Barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rni
Download 97.11 Kb. Pdf ko'rish
|
2- mustaqil ish dinshnoslik(1)
“Barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g‘oyaning o‘rni.” Mavzusida esse REJA: Kirish Asosiy qism 1. Mafkuraviy xurujlarga misollar 2. Milliy g’oyaning maqsadi. 3. Yoshlarni mafkkuraviy xurujlardan saqlashda milliy g’oyaning o’rni . Xulosa Kirish Mafkuraviyy xuruj haqida gap yuritishdan oldin mafkura o’zi asli nimaligiiga ochiqlik kiritib olishimiz kerak. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va maqsadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkuraviy jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim si-fatida vujudga keladi va, asosan, qu-yidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va shahrik. Mafkura muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkura oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Ana endi biz mafkura haqida ma’lumotga ega bo’ldik. Endi esa milliy g’oya haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lamiz. Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz mo-hiyatiga koʻra, xalq, millat takdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi. Masalan, oʻz davrida (1941—45) fashistlar bosib olgan Fransiyada "Qarshilik koʻrsatish" gʻoyasi Milliy gʻoya darajasiga koʻtarildi va Fransiyaning ozod etilishi bilan bu gʻoya oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Biror gʻoyaning M.gʻ. sifatida maydonga chiqishi millatning oʻtmishi, mavjud holati bilan bevosita bogʻliq. Ana shu 2 negizga tayangan holdagina u millatning qisqa vaqt va uzoq vaqtga erishish lozim boʻlgan maqsad- muddaolari va moʻljallarini toʻgʻri ifodalay olishi mumkin. Har qanday Milliy gʻoyada umuminsoniy moqiyat mavjud boʻladi. Asosiy qism Bugungi kunda zamon shu qadar tez rivojlanmoqda tabiiyki ushbu davrda yomon niyatli odamlar o’zlarining qabiq rejalarini bajarish maqsadida turli xil mafkuraviy xurujlarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Biz hozir mafkuraviy xurujlarga misollar keltirishga harakat qilamiz. Bugungi kunda mafkuraviy tahdidlar aholining ma’lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishda o‘zgartirish, yolg‘on axborot, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg‘unchi g‘oyalarni singdirishga urinishdek ko‘rinishlarda sodir bo‘lmoqda.mana ko’rib turganingizdek bir qancha misollarni o’rtaga tashladik va endi o’sha misollarni qisman yoritishga harakat qilamiz. Hozirgi kunda yolg’on axborotlarga kunda duch kelamiz. Turli xil yolg’on axborotlar bilan yoshlarning ongini buzishga harakat qilayotgan shaxslar ham ko’p. Yolg’on axborotlarni tarqatishdan ularning maqsadi shuki ular nimani haq deb bilsa qolganlarni shunga ishontirish. Diniy ekstrimizm haqida eshitmagan inson bo’lmasa kerak. Endi diniy ekstrimizm haqida ham qisqacha ma’lumot beramiz. Diniy ekstremizm — baʼzi diniy tashkilotlar yoki asosan ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. Diniy ekstemizm koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va „Johiliya“ asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun „asos“ boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat „haqiqiy“ musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak „islomiy tartib“ni o'rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Diniy ekstrimizm haqida ham ma’lumotga ega bo’ldik. Milliy g’oyalar va ularga misollar keltiramiz. Qisqacha milliy g’oya haqida kirish qismida ma’lumot bergan edik shunday ekan endi u haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lishga harakat qilamiz. Miliy g’oya bu qisqa muddatli va uzoq mmuddatli ham bo;lishi mumkin. Xo’sh qisqa muddatli milliy g’oya qanaqa bo’ladi. Ya’ni aholini yoki odamlar jamiyatini oldiga qo’yilgan ezgu maqsadi amalga oshguniga qadar davom etuvchi milliy g’oyalar asosan qisqa muddatli bo’lad. Uzoq muddatli milliy g’oyalar esa uzoq davom etuvchi mafkuraviy xurujlarga nisbatan qaratilgan milliy g’oyalar hisoblanadi. Bizning ham davlatimizni rivojlantirish maqsadida ko’plab milliy g’oyalarimizga egamiz. Asosiy milliy g’oyalarimiz yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini, umuminsoniy qadriyatlarni singdirish kabi oʻz oldimzga buyuk maqsadlar qoʻyganmiz. Yoshlarni mafkuraviy xurujlardan himoya qilish hozirgi zamonning global muammolaridan biriga aylanmoqda. Tabiiyki texnologiylar qanchalik rivojlangan sari turli xil yomon niyatli odamlarning o’z mafkurasini singdirish imkoni ham shunchalik ortmoqda va bu kabi yovuz niyatli insonlarning mafkurasidan yoshlarni saqlashda bizga milliy g’oyalarimiz yordam beradi. Milliy g’oyalarimiz yoshlarimizning bu kabi yomon yo’llarga kirishini olldini olishda va ularga bu kabi yomon niyatli insonlarning yolg’on mafkuralariga uchmaslikka yordam beradi. Boyagina so’zlaganimizdek diniy ekstrimizm hozirgi kundagi mafkuaralardan biri hisoblanadi. O'zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o'lka bo'lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo'lgani, Vatan taraqqiyoti yo'lida yelkadosh bo'lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko'p qayd etilgan. Hozirgi kunda O'zbekiston aholisining soni 36 mln.dan oshgan bo'lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Fuqarolarning 94% dan ziyodi islom diniga e'tiqod qiladi. 3,5% ga yaqin fuqarolar pravoslav diniga mansub bo'lib, qolganlarini boshqa konfessiya vakillarini tashkil etadi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida 16 diniy konfessiyaga mansub 2 238 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2064 tasi islomiy, 157 tasi xristian, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va Budda ibodatxonasidir. Bulardan tashqari konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda. Shunday ekan “ Diniy ekstrimizm va terrorizm – jamoyat taraqqiyotiga tahdid” hisoblanadi. Bu kabi tahdiddlardan yoshlarni himoya qilish va ularni bu kabi tahdidlarga qarshi milliy g’oyani shakllantirish shu qadar zarur hisoblanadi. Shunuing uchun ham yoshlarda diniy ekstrimizm va uning oqibatlari hamda biz nima uchun ularga qarshi kurashishimiz haqida tushunchani hosil qilish oldimizda turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Diniy ekstrimizmning g’oyalari xatoligini ularni asosiy maqsadi nima ekanligini yoshlarimizga yetkaza olishimiz kerak. Ularni dinni niqob qilib olib o’zlarining qabiq rejalarini amaliyotga tadbiq qilishga intilayotganini tushuntirishmiz kerak. Bularning barchasini milliy g’oyamiz orqali anglatishimiz mumkin, shu uchunam milliy g’oyalarimiz biznibg hayotimiz uchun judalar muhim hisoblanadi. Xulosa Xulosa o’rnida shularni ko’rsatishimiz mumkin. Mafkuraviyy xuruj haqida gap yuritishdan oldin mafkura o’zi asli nimaligiiga ochiqlik kiritib olishimiz kerak. Mafkura (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Milliy gʻoya — muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. Quyidagi mavzuni ko’rib chiqishda bir qancha xulosalarga ega bo’ldik. Mafkuraviy xurujlar bular insonlar va ularning ongiga ta’sir qilish oqibatida turli yod g’oyalarni singdirish va ularni targ’ib qilish. Yani ular o’z g’oyalarini odamlarga singdirish va ularnii ortidan ergashtirishga harakat qilish ekan. Natijada ularga bu narsalarni targ’ib qilish ulardan o’z manfaatlarida yo’lida foydalanish ekan. Bu holatga tushmaslik uchun milliy g’oyaning ma’nosini yoshlarga to’laqonli tushuntirb berish va milliy g’oya faqat xalq uchun xizmat qilishini tushuntirib berish va boshqa mafkuraviy xurujlar ta’sirida qolmaslik uchun, internet tarmog’idagi hamma narsaga ham ishonib bo’lmasligini uqtirishimiz kerak. Tabiiyki hozirda internet tarmog’i shu qadar rivojlangan asrga yetib keldik. Bugungi kunda shu qadar saytlar ko’payib ketdiki ularni barchasini ichidagi kontentlarni tahlil qilishni iloji yo’qligi uchun sizni va barchani faqat rasmiy xabarlarga ishonishingizni isltimos qiladigan davrg ayetib keldik. Turli xil saytlarda turli xil targ’ibotlar bo’lishi mumkinligini hisobga olgan holda har qanday aldovga ham uchmasligingizni eslatib o’tmoqchimiz. Chunki ularning asosiy maqsadi sizdan foydalanish va sizni uzini qo’g’irchog;iga aylantirish bo’lishi haqida ham bilib oldik. Davom etadigan bo’lsak hozirda bu kabi saytlarni barchasini ham blokirovka qilishning iloji yo’qligini ham bilamiz. Chunki hozirda ko’plab saytlardan yaxshi niyatda foydalanayotgan shaxslarimiz ham ko’p shuning uchunam biz ularga internet tarmog’idan foydalanish ma’daniyatini o’rgatish va o’z milliy g’oyamizning maqsadini tushuntirib berishimiz. Milliy g’oyamiz faqat xalqni manfaati uchun xizmat qilishini tushuntirib berishimiz kerak. Chunki diniy ekstirimizm oqibati hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Ularningg maqsadi aslida sizga ko’rsatayotgan ro’yolardan mutlaqo farq qiladi. Shu uchun ham milliy g’oyamizni tushunib olish asosiy hisoblanadi. Mana qisqacha xulosaga ham ega bo’lib oldik. Download 97.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling