Baxshichilik qadim tarix so’ylagan san’at!


Download 229.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi229.76 Kb.
#1020487
Bog'liq
baxshichilik-qadim-tarix-so-ylagan-san-at



Baxshichilik - qadim tarix so’ylagan san’at! 
 
Oybek Abdiqodirovich Boboqulov 
bobokulovoybek999@gmail.com 
DTPI 
 
Annotatsiya: Baxshichilik san’ati qadim tarixni so‘zlovchi muallimdek. Bu 
san’at azal-azaldan bobolardan qolgan ulkan me’rosdir. Ushbu maqolada baxshichilik 
san’atining rivojlanishini e’tirof etildi. 
Kalit so‘zlar: festival, doston, madaniy aloqa, baxshichilik, do‘mbira, me’ros, 
baxshi, san’at. 
Bakhshi is an ancient art! 
Oybek Abdikodirovich Bobokulov 
bobokulovoybek999@gmail.com 
DTPI 
Abstract: The art of baxshi is like a teacher of ancient history. This art is a great 
heritage of our ancestors. This article acknowledges the development of the art of 
baxshi. 
Keywords: festival, epic, cultural connection, baxshi, drum, heritage, baxshi, art. 
Folklor san’ati, ta’bir joiz bo‘lsa, bu - insoniyatning bolalik qo‘shig‘idir. 
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti 
Azal-azaldan mamlakatlarning o‘zaro aloqalarida madaniy aloqalar juda muhim 
o‘rin egallagan. Davlatlar o‘zaro bir davlatdan ikkinchi davlatga uyishtirilgan elchilik 
yoki bo‘lmasa qilingan safarlarda ikkki mamlakatning turfa madaniyatlari ham 
tanishtirilgan. Zeroki, qay jihatdan ustuvor ekanligi ko‘rsatishdek tuyulgan. Shunday 
ekan tarixdan ma’lum bo‘lgan bu harakatlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Misol 
uchun O‘zbekiston va unga qo‘shni mamlakatlarni qiyos qilsak. Mamalakatlar o‘z 
hududlarida qo‘shni mamlakatning yili ya’ni madaniyat kunlari deb e’lon qilmoqdalar. 
Shu boisdan mamlakatlarning barcha madaniyati-yu an’ana va turli xil san’at 
namunalaridan bahramand bo‘lmoqdalar. Namunalar qatorida o‘zining sozi va navosi 
qo‘shaloqligidan iborat bo‘lgan baxshichilik namunalari-yu termalar ham o‘z so‘ziga 
egadir. 
Hozirgi kunda keng madaniy aloqalarda baxshichilik san’ati ham o‘zining 
munosib o‘rni bor. Qadimdan mashhur bo‘lgan bu san’at turi ajoyib ohang va do‘mbira 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
779


jo‘rligida kuylanishi bilan odamni o‘ziga chorlayveradi. Shu o‘rinda baxshi 
atamasining izohiga bir nazar tashlasak. 
Baxshi moʻgʻulcha va buryatcha tillarda baxsha, bagʻsha - ustod, maʼrifatchi
Sanskrit tilida esa bhikshu - qalandar, darvesh deb yuritiladi. Baxshi kim? Baxshi - 1) 
xalq dostonchisi: qoʻshiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan-
avlodga yetkazuvchi sanʼatkor. Baxshi soʻzi baʼzan shaman maʼnosida ham qoʻllanadi. 
Dostonchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, 
ikki toifaga - ijrochi va ijodkor baxshilarga boʻlinadi. Ijrochi baxshilar, asosan, 
ustozidan oʻrgangan dostonlarni juzʼiy oʻzgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor 
baxshilar ogʻzaki epik anʼana asosida dostonning oʻz variantlari, hatto ular asosida 
yangi dostonlar ham yaratadilar. Bunday baxshilar shoir deb ham yuritiladi. Masalan, 
Ergash shoir, Fozil shoir, Poʻlkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoir va boshqa baxshi 
doston va qoʻshiqlarni qoʻbiz, doʻmbira, dutor kabi sozlar joʻrligida kuy-laydi. Xorazm 
baxshilarilari dostonlarni asosan, dutor, qisman tor bilan ijro etadilar, ularga gʻijjak va 
boʻlamonda sozchilar joʻr boʻladilar. Doston kuylash, shogird yetishtirishda qat’iy 
tartib, qonun-qoidalarga rioya qilingan (yana qo‘shimcha Dostonchilik); 2) moʻgʻullar 
istilosi davrida budda dinidagi qalandarlarni, uygʻur alifbosi asosida turli hujjatlar 
tuzuvchi idora xodimlarini, moʻgʻullarda jarrohlarni. Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda, 
Qozon va Qrim xonliklarida kotiblarni, Boburiylar davlatidagi harbiy qismlarning 
hisob-kitob ishlarini olib boruvchi va ularga maosh toʻlovchi yirik amaldorlarni, 
Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ (sarf-harajat) hisobini olib 
boruvchi kishilarni, turkmanlarda urut oqsoqollarini ham baxshi deb atashgan.
1
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi juda boy va qadimiy. Keyingi yillarda xalqimizning 
orzu-umidi, ezgu maqsadi aks etgan xalq ogʻzaki ijodiga eʼtibor tubdan oʻzgardi. 
“Yurtimizda xalqaro baxshichilik sanʼati festivali va koʻplab ilmiy anjumanlar 
oʻtkazila boshlangani, baxshichilik maktablari tashkil etilib, joriy yildan oliy oʻquv 
yurtlarida Xalq ijodiyoti: baxshichilik va dostonchilik fakultetlari ochilishi buning 
isbotidir. Hech bir toʻy baxshilar ishtirokisiz oʻtmaydi. Baxshining kiyinishi, omma 
oldida oʻzini tutishi, ovozi, doʻmbira chertishi odamni oʻziga tortadi. Mana shunday 
noyob va buyuk san’at bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga 
aylanib, ko‘p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bo‘lib 
turgani - bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu go‘zal va 
betakror san’atning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan ko‘ra ko‘proq 
tashvishga solayotganiga ishonaman. Shu sababli tengsiz ma’naviy boyligimiz 
bo‘lmish mumtoz san’atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va 
rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg‘or fikrli olimlar 
1
Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
780


va san’atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu 
burchidir.
Shu ma’noda, biz xalq ijodiyotini, turli o‘lkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, 
shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, o‘z timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, 
ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir iste’dodini har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur. Bugun o‘z ishini boshlayotgan Xalqaro 
baxshichilik san’ati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini 
alohida ta’kidlamoqchiman. 
Bu borada, avvalo, baxshichilik san’atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini 
chuqur o‘rganish va mustahkamlash, uni milliy madaniyatning o‘ziga xos “tashrif 
qog‘ozi”ga aylantirish uchun birgalikda jiddiy ish olib borishimiz kerak”
2
- degan 
edilar Prezident Shavkat Mirziyoyev. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-
yil Xalqaro baxshichilik san’ati festivalidagi nutqidan) 
Baxshichilik san’atini yanada rivojlantirish borada qator ustuvor vazifalar oldinda 
turganligi ma’lum. Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro 
baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi PQ-3990-
son qarori qabul qilindi.
3
Shundan so‘ng Prezident qaroriga muvofiq Vazirlar 
Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrda 946-son qarori qabul qildi. Natijada har ikki 
yilda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi va baxshichilik 
san’ati yanada rivojlanishiga bir qadam tashlandi.
Baxshichilik san’ati madaniy aloqalarda bir vositachi bo‘lib xizmat qilmoqda.
“Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi 
millatning folklor san’atida mujassam topgani hammamizga yaxshi ma’lum. Turli 
xalqlarning milliy o‘zligini, ularning tili va hayot tarzini, an’ana va urf-odatlarini ifoda 
etadigan baxshichilik san’ati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida 
barchamiz uchun qadrlidir. 
Jahon madaniy merosining bu o‘lmas asarlari bizga insoniyatning naslu nasabi, 
tarixiy ildizlari, olijanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat 
vakillarining kelajak sari intilishlari ham mushtarak ekanini anglatadi” - deydi 
Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Xalqaro baxshilar festivalida. 
Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, “ustoz - shogird” 
an’analarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, 
o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama 
rag‘batlantirish, madaniyat va san’at muassasalari qoshida baxshichilik to‘garaklari 
tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yo‘l ochib berish, to‘y-tomoshalar, turli 
bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini ta’minlash, shu yo‘nalishda 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil Xalqaro baxshichilik san’ati festivalidagi nutqi. 
3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “XALQARO BAXSHICHILIK SAN’ATI 
FESTIVALINI O‘TKAZISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI 946-SON QARORI. 2018.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
781


xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, 
baxshichilik san’atini keng targ‘ib etish uchun axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan, televideniye va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish
folklor asarlarining audio va video variantlarini ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. 
Yurtimizda 100 tomlik “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” majmuasi nashr 
etilmoqda. Uning 59 jildi aynan xalq dostonlaridan iborat ekanini qayd etish lozim. 
Shuningdek, ko‘p tomlik “Qoraqalpoq folklori” to‘plami ham chop etildi. Bularning 
barchasi ushbu nodir san’at ma’naviy hayotimizda benihoya muhim o‘rin tutishidan 
dalolat beradi. 
Shu bilan birga, baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, 
ularni ilmiy o‘rganish ishlari muntazam davom etmoqda. Sohaga oid kitob va albomlar, 
filmlar va teleko‘rsatuvlar yaratilmoqda. Baxshilarimiz xalqaro ko‘rik-tanlovlarda, 
xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston madaniyati kunlarida munosib ishtirok 
etib kelayotgani el-yurtimizni mamnun qiladi. 
Albatta, bunday yutuqlar o‘z-o‘zidan, bo‘m-bo‘sh zaminda paydo bo‘lgan emas. 
O‘zbek baxshichilik maktabi dunyoga Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir, Fozil 
Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Bola baxshi, Esemurat jirov, Sherna baxshi, 
Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li, Qodir baxshi Rahimov singari mashhur namoyandalarni 
bergani bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bugungi kunda ana shu ijodiy an’analar 
ularning izdoshlari bo‘lmish Shomurod Tog‘ayev, Shoberdi Boltayev, Abdunazar 
Poyonov, Qahhor va Abdimurod Rahimovlar, Qalandar baxshi, Gulnara 
Allembergenova, G‘ayratdin Otemuratov, Shodmon Xo‘jamberdiyev, Ilhom Norov 
kabi o‘nlab iste’dodli ijrochilar tomonidan yanada boyitilmoqda. 
Ushbu quvonchli ayyomda baxshilik san’atini ilmiy o‘rganishdek muhim ishga 
katta hissa qo‘shgan atoqli shoir Hamid Olimjon, Hodi Zarif, Muzayyana Alaviya, 
Mansur Afzalov, Buyuk Karimiy, Zubayda Husainova singari fan arboblarining 
xotirasini hurmat bilan yod etamiz. 
Surxondaryo - azaldan baxshilar yurti sifatida nom qozongan. Mamlakatimizning 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Xorazm viloyatlari 
bilan bir qatorda Surxondaryo, xususan, Sherobod dostonchilik maktabi butun 
mintaqamizda ma’lum va mashhur. Yurtimizda birinchi bor o‘tkazilgan ushbu san’at 
bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashishdi. 
“Baxshichilik - juda qadimiy san’at turi. Dostonlarimiz hali kitob paydo 
bo‘lmagan paytlardan beri bor. Ularda uzoq tariximiz ham, madaniyatimiz ham 
mujassam. Shu sababli o‘tmishimizni, azaliy qadriyatlarimizni o‘rganishda xalq 
og‘zaki ijodiga murojaat qilamiz. Folklor san’atimiz orqali ajdodlarimizning 
donishmandligi, urf-odatlari, orzu-intilishlaridan xabardor bo‘lamiz, o‘zligimizni 
anglaymiz. Baxshichilikning asl qadr-qimmati ham shunda! Shu sababli azal-azaldan 
doston aytuvchilar xalq orasida katta hurmat-u e’tiborga sazovor bo‘lgan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
782


Yoshi ulug‘ yurtdoshlarimiz yaxshi eslashadi. Avvallari to‘ylar baxshilarning 
ishtirokisiz o‘tmagan. Ular davra o‘rtasida “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Yunus pari”, 
“Avazxon”, “Kuntug‘mish” kabi dostonlarimizdan parchalar ijro etishgan. Odamlar 
tonggacha qimirlamay, do‘mbira sadosiga, baxshining xonishiga mahliyo bo‘lgan. 
Dostondagi qiziqarli voqealar davomini intiqib kutgan”, - deydi O‘zbekiston va 
Tojikiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev “Xalq so‘zi” nashriga baxshichilik san’ati 
borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashganda. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro baxshichilik 
san’ati festivalini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil Xalqaro baxshichilik san’ati 
festivalidagi nutqi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
783

Download 229.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling