Basketbolda musobaqa bayonnomasini va xisobotini to'ldirish usullari


B asketbolda amal qilinadigan qoidalari


Download 240.5 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi240.5 Kb.
#1328528
1   2
Bog'liq
16 Basketbolda musobaqa bayonnomasini va xisobotini to\'ldirish usullari

B asketbolda amal qilinadigan qoidalari.

Mashg’ulotni boshlashdan avval tayyorlov mashqlarini bajarish, gavdani biroz qizdirish lozim, chunki bu har turli et cho’zilishlarning oldini oladi. Shundan so’ng qo’l barmoqlarini bukib-yozish, kaftlarning o’zini aylantirish, silkitish, keyin oyoq uchlarida, tovonlarda, so’ng oyoqlarning butun kaftida yurish darkor.


Bulardan tashqari, ilon izi bo’lib yurib, to’siqlardan o’tish, aylanib o’tish, tez harakatlar bilan yugurish, to’satdan oldinga engashib o’tish, to’xtash, yugurishni o’zgartirib yurish va ishoraga ko’ra bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa sakrab o’tish, to’pni yerga urib yurish, to’pni to’g’ri chiziq bo’ylab olib yurish, to’pni past olib yurish va ikkala to’pni boshqarib aylanib yurish, to’xtab yurish, yarim o’tirish, oyoqlarni bukkan holatda yurish, to’pni oyoqlar orasidan chap va o’ng qo’l bilan yerga urib yurish harakatlari bajariladi. Shuningdek, baland joydan turib sakrash, bir oyoqda, ikkala oyoqlarda, 4—5 marta balandga sakrab, so’ng yarim o’tirish holatiga o’tish mashqlari bajariladi.
Maydonda tartib saqlanishiga va o’yin tugagach, to’pni o’z joyiga albatta olib borishga odatlaniladi.
Agar mashg’ulot sport zalida o’tkazilsa, uning havosini almashtirish, xonani ortiqcha narsalardan tozalash lozim bo’ladi.
O’yin paytida toyib ketmaslik uchun maydonning ho’l joylari toza latta bilan artib qo’yiladi. O’yinchilar qo’lida soat, taqinchoq va boshqa narsalar bo’lmasligi kerak, chunki ular jarohatlanishga sabab bo’lishi mumkin.

Basketbolchining dastlabki holati va joy dan joyga siljib yurishi
Basketbolchi maydon bo’ylab joydan-joyga siljib, sakrab, to’xtab, aylanib harakat qiladi. Basketbolchining rasmdagi ho­lati—bu dastlabki holat hisoblanadi . O’yinchi himoyada xohlagancha bir joydan ikkinchi joyga siljib yuradi. Bunda oyoqlar yelka kengligida, gavda og’irligi ikkala oyoqqa bir tekis tushiriladi, tizzalar bukilgan holatda, gavdani biroz oldinga tashlab, bel qismini to’g’ri ushlab, bosh ko’tarilgan holda, qo’llar esa tirsakdanbukilgan va biroz yon tomonga qaratilgan bo’ladi.
Basketbolchining dastlabki tik holatda turishi, o ‘rtachadan yuqoriroq bo’ladi.
O’rtacha tik turish holatini butun o’yin davomida qo’l-lashning qulayligi shundaki, uning barcha texnik usullari to’pni ilib olishda, to’pni yerga urib, joydan-joyga ko’chib yurishlarda, to’pni halqaga sakrab turib tashlashlarda ifodalanadi.
Past holatda bo’lib turishning qulayligi shundaki, bunda to’pni egallab turgan raqib jamoaning o’yinchisi bilan kurashish, pasttichib kelayotgan to’pni to’satdan ushlab olish va uzatish, bo’yi baland o’yinchiga qarshilik ko’rsatish va qarshi jamoaning halqasiga tezda yorib o’tish hamda to’pni pastlab olib yurish qulaydir. x
Yugurish. Basketbolchining yugurishi yengil atletikachi-ning yugurishiga o’xshaydi, ammo uning farqi, oyoqlar yerdan uzilmay, tovondan oyoq uchigacha to’liq bosilib yuriladi va oyoq panjalari yumshoq qo’yiladi.
Yon tomonga siljib yurishlar basketbolchiga chapga-o’ngga, oldinga-orqaga sirpanib yurishida, ayniqsa, himoyadaligida xohlagan paytda, to’satdan to’p uchun kurashga qulaylik yaratadi. Bunda gavda og’irligi bir tekis, u oyoqdan bu oyoqqa o’tkazilib, oyoq panjalari yerdan uzilmagan holda hamma vaqt sirpanib yurganday bo’ladi. Oyoqlar tizzadan bukilgan, gavda, bosh va qo’llar asosiy tik turish holatida
bo’ladi. Yuqoridagi harakatlarni o’rgansh uchun quyidagi mashq-larni bajarish maqsadga muvofiq:
a) chap va o’ngga harakat qilib siljish;
b) oldinga va orqaga siljish;
d) aralash siljish: chapga va o’nga, oldinga va orqaga siljish;
e) to’xtash va ikki qadamlab sakrab yurish.
Qadamlab to’xtashda basketbolchi yugurish maromini buzmay so’nggi qadamni tovondan, kattaroq qilib qo’yadi, so’ng tayanch oyog’ini bukib, ikkinchi oyog’ini oldinga qo’yib, tezlikni to’xtatadi va tayanch oyog’iga tiralib turadi
Burilish oldinga, orqaga, yonga va to’xtashga o’rganish bilan birgalikda bajariladi.
Ular orqaga, oldinga tayanch holatdagi oyoqda, bir joyda turgan holda va harakatda, to’p bilan yoki to’psiz bajariladi. Basketbolchi tayanch oyog’ida uning uchini yerdan uzmay turib, ikkinchi oyog’i bilan depsinadi va uni kerakli tomonga yo’naltirib, burilishni bajaradi (29- rasm). Bunda oyoqlar bukilgan bo’lib, raqibdan uzoqlashish maqsadida bir oyoq bilan qadam qo’yiladi. Albatta, burilish va qadam tashlashlarni o’yinchi to’pni qo’lga kiritgach bajaradi. Lekin, to’pni bir joyda turib ilib olishda xohlagan oyoq bilan tayanch hosil qilib turiladi, bordi-yu, shunda to’p yerga urib yurilsa ,,probej-ka” qoidasi buzilmaydi.
Basketbolga o‘xshab ketadigan o‘yin tug‘risidagi dastlabki ma'lumotlar eramizdan avvalgi VII asrga oiddir. Meksikadagi INKlar qabilasiga mansub bo‘lgan hududlar «POK-to-POK» deb atalgan o‘yinni qiziqib o‘ynashgan. Ushbu o‘yinning butun mohiyati o‘yinchilarning to‘pni halqa ichiga tushirishdan iborat bo‘lgan. To‘p o‘rnida kauchukdan tayyorlangan shardan foydalanishib, uni yerga nisbatan perpendikular baland joyda osilgan halqaga tashlashgan.Oradan ancha vaqtlar o‘tib, eramizning XVI asriga kelganda, meksikalik «basketbolchilar» bu o‘yinni takomillashtirdilar. O‘yin ijodkorlari zilday kauchuk sharni devorga osilgan tosh halqa orqali o‘tkazishga harakat qilishgan.
1603 yilda BRYuIS tomonidan ishlangan gravyurada basketbolga o‘xshagan o‘yin aks ettirilgan: VETning «Sport ensiklopediyasi» (1818-y) degan kitobida esa Floridada odamlar qiziqib o‘ynaydigan o‘yin bayon etilgan: kimki savatga ko‘proq to‘p tushirsa, o‘sha yutgan hisoblanadi. Savat esa baland joyga osib qo‘yilgan. Ancha keyinroq basketbolning hozirgi zamon ko‘rinishini eslatadigan to‘p bilan o‘ynaydigan o‘yin turi paydo bo‘lgan. Spartada shunga o‘xshagan «spiskirus», qadimgi Rimda «Xerpastum», Italiyada «Halqaga tushirish» deb ataluvchi o‘yinlar bunga misol bo‘la oladi. Hozirgi zamon basketbol o‘yini 1891-yilning dekabr oyida AQSHning Massachusets shtatidagi Springfild trenirovka maktabining (keyinchalik maktab kollejga aylangan) jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Jeyms Neysmit tamonidan kashf etilgan. U o‘yinni shunday ta'riflab bergan: «Basketbolni o‘ynash oson, lekin yaxshi o‘ynash qiyin». Yangi o‘yin o‘zining serharakatligi bilan o‘yinchilarda shunchalik qiziqish uyg‘otadi, deb Neysmit xayoliga ham keltirmas edi. Hozirgi kunlarda esa basketbol bilan shug‘ullanadiganlar soni millionlarcha. Neysmit tomonidan yaratilgan o‘yinning dastlabki varianti beshta asosiy shartdan, 13 ta asosiy qoidadan iborat edi. O‘sha o‘yinning dastlabki qoidalari 1892-yil 15-yanvarda matbuotda bosilib chiqdi. Neysmit yangi o‘yin uchun futbol to‘pini tanladi, chunki bu to‘pni qo‘l bilan ilib olish oson bo‘lib, uni yashirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda yuqoriga otilishi unga ma'qul tushgan. Neysmit gimnastika zalidagi tomoshaxonaga savat osgan. Tomoshaxonaning balandligi 3 metr 5 sm bo‘lgan va hozirgi paytgacha saqlanib kelmoqda. Birinchi rasmiy musobaqa qoidalari 1894-yilda AQSHda e‘lon qilingan edi. 1895-yildan boshlab AQSHda basketbol bo‘yicha rasmiy musobaqalar o‘tkazila boshlandi. 1896-yildan boshlab to‘pni yerga urib yurishga ruxsat berildi.
Basketbol avvaliga Amerikadan Sharq mamlakatlari-Yaponiya, Xitoy, Fillipinga, undan so‘ng Yevropa mamlakatlari-Chexoslovakiya, Litva, Estoniya, Latviya, Italiya, Fransiyaga va nixoyat, Janubiy Amerikaning ayrim mamlakatlariga tarqaldi.
Basketbol o‘yinining tarixida buyuk voqea bo‘lib 1932-yilning 18-iyun kuni hisoblanadi-shu kuni Xalqaro basketbol Federasiyasi (XBF-FIBA) tashkil topadi. Sakkiz milliy federasiyalarning vakillari-Argentina, Gretsiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Ruminiya, Shvetsariya va Chexoslovakiya birinchi xalqaro anjumanda qatnashib, bir ovozdan Xalqaro basketbol federatsiyasini tashkil qilinishini va muqobillashgan qoidalarining qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashadi. FIBAning ustavi 1932-yilda Rim shahrida qabul qilingan edi. Unga har yilda bir marta o‘tkaziladigan Federatsiya kongreslarida tegishli o‘zgartirishlar kiritib turiladi. FIBAning bosh organi – kongress bo‘lib, u har 4 yilda bir marta chaqiriladi. Kongresslar o‘rtasidagi davrda kongress vakolatlariga ega bo‘lgan markaziy byuro uning rahbar organi hisoblanadi. U ikki yilda bir marta o‘z majlislariga-sessiyasiga to‘planib turadi. Markaziy byuro sessiyalari o‘rtasida uning vazifasini 7 kishidan iborat ijroiya komissiyasi bajarib turadi. Ma'lumki, olimpiada o‘yinlari kabisa yillarida o‘tkaziladi. Bu yillar orasida FIBA rahnamoligi ostida 4 yil maboynida – jahon chempionatlari (juft yillarda) hamda qit'alar birinchiliklari (toq yillarda) o‘tkazib turiladi.



Download 240.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling