Barmoq she'r tizimi Mundarija: Kirish. Asosiy qisim


NASRIY ASARLARNI BADIIY O’QISh


Download 118 Kb.
bet4/5
Sana13.05.2023
Hajmi118 Kb.
#1457475
1   2   3   4   5
Bog'liq
barmoq tizimi

NASRIY ASARLARNI BADIIY O’QISh
Nasriy asarlarni badiiy o’qishga tayyorlash boshqa turdagi matnlar badiiyo’qishga nisbatan kam e'tibor beriladi. Maktab hayotida nasriy asarlarni sinfda o’qish boshlang’ich sinflarda olib boriladi. To’g’ri, bu sinflarda oddiy o’qish, nfodali o’qish, sharhli o’qish amalga oshirilmasa-da, hali o’quvchilarda badiiy o’qish ko’nikmasi hosil bo’lmaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’qituvchi badiiy o’qish namunasini darsda ko’rsata olishi, ayrim talantli o’quvchilarning o’qishdagi muvaffaqiyatini ibrat qilib ko’rsatish orqali o’quvchilarning badiiy o’qishga bo’lgan rag’batini kuchaytiradi.
Yuqori sinflarda esa matn ustida ishlash darslarida, badiiy o’qish darslarida nasriy asarlarni ham o’qishga e'tibor berish zarur. Adabiy kechalarda, turli yig’ilishlarda nasriy asar matnlari badiiy o’qishga tayyorlanganda g’oyaviy-badiiy yuksak asarlar matnlari tanlanishi zarur.
Oliy o’quv yurtlarida ham nasriy asarlarni bo’lajak muallim badiiy o’qish darajasida o’qiy olishga erishishi zarur. Oliy o’quv yurtida talaba nasriy matnni qanday tayyorlashga misol ko’raylik. Boshqa turlarda bo’lgani singari talaba o’ziga yoqqan, qalbiga ta'sir qilgan matndan parchani daftariga ko’chirib yozadi.
Masalan, O’.Hoshimovning «Dunyoning ishlari» asaridagi quyidagi parchani olaylik.
«Bahor/ devorlarning oftobro’ya etaklaridan boshlanmaydi. / Bahor / ariqlarning ko’ngay sohillaridan boshlanmaydi. / Bahor / qabristondan boshlanadi. To’ng’ich chuchmomalar / eng avval, / sukutga cho’mgan qabriston ustida / ma'yus qo’ng’irog’ini chaladi. Bag’ri qon qizg’aldoqlar / Birinchi bo’lib mana shu yerda ochiladi. Kim bilsin/ Tabiat marhumlar ruhiga yilda bir marta ko’rsatadigan marhamati /, ehtimol / shudir. Cho’g’dek lovullagan qizg’aldoqlar, / saf tortgan gulsafsarlar orasida marmar toshlar ko’rinadi / Oqmarmar, / ko’k marmar, / qora marmar... // «Onajon /, sizni toabad unutmaymiz» /, «Onajon / qildingiz bizga jon fido/E voh, taqdir sizdan ayladi judo» / «Onajon, / xotirangiz qalbimizda mangu yashaydi...» //
Bu so’zlarning har bitta harfiga / qanchadan-qancha / ko’z yoshi tomganini bilaman / Ehtimol / bular inson bolasining hayotda aytgan eng rost so’zlaridir. / Faqat... / Har gal ularni o’qiganda / bir narsani o’ylayman. / Mana shu so’zlarni yurak-yurakdan iztirob bilan aytgan farzand / onasi hayotligida qanchalik ko’nglini ololdi ekan? / Xotiningga qimmatbaho po’stin olib berayotganida / onasiga bir kiyimlik ko’ylak qo’shib olish / yodidan chiqmadimikan? / O’z uyini chet el mebeli bilan to’ldirib qo’yganida / onasiga aqalli bo’yradekkina gilamcha / sovg’a qilishni unutmadimikan?
Mabodo/tabiat marhumlarga qayta jon ato qilsayu/ onalar tirilib qolsaG`hayot paytida mehr berganmi?/ bermaganmi / - baribir / farzandini maqtab gapirgan bo’lardi...//
Qabr ustida qo’ng’iroq chalgan chuchmomalar, / lovullab yongan lolaqizg’aldoqlar / onalarning farzandini yupatish uchun /takdim etgan che-
chaklari bo’lsa ajab emas»...//
Matnni yodlashdan oldin fonetik urg’u, mantiqiy urg’u, pauzalar o’rnini belgilab olinadi. Yuqoridagi belgilangan talablar asosida matn yod olinadi. Matnni o’qishda ovoz o’rtacha beriladi. Mantiqiy urg’u olgan so’zlarda ovozni tebrantirish matn mazmunidagi mungni yanada bo’rttirishga imkon beradi. Ayniqsa, qabr toshlariga yozilgan matnlarni o’qishda intonatsiya katta ahamiyat kasb etadi.
Matnga e'tibor berilsa, ikkinchi abzatsda fikrlar to’qnashadigan o’rinlar bor. «Xotini — onasi», «o’z uy — ona uyi» kabi. Ana shu abzats o’qilayotganda, o’rtadagi pauzagacha ovoz balandroq, temp esa tezroq beriladi. Pauzadan so’ng esa ovoz ham, temp ham sekinlanib, ovoz tebranishiga alohida ahamiyat beriladi.
Ovoz balandroq, tem tezroq. Ovoz ham, temp ham pastlaydi.
Xotiniga qimmatbaho po’stin Pauza Onasiga bir kiyimlik ko’ylak
olib berayotganida qo’shib olish yodidan chiqmadimikan?
Matnni o’qishda yuz, ko’zda ma'yus ifoda beriladi. Yuqoridagi kabi qiyosiy fikrlar berilayotganda yuz-ko’zda alam, iztirob ifodasi beriladi.
Kulliyotimizda o’tkazilgan adabiy kechalarda A.Qodiriyning «O’tgan kunlar» romanidagi Qumush maktublari, Oybekning «Qutlug’ qon» romanidagi Gulnor o’g’irlangan kechadagi Yo’lchi holati tasviri, P.Qodirovning «Bobur» romanidagi shoirning o’limi tasviri kabi matnlar katta muvaffaqiyat bilan o’qilgan.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling