Baxshi so‘zi, ustod, ma’rifatchi degan ma’noni anglatishi haqida Hodi Zarifov yozgan edi. Alisher Navoiyning «Munshaot» asarida «Bir sabohdin tush vaqtig‘acha va peshindin oqshomgacha ancha ish qilurlarkim, necha devon


Download 186.04 Kb.
bet2/6
Sana03.09.2020
Hajmi186.04 Kb.
#128357
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Baxshi


TEKSHIRISH SAVOLLARI.
  1. Fol’klor asrlarining tur va janrlar rang-barangiligi qaysi ehtiyoj sabablarga asosan tug`iladi?


  2. Fol’klor asarlari janrlariga ta’rif bering?


  3. Xalq dostonlari deganda nimani tushunasiz.


  4. Dostonlarda turkumlik ta’rifini bayon eting.


  5. «Alpomish» dostonining versiya va variantlari.





TAYANCH TUSHUNCHALAR

  1. Tur va janrlar rang-barangligi og`zaki ijodning inson hayotini tarixiy taraqqiyoti va boyligini ifodlovchi omillar sifatida.


  2. Xalq dostonlarining o`ziga xos xususiyatlari.


  3. «Alpomish» dostoning variantlari va versiyalari haqida ma’lumot.



 

14-mart – “O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun


Erta ko‘klamda baxshining ilhomi jo‘sh uradi. Charaqlagan oftob, novdada ko‘z ochgan kurtak, iliq shabada, sabza maysalar zavqi ila ijodga kirishib, yangi qo‘shiqlar, matal va ertaklar to‘qiydi. Shu kezlarda biz ham do‘mbiraning sho‘x ohangi, baxshining jo‘shqin xonishini qo‘msab qolamiz. Uning xumori shunchaki xumor emas, balki qon-qonimizga singib ketgan ma’naviy-ruhiy ehtiyojdandir. Bu ehtiyoj ota-bobolarimiz minglab yillar davomida shu san’atdan bahramand bo‘lib kelgani boisdir balki.

Xalq og‘zaki ijodi doimo xalqning badiiy tarixi, milliy va ma’naviy qadriyatlarining sarchashmasi bo‘lib kelgan. Ana shu bebaho ijodni asrlar osha sayqallab, ko‘z qorachig‘idek asrab kelgan baxshilarga istiqlol yillarida yuksak ehtirom va e’zoz ko‘rsatilmoqda.

1999-yilda mamlakatimizda «Alpomish» dostonining ming yilligi keng nishonlandi. 2000-yil 14-martda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov farmoniga muvofiq "O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta’sis etildi. O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 7-oktabrdagi “2010-2020-yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda baxshichilik an’analarini keng targ‘ib qilish, dostonchilik maktablarini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mamlakatimizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida baxshichilik san’ati an’analari rivojlanmoqda. Hozirgi kunda bu hududlarda bir necha dostonchilik maktablari mavjud. Ularda "ustoz-shogird" yo‘li bilan baxshichilik an’analari davom ettirilayotir.

An’anaviy o‘tkazilayotgan festivallar, ko‘rik-tanlovlar, aytishuvlarda baxshilar mahorati charxlanmoqda. Yig‘inlar, to‘y-hashamlar, davralarda xalqimizning vatanparvarlik, bahodirlik, jasurlik, mehr-sadoqat haqidagi azaliy hikmatlari jamlangan dostonlar jaranglamoqda. Yurtimizda bayramlar, shodiyonalar, Navro‘z sayli baxshilar ishtirokisiz o‘tmaydi.

Istiqlol yillarida baxshichilik san’atiga e’tibor oshishi bilan birga xalq og‘zaki ijodi namunalarini ilmiy o‘rganish ishlari ham izchil olib borilayotir. Bu jarayonda xalq ijodi mahsuli bo‘lgan dostonlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda tarbiya omili ekanligi qayta-qayta e’tirof etilmoqda.

– Folklorshunos olimlarimiz ta’kidlaganidek, xalqimiz og‘zaki ijodi mahsuli bo‘lgan «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», «Rustam», «Ravshan» kabi dostonlarimiz, ertaklar, qo‘shiqlar, matal va maqollar yosh avlodning ma’naviyatini boyitish, ularda go‘zal insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim manbadir, – deydi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi dotsenti Abdumurod Tilovov. – O‘zbek xalq dostonlarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, inson kamolotiga to‘sqinlik qiluvchi illatlar shunchaki pand-nasihat tarzida emas, balki jonli, ta’sirli voqea-hodisalar, nozik detallar orqali yetkazilishiga guvoh bo‘lamiz.

Bir misol. «Alpomish» dostonida ustoz huzuriga ta’lim olish uchun yo‘lda ketayotgan yosh Alpomish bir qushni quvadi. Qush bir devor kovagiga kirib ketadi. Qushni tutolmagan Alpomish o‘sha kovakni loy bilan suvab tashlaydi. Ma’lumki, oradan bir necha muddat o‘tgach, Alpomish o‘zi zindonga tushadi va u yerda yetti yil yotadi. Zukko o‘quvchi bundan «Hatto bir qushga yetkazilgan ozor, albatta, jazosiz qolmas ekan», degan xulosa chiqarib olishi tabiiy.

Baxshichilikning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu san’atni soxtalashtirib bo‘lmaydi. Uning jozibasi jonli ijroda. Soz, badiiy-g‘oyaviy jihatdan yuksak asar uyg‘unligida Vatan madhi, bahodir alplar jasorati, yor vasli kuylanadi. Ularni tinglay turib, yaxshilikni ko‘ngilga joylab, yomonlikdan yuz o‘giramiz. Hatto Boychiboru G‘irko‘klarning yerga urayotgan tuyoqlari zarbini his qilamiz, Alpomishga yelka tutib, Oybarchinga quloq tutamiz... Buning siri esa har bir so‘z, har bir ohangning o‘ziga xos fazilatini anglagan baxshining ijro mahoratida.

O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi Shodmon Xo‘jamberdiyevning ijro mahorati ham ana shunday qiymatga ega. U Sherobod dostonchilik maktabining usta baxshilaridan bo‘lgan Shoto‘ra baxshining nabirasi, sulolaning uchinchi avlodi. Uch-to‘rt yoshidanoq «Alpomish» dostonidan parchalar yodlagan, to‘qqiz yoshida davrada doston kuylagan. Qodir baxshi Rahimov, Chori baxshi Umirov, Qo‘shboq baxshi Mardonaqulov kabi o‘tkirnafas ustozlardan saboq olgan.

Sh.Xo‘jamberdiyev Termizda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan “Baxshi-shoir, oqin va jirovlar” ko‘rik-tanlovida baxshichilik mahoratini yuksak darajada namoyon qilib birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ayni vaqtda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan baxshichilik to‘garagida yoshlarga saboq bermoqda.

– Yurtimizda baxshilarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va rag‘batdan dilim toshgan vaqtlarda bobom Shoto‘ra baxshining «Erkli eldagina baxshilar bulbul bo‘ladi» degan so‘zlarini eslayman, – deydi Shodmon baxshi. – Bobom baxshilarni o‘tmishning aks-sadosi der edi. Ular bugunning yangroq ovozi hamdir. Axir, osudalikda o‘tayotgan har bir kunimiz, farovon va baxtli hayotimiz, har sohada qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlarning har biri doston-ku?! Ularni biz kuylamay, kim kuylasin?!

Mustaqillik murodlarga yetkazdi,

G‘am-alamni qalbimizdan ketkazdi,

Boysuntovdan poyezd yo‘lni o‘tkazdi,

Buyuk ishlar mustaqillik tufayli...



Bu so‘zlarning bari samimiy, dildan to‘kilib tushayotgani ayon. Yo‘qsa baxshining mijjasida shukronalik yoshi, muxlislar xitobida olqish bo‘larmidi.

Халқ достонлари ҳар бир миллатнинг маънавий қиёфаси, унинг тарихи, қадриятларини мукаммал акс эттирувчи бамисоли ойнадир. Уларда ҳар бир халқнинг урф-одатлари, миллий ўзига хослиги яққол кўриниб туради. Достончилик халқ оғзаки ижодида қадимий эпик анъана ҳисобланади. Достонлар асосан дўмбира жўрлигида айтилади ва ижрочидан ҳам бадиҳада, ҳам ижрода жуда катта ижодий маҳорат талаб қилади. Достоннинг яна бир хусусияти, оғиздан оғизга ўтиб авлоддан авлодгача етиб келганидир. Бу ўз навбатида устоз-шогирдлик анъаналарининг вужудга келишига, натижада йирик достончилик мактабларининг пайдо бўлишига сабаб бўлди.

Фолклоршунос олим Т. Мирзаевнинг маълумотларига кўра, XV–XVI асрларда йирик достончилик мактаблари пайдо бўлган, XIX–ХХ асрлар эса достончилик тараққиётида жуда ривожланган давр бўлган. ХХ аср бошларига келиб бахшиларимиз ижодий бисотида 150 дан ортиқ халқ достонлари бўлган. Бу достонлами Тилла кампир, Султон кампир, Жолмон бахши, Бўрон шоир, Жуманбулбул, Жосоқ, Йўлдош-булбул, Йўлдош шоир, Суяр шоир каби машҳур бахшилар куйлаганлар. Кейинчалик уламинг анъаналари Эргаш Жуманбулбул ўғли, Фозил Йўлдош ўғли, Пўлкан, Ислом шоир, Саидмурод Паноҳ ўғли, Берди бахши, Умир бахши шоир, Бола бахши ижодида давом эттирилди.

Бахшидан у ёки бу достонни ижро этишда шунчаки воқеа баёнини сўзлаб бериш эмас, балки уни дўмбира жўрлигида тингловчини ром этадиган даражада куйлаб бериш талаб этилган. Достончи бахшилар ўз санъатларини тингловчига маъқул қилиш учун турли усуллами қўллаганлар (мусиқий қочиримлар, сўз ўйинлари, достоннинг энг қизиқ жойида танаффусли чекинишлар каби). Достон айтиш кўп ҳолларда рақобат асосида кечган. Достонгўйлик кечаларида бир неча бахши иштирок этиб, ўз маҳоратларини намойиш этганлар, ижодий баҳс қилганлар.



ХХ асминг 50-йилларида халқ достонларига, шу жумладан, “Алпомиш” достонига ҳам бу асарлар меҳнаткаш халқ манфаатини эмас, балки юқори табақалар манфаатини акс эттиради, шунинг учун улами оммалаштириш зарарлидир, деган мафкуравий айблар қўйилди. Лекин бир қатор олимлар бу айбловламинг хато эканлигини, мазкур достонлар халқ бадиий тафаккури, дунёқараши, турмуш тарзи, бой тилини акс эттимвчи бебаҳо хазина эканлигини исботлаб беришди ва шу тариқа адабий-миллий меросимизнинг муҳим қисмини ғоявий тазйиқлардан асраб қолишди.

I bob Abdinazar baxshining Surxondaryo dostonchiligida tutgan o„rni O‟zbek xalq og„zaki ijodining katta bir qismini dostonlar tashkil etadi . Dostonchilik respublikamizning ba‟zi joylaridagi kabi Surxon vohasida ham qadimiy bo„lib , u necha asrlardan buyon yaratuvchi va bunyodkor xalqimizning ideal orzu – umidlari , kurash va intilishlari , urf – odatlari , rasm – rusumlari , axloqiy – ruhiy va milliy qadriyatlarimizning ifodasi sifatida yashab kelmoqda . Demak , “ … xalq o„z ajdodlari qoldirgan merosdan foydalanib , jahoniy miqyosda uning qadriga yetayotgan ekan , bunday xalqni hech qanday kuch yenga olmaydi . Bunday xalq ulkan ishlar qilishga , buyuk kelajak yaratishga qodirdir . ” 3 Surxondaryo folklorini keyingi yetmish – saksoninchi yillarda o„rganish , yozib olish , xilma – xil dostonlarning versiyalari va variantlarini taqqoslash, ilmiy tadqiq etish shuni ko„rsatadiki , an‟anaviy dostonchilikning yashash tarzi , avloddan – avlodga o„tib , bizgacha asrab – avaylab yetkazib kelinishi , asosan , dehqonchilik va chorvachilik bilan shug„ullangan turkiy qavmlar orasida yuzaga kelgan hamda jonli ijroda sifat o„zgarishlariga uchragan holda hozirgacha yashab turibdi . Surxondaryo xalqi badiiy ijodiyotining qadimiy , boy an‟analari ham ko„plab avlodlar va ijodkorlar ishtirokida shakllangan , rivoj topgan , o„ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega bo„lgan . Baxshichilik san‟ati - xalq dostonchiligi ham xuddi shunday yuzaga kelib kamol topgan . Surxondaryo folklori haqida so„z yuritar ekanmiz , bu voha baxshichiligi Qashqadaryo baxshichiligi bilan chambarchas bog„liqligini ta‟kidlaymiz . Shu bois Surxondaryo baxshichiligini Qashqadaryo baxshichiligidan ayro tarzda o„rgana olmaymiz . 3Mirzayev To’ra .“ Alpomish ” dostoni , uning versiya va variantlari// Alpomish o’zbek xalq qahramonlik eposi. –T.: 1999. –B . 4. 11 O‟tgan asrning 20 – yillaridan boshlab yurtimiz aholisi og„zaki ijodini o„rganish , to„plash , nashr etish , tadqiqotlar o„tkazish yaxshi yo„lga qo„yilgan bo„lsa – da , Qashqadaryo , Surxondaryo folklorini , xususan, dostonchiligini o„rganishga nisbatan kech kirishildi . Janubiy O‟zbekiston baxshilari dostonchiligi haqidagi dastlabki ma‟lumotlarni rus tadqiqotchisi Y. F. Kol 1890 – yildayoq o„z kundaliklarida yozib qoldirgan edi . U Termiz yaqinidagi Solihobod qishlog„ida oyinli urug„idan bo„lgan Omonnazar uch soat davomida to„xtovsiz doston kuylaganini qayd qiladi . E.F. Kol kundaligini tekshirgan Hodi Zarif Omonnazar kuylagan doston “Alpomish ” dostoni ekanligini aniqlaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo xalq og„zaki ijodini o„rganishga kirishish 1929 - yilda ikki voha dostonchiligini ilk bor tadqiq etishga kirishgan folklorshunos Hodi Zarif hisoblanadi . Umumo„zbek dostonchiligida alohida o„rin egallagan Surxondaryo dostonchiligi haqida , xususan , Sherobod dostonchiligi maktabi to„g„risida navbatdagi ma‟lumotni bergan olim Mansur Afzalov bo„ldi . 1929 yilgi ekspedisiyadan o„n olti yil o„tgach , 1945 yilda O‟zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining bir guruh ilmiy xodimlari Qashqadaryo - Surxondaryo vohalarida folklor ekspedisiyasida bo„lib , ko„pgina xalq baxshilari bilan uchrashdi , ayrim dostonchilarni aniqladi va dostonlardan parchalarni yozib oldi . Butun Janubiy O‟zbekiston folklorini , xususan , dostonchiligini kompleks tarzda to„plash va o„rganish , jonli jarayonda izchil kuzatish 1953 – yildan boshlangan . Surxondaryo dostonchiligining izchil ravishda o„rganilishi, navbatdagi izlanishlar monografik tadqiqotlar vohada uchta dostonchilik borligini ko„rsatadi . Bular Sherobod , Beshqo„ton , Kofrun ( Boysun ) baxshichilik markazlaridir . Hozirgi kunda dostonchilik jonli jarayonda faqat Surxondaryo va Qashqadaryo hududlarida yashayotgan ekan , buning asosini Sherobod dostonchilik maktabida ustoz – shogirdchilik an‟anasining saqlangani bu 12 poetik maktab vakillarining ijro usullari xalqqa yaqinligi , tushunarliligi , soz va so„zda molikligini saqlay olishi tashkil etadi . Rustambek Abdullayevning “boysun baxshilari maktabi ” kitobida sherobod baxshichilik maktabi a‟zolari nomlari keltirilgan Sherna baxshi Alim yuzbaxshi Normurod Shernazar Xoliyor Abdunazar Karim o„g„li Umir baxshi Safar o„g„li Xo„shboq baxshi Mardonaqulov Abdinazar Poyonov Shoberdi baxshi Boltaboyev 13 Surxondaryo viloyati baxshilarining o„ziga xos jihati shundaki , ularning repertuarida mamlakatimizning boshqa dostonchilik maktablarida uchramaydigan , umumo„zbek va umumturkiy eposni boyituvchi qator dostonlar va alohida turkumlar mavjud . Jumladan , “ Alpomish ” turkumini to„ldiruvchi “ Beva Barchin ” , baxshi e‟tiqodini aks ettiruvchi “ Ollonazar Olchinbek ” , “ Go„ro„g„li ” silsilaviy dostonlarini mukammallashtiruvchi “ G‟aribnoma ” , “ Shahidnoma ”, “ Qasamyod ” , “ Amirqul ” , “ Nurali va Semurg„ ” , “ Sheralining bandi bo„lishi ” , “ Soqibulbul ” , “ Suluvxon ” , “ Suv parisi ” dostonlari Surxondaryo – Qashqadaryo baxshilarigagina xosdir . Surxondaryo dostonchiligi bugungi kunda ham davom etayotganligining sabablaridan biri ustoz baxshilarning shogird tayyorlashga bo„lgan e‟tibori so„nmaganidadir . Ustoz dastlab shogirdning qobiliyatiga , xotirasiga , eshitgan kuy va matnlarni yodda saqlab qolish kuchiga diqqat qiladi . Shogird esa baxshining el orasidagi nufuzi , bilimdonligi , sozandaligi , so„zga chechanligi , matnlarni qiziqarli ijro eta olishiga ko„ra ustoz axtaradi . Bu an‟ana bugungi kunda ham davom etib kelmoqda . Shu bois Surxon vohasi dostonchiligining barhayot ekanligini ko„rish mumkin .

5-masalaning bayoni:  “Doston” so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, “qissa”, “hikoya”, 
“tarix”  ma’nolarini ifodalaydi. O‘zbek badiiy adabiyotida dostonlar yaratilish usuliga ko‘ra 
ikki xil bo‘ladi. Birinchi turi yozma adabiyot vakillari tomonidan har bir bandi masnaviy  – 
ikki  misradan  iborat,  faqat  she’riy  shaklda  yaratiladi.  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg‘u 

 
136 


bilig»,  Navoiyning  «Hamsa»  asaridagi  beshta  doston  va  hokazolar.  Yozma  adabiyotdagi 
dostonlar  aruz  vaznida  yoziladi.  Individual  ijod  mahsuli  hisoblanadi.  Binobarin,  yozma 
adabiyotdagi dostonlar yakka shaxs ijodi an’analari asosida vujudga keladi. 
Ikkinchi  tur  dostonlar  og‘zaki  ijod  mahsuli  sifatida  folklor  an’analarga  bo‘ysungan 
holda  yaratiladi. Filologiya fanlari doktori, professor M.Saidov ta’rificha, og‘zaki ijoddagi 
dostonlarda  she’riy  va  nasriy  parchalardan  iborat  badiiy  manba  –  matn  bo‘lishi  kerak. 
Ikkinchidan,  dostonning  muzikasi  bo‘lishi  lozim  (Bu  o‘rinda  shuni  aniqlab  olish  kerakki, 
har  bir  alohida  olingan  doston  uchun  alohida  yirik  muzika  asari  bo‘lishi  shart  emas). 
Uchinchidan, dostonni bir kishi ijro etganligi tufayli kuylovchi do‘mbira cherta bilishi yoki 
qo‘biz  chala  bilishi  zarur.  To‘rtinchidan,  dostonni  kuylayotgan  baxshi  yaxshi  ovozga  ega 
bo‘lishi va qo‘shiq aytish mahoratini egallagan bo‘lishi zarur. 
Xalq og‘zaki ijodidagi doston folklorshunos olimlarning diqqatini alohida o‘ziga jalb 
etgan, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi tarkibida eng ko‘p o‘rganilgan, katta munozaralarga sabab 
bo‘lgan,  qolaversa, o‘zbek xalq og‘zaki ijodi  merosini  butun dunyoga  ma’lum va  mashhur 
qilgan janrdir. 
Dostonni olimlar sinkretik janr deb biladilar. «Sinkretik» so‘zi yunoncha birlashgan; 
qism,  bo‘laklarga  ajralgan  ma’nosini  beradi  .  Doston  haqida  gap  borganda,  sinkretik  so‘zi 
bu  janrdagi  asarlarda  so‘z,  musiqa,  xonandalik,  hofizlik,  badiiy  o‘qish,  notiqlik,  aktyorlik 
san’atlarining  uyg‘un  namoyon  bo‘lishini  izohlaydi.  Haqiqatan  ham,  Bola  baxshi 
(Qurbonnazar Abdullaev), Chori baxshi Xo‘jamberdiev, Shomurod baxshi Tog‘aev, Qahhor 
baxshi  Qodir  baxshi  o‘g‘li  Rahimov  ijrolarini  bevosita  ko‘rish  va  eshitish  jarayonida 
yuqorida qayd etilgan san’atlarning to‘liq go‘zallikda uyg‘unlashuvini, qo‘shimcha ravishda 
bu  ijrochi  va  ijodkorlarda  badiha  san’ati  mahorati  to‘liq  namoyon  bo‘lganini  ko‘rganmiz. 
Ustoz  Muhammadnodir  Saidovning  yuqorida  qo‘ygan  to‘rt  talabiga  ko‘ra  doston  haqida 
to‘liq  tasavvur  hosil  qilish  uchun  baxshining  bevosita  tinglovchilar  doirasida  tabiiy 
vaziyatda  ijro  mahoratidan  bahramand  bo‘lish  shartini  ham  qo‘shimcha  ravishda  qayd 
qilmoqchimiz. Bu  shartning zarur ekanligi  televidenie, radio, fonogrammalar orqali doston 
ijrosi  bilan  tanishish  natijasida  aniq  seziladi.  Baxshi  texnik  vositalar  (kamera,  mikrofon) 
guvohligidan ko‘ra bevosita tinglovchilar uchun tabiiy sharoitda doston ijro etganida o‘zini 
erkin  his  qiladi,  badihago‘ylik  qobiliyatini  yaxshiroq  ko‘rsatish  imkoniga  ega  bo‘ladi. 
Baxshi  doston  kuylayotganida  o‘zining  ijrosidan  o‘zi  zavqlanadigan  payt  bo‘ladi. 
Tinglovchilar  baxshi  mahoratidan  bahra  olib  ehtirosli  ovozlar  chiqarishadi.  Ana  shunday 
holatda  baxshining  qaynashi  ro‘y  beradi.  Tabiiy  sharoitda  qaynash  tezroq  amalga  oshadi. 
Undan  tashqari  do‘mbira  to‘ntarish  odati  ham  bor.  Ijrochi  bir  oz  dam  olish  bahonasi  bilan 
do‘mbira  to‘ntaradi  va  xonadan  havo  olish  uchun  tashqariga  chiqadi.  Bu  vaqtda 
tinglovchilar  o‘z  atagan  hadyalarini  to‘plab  do‘mbira  yoniga  qiyiqchaga  solib  qo‘yishadi. 
Bu  odat  ham  tabiiy  ijro  paytida  oson  va  qulay  bajariladi.  Xullas,  baxshi  uchun  ham, 
tinglovchi  uchun  ham  oddiy,  samimiy,  tabiiy  sharoitda  doston  aytish  ma’qul  hisoblanadi.  
“Doston” so‘zining  yana  bir  ma’nosini ham  bilib olish  kerak.  Bu  –  el orasida  gapirilmoq, 
kuylanmoq, og‘izga tushmoq demakdir. Demak, dostonlarda ishtirok etgan qahramonlar, bir 
tomondan,  asardagi  obraz  sifatida  qayd  etilsa,  ikkinchi  tomondan,  el  og‘ziga  tushuvchi, 
shuhrat  topuvchi  inson  tushunchasini  ham  o‘zida  singdirgan  bo‘ladi.  Natijada,  ayniqsa, 
ijobiy  qahramonlarning  og‘izga  tushishi  yoki  muhabbat  topishi  xalq  pedagogikasi 
talablariga ham javob beradigan inson bo‘lib tanilishi bilan bog‘lanadi. 
Shunday  qilib,  «Alpomish»,  Go‘ro‘g‘li  turkumidagi  «Go‘ro‘g‘lining  tug‘ilishi», 
«Malika  Ayyor»,  «Ravshan»  kabi  o‘nlab  asarlar,  «Kuntug‘mish»,  «Rustamxon»,  «Oshiq 
G‘arib  va  Shohsanam»  kabilar  xalq  og‘zaki  ijodidagi  doston  janriga  mansub  namunalar 

 
137 


bo‘lib,  asrlar  davomida  el  qalbidan  samimiy  hurmatga  sazovor,  shuhratga  erishgan 
durdonalardir. 
Dostonni  baxshilar  kuylaydilar.  Baxshilar  esa  o‘z  ustozlaridan  maxsus  dostonchilik 
sirlarini  o‘rgangan  san’atkorlardir.  Agar  maqollarni,  topishmoqlarni  millatimizning  istagan 
vakili  aytishi,  qo‘shiqlarni  har  bir  oshiq  yoki  ma’shuqa  ijro  etishi  mumkin  bo‘lsa,  doston 
ijrosi alohida shogirdlik faoliyatini boshidan kechirgan, maxsus ta’lim ko‘rgan va muayyan 
iqtidorga ega shaxsgagina nasib qiladi. 
«Baxshi»  so‘zi  «O‘zbek  tilining  izohli  lug‘ati»da  to‘rt  xil  ma’no  berishi 
ko‘rsatilgan: 1 – donishmand, 2 – dostonlarni kuylovchi, 3 – dam solib davolovchi tabib, 4 
–  Buxoro  xonligida  qurilish  mablag‘ini  nazorat  qiluvchi.  Yuqoridagi  to‘rt  ma’nodan 
uchtasi bevosita doston aytuvchi baxshilarga tegishli, desak xato bo‘lmaydi. Chunki xalq 
orasida  baxshi  bo‘lish  uchun  inson  donishmand,  aqlli  bo‘lishi  kerak,  degan  fikr  qayta-
qayta ta’kidlanadi. Ikkinchidan, “baxshi” lug‘atda izoh berilishicha, xalq dostonlarini ijro 
etadi. Uchinchidan, qadim zamonlardan xalq tasavvuridagi baxshilar so‘zning mo‘’jizaviy 
fazilatidan  foydalanib  kishilarni  turli  xastaliklardan  forig‘  qiluvchi  odamlar  hisoblangan. 
Hozir  va  o‘tgan  asrlarda  baxshi  davrasida  ishtirok  etgan  odamlar  doston  eshitish  bilan 
birga  dardlaridan  ham  qutulganlar,  turmush  tashvishlaridan  ozod  bo‘lganlar,  o‘zlarini 
engil sezganlar. O‘zbek folklorshunosligi asoschisi H.T.Zarifovning ma’lumot berishicha, 
baxshi  mo‘g‘ulcha va  buryatcha “baxsha”, “bag‘sha” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “ustod”, 
“ma’rifatchi”  ma’nolarida  qo‘llangan.  Ma’lum  bo‘ladiki,  baxshi  xalq  tomonidan  cheksiz 
hurmatga 
ega, 
e’zoz 
topgan 
hunar 
egalari 
ekan.  
Folklorshunoslikda  baxshilarning  turli  nomlar  bilan  atalgani  ham  ma’lum.  Xususan, 
yuzboshi, soqi, jirov, jirchi, oqin shular jumlasidandir. Ba’zan usta so‘zi ham qo‘llangan. 
Baxshilarning  ustoz  izidan  chiqib,  o‘ziga  xos  uslubda,  badihago‘ylikdan  keng 
foydalanuvchilari,  ko‘pincha,  shoir  deb  ham  atalgan.  Shuningdek,  Xorazmda  doston 
aytuvchi ayollar xalfa nomi bilan mashhurlar. 
Dostonchilik  maktablari. O‘zbek dostonchiligida doston kuylash an’anasi qadimda 
uch  yo‘nalishda  rivojlangan.  Birinchidan,  Bulung‘ur,  Qo‘rg‘on,  Shahrisabz,  Qamay, 
Narpay,  Sherobod,  Janubiy  Tojikistonda  yashovchi  o‘zbek-laqay  dostonchilik 
maktablarida  do‘mbira  chertib  yakka  holda,  bo‘g‘iz  ovoz  bilan  ijro  etilgan.  Ikkinchidan, 
Xorazmda  tor,  dutor,  g‘ijjak,  garmon,  bulamon,  qo‘shnay,  doira  jo‘rligida  ba’zan  yakka, 
ba’zan  juft  holda,  ochiq  ovoz  bilan  ijro  etilgan.  Uchinchidan,  Farg‘ona  vodiysida  dutor 
jo‘rligida ochiq ovozda aytilgan.     
Olimlarimiz tasniflarida farqlar borligini qayd qilgan holda, umuman, dostonlarni 
mazmunan quyidagi turlarga bo‘lishni ma’qul hisoblaymiz: 
1. Qahramonlik dostonlari (“Alpomish”). 
2. Ishqiy-romanik dostonlar (“Ravshan”, “Kuntug‘mish”). 
3. Jangnoma dostonlari (“Yakka Ahmad”). 
4. Kitobiy dostonlar (“Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”). 
5. Tarixiy dostonlar (“Oysuluv”). 
Yuqoridagi  tasnifning  asosini  dostonlarda  tasvirlangan  voqealarning  mohiyati 
belgilaydi. Avvalo, sevgi-muhabbat, qahramonlik, sarguzasht, jang lavhalari aks etmagan 
dostonlarning o‘zi yo‘q. Qaysi dostonni eshitmang yoki o‘qimang, albatta, asar qahramoni 
mardligi, jasorati bilan bizda hurmat qozonadi. Albatta, u kimnidir sevadi va uzoq safarga 
otlanadi.  Ammo  shunga  qaramay,  asarning  umumiy  mazmuni  zaminida  muayyan  mavzu 
etakchi hisoblanadi. Masalan, “Alpomish” dostonini olaylik. Doston farzandsizlik motivi 
bilan boshlanadi. Lekin aynan shu motiv “Kuntug‘mish”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, 
“Tohir va Zuhra” dostonlarida ham bor. “Alpomish”da Hakimbek Qalmoq yurtiga ko‘chib 

 
138 


ketgan  Barchinni  olish  uchun  safarga  otlanadi.  Safar  motivi  “Ravshan”,  “Kuntug‘mish” 
dostonida  ham  bor.  “Nigor  va  Zamon”  dostonidagi  safar  ma’shuqani  olib  kelishga 
bag‘ishlanmasa  ham,  Hasan  podshohning  Nigor  qizini  uzatishga  roziligida  G‘irotni  olib 
kelish  sharti  bilan  bog‘lanadi.  Demak,  safar  ham  dostonlarda  ko‘p  uchraydi.  Ammo 
“Alpomish”  dostonida  Barchinga  uylanish  maqsadi  Hakimbek  safarida  etakchidek 
tuyilgani bilan asosiy masala Boysari bosh bo‘lgan va Qo‘ng‘irotdan ko‘chgan aholini o‘z 
yurtiga  qaytarishdan  iborat  edi.  Bu  esa  xalqni  birlashtirish,  yurt  mustaqilligini 
ta’minlashdan  iborat  qahramonlik  eposining  asosiy  belgilaridan  hisoblanadi.  Shuning 
uchun  olimlar  dostondagi  muhabbat,  jang,  safar  motivlarini  inkor  qilmagan  holda 
“Alpomish”ni  qahramonlik  asari  sifatida  e’tirof  etishgan.  Keyingi  paytlarda  “Malika 
Ayyor”,  “Chambil  qamali”  kabi  dostonlarda  ham  qaharamonlik  motivi  etakchi  ekanligi 
ko‘rsatilayotgan ilmiy asarlar ham borligini ta’kidlash joiz. 
Shuningdek, “Ravshan” dostonida ham jang lavhalari bor. Ravshan bir lavhada sevgi 
deb  vatanidan  kechadigan  nomard  emasligini  aytadi  va  mardligini  dalillaydi.  Ammo 
dostondagi etakchi  masala baribir uning Zulxumor ishqidagi sarguzashtlari bilan bog‘liq. 
Shu bois bu asarni ishqiy-romanik turga mansub berish ma’qul. 
Shunday  qilib,  dostonlar  og‘zaki  ijod  merosidagi  murakkab  janr  hisoblanadi. 
Ularda  xalqning  xalq  sifatida  shakllanish  jarayonidan  tortib,  tarixiy  hayoti,  rasm-
rusumlari,  odatlari,  ijtimoiy  hayot  haqidagi  falsafiy  qarashlari  keng  ko‘lamda  aks  etgan. 
Baxshilar  o‘z  ijrolari  bilan  bevosita  xalq  ommasining  estetik  saviyasini  oshirishga  hissa 
qo‘shdilar. Xalq pedagogikasining talablarini keng ommaga ma’lum qilib bordilar. O‘zbek 
dostonlari  ijro  an’anasiga  ko‘ra  xilma-xilligi,  mavzulari  rang-barangligi  bilan  shuhrat 
topdi. 
Xalq epik ijodining shoh asarlari dostonlar misolida o‘zbek millatining jahon xalqlari 
ma’naviy  va  madaniy  xazinasiga  qo‘shgan  munosib  hissasi  haqida  tasavvur  hosil  qilish 
mumkin.  Mazkur  merosni  o‘rganishda  H.Zarifov,  M.Alaviya,  M.Afzalov,  T.G‘oziboev, 
O.Sobirov,  Z.Husainova,  M.Saidov,  J.Qobulniyozov,  M.Murodov,  B.Sarimsoqov, 
A.Qahhorov  kabi  marhum  olimlar  va  T.Mirzaev  boshchiligida  bugungi  kunda  tinimsiz 
mehnat 
olib 
borayotgan 
S.Ro‘zimboev, 
O.Safarov, 
A.Musaqulov, 
M.Jo‘raev, 
U.Jumanazarov,  Sh.Turdimov,  J.Eshonqul,  A.Ergashev  kabi  tadqiqotchilar  xalq  oldidagi 
burchlarini ado etish yo‘lida xizmat qilmoqdalar.                   
Download 186.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling