Basketbol o‘yinida hakamlar va ularning vazifalari. Reja: Kirish
Nоrоziliklаrni tаqdim etish shаrtlаri vа ulаrni ko’rib chiqish tаrtibi
Download 69.57 Kb.
|
BASKETBOL O‘YINIDA HAKAMLAR VA ULARNING VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Tаlаbnоmа
6. Nоrоziliklаrni tаqdim etish shаrtlаri vа ulаrni ko’rib chiqish tаrtibi.
7. Jаmоаlаrni vа qаtnаshuvchilаrni mukоfоtlаsh. G’оlib jаmоа vа sоvrindоrlаrni mukоfоtlаsh, estаliklаr tаqdim qilish ko’rsаtilаdi. 8. Jаmоаlаrni qаbul qilib оlish. Аgаr musоbаqаlаr spоrtchilаrning dоimiy turаr jоylаridа o’tkаzilmаsа, u hоldа mаblаg’ аjrаtuvchi tаshkilоt, kеlish vа kеtish muddаtlаri, jоylаshtirish hаmdа оvqаtlаntirish qаndаy tаshkil etilishi ko’rsаtilаdi. 9. Tаlаbnоmа Tаlаbnоmа (zаyavkа)ni vа qаytа tаlаbnоmаni tаqdim etish turlаri vа vаqti, jаmоаlаr vа qаtnаshuvchilаrni rаsmiylаshtirish (pаspоrt, rеyting dаftаrchаsi, klаssifikаsiya bilеti, tаlаbаlik guvоhnоmаsini tаqdim qilish) tаrtibi. Xulosa Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20 daqiqa qolganida har bir murabbiy kotibga o’yinda qatnashadigan o’yinchilarning familiyalari va raqamlarini, shuningdek jamoa sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining familiyalarini ma’lum qilishi kerak. O’yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida murabbiylar o’z o’yinchilarining familiyalari va raqamlarni tasdiqlaydilar va qaydnomaga qo’l qo’yadilar hamda shu vaqtning o’zida o’yinni boshlaydigan 5 ta o’yinchini belgilab qo’yadilar. «A» jamoasi murabbiyi shu ma’lumotni birinchi bildirayotgan bo’lib hisoblanadi. Agar o’yinchi o’yin jarayonida o’z raqamini o’zgartiradigan bo’lsa, unda bu haqida kotib va katta hakamga ma’lum qilishi zarur. Bir daqiqalik tanaffuslar haqidagi iltimoslarni murabbiy yoki murabbiy yordamchisi qilishlari mumkin. Agar murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o’yinchini almashtirish kerakligi to’g’risida bir qarorga kelsalar, unda zahiradagi o’yinchi shu iltimosni etkazish uchun kotibga murojaat qilishi kerak va o’yinga darhol tushish uchun tayyor turishi zarur. Agar jamoada murabbiy yordamchisi mavjud bo’lsa, uning familiyasi o’yin boshlanishidan oldin qaydnomaga yozilgan bo’lishi shart. Agar murabbiy turli sabablarga ko’ra o’z vazifasini davom ettira olmasa, bunda murabbiy yordamchisi murabbiy vazifasini bajaradi. Jamoa sardori murabbiydek harakat qilishi mumkin. Agar u biron bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib ketishi kerak bo’lsa, unda u murabbiy sifatida harakatini davom ettirishi mumkin. Lekin, agar u qoidani buzganligi tufayli o’yinda qatnashish huquqidan mahrum etilgan bo’lsa yoki og’ir jarohatlanganligi sababli murabbiylik vazifasini bajara olmasa, uning o’rniga sardor sifatida o’yinga tushgan o’yinchi uni murabbiy sifatida ham almashtirish kerak. Murabbiy va murabbiy yordamchisining stol atrofidagi hakamlar bilan muloqoti Murabbiy yoki murabbiy yordamchisi o’yin paytida stol atrofida o’tirgan hakamlar bilan muloqot qila oladigan jamoaning yagona vakili bo’lib hisoblanadi. U istagan paytida, masalan, hisob, vaqt tabloga yoki follar soniga tegishli bo’lgan ma’lumotni olmoqchi bo’lganida hamda bir daqiqali tanaffus olish uchun murojaat qilganida bu ishni qilishi mumkin. Uning hakamlar stoli atrofida o’tirgan hakamlar bilan o’zaro muloqot har vaqt o’yinning bir me’yorda kechishiga xalaqit bermaydigan bo’lishi va osoyishtalik hamda vazminlik bilan o’tishi kerak. Agar murabbiy o’yinchini almashtirmoqchi bo’lsa, u zaxiradagi o’yinchiga almashish to’g’risida kotibga murojaat qilishni taklif etadi. Bu iltimosni aytish uchun murabbiy hakamlar stoli oldiga borishi shart emas. Download 69.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling