Basketbol musobaqasi tashkil etish turlari va musobaqalarnig ahamiyati


Download 23.79 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi23.79 Kb.
#1288521
  1   2   3
Bog'liq
Basketbol musobaqasi tashkil etish turlari va musobaqalarnig ahamiyati


  1. Basketbol musobaqasi tashkil etish turlari va musobaqalarnig ahamiyati

Sport o’yinlarini musobaqalari o’quv-mashq ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mashg’ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakatda sport o’yinni ommaviy rivojlanishiga yordam beradi. Shug’illanuvchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman jamoa ning jismoniy, texnik, taktik va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv-mashq jarayoninig axvoli va yo’nalishining aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-mashq ishlarini yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.


Musobaqalar qat’iylikni, g’alabaga erishish yulidagi iroda kuchini, korxona jamoasini, shahar, respublika oldidagi masuliyatini tarbiyalaydi. O’yinlarning emotsional keskinligi shug’ullanuvchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ochik xavoda o’tkaziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog’lomlashtirish jixatidan katta ahamiyat ga ega bo’lib, jismoniy kamolotning xammabop va qimmatli vositalaridan biridir. Musobaqalar ko’p sonli tomoshabinlarni jalb qilish bilan sport o’yinini propaganda qilish va ommalashtrishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomoshabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug’ullanishga jalb etadi.
Musobaqa hakamining tarbiyachi-pedagog va o’yin raxbari sifatida roli juda katta. Aniq hakamlik qilish, maydondagi ruy beradigan qupollikka va ayrim sportchilarning intizomsizligiga qarshi qatiy kurashish, musobaqalashayotgan jamoa o’yinchilariga o’z vaqtida tanbex va ko’rsatmalar berish musobaqani taktik va texnik jixatdan yuqori darajada o’tkazishga yordam beradi.

Qo’yilgan vazifalarga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bulish mumkin.


Yagona sport klassifikatsiyasi talablariga muvofiq tashkil etiladigan va natijalarga ko’ra sport klassifikatsiyasi belgilanadigan hamda g’olib yoki chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi – kalendar musobaqalar bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona kalendar rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi.
Quyidagilar musobaqalarning asosiy turlariga kiradi:

Birinchilik yoki chempionatlar eng mas’uliyatli musobaqalar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoaga chempion nomi beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi jamoalar kuchini ob’ektiv baholashga, olib borilayotgan o’quv - mashq ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Kubok musobaqalari musobaqalarga juda ko’p jamoalarni jalb etish va g’olibni nisbatan qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish printsipi bo’yicha o’tkaziladi.
Saralash musobaqalari keyingi bosqichda qatnashish uchun eng kuchli jamoalarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Musobaqalarning yordamchi turlariga quydagilar kiradi:

  • nazorat uchrashuvlari;

  • o’rtoqlik uchrashuvlari;

  • ko’rgazmali uchrashuvlar;

  • qisqartirilgan musobaqalar.

Nazorat uchrashuvlari jamoalarni bo’lajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o’tkaziladi.
O’rtoklik uchrashuvlari o’quv-mashq maqsadlarida yoki an’anaviy musobaqalar planida o’tkaziladi.
Ko’rgazmali uchrashuvlar sport o’yinini ommalashtirishga va sport mahoratini ko’rsatishga xizmat qiladi.
Qiskartirilgan musobaqalar bir necha soat mobaynida o’tkaziladi. Ular, odatda, bayram kunlariga va sport mavsumining ochilishi yoki yopilishiga rejalashtiriladi.
Bunday musobaqalarning o’tkazilishini tezlashtirish uchun o’yin vaqti qisqartiladi. Qisqartarilgan musobaqalarning dasturi faqat o’yin o’tkazishni emas, balki o’yinchilarning texnik yoki jismoniy tayyorgarligiga doir musobaqalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.
Jamoa harakatlarni takomillashtirish mashqlari va o’yinlarida shaxsiy pressing dastlab orqasidan o’yinga kiritilayotganda shaxsiy pressing maydonning yarmida qo’llaniladi. So’ng bu usulni qo’llash onlari sistemali osha boradi va nihoyat, uni har bir to’p yo’qotilgandan keyin qo’llash vazifasi bajariladi. Butun maydon bo’ylab shaxsiy pressingni qo’llash mashqlari ham xudi shunday yo’l bilan qiyinlashtirilib boraveriladi.
Basketbolchilarning psixologik tayyorgarligi ham shaxsiy pressingni egallashda xalqiluvchi ahamiyatga ega. Shaxsiy himoyani takomillashtirish jarayoning oxirgi vazifasi ana shu himoyaning variantlarini maqsadga muvofiq qo’llay bilishdir. Shu maqsadda qo’llaniladigan mashq va o’yin variantlari murabbiyning ko’rsatmasi bilan ma’lum vaziyatlardan so’ng yoki uchrashuvda kuchlar nisbatining o’zgarishiga qarab almashtirib turiladi.



Download 23.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling