saqlab qolinadi, ya’ni tomoshabinga Yog‘ochining nafis hamda go‘zalligi yaqqol ko‘rinadi. Lok qurigandan so‘ng eshik asta-sekin yiqiladi. Bozi va dilani bir-biriga joylashtirib reyka bilan yiqiladi. Tayyor bo‘lgan eshik kesakiga joylanib oshiq-moshiqlari o‘rnatiladi
Amaliy: Pano (lagan) yasash quti yasash Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 31 martdagi 7-mh-sonli buyrug‘i. 2. S.Bulatov “O‘zbek xalq amaliy bezagi san’ati” 334-341 betlar Toshkent “Mehnat” nashriyoti 1991. 3. Mehnat ta’limi bo‘yicha ishlov dasturi. K.Davlatov. S.Usmonov. Toshkent 1998. 4. Bolalar insklopediyasi 5. Uy- ro‘zg‘or buyumlarini yasash va ta’mirlash. Toshkent 2000. 6. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi 1-2 jildlar. Toshkent. 2000 . Elektron manba: 1. “Ziyonet” uz. 30 Download 211.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling