Baxriddinova n. M. Zaripova m. D
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
A d a b i y o t l a r
1. Fatoyev I.I. Sanoat ekologiyasi. O’quv qo’llanma 1-qism. Buxoro. BuxOO va ESTI, 2001, 47 6. 2. Qudratov O. Sanoat ekologiyasi. T: TT va ESI, 1999, 183 b. 3. Охрана окружающей среды. Под ред. С.Б.Белова, М.: Высшая школа, 1991, 319 с. 4. Рoдионов А.И., Клушин В.Н., Торочешников Н.С. Техника защиты охраны окружающей среды. М.: Химия, 1989, 512с. 5. O’zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi qonuni. T.:Adolat, 1996. Nazorat savollari 1. Sorbsiya deb nimaga aytiladi? 2. Adsorobsiya, absorbsiya va xemosorbsiya haqida ma’lumot bering. 3. Adsorbsiya kattaligi nimani ifodalaydi? 4. Faollashtirilgan ko’mirning afzalliklari haqida ma’lumot bering. 5. Adsorbent nima? Sorbsiya – bu atrof-muhitdan kerakli moddalarni kattiq jism yoki suyuqlik yordamida shimib olish jarayonidir. Agar havo yoki gazni qattiq jism o’ziga yutib olsa, unda bu jarayonni adsorbsiya deyiladi va agar suyuqlik o’ziga yutib olsa – absorbsiya deb ataladi. Agar yutib olingan modda (masalan, gaz, suyuqlik) qattiq jism tarkibidan ajralib chiqsa, ya’ni qatiq jmsm “terlasa”, unda bu jarayonni desorbsiya deyiladi. Amalda desorbsiyani 2 yo’l bilan amalga oshirish mumkin: 1. Haroratni oshirish yo’li bilan. 2. Yutadigan moddaning bosimini kamaytirish yo’li bilan. 73 O’ziga yutib oluvchi moddalarni adsorbentlar deyiladi. Adsorbentlar sifatida faollashtirilgan ko’mirlar (masalan, gaz tozalash moslamalar (protivogazlar)da ishlatiladigan ko’mirlar), silikagellar, sintetik seolitlar, polimer plyonkalari va tolalari va boshqa moddalar ishlatiladi. Sanoatda adsorbsiya usuli gazlarni turli zaharli modddlardan tozalash uchun qo’llaniladi. Adsorbsiya usuli yordamida changli havo aralashmalaridan havoni tozalab olish mumkin. Bundan tashqari, adsorbsiya usuli yordamida ba’zi bir qimmatbaho moddalarni ushlab qolib, boshqa qolgan moddalarni texnologik jarayonga qaytarish mumkin. Adsorbentlar kerakli moddani yutib olish qobiliyati bilan, ya’ni adsorbsiya kattaligi bilan ifodalanadi. Adsorbsiya kattaligi esa a, g/100g bilan ifodalanadi. Buning ma’nosi shundan iboratki, u 100 g adsorbent necha gramm gaz yoki suyuqlikni o’ziga yutib olganini ko’rsatadi. Adsorbsiya kattaligining qiymati qancha katta bo’lsa, demak adsorbent siftida qo’llanilgan modda shuncha yaxshi adsorbent hisoblanadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, a adsorbentning kimyoviy tarkibiga, xossalariga va zaharli modda (ya’ni, adsorbat)ning xossalariga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, adsorbasiya kattaligi a tashqi omillarga, ya’ni tozalanayotgan havo yoki gaz tarkibidagi zaharli moddaning bug’ bosimiga va haroratiga bog’liq bo’ladi. Adsorbsiya kattaligining bosimga bog’liqligi quyidagi adsorbsiya izotermalari tenglamasi bilan ifodalanadi: p в p B a a * 1 * * max bu erda a ma’lum holatdagi adsorbsiya kattaligi, mol/g; a max – qo’llanilgan adsorbent uchun adsorbsiya kattaligining maksimal qiymati, mol/g; v – adsorbsiya koeffisienti, 1/Pa; r – zaharli moddaning bug’ bosimi, PaR, kPa Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling