Batafsil bayon etilgan
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya va metorologiy (1)
47 paydo bo‗lgan va keyinchalik arablar tomonidan boshqa xalqlarning majburan yoki ixtiyoriy islom diniga kiritilishi natijasida u shu xalqlar orasida ham tarqalgan. 1917 yilga qadar islom diniga e‘tiqod qilgan Kavkaz xalqlari, tatarlar, boshqirdlar, o‗zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qirg‘iz va qozoqlar ham mana shu hijriy yil hisobi, kalendardan foydalanganlar. Hijriy yil. Hijriy so‗zi arabcha – ko‗chish so‗zidan olingan. Milodiy 610 yilda Makkada payg‘ambarlik nozil bo‗lgan Muhammad sallollohu alayxi va sallam (570-632 ummaviy zodagonlarning qarshiligi va tazyiqi tufayli o‗z izdoshlari bilan 622 yili Makkadan Madinaga (Yacribga) hijrat qiladi. Hijrat milodiy 622 yilning 8 sentabrida yoki qamariy yil Safar oyining 27 kuni sodir bo‗ladi. Shu kuni rasulollox va uning izdoshlari Makkadan chiqib ketib, uch kun g‘orda turgach, Rabiul avval oyining 12-kuni Madinaga kirib boradilar. Hijrat 15 kun davom etadi. Rivoyatlarga ko‗ra Hijrat haqidagi fikr payg‘ambarimiz xotirasi Muharram oyida tug‘ilgan, shuning uchun Hijriy yil boshi Muharram oyining birinchi kunidan, ya‘ni Hijrat sodir bo‗lganidan 56 kun hisoblanishi qonunlashtirilgan. 8 sentabrdan orqaga sanalib 56 kun chiqarib tashlansa, Muharram oyining birinchi kuni Milodiy 622 yilning 16 iyul juma kuniga, aniqrogi 15 iyuldan 16 iyulga (payshanbadan jumaga o‗tar kechasiga to‗g‘ri keladi. Musulmonlarda kunning almashuvi chegarasi tun oqshomi hisoblanadi. Islom dini paydo bo‗lgan, diniy va dunyoviy ishlarni yuritish uchun yangi kalendar zarur edi. Bu masala hijratdan o‗n yetti yil o‗tgach, milodiy 638 yilda Xalifa Umarning ( xalifalik davri 634- 644 yillar buyrugi bilan hal qilinadi. O‗sha davrda faqatgina yillar voqealar nomlari bilan atalar, tartib raqami bilan yuritilmagan edi. Arablar o‗rtasida xat, xujjatlarga sana bo‗yish odati bo‗lmagan. Bir kuni bir kishi xalifa Umar huzurlariga kelib sha‘bon oyida to‗lanishi kerak bo‗lgan qarz haqidagi hujjatni ko‗rsatdi. Shunda xalifa Umar ―bu hujjat qaysi sha‘bonga tegishli? O‗tgan yilgi sha‘bongami yoki bu yilgi sha‘bongami?‖ deb so‗raydi. Bunday vaziyatga Jazira viloyatining voliysi Abu Muso ham duch keladi. Unga ikkita buyruk yozib beriladi. Bu buyruqlarning biri ikkinchisiga sira to‗g‘ri kelmas, boshka-boshda edi. Ularning qaysi biri oldin, qaysi biri keyin yozilganini aniqday olmagan Abu Muso xalifa Umarga murojaat qiladi. Chunki har ikki buyrug‘da ham sana yo‗q edi. Bu masalani hal qilish uchun xalifa Umar Mashvarat o‗tkazadi. Mashvarat oy hisobi bo‗yicha kalendar tuzishni ma‘qul topadi. Ular yangi kalendarda o‗sha vaqtgacha qo‘llanilib kelingan qamariy oy nomlarini saqlab kolishni lozim ko‗radilar. Bu oylar arablar o‗rtasida juda mashhur edi. Mashvaratdagilar kalendar boshi–era boshini qaysi vaqtdan hisoblashga oid turli fikrlarni o‗rtaga tashladilar. Ba‘zilar payg‘ambarning tug‘ilgan kunidan desa, ba‘zilar payg‘ambarlikning kelishidan hisoblashni taklif qildi. Ali ibn Abu Tolib islom kalendarini payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijratlaridan boshlashni taklif etdilar. Bu taklif ma‘qullandi. Hijrat vaqti – birinchi Muharram (milodiy 622 yil 16 iyulga to‗g‘ri keladi musulmon yil hisobining boshi deb e‘lon qilinadi. Mana shu yil hisobi ―Hijriy yil hisobi‖ deb yuritiladi. Hijriy yil hisobi ikki usulda olib boriladi: 1. Hijriy qamariy yil hisobi; 2. Hijriy shamsiy yil hisobi. Hijriy qamariy yil. Buni arab yilnomasi, Muhammad sallollohu alayxi va sallam yilnomasi deb ham yuritiladi. Qamariy (qamariya so‗zi arabcha qamarun, ya‘ni Oy so‗zidan olingan bo‗lib, yil hisobi Oyning Yer atrofida bir marta aylanib chiqishh davriga ketgan vaqt birligiga asoslangan. Ma‘lumki, Oy yangi ko‗ringan nuqtasidan siljib, yana o‗sha nuqtasiga – Quyosh qarshisiga qaytib kelishi uchun ketgan vaqt – sinodik Oy davri 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2,9 soniyaga teng. Kalendarda yaxlitlikni ta‘minlash uchun oy kunlari shartli ravishda 29 va 30 kunlik qilib olingan. Mana shunday hisobda bir yilda Oy Yer atrofini 12 marta aylanib chiqadi va bunga 354 kun ketadi. Ammo Oyning bu kalendar davri bilan uning sinodik davri (29.12.44.2,9. orasida tafovut bo‗lib, kalendariy oy sinodik oy davridan ortda qolib boradi. Shu sababli kalendariy yil 354 kundan, sinodik oy yili 354, 367 kundan iborat bo‗ladi. Oradagi bu farq har 30 yilda 11,013 kunni tashkil qiladi. Mana shu ortib qolgan 11 kun 30 yillik davrning 11 yiliga (2,5,7,10,13,16,18,21,24,26,29 kabisa (355 kunlik, qolgan 19 yili oddiy (354 kunlik tarzida hisoblanadi. Yil kabisa yoki oddiy ekanligini bilish uchun uni 30 ga bo‗lamiz. Agar bo‗lishdan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling