Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
19 kalendarlardan biri 1079-yilda shoir va astronom olim Umar Xayyom tomonidan tuzilgan. Umar Xayyom kalendari, Malikshoh tomonidan 1079-yilning 16-martida (bu davrda Yulian kalendari bo'yicha bahorgi tengkunlik shu kunga to'g'ri kelardi) yoki hijriy oy kalendari bo'yicha 471- yilning 10-ramazonida qabul qilindi. Bu kalendar Umar Xayyom kalendari deyilishi bilan birga, ko'pincha Malikshoh sharafiga Jaloliy kalendari deb ham yuritilgan. Umar Xayyom kalendarida kabisa yillari hisobi Yulian kalendaridan farq qiladi. Unda 28 yil ichida Yulian kalendaridagidek har to'rtinchi yili, keyingisi o'ttiz ikkinchi yilda emas, balki besh yil o'tkazib o'ttiz uchinchi yilda qo'shiladi. Demak, Yulian kalendari bo'yicha 32 yilda sakkizta kabisa yili bo'lsa, Umar Hayyom kalendarida 33 yilda sakkizta kabisa yili bo'ladi, ya'ni 365·25 + 366·8=12053 sutka; 12053:33 = 365,2424 sutka. Bu esa tropik yildan 0,0002 sutka ortiq, xolos. Demak, Umar Xayyom kalendarida 4500 yildan ortiq vaqtda bir sutka xato kelib chiqadi. Umar Xayyom kalendari Eronda XIX asr o'rtalarigacha qo'llanilgan. 1864-yilda nemis astronomi Derpt universiteti professori I. Medler (1794-1874) tomonidan har 128 yilda 31 ta kabisa yildan iborat bo'lgan kalendar tuziladi. Lekin mazkur kalendar loyihasi qabul qilinmagan. Milutin Milankovich (1879-1956) tomonidan Yangi Yulian kalendari ham tuziladi. Bu kalendarda har 900 yilda 218 kabisa yili mavjud edi. Kalendarda 40000 yilda bir sutka farq vujudga keladi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling