Bastakorlar ijodi
Download 1.84 Mb.
|
bastakorlar ijodi
O‘lmas RasulovZamonaviy o‘zbek bastakorligining yorqin namoyandasi, mohir sozanda va xonanda, O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov 1951-yilning 12-yanvarida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida dehqon oilasida tavallud topgan. Besh yoshlarida og‘ir kasallikdan so‘ng uning ko‘zi ko‘rmay qoladi. 1958-yildan Buxoro shahridagi 24-ko‘zi ojizlar maktab-internatida ta’lim oladi. Shu kezlarda ustozi Aminjon Nasriddinovdan g‘ijjak chalish sirlarini o‘rganadi. Mumtoz musiqaga ko‘ngil bog‘laydi. Bu urinish uning musiqiy iste’dodini namoyon etishga asos bo‘ladi. 6–7-sinfda o‘qib yurgan kezlaridayoq musiqa ijodiyoti bo‘yicha o‘zini ko‘rsata boshlaydi. Habibiy so‘ziga bastalagan «Bo‘stonlarim bor» ashulasi uning bastakorlikdagi ilk asari hisoblanadi. Shundan so‘ng g‘ijjak sozi uchun bir qator kuylar yarata boshlaydi. 1967-yildan Buxoro musiqa bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Bu dargohda maqom bilimdonlari Ma’rufjon Toshpo‘latov, Qodir Subhonovlardan maqom sirlari bo‘yicha saboq oladi. 1971-yili Toshkent davlat konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. Konservatoriyada avval Obid Xolmuhamedovdan, so‘ng 1972-yili «Sharq musiqasi» kafedrasida Faxriddin Sodiqovlar sinfida saboq oladi. 1976-yili konservatoriyani bitirgandan so‘ng uning ijrochilik va bastakorlik faoliyati pedagogik jarayon bilan uyg‘unlikda kechadi. Pedagogik faoliyat har ikki ijodiy va amaliy, ya’ni sozandalik va bastakorlik ijodiga har tomonlama madad beradi. Avvalo, bu jarayon bevosita amaliy laboratoriya vazifasini o‘tasa, ikkinchidan, ijod uchun katta imkoniyatlar hosil etishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bastakor ish faoliyatini Buxoro musiqa bilim yurtida 1976–1987-yillar davomida; 1987–1995-yilgacha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida; 1995–2000-yillar Buxoro davlat pedagogika universitetida, 2002-yildan Toshkent musiqa kolleji, hozirgi davrda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida pedagogik va ijodiy faoliyatini olib bormoqda. Shu bois, O‘lmas Rasulovning pedagogik va ustozlik faoliyatidan bir qator shogirdlar saboq olib respublikamiz san’ati rivojiga katta hissa qo‘shayotgan san’atkorlar qatoridan joy olgan. O‘lmas Rasulov o‘zining ijrochilik faoliyatida katta yutuqlarga erishgan va ustoz sozanda sifatida o‘z obro‘ va e’tiboriga egadir. Eng muhimi, o‘zbek g‘ijjak ijrochiligi amaliyotida o‘zining ijro uslubini yaratgan va shunga xos maktabni shakllantirgan ustoz sozandadir. Faoliyatining eng yuqori cho‘qqilarida musiqa ijodiyotiga murojaat etgan bastakor, musiqaning ushbu sirli olamida betakror asarlar yaratishga va bu asarlar o‘zbek xalqining eng mukammal asarlari qatoridan o‘rin olishini har tomonlama asoslashga harakat qilganligini ko‘rish mumkin. Bastakorlik ijodiyoti shakllanish jarayonining o‘zidayoq O‘lmas Rasulov, avvalo, o‘zbek mumtoz musiqasi, ya’ni «Shashmaqom»ga oshiq bo‘lishi, o‘rganishi va unga doimo tayanishi asosiy maqsadi ekanligini anglagan. Butun ijodida «Shashmaqom» kabi har tomonlama mukammal asarlar yaratishga harakat qilgan. Xoh u oddiy kuy yoki mumtoz uslubda bo‘lsin, qo‘shiq yoki ashula, har bir asarda aynan uning maqomlarga xos bo‘lgan ijodiy munosabatini ko‘rish mumkin. Lekin har bir janrning o‘z qoidalari mavjud. Ana shu jarayonlarda mavrigi yoki xalq qo‘shiqchiligidagi ijodiy an’analar o‘zining shakl-u shamoyili va ijroviy xususiyatlari bilan mutanosib shakllantirishni talab etgan. O‘lmas Rasulov an’anaviy musiqa ijodiyotining bir qator janrlarida turkumiy, alohida janrlarda asarlar yaratgan. «Bobur», «Layli va Majnun», «Kecha va kunduz», «Imom al-Buxoriy» videofilmlariga bastalagan musiqalari shular jumlasidandir. Videofilmlarning har birining o‘z mavzusi, xarakteri bor. Ular o‘z mavzusiga xos musiqani talab etadi. Bastakor munosabatlarining mutanosibligi va har bir videofilm xarakteriga mos asarlar bitganligi bastakorning xalq orasida tanilishiga va keng ommalashishiga sabab bo‘ladi. O‘lmas Rasulov o‘zbek musiqasining tarixi va nazariyasini qunt bilan o‘zlashtirgan, tarixiy musiqiy risolalarni o‘qib idroklagan san’atkordir. Musiqamiz merosi va uning negizida qaror topgan nazariy tamoyillarni ham nazariy va o‘zining ijrosida sinab, amaliy o‘zlashtirishga muyassar bo‘lgan musiqa bilimdonidir. Shu bois, uning asarlarida musiqiy meros an’analari o‘ziga xos davom ettirilganligini ko‘rish mumkin. Bastakorning ijodida cholg‘u kuylari alohida o‘rin egallaydi. Musiqa ijodiyotining ushbu jabhasida bastakor o‘ziga xos ijod etganligi va ilk sozandalik amallariga uyg‘un holda yaratilib kelinganligini e’tirof etish lozim. Ijodiy faoliyati davomida «Tahayyul», «Xayol», «Karashma», «Diydor», «Seni eslab», «Dil mavji», «Visol», «Tasavvur», «Hijron», «Dil tasnifi», «Kamon ufori», «Oypalak» kabi bir qator cholg‘u kuylarini yaratadi. Ushbu asarlar bastakorning o‘zi tomonidan goho g‘ijjak cholg‘usida, goho manzur cholg‘usida ijro etilgan. Har bir yaratilgan kuy, avvalo, mumtozlik kasb etsa, ikkinchidan, o‘ziga xosligi bilan bir-biridan ajralib turadi. Muhim jihatlaridan biri, maqom ijodiyotiga xos shakllarga egaligidir. Jumladan, «Dil tasnifi» kuyi. «Dil tasnifi» kuyining maqomlarga aloqadorligi ko‘rinib turadi. Avvalo, uning nomidagi «tasnif» so‘zi bo‘lsa, ikkinchidan, kuyning tasnif usuliga mosligidir. Shakl ham bundan mustasno emas. Asarning metro-ritmik asosida 2/4 o‘lchovi bo‘lsa-da, tasnif usulining qoidasiga mos holda uch taktli kuy hajmiga asoslangandir. 28-misol. Usul. Asarning shakli maqomlar cholg‘u qismi kabi xona, bozgo‘y tamoyiliga asoslangan va Re frigiy tonalligida yozilgan. Birinchi xonada kuying asosiy mavzusi berilgan. Mavzu ikkita usul, ya’ni uch taktli ikkita jumladan iboratdir. 29-misol: 1-xona (6 takt), Bozgo‘y, 2-xona (9 takt): Kuy ana shunday uslubda rivojlanadi va har bir xonalarning rivojida bittadan usul (ya’ni 3 taktdan) qo‘shiladi va diapazon jihatidan ham o‘sib boradi. Kuy haqiqiy maqomlarga xos peshrav tamoyili bo‘yicha rivojlanib, oxirgi 8-xona 18 taktli rivojlov bo‘lim sifatida tarkib topadi va bozgo‘y bilan yakunlanadi. 8-xona. 30-misol: Bastakorning o‘zbek aytim yo‘llarida yaratgan musiqiy asarlari ham rang-barangligi va turli shakllarga xosligi bilan ajralib turadi. Qo‘shiq va ashulalarga so‘z tanlashda ham tarixiy, klassik hamda zamonaviy shoirlar ijodiga murojaat etadi. Xususan, u ko‘proq J. Rumiy, A. Jomiy, A. Navoiy, Z. Bobur, B. Mashrab kabi klassik shoirlar g‘azallariga, Halima Xudoyberdiyeva, Sadriddin Salim, To‘shpo‘lat Ahmad, Samandar Vohidov kabi zamon shoirlarining she’rlariga musiqa bastalagan. Bastakorning murojaat etgan mavzularining ko‘lami keng. Bahoriy kayfiyat, go‘zallik timsollari, ishq-muhabbat bastakorning sevimli mavzularidan hisoblanadi. Ijodi davomida yuzdan ortiq qo‘shiq va ashulalar yaratgan. Shular orasida Alisher Navoiy so‘ziga: «Vaslidin darmoni yo‘q», «Kerak erdi», «Muvofiq kiydilar», «Ko‘ngil», «Yaxshi qol», «Nazzora qilma», «Ul otashin la’l»; Bobur g‘azallariga «G‘unchadek ko‘nglim», «Ko‘rgaymen»; Mashrab she’riga «Dilbari xush adoyiman», «Sig‘madim»; Cho‘lpon so‘ziga «Muhabbatning saroyi», «Kimlar» kabi ashulalardir. O‘tgan asrda yashab ijod etgan shoirlarning she’rlariga – «Parvona», «Qo‘limda paymona» (Mahzuna), «Taronayi sho‘x» (M.Gafforova), «Muhabbatning saroyi, «Yupatgay kimlar» (Cho‘lpon) kabi ashulalarni xalqona yo‘lga xos ohanglarda yaratishga muyassar bo‘lgan. Bastakorning zamonamizning shoirlari so‘zlariga bitgan asarlari ham alohida zamon madhini o‘zida ifodalashi bilan xarakterlanadi. «Majnuntol» (T. Hamid), «Kulgimizdan yangrasin olam» (E. Vohidov), «Tingla bulbul» (Zulfiya), «Dunyo ketar surinib» (H. Xudoyberdiyeva), «Yorim» (Shukur Qurbon), «Sevgilim» (J. Jabborov, S. Zohidova), «Kel», «Gulim majnuntol», «Shirur keltirdim», «Rayhon etib kel» (T. Ahmad), «Ey, go‘zal», «Baxtimiz taronasi», «Buxoroni sog‘indim», «Buxoriy bitta» (S. Salim Buxoriy) kabi qo‘shiqlar shular jumlasidandir. Bastakorning yaratgan ashulalarida maqom yo‘llariga xos ko‘p jihatlar mujassam topganligini ko‘rish mumkin. Uning yaratgan har bir asari respublikamizning turli vohalariga xos musiqiy an’analar bilan sug‘orilgan. Ularning ohanglari ham albatta meros musiqiy namunalariga xosligi, yaqinligi bilan ajralib turadi. Bastakorning talqin uslubi esa uning asarlarining o‘ziga xosligini belgilab turadi. Jumladan, Mashrab g‘azaliga bitgan «Sig‘madim» ashulasidir. «Sig‘madim» ashulasi bastakorning Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llariga xos1 uslubda va ulardagi hijron ohanglariga yaqin holda yaratgan asarlaridan biridir. Shakllari maqomlarga xos bo‘lgan ushbu asar garchand hijron ohanglarini eslatsa-da, uning tovushqator tizimi sol major tonalligiga asoslangandir. 31-misol: Asarning o‘lchovi to‘rt hissali bo‘lib, o‘ziga zos usul tuzilmasiga egadir (kuy misoliga qarang). Ashulaning kuy rivoji, ularning tarkibiy qismidan o‘rin olgan daromad, miyonxat, dunasr, avj va furovardlarning maqom yo‘llariga xosligini e’tirof etish lozim. Shu bilan birga asarda maqomlarda keng qo‘llanilgan navo namudining ham ohanglari keng qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin. Avjning navo namudi ohanglariga yaqinligi yana bir bor maqom tafakkurining mavjudligidan dalolat beradi. O‘lmas Rasulov zamonaviy o‘zbek bastakorligida alohida o‘ringa ega bo‘lgan ijodkordir. Yaratgan asarlaridagi o‘ziga xoslik, keng qamrovlilik, shakliy mukammallik, tizimli rivojlanish tamoyillari, 1 «Sig‘madim» ashulasining boshlanish ohanglari bayoti Sheroziy turkumining IV, ya’ni talqin taronasiga yaqinligini e’tirof etish lozim. individual uslubini tashkil etuvchi xususiyatlarning barchasi O‘lmas Rasulovning bastakorlik uslubini tashkil etadi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling