Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
41 juma kunlariga to‗g‘ri kelsa bir kundan qo‗shilgan. Qadimgi yaxudiylarning diniy e‘tiqodi bo‗yicha yil bu kunlardan boshlanmas edi. Yetmay qolgan kunlarga bir kun qo‗shilib yilning boshlanishi bir kun ortga surilgan. Yaxudiylarda ―Olamning yaratilishi erasi‖ qabul qilingan. Eramizdan avvalgi 3761 yil 7 oktabrdan bu hisob kiritilgan hozirgi eradan 3760 yil katta. Eramizdan avvalgi III asr oxirigacha qadimgi yaxudiylar yili bahordan boshlangan. III asr oxirlarida esa yilning boshlanishi kuzga ko‗chirilgan. Hozirgi paytda ham yaxudiylarning dinida, diniy bayramlarning qachon kelishini hisoblash uchun Isroil davlatida qamariy - shamsiy kalendar qo‘llaniladi. U bir muncha murakkab kalendar hisoblanadi: unda yil har biri 29-30 kunlik 12 qamariy oydan iborat bo‗lsada, lekin Quyoshning harakatini hisobga olish uchun vaqti-vaqti bilan qo‗shimcha 13-oyga ega bo‗lgan kabisa yili qo‗shib turilgan, bu kalendarning oddiy ya‘ni 12 oylik yillari 353-354 yoki 355 kundan kabisa ya‘ni 13 oylik yillari esa 383-384 yoki 385 kundan iborat bo‗ladi. Shu yo‗l bilan har oy boshlanishi ya‘ni oy tugilishiga deyarli aniq to‘g‘ri kelishiga erishib boriladi. Buyuk olim Al-Xorazmiy nafaqat o‘lchovshunoslik sohasida, xronologiya fani sohasida ham beqiyos ishlarni amalga oshirdi. Shu jumladan tarixiy manbalarda ―Yahudiylarning Kalendari va bayramlarini aniqlash haqida risola‖ ham yozgan. Kitobning arabcha nusxasi Patnadagi (Hindiston Bankinur kutubxonasida saqlanmoqda. 31 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling