Dang-og'irlik o'lchovi yoki pul birligi.
Ulug'bek akademiyasining namoyondalaridan G'iyosiddin Jamshid al -Koshiy o'zining
„Arifmetika kaliti nomli asarida o'rta asrlardagi O'rta Osiyo va Eron xalqlarining og'irlik o'lchovi
va pul birligi bo'lgan dong tasij va shoir atamalaridan kasr sonlarini ifodalashda foydalangan.
Bunda dinor 1 ga dangi 1/6 ga, tasuj ½ ga, ashoir 1\96 ga teng bo'lgan. Chunki bir dang oltin
bilan o'lchansa, 1/6 dinorga, kumush bilan o'lchansa, 1/6 dirham ga va ixtiyoriy og'irlikdagi 1/6
misqolga teng. Tasuj va ashoirlar dang bilan quyidagicha bog'lanishga ega. l tasuj—1/4
dang=l/24 dinar, dirham yoki misqol l ashoir=l,4 tasuj=l/16 dang=l,96 dinar, dirham yoki misqol;
rus tilidagi ‖denga‖so'zining o'zagi shu ‖dang‖dan olingan, dastlab, u pul birligi bo'lib, 1/2 tiyin
yoki 1/6 oltinni bildirgan. Dang ko'pchilik adabiyotlarda dong ko'rnishida ham uchrab turadi.
Sulton Muhammad Balxiyning ‖Majmu al-g‘aroyib‖ kitobida: ‖Xoja Abu Rayhondan naql
qilmishlariga qaraganda, Sulton Mahmudning xazinasida uch misqol (4,464 ga) va ikki donik
(dong-0,8 gr) vazndagi va tajribali iyyor ming dinor hajmida baholagan bir bo'lak inju bo'lgan‖
ligi qayd etilgan.
50
1. Misqol – 4,464 gr. ga teng og‘rlik o‘lchovi
2. Daniq (dong) – 0,8 ga teng og‘rlik o‘lchovi
3. Dinor – 4,235 ga teng oltin pul
No‟xat – og‘irlik o‘lchov birligi. 1 no‘xat = 0,18 – 0,20 gramm bo‘lgan. Shuning uchun
ham 4,8 gramli misqol og‘irligi 24 dona No‘xatga, 5 gramli misqol esa 25 dona no‘xatga
tenglashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |